Voqeaband o‘yinlami tashkil etish va o ‘tkazish Reja



Download 318,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana01.02.2022
Hajmi318,91 Kb.
#422964
1   2   3   4
Bog'liq
Voqeaband o‘yinlami tashkil etish va o ‘tkazish

(o‘tkir-o‘tmas, achchiq-chuchuk)

sinonimiya 
(o‘tkir - uchi o‘tkirlangan, o‘tkirlangan)
, ko‘p ma’nolilik 
(o‘tkir pichoq, achchiq qalampir, achchiq til)
kabi hodisalarni 
tushunish va ularni nutqda faol qo‘llashga taalluqlidir. Bolalar 
narsalar, tabiat hodisalari, insonlar qilmishlarini ko‘rib, ulardagi har 
xillik va umumiylikni aniqlashni hamda ularni ma’nosi qarama-qarshi 
yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlar, taqqoslashlar, aniq fe’llar, 
tashbeh (epitet)lar yordamida nutqda aks ettirishni o‘rganadilar. So‘z 
birikmasiga sinonim yoki antonimni tanlab olish usullari bolalarga 
so‘zlarning ko‘p ma’noga egaligini tushuntiradi. Narsalarning 
funksiyalarini taqqoslash asosida umumlashtiruvchi nomlar 
(hayvonlar, idish-tovoqlar, transport va boshq.) shakllanadi.
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ham til borlig‘ini eng oddiy 
anglashni shakllantirish bilan o‘zaro bog‘liqdir. Maktabgacha 
yoshdagi katta bolalar so‘zlar, tovushlar, qofiyalar bilan faol 
o‘ynaydilar. Ular so‘z jaranglagandagi umumiy va alohida jihatlarni 
payqay oladilar, artikulyasion va akustik jihatdan bir-biriga yaqin 
bo‘lgan tovushlarni (S-SH, S-Z) farqlay oladilar, maqol, matal va tez 
aytishlardagi 4-5 ta so‘zda uchragan tovushlarni sezadilar.
Maktabgacha katta yoshda nutqning grammatik to‘g‘riligini 
shakllantirish nutqqa nisbatan tanqidiy munosabat paydo bo‘lishi 


hamda rivojlanishi, aniq va to‘g‘ri so‘zlashga intilish bilan bog‘liq. 
To‘g‘ri so‘zlashga intilish grammatikaning barcha sohalari – 
morfologiyada (aniq shakl hosil qilishda, shakllarning turli-
tumanligini o‘zlashtirishda: stollar, stullar, qavatlar va boshq.), so‘z 
hosil qilishda, (non uchun – nondon, tuz uchun tuzdon va boshq.) 
sintaksisda (og‘zaki nutq qurilmasini engib o‘tish: va bog‘lovchisini 
ko‘p marta qo‘llash orqali gapni cho‘zib yuborish, bitta gapda to‘g‘ri 
va bilvosita nutqni aralashtirib yuborish va boshq.) ko‘zga tashlanadi. 
Nutqning grammatik to‘g‘riligiga intilish ko‘proq etti yoshli bolalarga 
xosdir. Besh yoshli bolakay hali ham grammatik shakllar ustida zavq 
bilan mashq qiladi va aynan mana shu so‘z bilan mashqlar kelajakda 
grammatik jihatdan to‘g‘ri ifodalangan nutq uchun poydevor yaratadi.
Lug‘atni rivojlantirish, nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, 
grammatik jihatdan to‘g‘rilikni shakllantirish ravon nutqni tuzish 
usullarini (gaplarni bog‘lovchilar, leksik takrorlashlar, sinonimlar 
yordamida bog‘lash vositalari; tavsiflash, bayon qilish, mulohaza 
yuritish tuzilmasi) o‘zlashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. Turli 
funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq dialogli muloqot negizida 
rivojlangan nutqning barcha tomonlari til ongining shakllanishiga 
bevosita bog‘liq bo‘ladi va ular buning uchun bolaning kattalar bilan 
muayyan shakldagi muloqotiga, to‘g‘rirog‘i, nafaqat tashqi olam va 
boshqa odamni bilishga qaratilgan muloqotga, balki tilning o‘zini, 
uning tuzilishi va faoliyatini anglab etishga qaratilgan muloqotga 
muhtoj bo‘ladilar. 


Nutqiy rivojlanishdagi individual qobiliyatlar kirishimlilikda ham, til 
hamda ravon nutqni o‘zlashtirish sur’atlarida ham ifodalanadi. 
Ko‘pchilik bolalar o‘z harakatlarini sharhlashni, atrofdagilarning 
diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb qilishni yoqtiradilar. SHu bilan birga 
bunda ayrim bolalarning nutqiy rivojlanishi ularning amaliy 
faoliyatiga mos kelmaydi, natijada bunday sergap bola ish bajarishda 
guruhdagi boshqa bolalardan ortda qoladi. Unchalik kirishimli 
bo‘lmagan bolalar kam gapiradilar, biroq odatda amaliy vazifalarni 
boshqalardan ko‘ra tezroq va to‘g‘riroq bajaradilar.
Ravon nutqning vujudga kelish muddatlari va uning mahsuldorligi 
ham farqlanishi mumkin. Nutqiy rivojlanishning ilk xilida bolaning 
maxsus o‘qitilmasidan turib hikoya qilishi 4-5 yoshlarda paydo 
bo‘ladi. Bolalar sehrli ertaklarni bir-birlariga aytib beradilar, 
o‘yinchoqlar yordamida o‘zlari ham original voqelarni to‘qiydilar. 
Agarda bola etti yoshda an’anaviy tanish ertakni mustaqil aytib bera 
olsa, o‘yinchoqlar, suratlarga qarab kichik og‘zaki hikoya tuza olsa – 
bu normal holat hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining 
yuqori darajada rivojlanganligi quyidagilarni nazarda tutadi: 
- bola ona tilining barcha tovushlarini va tovush birikmalarini to‘g‘ri, 
ya’ni adabiy til normalariga muvofiq holda talaffuz qiladi; ovozni 
ko‘tarishni (pasaytirishni) biladi; aniq talaffuzga ega; fonematik qabul 
qilish va nutqni tinglash qobiliyati rivojlangan; nutqdagi xatoliklarni 
sezadi va ularni tuzatadi; maishiy leksikaga ega, mebel, poyabzal, 
kiyim, daraxtlarni anglatuvchi umumlashtiruvchi so‘zlarni, 


narsalarning ayrim detallari va qismlarini biladi; antonimlar, otlarga 
ta’riflarni to‘g‘ri tanlay oladi; otdan sifat yasay oladi (yog‘och-
yog‘ochdan ishlangan va boshq.); barcha ranglarni aytib bera oladi; 
turli kasb kishilarining (vrach, oshpaz va boshq.), hayvonlarning 
harakatlarini ko‘rsatib bera oladi (vovullaydi, miyovlaydi, pishqiradi 
va boshq.); nutqda ravish, sifatdosh, ravishdoshlarni qo‘llaydi;
- nutqda barcha kundalik so‘zlarni, ayrim turlanmaydigan otlarni 
(pianino, metro, palto) to‘g‘ri qo‘llaydi; otlarni sonda, kelishikda sifat 
bilan moslashtira oladi; qaratqich kelishik shaklini to‘g‘ri qo‘llaydi; 
old qo‘shimcha, suffiks, qo‘shimchalar yordamida so‘zlar hosil qiladi; 
nutqda oddiy (yoyiq, yig‘iq), qo‘shma (bog‘langan qo‘shma gap va 
ergashgan qo‘shma gap) gaplardan, har xil turlanadigan fe’llardan 
(xohlashmoqda, yugurishmoqda, uxlashmoqda, va boshq.) 
foydalanadi; hikoyani mustaqil aytib bera oladi; matn mazmunini 
voqealar ketma-ketligiga rioya qilgan holda ortiqcha pauzalarsiz aytib 
beradi; nutqda ifoda vositalaridan foydalanadi; asosiy qismlarni o‘zga 
darajali qismlar bilan bog‘lay oladi; narsalarni mustaqil bayon qiladi, 
o‘z shaxsiy hayotida ro‘y bergan voqealar (hodisalar) haqida hikoya 
qilib bera oladi. 

Download 318,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish