8
ko‘rinishga, ularga g‘amxo‘rlik qilayotgan ota-onalardan ma’lum bir mustaqillikka
ega bo‘lishga intilishi hisobga olinadi. Biroq, o‘smirlarning iqtisodiy mustaqillikka
intilishi ham ijtimoiy sharoitlarning o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Iqtisodiy inqiroz
mamlakat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab oldi. Millionlab
kattalarning beixtiyor ishsizligi ularning farzandlarini qandaydir daromad
manbasini izlashga undaydi. Maktabdan tashqari ta’lim uchun to‘lov, ko‘pchilik
uchun bepul oliy ta’limning imkoni yo‘qligi ham o‘z mehnati orqali iqtisodiy
erkinlikka erishmoqchi bo‘lgan o‘smirlarning erta ijtimoiy kamol topishiga yordam
beradi. Bu o‘z-o‘zidan muomalaga layoqatli (emansipatsiya)
deb tan olingan
shaxslarni to‘liq fuqarolik harakatlarini amalga oshirishga imkon yaratib beradi.
Huquqiy nuqtai nazardan qaraganda muomalaga layoqatli (emansipatsiya) deb tan
olingan o‘smir voyaga yetgan fuqaroga tenglashtiriladi. Shu munosabat bilan uning
shaxs sifatidagi ahamiyati ortadi. Bunday o‘smir voyaga yetgan fuqaro sifatida
ijtimoiy yetuklikka erishgan deb tan olinadi. Shunday qilib, o‘smir rivojlanishining
individual xususiyatlari hisobga olinadi va o‘smirning kattalar bilan birga
fuqarolik-huquqiy munosabatlarida teng ishtirok etishiga to‘sqinlik qiluvchi
omillar bartaraf etiladi.
O‘smirlarning emansipatsiyasi jamiyat uchun ham muhimdir. Uning ijtimoiy
yetukligiga mos keladigan huquqiy maqomini tan olish qobiliyatlarini erta
ro‘yobga chiqarishga yordam beradi. Emansipatsiyaning zaruriy sharti bo‘lgan
o‘smirning mehnat faoliyati uni noto‘g‘ri, ba’zan g‘ayriijtimoiy
turmush tarzini
olib boradigan tengdoshlaridan chalg‘itadi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Fuqarolik
Kodeksining
28-moddasida
emansipatsiyani nazarda tutuvchi nazariy va amaliy xarakterdagi ko‘plab
savollarni keltirib chiqaradi. Xususan, voyaga yetmagan shaxsni vasiylik va
homiylik organlarining voyaga yetmagan shaxsni emansipatsiya deb e’lon qilish
tartibini huquqiy tartibga solish jarayoni mavjud emas. O‘smirni emansipatsiya
qilish uchun qanday talablarga javob berishi kerakligi haqida hech qanday
tavsiyalar yo‘q. Bunday o‘smirning ijtimoiy yetukligi
va uni kim aniqlashi
9
kerakligi haqida hech narsa aytilmagan. Bu holatda faqat ota-onalarga tayanish har
doim ham to‘g‘ri emas. Ba’zi ota-onalar uchun bolani emansipatsiya qilinishi
foydali bo‘lishi mumkin.
Bugungi kunda o‘smirlarning emansipatsiyasi keng tarqalmagan. Bu holat
voyaga yetmaganlarning mehnat va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi
O‘zbekiston Respublikasida odatiy holga aylanmaganligi bilan izohlanadi.
Yoshlarning muayyan toifasi, xususan, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari,
maktab-internatlarda
yashovchilar, qarovsiz bolalar, harbiy va millatlararo
mojarolar zonalarida yashovchi bolalar, turli huquqbuzarliklar uchun tarbiya
koloniyalarida, ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan o‘smirlar
emansipatsiya qilinish imkoniyatdan haqiqatan ham foydalana olmaydilar.
Ushbu
holatlar, shuningdek voyaga yetmaganlarning emansipatsiyasi
masalasida to‘liq nazariy tadqiqotning yo‘qligi mazkur bitiruv malakaviy ishimni
ushbu mavzuda tanlashimga olib keldi.
Mazkur bitiruv malakaviy ishimda emansipatsiyaning huquqiy tabiati,
buning uchun zarur shart-sharoitlar o‘rganiladi hamda emansipatsiyaning
o‘smirning turli xil huquqiy munosabatlar ishtirokchisi sifatidagi huquqiy holatiga
ta’siri ham o‘rganiladi.
Mazkur bitiruv malakaviy ishining maqsadi emansipatsiya
hodisasini voyaga
yetmaganlarning fuqarolik-huquqiy maqomi aspektida o‘rganish: uning huquqiy
mohiyatini, malaka belgilarini aniqlash; emansipatsiyaning voyaga etmaganning
huquqiy holatiga ta’sirini o‘rganish; qonun hujjatlarini va uni amalga oshirish
mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: