Voskresenskiy simptomi, “ko‘ylak sirpanishi”



Download 41,74 Kb.
Sana10.02.2022
Hajmi41,74 Kb.
#440623
Bog'liq
аппендицит


Bugungi kunda, o‘tkir appenditsitda uchrashi mumkin bo‘lgan 100 dan ortiq belgilarga ta'rif berilgan. Biroq, ularning quyidagi yettitasini aniqlash, ko‘pincha to‘liq tashxis qo‘yish uchun yetarli xisoblanadi:

  1. Shchetkin – Blyumberg belgisi;

  2. Voskresenskiy (“ko‘ylak sirpanishi”) belgisi;

  3. Obrazsov belgisi;

  4. Sitkovskiy belgisi;

  5. Bartome-Mixelson belgisi;

  6. Rovzing belgisi;

  7. Ivanov belgisi.

O‘tkir appenditsitning destruktiv turlarida mushaklar taranglashuvidan tashqari qorin pardasining ta'sirlanish simptomi, Shchetkin-Blyumberg simptomini aniqlash mumkin: o‘ng qo‘l barmoqlari bilan qorin devori bosib turib, birdan keskin ravishda qo‘l tortib olinganda og’iq kuchayadi. Og’riq yallig’langan qorin pardalarning bir-biriga tegishi yoki silkinishi natijasida paydo bo‘ladi.
Ko‘ylak sirpanishi belgisi faqat o‘tkir appenditsit uchun xos bo‘lgan belgi xisoblanadi. Bu belgi 1940 yil, V.M. Voskresenskiy tomonidan taklif etilgan. Bemor ko‘ylagi bilan qorin devori yopiladi, so‘ng o‘ng qo‘l barmoqlari uchi bilan o‘ng yonbosh soxasidan chapga yuzaki va keskin o‘tkazilsa, og’riq kuchayadi (Voskresenskiy simptomi, “ko‘ylak sirpanishi”).
O‘tkir appenditsitda qorin old devori, o‘ng tomoni soxasi mushaklarining taranglashishi kuzatiladi. Bunda, kindik va yonbosh suyagining oldingi yuqori o‘simtasi orasidagi masofa kichrayishi kuzatiladi. Bu belgi, Ivanov belgisi deyiladi.
Obrazsov belgisi bemor yuqoriga qarab yotgan xolatda, o‘ng yonbosh soxasida eng og’riqli nuqta topiladi. Shu soxada qo‘l barmoqlari ushlab turgan xolatda, bemorni o‘ng oyog’ini, bukmagan xolatda 90º ga ko‘tarish iltimos qilinadi. Bunda, og’riqning kuchayishi kuzatiladi. Oyoq tushirilganda og’riq kamayadi. Ayniqsa, chuvalchangsimon o‘simta retrotsekal joylashganida Obrazsov belgisi xos belgi xisoblanadi.
Bemor chalqancha (yuqoriga qarab) yotgan xolatdan chap yonbosh soxasiga o‘tganda, o‘ng yonbosh soxasida og’riqlarning paydo bo‘lishi yoki kuchayishi kuzatiladi, bunday xolat Sitkovskiy belgisiga xos. Quyidagi belgi, ko‘richak va chuvalchangsimon o‘simta tutqichini cho‘zilishi natijasida og’riq paydo bo‘lishi yoki kuchayishiga asoslangan.
Bartome-Mixelson belgisi. Ko‘pchilik bemorlarda, chap yonbosh soxasida yotgan xolatda, o‘ng yonbosh soxasini palpatsiya qilganda og’riqlarning kuchayishi kuzatiladi.
Rovzing belgisi - chap yonbosh soxasini bir qo‘l bilan bosib turib, ikkinchi qo‘l bilan yengil yuqoriga qarab to‘lqinsimon xarakat qilinganda, o‘ng yonbosh soxasida og’riq (yo‘gon ichak ichidagi gaz xarakati natijasida) paydo bo‘lishi, bu belgining musbatligidan darak beradi.
O‘tkir appenditsit kasalligi bo‘lgan bemorni fizikal tekshirishda rektal va vaginal tekshirishning katta axamiyati bor, bunda aksariyat to‘gri ichak-bachadon chukurchasi (Duglas kengligi) soxasida og’riq aniqlanib, bu yallig’langan chuvalchangsimon o‘simtaning yaqin joylashganidan yoki u yerda ekssudat yig’ilgandan dalolat beradi. Bu tekshiruv usullari quyidagi xolatlardan darak beradi:

  • chuvalchangsimon o‘simta kichik chanoqda joylashuvini aniqlash uchun;

  • kichik chanoq infiltratlarini aniqlash uchun;

  • o‘tkir appenditsitni, ayollar jinsiy a'zolari patologiyasidan differensial diagnostika qilish uchun.

O‘tkir appenditsit diagnostkasida siydik va qon taxlillari muxim xisoblanadi. Diagnoz qo‘yishda qon tarkibi laboratoriya tekshiruvi – yuqori leykotsitoz: 10x109 – 18x109 l (10 000 – 18 000) gacha ortishi, leykotsitar formulaning chapga surilishi, EChT ning oshishi kabi o‘zgarishlar paydo bo‘ladi va tashxis qo‘yishda yordam berishi mumkin. Kasallikning ayniqsa destruktiv turlarida ILI (intoksikatsiyaning leykotsitar indeksi) oshishiga axamiyat beriladi.
Ba'zan esa (areaktiv xolatlarda), o‘tkir appenditsitning destruktiv turlarida xam laborator taxlillarda o‘zgarishlar minimal bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, tashxis qo‘yishda va amaliyotga ko‘rsatma bo‘lib, faqatgina qon va siydik taxlillaridagi o‘zgarishlar asos bo‘la olmaydi.
Download 41,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish