Volume: 02 Issue: 03 | 2022
ISSN: 2181-2624
www.sciencebox.uz
Analytical Journal of
Education and Development
O‘ZBEKISTONDA IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH
YO‘NALISHLARI
Rejapov Saydulla Xikmatullayevich
O‘zMU, iqtisodiyot fakulteti erkin izlanuvchisi
Sotvoldiyev Alisher Dilshod o‘g‘li
O‘zMU, iqtisodiyot fakulteti
1-kurs magistranti,
Annotatsiya:
Maqolada mamlakat iqtisodiy o‘sishini taʼminlashda iqtisodiy xavfsizligi o‘rni,
ahamiyati yoritilgan. Mamlakatimizda iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarini taʼminlash uchun ustuvor
vazifalar yo‘nalishlari yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
iqtisodiy xavfsizlik, iqtisodiy o‘sish, yalpi ichki maxsulot, milliy iqtisodiyot.
Mamlakatimizning xalqaro munosabatlaridagi ochiq va amaliy hamda faol tashqi siyosatni olib
borayotganligi natijasida ishonchli hamkor sifatida mamlakatimizning xalqaro obro‘si
yildan-yilga
tobora ortib bormoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti aynan iqtisodiy xavfsizlikni
taʼminlash va barqaror iqtisodiy o‘sishni amalga oshirish borasida quyidagi fikrlarini keltirib
o‘tmoqchimiz: “Yangi O‘zbekiston strategiyasi, avvalo, barqaror iqtisodiy o‘sishni taʼminlashga
qaratilganligini taʼkidlab” o‘tgan[1, B.128].
Jahonda iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash asosida milliy iqtisodiyotni rag‘batlantirish, o‘zaro
manfaatli iqtisodiy
munosabatlarni rivojlantirish, resurslardan samarali foydalanish, infratuzilmani
takomillashtirish
va yangilash, aholining iqtisodiy faolligini oshirish, barqaror ijtimoiy muhitni
yaratish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bir qator xorijiy davlatlar xukumatlari
milliy iqtisodiyotni
tartibga solish bo‘yicha faol choralarni ko‘rmoqdalar. Yalpi ichki maxsulot, ishsizlik, oltin-valyuta
zaxiralari darajasini pasaytirish, axoli daromadlarining tabaqalanishini
oshirish va iqtisodiy
xavfsizlikni boshqarish keng yo‘lga qo‘yilgan. YaIM bo‘yicha eng iqtisodiy mustaqil davlatlar AQSh
hisoblanadi – 18124,7 trln.dol., Xitoy – 11211,9 trln.dol., Yaponiya – 4210,4 trln.dol., Germaniya –
3413,5trln. dol., Fransiya – 2464,8 mlrd.dol., Hindiston – 2288,7 mlrd.dol[2]. Shu nuqtai nazardan
ham mamlakat iqtisodiy xavfsizligini taʼminlashni nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etish dolzarb
masalalardan hisoblanadi.
Iqtisodiy xavfsizlikni va moliyaviy xavfsizligini taʼminlash, ularni baholash va boshqarish
masalalari mamlakatimiz olimlari: A.Burxanov[3, B. 164], X.Abulqosimov[4, B. 111], Pardayev
M.K.[5, B. 47], Ortiqova D.[6, B. 150], D.I.Istamov[7, B. 176], A.E.Ishmuxammedov[8,] va
boshqalarning ishlarida ham o‘z aksini topgan. Iqtisodchi olim B.I.Isroilov fikricha “Iqtisodiy
xavfsizlik - milliy iqtisodiyotning mustaqil
rivojlanish hamda barqarorligi, maromiyligi, doimiy
yangilanish imkoniyatini beradigan omillar hamda shart-shartlarni taʼminlanishidir” [10, B. 227].