Voleybol o’yinida texnik tayyorgarlik haqida umumiy tushuncha mundarija kirish


Voleybol o’yinida k texnik tayyorgarligini sifatini harakatli o’yinlar yordamida o’stirish samaradorligi



Download 43,19 Kb.
bet5/6
Sana17.03.2023
Hajmi43,19 Kb.
#919861
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Voleybol o’yinida texnik tayyorgarlik haqida umumiy tushuncha

2.2. Voleybol o’yinida k texnik tayyorgarligini sifatini harakatli o’yinlar yordamida o’stirish samaradorligi
Zamonaviy voleybolda maxsus sakrovchanlik sifati o’ta muhim harakat qobiliyatlari tarkibiga mansub bo’lib, o’yin davomida yuz beradigan turli vaziyatlarda hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Har xil yo’nalishlarda to’psiz va to’p bilan ijro etiladigan harakatlarning tez, aniq va maqsadga muvofiq amalga oshirilishi o’yin yoki uning ayrim lahzalari taqdirini belgilab beradi. Ma`lumki, voleybolchilar sekin harakatlanganda ijro etiladigan o’yin malakasi texnikasi, koordinatsiyasi va aniqligi yuqori bo’ladi. Aksincha, tezkorlik darajasi ortgan sari sport mahoratining bunday ko’rsatkichlari o’z samaradorligini susaytira boshlaydi [8].
Bu borada V.I. Izaak (1974) tadqiqotlari kishi e`tiborini o’ziga tortadi (2-jadval). Chunonchi, jadvaldan ko’rinib turibdiki, har xil o’yin funktsiyasini ijro etuvchi gandbolchilar raqib qarshiligi bo’lmagan holda o’z o’yin zonalaridan darvozaga ko’p marta to’p yo’llashlari mumkin ekan, lekin bu harakat malakalarining samaradorliga juda kam ekanligi kuzatilgan. Agar ushbu o’yin malakalari raqib qarshiligida ijro etilsa to’pni darvozaga yo’llash hajmi ham, uni samaradorligi ham yanada susayib ketar ekan.
Muallifning fikriga ko’ra to’pni darvozaga aniq yo’llash texnikasi aynan gandbol o’yiniga xos sakrovchanlik asosida shakllantirilishi ustivor ahamiyatga ega bo’lib, bunday mashqlarni raqib qarshiligida shakllantira borish jismoniy va texnik tayyorgarlikning muhim shartlaridan biridir. Turli holatlardan to’pni darvozaga yo’llash malakasini yosh gandbolchilar tomonidan o’zlashtirilishi o’yin va raqib qarshiligi vaziyatlarini modellashtirish asosida amalga oshirilishi o’rgatish samaradorligini ancha oshirishi mumkin ekan.
Kurs ish mavzusi yuzasidan o’tkazilgan pedagogik tajriba natijalari voleybol bilan endi shug’ullanishni boshlagan yosh bolalarda maxsus sakrovchanlik sifati nafaqat talab darajasida emasligi, balki kuzatilgan ko’rsatkichlarni sport bilan shug’ullanmaydigan bolalar ko’rsatgachlaridan ham past ekanligini namoyon etdi (3-jadval). Jumladan, tik turgan holatdan 30 m ga yugurish ko’rsatkichlari pedagogik tajribadan oldin nazorat guruhida ham, tajriba guruhida ham talabga javob bermasligi ma`lum bo’ldi. Xususan nazorat guruhida bu ko’rsatkich 5,8 s, tajriba guruhida - 5,9 s ga teng bo’ldi.
3-jadval
Yosh voleybolchilardan iborat nazorat (n) va tajriba (t) guruhlarida sakrovchanlik sifatini 1 oylik pedagogik tadqiqot davomida rivojlanishi
N-n=10 T-n=10
Me`yoriy mashq Tajribadan oldin Tajribadan so’ng
n t n t
30 m ga yugurish (s) 5,8±0,6 5,9±0,9 5,4±0,7 5,0±0,8
4x6 m ga yugurish 7,0±0,9 7,1±0,7 6,7±0,4 6,2±0,6

4x6 m ga mokisimon yugurish - nazorat guruhida - 7,0 s, tajriba guruhida 7,0 s ni tashkil etadi.


Pedagogik tajriba muddati tugaganidan so’ng amaldagi dastur asosida shug’ullangan nazorat guruhida 30 m ga yugurish 5,8 s dan 5,4 s gacha sakrovchanlik sifati yaxshilanadi.
Tajriba turuhida bu ko’rsatkich 5,9 s dan 5,0 s gacha ijobiy tomonga o’zgardi.
4x6 m ga mokisimon yugurish birinchi guruhida - 7,0 s dan 6,7 s ga yaxshilangan bo’lsa, ikkinchi, tajriba guruhida ushbu ko’rsatkich 7;1 s dan 6,2 s ga o’zgardi. Demak, pedagogik tajriba davomida qo’lllanilgan sakrovchanlikka oid estafetali -o’yin mashqlari o’ta samarali qiymatga ega ekanligi isbotlandi. Shuni ham alohida e`tirof etish joizki, tajriba guruhiga mansub bolalarda nazorat guruhiga qaraganda nafaqat mokisimon yugurish texnikasi tez sur`atlar bilan shakllana bordi, balki ularda shu mashqni ijro etish koordinatsiyasi ham progressiv yo’nalishida o’zlashtirilayotganligi kuzatildi.
Yuqorida qayd etilgan pedagogik tajriba natijalari, sinab ko’rilgan estafetali-o’yin mashqlari faqatgina sakrovchanlik sifatlarini samarali rivojlantirib qolmay, shu sifatlar asosida ijro etilishi kerak bo’lgan o’yin malakalarini ham unumli sayqal topishiga imkon yaratadi. Binobarin, jismoniy va texnik tayyorgarlikning chambarchas bog’liqligi hamda bu jarayonlarga oid mashqlar majmualarini dastlabki o’rgatish bosqichidan boshlab bir-biriga birikkan holda qo’llash texnologiyasi o’zining nazariy -ilmiy va amaliy-uslubiy jihatlardan qanchalik dolzarb zkanligi oshkor bo’ldi.
Umuman olganda, yana shu narsani alohida ta`kidlash joizki, dastlabki tayyorgarlik guruhlarida shug’ullanayotgan bolalarning o’quv-mashg’ulot jarayonida pedagogik nazorat ishlarini olib borilishi, ular bajarayotgan xar bir mashqlarga adolatli baho berish shu bolalarda o’ta qiziquvchanlik, faollik fazilatlarini charhlar ekan, mashg’ulotlariga ijodiy va ma`suliyat bilan yondoshishlariga asos bo’lar ekan.
Voleybol musobaqalarida barcha turdagi kuch sifatlari (umumiy va maxsus, mutloq va nisbiy, statik va dinamik, tezkor-portlovchi, kuch chidamliligi) hal qiluvchi ahamiyatiga ega bo’lishi isbotini talab qilmaydi. Shuning uchun o’quv-mashg’ulot jarayonida kuch va kuchlanish turlarini rivojlantirishga e`tibor qaratish malakali voleybolchilar tayyorlashning muhim shartlaridan biridir.
Yosh voleybolchilarda har xil turdagi kuch sifatlarini o’rganish qayd etilgan ko’rsatkichlar malakali yosh sportchilar nisbatan sezilarli darajada sayoz ekanligini ko’rsatdi (4-jadval). Jumladan, ikki guruhdagi bolalarni qo’shib hisoblaganda ham ularning ko’rsatkichlari tadqiqot boshlanmasdan avval deyarli farq qilmadi.
4-jadval
Yosh voleybolchilarda tezlik-kuch sifatining darajasi (18 kishi).
Kuch turlari Kuch ko’rsatkichlari XL
Gavda kuchi, kg 54,2±2,7
Turnikda tortilish 5,3±1,2
Brusyada qo’llarni bukish-yozish 4,5±1,7
Gorizontal holatdan qo’llarni bukish-yozish (30 s) 8,1±1,3
Chunonchi, qo’l-qorin-bel mushaklari kuchi tekshiriluvchi bokschilarda 54,2±2,7 kg ni tashkil etdi. Ushbu ko’rsatkichni taqqoslash maqsadida shu narsa ravshan bo’ldiki, 15-16 yoshdagi dzyudochilarda bu ko’rsatkich 142-182 kg oralig’ida bo’lishi mumkin. 11-12 yoshga to’lgan malakali voleybolchilarda bu ko’rsatkich ancha yuqori darajada qayd etilgan [6, 7].
Turnikda tortilish testi bo’yicha baholanadigan – qo’llarni bukuvchi mushaklar kuchi 5,3±1,2 martaga teng bo’ldi. Qo’llarni yozuvchi mushaklar kuchi (brusyada qo’llarni bukish-yozish) tekshiruvdan o’tgan ko’rashchilarda 4,5±1,7 martani tashkil etdi.
Qo’llarga tayanib gorizontal holatda qo’llarni 30 soniya davomida bukish-yozish o’rtacha 8,1±1,3 martaga teng bo’lib, tekshiruvdan o’tkazilgan voleybolchilarda kuch chidamliligini etarli darajada shakllanmagan deb baholashga asos bo’ldi.
Rejalashtirilgan pedagogik tadqiqot samarasini baholash maqsadida kuzatuv va tadqiqot guruhlariga mansub voleybolchilar ko’rsatkichlari alohida statistik tahlil qilindi
Pedagogik tajriba guruhida ushbu ko’rsatkichlar biroz ustunlikka ega ekanligi ma`lum bo’ladi. Lekin bu ustunlik tadqiqotga jalb qilingan voleybolchilarning umumiy tayyorgarligi oz bo’lsada, yuqoriroq darajada deb xulosa qilishga asos bo’la olmaydi. Ehtimol, mazkur vaziyat pedagogik tadqiqot guruhiga mansub voleybolchilarni alohida e`tibor doirasida ekanligi ularning ruhiy emotsional holatini ijobiy pog’onaga biroz ko’tarilganligidir. Ma`lumki bolalarni maqtash, rag’batlantirish, boshqalardan ustun qilib ko’rsatish yoki ularni o’zgalardan dono, aqlli, kuchli ekanligiga ishontirish ruhiyatga progressiv ta`sir etib, oxir oqibat funktsional jarayonlarni faollashtiradi.
Diqqatni jalb qiluvchi yana bir vaziyat shundan iboratki, qo’llarga tayanib gorizontal yotgan holatda qo’llarni 30 sek davomida bukish-yozish soni qo’llarni bukuvchi-yozuvchi mushaklar kuchidan ancha ustun ekanligi namoyon bo’ldi. Bu holat ko’pgina tadqiqotchi-olimlar xulosasiga zid bo’libgina qolmay, aksincha, 10-12 va bundan katta yoshdagi bolalarda kuch sifatini katta og’irliklar bilan meyorsiz rivojlantirishga berilib ketmaslikka e`tibor qaratadi.
Qizig’i va murakkabligi shundaki, kuzatilgan aksariyat maktablarda o’quvchilarning nafaqat kuch sifati, balki jismoniy sifatlari ham juda kam rivojlangan. Ayrim bolalar uyalganlaridan hatto turnikda tortilishdan bosh tortadi. Demak, sport to’garaklari yoki BO’SMlarga kelayotgan aksariyat bolalar ham jismoniy jihatdan deyarli etarli rivojlanmagan bo’lishadi. Shuning uchun murabbiylar dastlabki tayyorgarlik jarayonida mashg’ulotlarni shug’ullanishga kelgan bolalarning jismoniy va funktsional imkoniyatlariga moslab rejalashtirishlari zarur bo’ladi.
Yosh voleybolchilarda tezlik-kuch sifatini turli og’irliklar bilan rivojlantirish aslo ijobiy natija bermaydi. Shuning uchun dastlabki shug’ullanayotgan bolalarda tezlik-kuch sifatini noan`anaviy - nostandart mashqlar yordamida rivojlantirish juda muhimdir [16].
Nazorat va tajriba guruhlarida tadqiqot boshlanishi va yakunida qayd etilgan ko’rsatkichlar 7-jadvalda berilgan.
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, nazorat va tajriba guruhlarida kuzatilgan natijalar dinamikasi tanlangan mavzuning bosh maqsadi, tadqiqotning asosiy g’oyasi va uning oldiga qo’yilgan ilmiy faraz to’la-to’kis ijobiy hal etilganligini isbot qildi. Chunonchi, qo’l-qorin-bel mushaklari kuchi tadqiqot guruhidagi voleybolchilarda nazorat guruhidagiga nisbatan 5,8 kg ga o’sdi. Nazorat guruhidagi voleybolchilarda ushbu farq faqatgina 8,1 kg ga teng bo’ldi. Ya`ni nazorat guruhida ushbu ko’rsatkich tadqiqot boshida 53,2 kg ni tashkil etgan bo’lsa, tadqiqot yakunida 56,3 kg gacha oshdi.
Fikrimizcha, mazkur sifatlarni shu yoshdagi bolalarda har xil darajada belgilanganiga tadqiqotchilarning tekshiruvga turlicha yondoshishi, tekshiruv shartlarini bir xilda emasligi yoki turli mintaqada yashovchi bolalarniig jismoniy tayyorgarligi turlicha bo’lganligi bilan bog’liqdir. Vaholanki, gandbol, voleybol, basketbol kabi sport o’yinlarida sakrovchanlik sifatlari birdek muhim ahamiyatga egadir.
Bizning tadqiqotimizda qo’llanilgan test mashqlari har bir bolada 3 martadan qabul qilinib, eng yaxshi natija tanlab olingan edi.
1 oylik pedagogik tadqiqot natijasida tajriba guruhida olingan ko’rsatkichlar nazorat guruhidaga bolalar ko’rsatgan natijalarga nisbatan talaygina farq qildi. Chunonchi, agar nazorat guruhida tajriba boshlanishidan avval joydan turib vertikal sakrash 33,4 sm ga teng bo’lgan bo’lsa, tadqiqot muddati tugaganidan so’ng bu ko’rsatkich 35,2 sm ga ortdi (farq 1,8 sm). Joydan turib uzunlikka sakrash shu guruhda tadqiqotdan oldin 170,4 sm, tadqiqotdan so’ng 176,2 sm ga teng. bo’ldi (farq 5,8 sm).
Pedagogik tadqiqot davomida sakrovchanlik va maxsus sakrovchanlik sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan estafetali-o’yin mashqlari bilan shug’ullangan tajriba guruhidagi bolalarda o’rganilayotgan ko’rsatkichlarning o’sish darajasi o’ta samarali rivojlanganligi kuzatildi. Jumladan, pedagogik tadqiqot boshlanishidan avval tajriba guruhida joydan turib vertikal sakrash 32,8 sm ga teng bo’lsa, tadqiqot so’ngida bu ko’rsatkich 39,3 sm (farq 6,5 sm) gacha o’sdi. Joydan turib uzunlikka sakrash - 170,4 sm dan 181,2 sm ga ortgani kuzatildi. Binobarin, pedagogik tadqiqot davomida qo’llanilgan maxsus estafetali-o’yin mashqlari sakrovchanlik sifatini rivojlantirish borasida o’ta samarali ekanligini isbotlab berdi. Alohida shuni ta`kiddash lozimki, tajriba guruhida shug’ullangan bolalarda nafaqat o’rganilayotgan maxsus jismoniy sifatlar tez sur`atlar bilan rivojlanganligi namoyon bo’ldi, balki bu bolalarda faollik va qiziqish alomatlari yaqqol ko’zga tashlandi, o’yin malakalarini o’zlashtirish jarayoni ancha yengil kechayotgani kuzatildi. Bundan tashqari shu guruhdagi bolalarda mashqlarga ijodiy yondoshish alomatlari yaqqol ko’zga tashlandi.
Ehtimol qilish mumkinki, mazkur guruhda qo’llanilgan nostandart estafetasimon mashqlar o’yin tarzida tashkil qilingani sababli bolalarda harakat erkinligini vujudga keltirgan. Ma`lumki, o’yin tarzida qo’llaniladigan mashqlar bolalar organizmida (ho’jayra, to’qima, mushak tolalari va h.k.) o’ta charchash yoki zo’riqish alomatlari tez paydo bo’lishini orqaga suradi. Buning sababi, o’yin davomida shu bolalarning emotsional holati ko’tariladi, ular yuklama haqida o’ylamaydilar. Boshqacha qilib aytganda bunday nostandart o’yin yuklamalari bolalarni charchashdan chalg’itadi. Aynan shu holatlar shug’ullanuvchi yosh bolalarda jismoniy sifatlarni samarali rivojlanishiga turtki beradi.Voleybol o’yinini hujum va ximoya texnikasidan iborat. Hujumda ham ximoyada ham shax turish va siljish, to’pni uzatish va qabul qilib olish, to’pni bir yoki ikki qullab olish va qaytarish, to’pning yo’lini to’sish kabilar mavjud. O’yinchining shay turishi va siljishi. Voleybol o’yini davomida o’yinchi maydon bo’ylab xarakatda bo’ladi va siljib turadi. Siljishdan maqsad to’pni qabul qilib olish va boshqa usullarni amalga oshirish uchun ma’qul joy tanlashdir.
O’yinchining sport holatida turishdagi eng muhim nuqta uchun siljishga doim tayyor bo’lib turishidir. O’yinchi turish xolatida oyoqlari bukilgan, oyoqlar yelka kengligida ochilgan, bir oyoq ozgina oldinga, tana ham bir oz oldinga egilgan bo’ladi. Qo’llar tirsakdan egilgan va kaftlar bir-biriga qaragan bo’lishi kerak. Bu xolat doimiy emas, albatta u o’yining borishiga qarab o’zgarib turadi. Agar turdan qaytgan tupni olish lozim bo’lsa, o’yincha ancha egiladi, otayotganda to’g’rilanadi va xokozo.
Voleybolchi maydon bo’ylab oyoqlarini chalishtirib (chapga, unga, oldinga, orqaga), ikki qadam (oldinga va orqaga) sakrab (yugirish va odimlash) yurigib (maydon bo’ylab tez siljish va yo’nalishini birdan o’zgartirib) yurishi mumkin. Oxirgi yugirish qadami uzun bo’ladi, negaki undan keyin tuxtash, sakrash, yo’nalishini o’zgartirish mumkin.
To’pni uzatish. Bu - o’yinni davom ettirish uchun sherik yoki raqib tomoniga uzatilgan to’pni o’zaro o’tkazish usuli bo’lib hisoblanadi. Bundan tashqari, to’pni oldinga, yuqoriga va orqaga o’tkazish usullari ham mavjud.
Tupning uchish trayektoriyasiga qarab butun maydon bo’ylab uzun qo’lni maydonga qisqa va o‘z maydoniga o‘ta qisqa uzatishlar ham qo’llaniladi. To’pni uzatish balandligiga qarab past (to’rdan 1 mert yuqori), o’rta (2 metrgacha), va undan baland (2 metrdan ortiq), masofasiga ko’ra yaqin (0,5 mertdan kam) va uzoqroq (0,5 mertdan ortiqroq) kabilarga bo’linadi.
To’pni ikki qo’llab yuqoridan uzatish. Bu juda keng tarqalgan usul hisoblanadi. Bunda ishonch va aniqlik bilan xarakatlanish uning muxim tomonidir.
O’yinchi dastlabki xolatda oyoqlarini tizzadan bukib qo’llarini oldinga chiqarib kaftlar biroz ichkariga qaratilgan, panchalar tarang tutiladi.
To‘p yaqinlashganda oyoqlar to’g’rilanadi va gavda ko’tariladi. Qo’llar chuziladi va to‘p qabul qilishga tayyorlanadi. Qo‘l gavda va oyoq harakatlari o’zaro muvofiqlanadi. Bu esa to’pni tegishli joyga borish imkonini beradi.
Uzatishning yana boshqa turi ham mavjud bo’lib, unda to‘p ikki qo’llab yuqoridan, bir qo’llab yuqoridan, ikki qo’llab yuqoridan uzatiladi. Ammo bu usullar o’yinda kamroq qo’llaniladi. Shunga qaramay har bir voleybolchi to’pni tez va aniq uzatishini hamda yo’nalishi bo’yicha zarb berishni urganishi zarur.
To’pni qabul qilish. Bu - raqiblar hujumidan keyin to’pni o’yinda saqlab qolishda himoya usuli hisoblanadi. Ikki qo’llab to’pni pastdan qabul qilib olish zamonaviy voleybolda asosiy usuldir. U hujum paytida kuchli zarb paytidagi asosiy usuldir. Bu usulda gavda yuqoriga yoki biroz egilgan qo’llar oldinga pastga tushiriladi, bir kaft ikkinchisiga qo’yilgan bo’ladi. To’pni bilaklarda qabul qilib olinadi. Bilaklarda bo’ladigan zarbni yumshatish maqsadida qo’llar tirsakdan yaqinlashtirilib ko’tariladi va bukiladi, oyoqlar to’g’rilanadi va gavda ko’tariladi.
To’pni ikki qo’llab yuqoridan qabul qilish. Bu usul bilan to‘p uncha kuchli kelayotgan paytlarda, shuningdek, boshqa usulni qo’llash qulay bo’lganda qabul qilinadi.
To’pni bir qo’llab pastdan qabul qilish. Bu usulning aniqligi yetarli bo’lganligi uchun ham qo’laniladi, ammo to‘p o’yindan uzoqda bo’lganda va boshqa usul qo’llashning imkoni bo’lganda va boshqa usul qo’llanilishi foydalidir. To’g’rilangan qo‘l tarang siqilgan panjalar to’pning yo’lini to’sadi (to’pni musht hamda kaft yoki bilaklari bilan uriladi). Bu xarakatlarda oyoq qatnashmaydi.
To’pni oshirish. To’pni o’yinga kiritish oshirish deyiladi. Zarb uchun qulay bo’lgan qa’tiy xolatda turish yuqoriga oshirish hamda qo'lni siltab to'pni urish, o'rgandan keyingi o'yinchining xarakatlari oshirishning asosiy xususiyatlaridir. Oshirishda to'pni musht yoki kaft bilan urush mumkin. Bunda to‘p yuqoriga bir qo'l bilan otiladi. Yuqoriga otishning yo'nalishi va balandligi bajarish ususliga bog’liq. To’pni bosh ustidan urib yuborilsa yuqoridan pastdan o’rilsa pastdan oshirish, yon bilan tursa yonlamasiga to‘p oshirish deyiladi. Shunga muvofiq to’rt xil oshirish usullari mavjud: pastdan to’g’riga, pastdan yon bilan, yuqoridan to’g’riga, yuqoridan yon tomoni bilan.
To’pni pastdan to’g’riga oshirish. O’yin boshlovchi uchun bu asosiy usul bo’lib xisoblanadi. U tur tomonga qarab turib bajaradi. O’yinchi tirsakdan bukilgan qo‘l bilan tupni ushlab turadi. Boshqa qo‘l tupga zarb berish uchun uni orqaga o’zatiladi. Shundan so’ng panjalar biroz bukilib, to‘p yuqoriga 20-30 sm balandlik otiladi va zarb beriladi.
O’yinchi zarb beriboq orqaga turgan oyog’ini to’g’irlaydi va tana og’irligini oldinda turgan oyoqqa kiradi. Zarb bergandan keyin o’yinchi xududi xarakat qilmoqchi bulgandik xolatni oladi. To’g’ridan xujumkor zarbi. To’rning yuqori qismidagi to’pni bir qo’llab raqib tomonga urishdan iborat xujum, bu xujumkor zarb deyiladi. Bu xujumkor zarb o’rnidan sakrab yoki yugirb kelib bajariladi. Xujumchi bu zarbni bir ikki va uch qadam bosib kelib bajaradi. O’yinchi uchib kelayotgan to’pni qo’llarni oldinga yuqoriga kutaradi, uruvchi qo‘l zarb uchun tayyorlanadi. Tana bi oz orqaga egiladi. Panjalar musht qilib turiladi va yerga qarab bukiladi, keyin zarb beriladi, shundan so’ng oyoq pastga tushgan to‘p bilan birga tushadi. Tshpni qancha kchli urush zarur bo’lsa, kaft shuncha bushroq bo’lsa, kaft shuncha tarang qilinadi. Voleybol jamoali o’yin turiga mansub bo’lib, o’yinda ikki jamoa xar birida olit kishi o’ynashi shart. Zahiradagi o’yinchilar soni 2 tadan 6 tagacha bo’lishi mumkin.Voleybol sport o’yinlari turlariga mansub bo’lib o‘z mohiyati va mazmuni xususiyati bilan ulardan farq qiladi. Voleybol o’yini nisbatan kichik bo’lgan ya’ni o'rtasidan teng ikkiga bo'lingan 18 x 9 metrli to'g'ri burchakli to'rtburchak shaklidagi maydonchada amalga oshiriladi.
Uzatish texnikasi. To‘p uzatish voleybolda asosiy o'yin malakalaridan biri bo'lib shu o'yin bilan bog'liq bo'lgan barcha texnik taktik faoliyatni amalga oshirishga imkon yaratuvchi yagona vositadir. Uzatish hujum texnikasiga mansub bo'lib uni ma’lum vaziyatda taktik mahorat bilan to'g'ridan to'g'ri ijro etish ochko olish imkonini berish mumkin. Uzatish bir necha turlardan iborat bo'ladi. Tayanch holatda ikki qo'llab yuqoridan uzatish ikki qo'llab pastdan uzatish, bir qo'l bilan yuqoridan va pastdan uzatish, sakragan holatda ikki qo'l yoki bir qo'l bilan yuqoridan uzatish.
Uzatish vertikal gorizontal yoki diagonal ravishda baland past uzoq yoki yaqin yo'nalishlarda ijro etilishi mumkin.
Himoya texnikasi, to'pni qabul qilish texnikasi.
To'pni qabul qilish texnikasi bu o'yinchining o'z maydonchasida to'pni qoidaga binoan yerga tushishiga qarshi qo'llaydigan harakat malakasidir. To'pni qabul qilish turli usullarda va o'ziga xos texnik tartibda ijro etiladi. Pastdan ikki qo'l bilan qabul qilish zamonaviy voleybolda asosiy himoya vositalaridan biri bo'lib dastlab tez va aniq to'pni yo'nalishiga qarshi chiqish tana og'irlik markazini pastroq tushirib ikki qo'lni to'g'ri yozilgan holatda bir-biriga qulf tarzida amalga oshiriladi.
Pastdan ikki qo'l bilan to'pni qabul qilish texnikasi ya’ni mazkur malakani ijro etishda tana og'irlik markazini baland pasligi, oyoqlarning tizza qismini bukilishi burchagini katta kichikligi gavdani biroz oldinga egilishi yoki vertikal ravishda bo'lishi yiqilib qabul qilishlar o'yin vaziyatiga o'yinga kiritilgan to'pni yoki hujum zarbasining kuch tezligiga va boshqa sharoitlarga bog'liq bo'ladi.
To’siq qo’yish texnikasi to’siq qo’yish bu raqib o’yinchisi tomonidan uzatilgan yoki zarba berilgan to‘p yo’nablishini to’sish unga qarama-qarshi “Jonli devor” tashkil qilishdir. To’siq qo’yuvchi o’yinchi dastlab oyoqlarini yelka kengligida joylashtiradi. Oyoqlar tizza qismidan ozgina bukilgan bo’ladi, qo’llar yelka qismidan bukilgan bo’lib panjalar yoyilgan shaklda bo’ladi. To’pni yo’nalish joyiga qarab harakatlantirgandan so’ng oyoqlar tizza qismidan birozgina bukilib shiddat bilan yoziladi va qo’llarning faol harakati bilan sakrab to‘p kengligida to’siq qo’yiladi.
To’siq qo’yish texnikasini o’rgatishni yakka to’siqdan boshlaymiz. Haraktlanmaydigan to’siq boshlaymiz. To’siq qo’yish texnikasinio’rganayotganda uni qismlarga bo’lib o’rgatish maqsadga muvofiq. Birichidan, to’siqni oldida qanday sakrashni o’rgatish kerak. Undan keyin to’siq bo’ylab harakatlanishni, shug’ullanuvchilarda hujumchilarni harakatini kuzatish qobilyatini tarbiyalash lozim. To’siq qo’yishni o’rgatishda quyidagi mashqlardan foydalanamiz.To’pni oldida turgan holda to’siqqa sakrab imitasiya qilish. O’yinchilar to’plar bila 4 zonada bir-birini ketida hujum qilishga turishadi. 3-zonada to’pni hujumchilarga yetkazib beradilar o’yinchi turadi. 4-zonada 3-zonaga to’p uzatiladi. 3-zonadan esa to’rga yaqin qilib to’p 4-zonaga yeitkazib beriladi. To’pni narigi tomonidan 2-zonada turgan o’yinchi esa to’siq qo’yadi. Hujumchini qaysi tomonga qarab hujum qilsa, shu tomonni to’siq bilan berkitiladi. O’yinchilar joylari bilan ma’lum bir marta hujum qilgandan keyin almashishadi. Ko’rsatkichni belgilash, hujumdami yoki himoyadami ma’lum bir texnik malakalar asosida yana raqibni harakatidan belgilash mumkin. Buning uchun ma’lum bir ko’rsatkichlarni yozib va bu ko’rsatkichlardan jamoani va o’yinchini texnik tayyorgarligini bilsa bo’ladi. Shug’ullanuvchilarni mashg’ulotini tizimli ravishda nazorat qilibborish kerak. Eng maqsadga muvofiq nazorat qilish bu musobaqa nazoratidir.
Sport mutaxassiligi sportchining har taraflama rivojlangan bo’lishini istisno qilmaydi. Aksincha, organizmning umumiy funksional imkoniyatlari oshishida har tomonlama jismoniy va ruhiy qobiliyat asosida, sportchi tanlagan sport turida yuqori darajadagi taraqqiyotga erishish mumkin. Sportchilarning sportda muvaffaqiyatlarga erishishida va har taraflama rivojlanishining bog’liqligini 2 ta asosiy sababini ko’rsatish mumkin:
Birinchisi – bu inson organizmi rivojlanish va faoliyat jarayonida barcha organlarning bir-biri bilan bog’liqligi. Sportning har bir turi o’ziga xos alohida o’zaro munosabatlar talab qilishiga qaramasdan jismoniy fazilatlar rivojlanishida har doim umumiy qonuniylik aks etadi: har qanday fazilatning me’yoriy rivojlanishi organizmning funksional umumiy imkoniyatlarini oshirish bilangina amalga oshadi.
Ikkinchidan – har xil harakatlantiruvchi ko’nikmalar va qobiliyatning o’zaro ta’siri. Sportchining o’zlashtirgan harakatlantiruvchi mahorati va qobiliyati qanchalik keng bo’lsa, yangi harakatlantiruvchi faoliyat va oldingi o’rganganlarini amalga oshirishda zamin yaratadi.
Kishining ongiga bog’lanmagan holda mavjud bo’lgan qonuniylik sportda kamolotga erishish shuni talab qiladi, mashg’ulot chuqur maxsus jarayon bo’lish bilan birga sportchining har tomonlama rivojlanishiga olib kelishi kerak. Shu munosabat bilan sport mashg’ulotlari umumiy va maxsus tayyorgarligi ajralmagan holda birga olib boriladi. Sportchining umumiy tayyorgarlik va maxsus tayyorgarlik birligi shuni ko’rsatadiki, sportda muvaffaqiyat va yutuqlarga ziyon yetkazmasdan erishish uchun, ulardan birini mashg’ulotdan ajratib bo’lmaydi. Sportda bu ko’zlangan maqsad – tarbiyaviy vositadir.
Umumiy va maxsus tayyorgarlik birligi, bu ularning o’zaro bir-biriga bog’liqligi, ularning umumiy jismoniy tayyorgarligi mazmunida aks etadi, tanlangan sport turi xususiyatida belgilanadi, maxsus tayyorgarlik mazmuni, umumiy tayyorgarlik tashkil qilgan dastlabki shart-sharoitga bog’liq bo’ladi.
Kuch zamonaviy sport trenirovkasi praktikasida sportchining eng muhim jismoniy fazilatlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Chunki kuch ma’lum darajada o’yinchining maydonda harakatlanish tezligini, yuqoriga sakrashning balandligi darajasini belgilaydi.
Kuch o’z xarakteriga ko’ra: absolyut kuch, nisbiy kuch, «portlovchi» va «startga oid» bo’lishi mumkin.
Sport mashg’ulotlarida muskullar o’z uzunligini o’zgartirmasdan (statik, izometrik rejim) va o’z uzunligini qisqartirgan holatda (ustun keladigan rejim) kuch ko’rsatadi.

Mushaklar cho’zilganda ustun keladigan va to’siqsiz rejimlar birgalashib «dinamik rejim» tushunchasini hosil qiladi. Kuchni tarbiyalash jarayonida kuch qobiliyatlarining barcha turlarini rivojlantirish kerak.


Kuchni og’irliklardan foydalanish xarakteri bo’yicha rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni ikki gruppaga bo’lish mumkin: tashqi og’irlanish yoki qarshilanish va o’z og’irligi yoki badanning qisman og’irligi orqali bajariladigan mashqlar.
Mashqlarning birinchi gruppasi voleybolchining muskullarini rivojlantirishida katta imkoniyat yaratadi. Og’irlanishlar va qarshiliklardan (paktelyalar, yadrolar, to’ldirma to’plar, og’ir toshlar, shtanga, raqibning og’irligi yoki qarshiligini yengish, espanderlar va hokazo) keng ko’lamda foydalanish va ularning turli-tumanliligi trenirovka nagruzkasining hajmini va intensivligini belgilab berishga sharoit chratadi. Bunday kerakli mashqlar muskullar gruppasining rivojlanishiga qaratilgan bo’lib, u sportchini tezda katta kuchlanishlardan to’liq bo’shashish qobiliyatiga o’rgatishga yordam beradi. Shu bilan birgalikda sherigi tomonidan ko’rsatiladigan har xil qarshiliklar orqali bajariladigan mashqlar sportchilardan katta iroda kuchini talab qiladi. Negaki ular faqat kuchdagina musobaqalashib qolmasdan, shu kuchdan oliy darajada samarali foydalana olishda ham bahslashadilar.
Ikkinchi gruppa uchun o’ziga xos xususiyat, bu snaryada bajariladigan gimnastik mashqlar, arqonga chiqish, o’z vaznini kuch bilan ko’tarish, o’tirish-turishlar, oyoqlar tizzalarida yarim bukilgan holatda yurish va hokazolar hisoblanadi. O’z og’irligiga qarshilanish orqali bajariladigan mashqlar o’yinchilar uchun sekin-asta bajarishdan tez bajarishga, oddiydan murakkabga o’tishga imkon yaratadi. Bu mashqlarni bajarishda muskul gruppalari ishga qanchalik kam jalb qilingan bo’lsa, badanning siljish yo’li qanchalik qisqa bo’lsa va badanning kamroq qismi og’irlik bo’lib qarshilansa, ularni shunchalik ko’proq takrorlash lozim.
Oyoq va tana kuchini rivojlantirish uchun katta kuchlanish bilan bosqichma-bosqich oshib boruvchi rejimda bajariladigan mashqlar effektivli mashqlar hisoblanadi. Anna shunday mashqlardan biri – yelkaga qo’yilgan shtanga bilan o’tirib turish – tipik mashqdir. Bu mashqda shtanganing grifi maxsus qurilmaning vertikal yo’lkasidan ma’lum balandlikkacha sirg’anib tushishi lozim. Shu sharoitda o’yinchiga o’z imkoniyatiga ko’ra ham anchagina og’irroq shtangani ko’tara olishi uchun imkon yaratib beriladi. Shtanganing vertikal yo’lakchasidagi balandligi qanchalik baland yoki past o’rnatilsa, sportchi shunchalik balandroq yoki pastroq o’tirishi mumkin bo’ladi.


Download 43,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish