Volontyor — volontyorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs; volontyorlar guruhi



Download 50,35 Kb.
bet4/4
Sana09.02.2022
Hajmi50,35 Kb.
#438791
1   2   3   4
Bog'liq
O‘RQ-585 02.12.2019

volontyorlik faoliyati — jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bepul asosda amalga oshiriladigan, erkin xohish-irodaga ko‘ra bajariladigan, ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan, jamoat uchun foydali bo‘lgan ixtiyoriy faoliyat;
volontyorlik faoliyatining tashkilotchisi — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, shuningdek volontyorlarni mustaqil ravishda yoki volontyorlik tashkilotlari orqali jalb qiluvchi jismoniy shaxslar.
4-modda. Volontyorlik faoliyatining maqsad va vazifalari
Volontyorlik faoliyatining maqsadlari jismoniy va yuridik shaxslarga, umuman jamiyatga yordam ko‘rsatish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlarda ularni tashkil etuvchilarning roziligi bilan ishtirok etish, jamiyatda fuqarolik nuqtai nazarini, o‘zini o‘zi tashkil etishni, ijtimoiy mas’uliyat, birdamlik, o‘zaro yordam berish va rahm-shafqat tuyg‘ularini shakllantirishdan iboratdir.
Volontyorlik faoliyatining vazifalari quyidagilardan iborat:
fuqarolarni aholining turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan turli xil jamoat faoliyatiga jalb etish mexanizmlarini shakllantirish;
ijtimoiy vazifalarni hal etishda jamiyatga yordam ko‘rsatish;
volontyorlik faoliyatini tashkil etishga qaratilgan fuqarolik tashabbuslarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash;
aholida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash;
fuqarolar tomonidan ijtimoiy vazifalarni hal etish uchun o‘zini o‘zi namoyon etish va o‘zini o‘zi tashkil etish ko‘nikmalarini olish.
5-modda. Volontyorlik faoliyatining asosiy prinsiplari
Volontyorlik faoliyati qonuniylik, insonparvarlik, tenglik, ixtiyoriylik, beg‘arazlik prinsiplariga asoslanadi.
6-modda. Volontyorlik faoliyatining shakllari va asosiy yo‘nalishlari
Volontyorlik faoliyati quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
yakka tartibdagi volontyorlik faoliyati;
volontyorlar guruhi tarkibidagi volontyorlik faoliyati;
volontyorlik tashkiloti orqali volontyorlik faoliyati.
Volontyorlik faoliyati quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
kam ta’minlanganlarni, ishsizlarni, ko‘p bolalilarni, boshpanasizlarni, qarovsiz qolganlarni, shuningdek ijtimoiy reabilitatsiyaga muhtoj shaxslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida volontyorlik yordami ko‘rsatish;
bemorlarni, nogironligi bo‘lgan shaxslarni, yolg‘izlarni, qariyalarni hamda o‘zining jismoniy, moddiy yoki boshqa o‘ziga xos xususiyatlari sababli qo‘llab-quvvatlashga va yordamga muhtoj bo‘lgan shaxslarni parvarishlash;
tabiiy yoki texnogen tusdagi favqulodda vaziyat oqibatida, alohida rejim, favqulodda holat joriy etilganda, ijtimoiy mojarolar, baxtsiz hodisalar natijasida jabrlangan fuqarolarga, shuningdek jinoyatlardan jabrlanganlarga, qochqinlarga yordam ko‘rsatish;
o‘zining jismoniy yoki boshqa o‘ziga xos xususiyatlari sababli o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishi cheklangan shaxslarga yordam ko‘rsatish;
atrof-muhitni muhofaza qilish, madaniy merosni, tarixiy-madaniy muhitni, dafn etish joylarini saqlab qolish bilan bog‘liq tadbirlar o‘tkazish;
ommaviy sport, madaniy tadbirlarni va boshqa jamoat tadbirlarini tashkil etish bilan bog‘liq milliy hamda xalqaro ahamiyatga molik tadbirlarni o‘tkazishga ko‘maklashish;
alohida davr va favqulodda holat huquqiy rejimlarining amal qilishi vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga, boshqa harbiy idoralarga, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga volontyorlik yordami ko‘rsatish.
Oldingi tahrirga qarang.
Volontyorlik faoliyati qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin.
(6-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-modda. Volontyorlik dasturi
Volontyorlik dasturi volontyorlik tashkiloti, volontyorlar yoki volontyorlar guruhi tomonidan tadbirlarni va kutilayotgan natijalarni ko‘rsatgan holda bajariladigan, ijtimoiy yo‘naltirilgan, jamoat uchun foydali bo‘lgan vazifalarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.
Dastur:
volontyorlik faoliyatini rivojlantirishga;
fuqarolarning va volontyorlik tashkilotlarining volontyorlik faolligini rag‘batlantirish tizimini rivojlantirishga;
volontyorlarni va volontyorlarni muvofiqlashtiruvchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirishga;
turli volontyorlik tashkilotlari hamda volontyorlik mehnatidan foydalanuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi sheriklik tizimini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarni o‘z ichiga olishi kerak.
8-modda. Volontyorlik faoliyatini hisobga olish
Volontyorlik faoliyatini hisobga olishni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Volontyorlik faoliyatini hisobga olish ixtiyoriy xabardor qilish xususiyatiga ega bo‘ladi.
2-bob. Volontyorlik faoliyati sohasini davlat tomonidan tartibga solish
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]

9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining volontyorlik faoliyati sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
volontyorlik faoliyati sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
volontyorlik faoliyati sohasidagi davlat maqsadli dasturlarini ishlab chiqadi;
volontyorlik faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining ishini yo‘naltiradi va muvofiqlashtiradi;
volontyorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqadi;
volontyorlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga va tajriba almashishga ko‘maklashadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari]

10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining volontyorlik faoliyati sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
joylarda volontyorlik faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;
jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan volontyorlik faoliyati sohasida hamkorlik qiladi;
volontyorlik faoliyatining monitoringini amalga oshiradi;
volontyorlik faoliyati amaliyotini tahlil qilish, yig‘ish va umumlashtirishni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari]

11-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning volontyorlik faoliyati sohasida ishtirok etishi
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar volontyorlik faoliyati sohasida ishtirok etishga haqlidir hamda ommaviy volontyorlik aksiyalarini qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiradi.
3-bob. Volontyorlik faoliyati subyektlari. Volontyorlik sohasidagi munosabatlar
12-modda. Volontyorning faoliyati
O‘n sakkiz yoshga to‘lgan jismoniy shaxslar volontyorlik faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan jismoniy shaxslar volontyorlik faoliyatini, basharti bu faoliyat ularning sog‘lig‘iga hamda axloqiy rivojlanishiga zarar yetkazmasa va o‘quv jarayonini buzmasa, amalga oshirishi mumkin.
Favqulodda vaziyatlar oqibatlarining oldini olish va ularni bartaraf etishga doir ishlarni amalga oshirish uchun faqat o‘n sakkiz yoshdan katta bo‘lgan volontyorlarga ijozat beriladi.
Volontyor quyidagi huquqlarga ega:
o‘zining volontyorlik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etishini ushbu Qonunda belgilangan talablarni hisobga olgan holda erkin tanlash;
agar volontyor hamda volontyorlik faoliyatining tashkilotchisi o‘rtasida tuzilgan volontyorlik shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, har qanday vaqtda volontyorlik faoliyatini erkin ravishda tugatish;
volontyorlik faoliyatining tashkilotchisi va volontyorlik tashkiloti to‘g‘risida ishonchli axborot olish;
volontyorlik dasturlarini bajarish, volontyorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil etiladigan yoki tavsiya qilinadigan volontyorlik aksiyalarini va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;
volontyorlik faoliyati tashkilotchisidan va volontyorlik tashkilotidan maxsus kiyim-bosh olish hamda yo‘l haqiga, yashashga, ovqatlanishga, zarur yakka tartibda himoyalanish vositalarini, asbob-uskunalarni olishga sarflangan xarajatlarning va boshqa xarajatlarning o‘rni qoplanishi;
volontyorlik faoliyati tashkilotchisidan va volontyorlik tashkilotidan tavsiyanoma tusidagi xatlarni olish;
ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport tashkilotlariga va tabiatni muhofaza qiluvchi hamda o‘rmon muassasalarining hududiga mazkur tashkilotlar va muassasalar rahbariyati bilan kelishuvga ko‘ra volontyorlik faoliyatini amalga oshirish uchun kirish;
volontyorlik tashkilotining, volontyorlik faoliyati tashkilotchisining mablag‘lari hisobidan hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urta qildirish.
Volontyor:
volontyorlarni muvofiqlashtiruvchidan, volontyorlik tashkilotidan hamda volontyorlik faoliyatining tashkilotchisidan olingan topshiriqlarni vijdonan bajarishi;
fuqarolar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi, o‘z faoliyati bilan uchinchi shaxslarga va atrof-muhitga zarar yetkazmasligi;
volontyorlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan maxfiy xususiyatga ega ma’lumotlarni oshkor etmasligi;
volontyorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida o‘ziga berilgan moddiy resurslar hamda asbob-uskunalarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishi va ish tugaganidan keyin ularni qaytarishi;
davlat organlarining mansabdor shaxslariga o‘z vakolatlarini amalga oshirishida to‘sqinlik qilmasligi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Volontyor qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(12-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
13-modda. Volontyorlarni muvofiqlashtiruvchining faoliyati
Volontyorlarni muvofiqlashtiruvchi volontyorlik faoliyati tashkilotchisi tomonidan yoxud volontyorlik dasturini yoki volontyorlik aksiyasini amalga oshirish uchun javobgar bo‘lgan volontyorlik tashkiloti tomonidan tayinlanadi yoxud volontyorlar guruhi tarkibiga kiruvchi volontyorlar tomonidan ular orasidan saylanadi.
Volontyorlarni muvofiqlashtiruvchi volontyorlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, ular o‘rtasida ishni taqsimlaydi, har bir volontyorning ish joyi va ish hajmini belgilaydi, ishning ular tomonidan bajarilishini nazorat qiladi.
Volontyorlarni muvofiqlashtiruvchi davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek volontyorlar guruhlari bilan hamkorlik qiladi.
14-modda. Volontyorlik tashkilotining faoliyati
Volontyorlik tashkiloti volontyorlik dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi hamda volontyorlik faoliyati tashkilotchisi bilan birgalikda yoki volontyorlarni jalb qilgan holda mustaqil ravishda volontyorlik aksiyalarini o‘tkazadi.
Volontyorlik tashkiloti volontyorlarni muvofiqlashtiruvchini tayinlaydi, u o‘z faoliyatini ushbu Qonunning 13-moddasiga muvofiq amalga oshiradi.
Volontyorlik tashkiloti volontyorlarni o‘qitish uchun ta’lim faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni jalb etish, maxsus seminarlar, ishchi uchrashuvlar va volontyorlarning uchrashuvlarini o‘tkazish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Volontyorlik tashkiloti qonunchilikda belgilangan tartibda volontyorlarni rag‘batlantirishni amalga oshiradi, shuningdek eng ko‘p o‘zini ko‘rsatgan volontyorlarni rag‘batlantirish va (yoki) mukofotlash uchun nomzodlarni volontyorlik faoliyatining tashkilotchisiga, shu jumladan volontyorlik faoliyatining tashkilotchisi bo‘lmagan davlat organlariga belgilangan tartibda taqdim etadi.
Volontyorlik tashkiloti nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi shart.
(14-moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
15-modda. Volontyorlik faoliyati tashkilotchisining vakolatlari
Volontyorlik faoliyatining tashkilotchisi:
volontyorlik dasturlari amalga oshirilishini va volontyorlik aksiyalari o‘tkazilishini tashkil etadi;
volontyorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga va rag‘batlantirishga oid davlat dasturlarining amalga oshirilishida ishtirok etadi;
volontyorlik tashkilotiga va volontyorga rejalashtirilayotgan hamda amalga oshirilayotgan volontyorlik dasturlari va volontyorlik aksiyalari, ular ishtirokchilarining soni, aksiyalar o‘tkaziladigan joy hamda vaqt, ularni o‘tkazishga doir talablar to‘g‘risida axborot taqdim etadi, shu jumladan o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtirish orqali axborot taqdim etadi;
volontyorlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida volontyorning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsiz shart-sharoitlar yaratadi;
volontyorlik tashkilotiga va volontyorga tavsiya tusidagi xatlar taqdim etadi;
volontyorga maxsus kiyim-bosh beradi hamda uning haqiqiy yashash joyidan volontyorlik aksiyasi o‘tkazilayotgan joyga kelishi va u joydan qaytishi uchun yo‘l haqi, yashash, ovqatlanish, zarur yakka tartibda himoyalanish vositalarini, uskunalarni sotib olish xarajatlarining va boshqa xarajatlarining o‘rnini qoplaydi;
xavfli, zararli hamda noqulay omillar bilan bog‘liq ishlarni bajarishga jalb qilingan volontyorlarning hayoti va sog‘lig‘ini majburiy tartibda sug‘urta qilishni amalga oshiradi.
[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.29.00 Majburiyatlarning boshqa turlari]

16-modda. Volontyorlik shartnomasi
Volontyorlik volontyor va volontyorlik faoliyatining tashkilotchisi o‘rtasida ushbu Qonunning qoidalariga rioya etgan holda yozma shaklda tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin.
Volontyorlik faoliyatining tashkilotchisi, agar u volontyorlik faoliyati bilan oyiga 20 soatdan ko‘proq band bo‘lsa, volontyor bilan volontyorlik shartnomasini tuzishi shart.
Volontyorlik shartnomasi ikki nusxada rasmiylashtiriladi, ulardan biri volontyorlik faoliyatining tashkilotchisida, ikkinchisi esa volontyorda saqlanadi.
17-modda. Volontyorlik shartnomasining mazmuni
Volontyorlik shartnomasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
volontyor volontyorlik dasturi, aksiyasi vaqtida amalga oshiradigan faoliyatning tavsifi;
volontyorlik faoliyatini amalga oshirish davri;
ish soatlari va kunlari;
ishonib topshirilgan moddiy qimmatliklarning qiymati ko‘rsatilgan holdagi tavsifi;
shartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari;
volontyorlik faoliyatining tashkilotchisi tomonidan beriladigan imtiyozlar;
belgilab qo‘yiladigan kasbiy talablar, ijtimoiy ko‘nikmalar, rivojlanish manfaatlari, zarur bo‘lganda, sog‘lig‘ining holatiga doir talablar;
taraflarning yetkazilgan zarar uchun javobgarligi;
shartnomani bekor qilish va uni haqiqiy emas deb topish shartlari.
Agar volontyorlik shartnomasini bajarish jarayonida volontyorning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni amalga oshirishni qiyinlashtiradigan holatlar taraflarga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yuzaga kelsa, shartnoma qayta ko‘rib chiqiladi.
Agar volontyorlik shartnomasini bajarish jarayonida taraflarga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra shartnomani bundan buyon bajarish mumkin bo‘lmay qoladigan holatlar yuzaga kelsa, shartnoma taraflardan birining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinadi.
Volontyorlik shartnomasini bir tomonlama tartibda bekor qilish, agar volontyorlik shartnomasida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, volontyor tomonidan yoki jalb etilgan tashkilot tomonidan bu haqda yetti kun oldin dastlabki tarzda xabardor qilish sharti bilan va sabablarni ko‘rsatish majburiyatlarisiz amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi mehnat shartnomasini yoki xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi fuqarolik-huquqiy shartnomasini yoxud shu kabi har qanday boshqa shartnomani tuzishdan bosh tortish maqsadida volontyorlik shartnomasini tuzish taqiqlanadi.
4-bob. Volontyorlik faoliyatini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash
18-modda. Volontyorlik faoliyatini rag‘batlantirish choralari
Oldingi tahrirga qarang.
Volontyorlik faoliyatini ilgari surish hamda amalga oshirish borasidagi xizmatlarini e’tirof etish va baholash belgisi sifatida jismoniy va yuridik shaxslar qonunchilikka muvofiq mukofotlanishi mumkin.
(18-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat organlari volontyorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda volontyorlik faoliyati sohasidagi xizmatlarni e’tirof etish bo‘yicha turli festivallar o‘tkazishi mumkin.
19-modda. Volontyorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va moliyaviy ta’minlash
Volontyorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari xayriya yordami tarzida quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
moddiy-texnika ta’minoti;
mulkiy ta’minot;
Oldingi tahrirga qarang.
qo‘llab-quvvatlashning qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa shakllari.
(19-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Volontyorlik faoliyatining moliyaviy ta’minoti jismoniy va yuridik shaxslarning o‘z mablag‘lari yoki jalb etilgan mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
20-modda. Volontyorlik faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish
Volontyorlik faoliyati ommaviy axborot vositalarida, Internet jahon axborot tarmog‘ida yoritilishi mumkin.
21-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Volontyorlik faoliyatini amalga oshirish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(21-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22-modda. Volontyorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Volontyorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(22-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
23-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
24-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(24-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
25-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 2-dekabr,
O‘RQ-585-son


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2019-y., 03/19/585/4096-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 50,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish