Umumiy jismoniy tayyorgarlik - sport trenirovkasini muhim vazifalaridan biri shug‘ullanuvchilarning tо‘laqonli jismoniy taraqqiyotini va xar tomonlama jismoniy tayyorgarligini ta’minlashga qaratilgan. UJT xayotiy zarur xarakat malakalarini takomillashtirishga yunaltirilgan jarayondir. Maqsadi - MJT ning poydevori bо‘lgan UJT bazasini yaratishdir.
Vazifalari – asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish organizmning funksional imkoniyatlarini oshirish xarakat malakalarining xajmi va ijroiy chegarasini kengaytirish, sog‘likni mustaxkamlash, tiklanish jarayonini faollashtirish, organizmning tashqi va ichki salbiy ta’sirlarga bо‘lgan bardoshini oshirishdan iborat. Umumiy jismoniy sifatlarga kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik kiradi.
UJT - jismoniy sifatlarni alohida yoki birgalikda rivojlantiruvchi о‘ziga xos mashqlardan iborat.
UJTni amalga oshirish jarayonida xar xil sport uskunalaridan, anjomlardan, trenajyorlardan va tabiat omillaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Sport trenirovkasining ayrim bosqich va davrlarida UJT mashqlari va mashg‘ulotlarining hajmi: shiddati, yо‘nalish va tuzilishi о‘ziga xosligi bilan farqlanadi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik – tanlangan sport turidan yuqori natijalarga erishish maqsadida shu sport turida asosiy va hal etuvchi ahamiyatga ega bо‘lgan jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yо‘naltirilgan jarayondir.
Vazifalari :
voleybolga xos maxsus xarakat sifatlari va qobiliyatlarini (tezkorlik, kuch, chaqqonlik, maxsus chidamkorlik va x.k) rivojlantirish
о‘yin texnikasini о‘zlashtirishda zarur bо‘lgan qobiliyatlarni rivojlantirish - о‘yin taktikasini о‘zlashtirishda zarur bо‘lgan qobiliyatlarni rivojlantirish.
MJT sport trenirovkasining barcha bosqich va davrlarida hajm va shiddat munosib meyorda qо‘llaniladi.
Shuni ta’kidlab о‘tish kerakki, voleybolchi jismoniy tayyorgarlikda qanday sport turi vositalaridan foylangan bо‘lsa, u о‘sha sport turi texnikasining elementlari tula egallab olishi kerak. Chunki xarakat malakasi tо‘g‘ri tuzilgan taqdirdagina ayrim jismoniy fazilatlar foydali bо‘lishi mumkindir. Umumiy jismoniy tayyorgarlik sport trenirovkasining asosiy vazifalaridan biri voleybolchilarining va uni tula qonli jismoniy о‘sishini ta’minlashga qaratilgan. Bu jarayon asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish hamda hayotni zarur malakalarni takomillashtirishni о‘z oldiga maqsad qilib qо‘yiyadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik voleybolchining maxsus tayyorgarligini ta’minlashda poydevor bо‘lib hisoblanadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik kuch, tezlik chidamkorlik egiluvchanlikni tarbiyalash va uslublari hamda vositalari bilan sport turing xususiyatini e’iborga olgan holda amalga oshirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |