132 •
1 APRIL 2022
•
ВОСПИТАНИЕ НОВОГО ПОКОЛЕНИЯ В ЭПОХУ ГЛОБАЛЬНОГО ПРЕОБРАЗОВАНИЯ
RAISING A NEW GENERATION IN ERA OF GLOBAL TRANSFORMATION •
1 APRIL 2022
• 133
Bu keltirilgan ko‘rsatmalarning bittasini bajarmaslik ham oldimizga qо‘yilgan maqsadni tо‘laqonli amalga
oshirishga xalaqit beradi. Bu keltirilgan vazifalarning hammasi umumiy tamoyillarning bazasi hisoblanadi:
• yakkalik;
• kо‘pqirralilik;
• komplekslilik;
• korreksion pedagogik ishda tizimlilik
.
Yakkalik logoped ishida har bir bolaga alohida yondashgan holda nutq kamchiligini tо‘laqonli о‘rganish
va nutqda kuzatilayotgan о‘zgarishlarni tahlil qilishga yordam beradi. (G. A. Volkova, B. M. Grinshpun,
G. A. Kashe, S. A. Mironova, V. I. Seliverstov, T. B.
Filicheva, M.
F.
Fomicheva, N.
A.
Cheveleva, G.
V.
Chirkina va
boshq.).[4]
Kо‘pqirralilik logopedik ishda nafaqat nutqni korreksiyalash, balki har bir bolani individual psixologik
xususiyatlarini hisobga olgan holda uni shaxs sifatida har tomonlama shakllantirishni maqsad qilib oladi.
Komplekslilik logopedik ishda faqatgina logoped emas, psixolog, о‘qituvchi va ota-onaning hamkorlikda
olib borgan hamjihatlikdagi turli о‘yin kо‘rinishidagi ta’siri natijasidir.
Tizimlilik logoped ishidagi eng asosiy tamoyil bо‘lib, bunda rejalashtirilgan ketma-ketlik asosida har
kuni olib borilgan logopedik korreksion ishdir.
Duduqlanish nuqsoni bor bolalarda nutqga qо‘yilgan tovushni mustahkamlashda tovushdan tovushga
va bо‘g‘indan bо‘g‘inga о‘tishdagi muammolarni yuzaga keltiradi. Bu muammolar о‘z navbatida ikkilamchi
nuqsonlar о‘qish va yozuvdagi kamchiliklarni yuzaga keltiradi. Hozirgi kunga kelib kо‘p yillik ish tajribamga
tayangan holda bolalardagi muammolarni bartaraf qilishda nutqni davolovchi fonetik ritmlash orqali qayta
qurish uslubini qо‘llash yordamida kо‘plab bolalarga ijobiy ta’sir kо‘rsatdi. Bunda bola tovushni mustahkamlash
uchun berilgan materialni о‘zlashtirishda har bir bо‘g‘inning tugashida ochiq bo‘g‘inda bо‘lishiga ahamiyat
beradi. Bu uslub yordamida bola barcha fonemalarning artikulyatsiyasini, sо‘zdagi о‘rnini, ketma-ketligini va
ohangini idrok qilib oladi. Bu
,
о‘z navbatida
,
bolada xotiraning, idrokning, analiz va sintez qilish qobiliyatini
oshiradi. Bola har bir sо‘zni tо‘liqligicha oxirigacha tovushlarni yutib yubormasdan tallaffuz qilishga
о‘rganadi. Bolaga uyga berilayotgan vazifa xuddi shu tartibda ochiq bо‘g‘inlarda yozib berilsa, bola mustaqil
ravishda о‘qish orqali о‘qish tezligi va chiroyli о‘qish malakalari shakllanib boradi. Bolada о‘qish va yozuvdagi
qiyinchiliklar asta-sekin yо‘qolib ketadi. Bunda bolaga berilayotgan material quydagicha yoziladi:
Bi-r pi-yo-la cho-y ka-bi
Bu-lu-t o-y-ni xо‘-p-la-di,
To-vu-q be-ka ka-ta-k-ka
Jо‘-ja-la-r-ni tо‘-p-la-di.
Bu uslub yordamida qisqa muddatlarda nutqqa qо‘yilgan tovushni mustahkamlashga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |