commerce
,
trade
”[1]. Cambridge izohli lig‘atida esa quyidagi ta’rifni
ko‘rishimiz mumkin: “the activity of buying and selling goods and services, for example: Currently, there are
fewer firms
in
business (= operating) in the area than ever before.”[2]
O‘zbek tilining izohli lug‘atida “Tijorat-savdogarlik, oldi-sotdi ishi, savdo-sotiq ishlari. M. Osim, Tilsiz
guvoh. Savdo ahli uni Sharqning hamma mamlakatlarini kezgan, sayohat va tijoratda sochi oqargan mashhur
savdogar deb tanir edi.”[3] degan ta’rifni misol keltirish mumkin.
Tijorat, savdo-sotiqning gullab-yashnashida reklama asosiy omil hisoblanadi. Reklama – bu xaridorning
ongini uzoq vaqt davomida undan pul undirish uchun kishanlash san’atidir. Turli xildagi izohli lug‘atlarda
reklama haqidagi ta’riflarni ko‘rish mumkin. O‘zbek tilining izohli lig‘atida keltirilgan ta’rifga ko‘ra “Reklama (fr.
Reclame < lot. Reclamare – qattiq qichqirmoq) Oxford Advanced Learner’s Dictionary ga ko‘ra: “Advertisement,
(advertising) is a notice, picture or film telling people about a product, job or service. Ex: A newspaper /
television advertisement.
Reklamaga ta’rif Cambridge Advanced Learner’s Dictionary da quyidagicha beriladi: 1.
“Advertisement is a picture, short film, song, that tries to persuade people to buy a product or service,
or piece of text that tells people about a job, etc”. 2. A short piece of writing, for example in a newspaper or on
the internet, that advertises a job with a particular company or organization: He spotted a job advertisement for
a reporter on a current affairs TV program.
Reklama janri o‘zbek tili uchun juda yangi yo‘nalish hisoblanadi. Bu gungi O‘zbek jamiyati deyarli barcha
sohada intilishlar va rivojlanishlar o‘chog‘i sifatida tan olinmoqda. Xususan, iqtisodiy sohada tadbirkorlik
subyektlarining ortishi va bozor iqtisodiyotida raqobatdosh mahsulotlar ning paydo bo‘lishi natijasida
reklamaga ehtiyoj ortib bordi va rivojlanti rish maqsadida til nazariyasida ilmiy o‘rganish uchun e’tibor
berildi. [4] Reklama sohasi rivojlanishi natijasida moliyaviy aylanmalar yaxshi natijaga erishildi. Ammo
jamiyat qonunlariga va milliy qoidalarga zid ra vishda ommaviy madaniyatni ta’qib qilish quroliga aylanadi.
Hukumatimiz tomonidan bunday holatlarni tartibga soluvchi mavjud qonun, qaror va far moyishlarni qayta
o‘rganilib tahrir qilindi va yangi hujjat loyihalari ishlab chiqildi.[5]
Reklama iqtisod, lingvistika, psixologiya va lingvokulturologiya, so tsiologiya kabi bir nechta soha
kesishmasidagi tushuncha bo‘lganligi sa babli tadqiqotchilar tomonidan unga turli xil ta’riflar berilgan.
S.I. Ojegov ta’rificha, “Reklama – bu keng tarqalgan shon-sharafni ya ratish, iste’molchilar va
tomoshabinlarni jalb qilish uchun turli xil usullar da ogohlantirish”.[6] Ushbu ta’rif dan tushunish lozimki, har
qanday mish-mishlar, g‘iybat va piarlardan to ommaviy axborot vositalarida tarqatiladigan deyarli har qanday
mahsulot haqidagi ma’lumotgacha reklama hisoblanadi. Reklamani tor ma’noda tus hunadigan bo‘lsak, faqat
mahsulot va xizmatlar bilan cheklangan. Ammo shaxs, hudud yoki turizm joylari, siyosiy partiyalar kabilar
ham o‘z o‘rnida turlicha usullarda reklama qilinadi.
Y. V. Medvedeva o‘zining “Reklama aloqalari” kitobida quyidagicha yondashadi: “Reklama – bu ommaviy
yo‘naltirishning bir turi bo‘lib, unda bir yo‘nalishga ega va shaxsiy bo‘lmagan ma’lumotli, majoziy, ekspressiv
taklif qiluvchi matnlar yaratiladi va tarqatiladi, reklama beruvchi tomoni dan moliyalashtiriladi va odamlar
guruhlariga yuboriladi. Reklama beruv chining tanlovi va xatti-harakati munosib baholanadi.”[6] Yuqoridagi
ta’riflarning barchasi mahsulotni maqtash, targ‘ib qilishni bildiradi. Bu bevosita manipulyatsiyani keltirib
chiqaradi (oldingi bobda manipulyatsiyaning ta’rifini ko‘rish mumkin). Bugungi kun gazetalari ham
reklamalar rivoji uchun asosiy omillardan biri hisoblanadi. Gazeta matnlarida tijoriy manipulyatsiya
belgilari reklamalarda namoyon bo‘ladi. Ommaviy axborot vositalari (OAV) ichida gazeta – yangi so‘z, ibora,
birikmalarning eng sezgir ko‘zgusidir. U jamiyat hayotining barcha sohalarida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni
Do'stlaringiz bilan baham: |