Kotib o‘z faoliyatini birinchi hakam qarama-qarshisidagi ustun ortida (ikkinchi hakam orqasida) joylashtirilgan stulga o‘tirgan holda olib boradi
2. Burchlari.
Kotib ikkinchi hakam bilan hamkorlikda qoidaga muvofiq o‘yin bayon- nomasini yozib boradi.
Kotib o‘zining hakamlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘1gan ma'lumot1arni bildirishda o‘yinni to‘xtatish kerak bo‘lib qolsa, tovushi farq qiluvchi xushtak yoki sirenadan foydalanishi mumkin.
2.1. Kotib o‘yin va partiyalar oldidan:
2.1.1. Bayonnomaga o‘yin va jamoa haqidagi ma'lumotni yozadi hamda sardor va trenerlar imzosini qo‘ydiradi
2.1.2. O‘yinchilarning joylashish tanibi bo‘yicha trener bergan varaqa- chadagi o‘yinchi1ar raqamini bayonnomaga yozadi
Agar kotib ushbu varaqachani o‘z vaqtida olmasa, u zudlik bilan bu haqda ikkinchi hakamga aytadi. Varaqachadagi o‘yinchilar raqami hakamlardan boshqa kishilarga sir tutiladi.
Agar kotib ushbu varaqachani o‘z vaqtida olmasa, u zudlik bilan bu haqda ikkinchi hakamga aytadi. Varaqachadagi o‘yinchilar raqami hakamlardan boshqa kishilarga sir tutiladi.
2.1.3. “Libero”ning raqami va familiyasini bayonnomada qayd etadi .
2.2. Kotib o‘yin davomida:
2.2.1. Yig‘ilgan ochkolarni yozib boradi va hisobning tabloda to‘g‘ri aks ettirilishini nazorat qiladi .
2.2.2. O‘yinga to‘p kiritish navbatini nazorat qiladi. Agar navbat buzilsa. zudlik bilan bu haqda hakamlarni xabardor qiladi (13.2, 13.4.1).
2.2.3. Tanaffuslarni va o‘yinchi almashtirishlarni bayonnomaga yozib boradi hamda buпi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini ikkinchi hakamga aytib turadi.
2.2.4. Tanaffus noto‘g‘ri talab qilingan bo‘lsa, bu haqda hakamlarga xabar beradi.
2.2.5. Hakamlarni partiya tugagani, texnik tanaffuslarning boshlanishi va tugash vaqti hamda hal qiluvchi partiyada hisob 8 bo‘lganligi haqida xabardor qiladi.
2.2.5. Hakamlarni partiya tugagani, texnik tanaffuslarning boshlanishi va tugash vaqti hamda hal qiluvchi partiyada hisob 8 bo‘lganligi haqida xabardor qiladi.
2.2.6. Har bir ko‘ri1gan jazo choralarini bayonnomada qayd etadi.
2.2.7. Ikkinchi hakam ko‘rsatmasiga binoan o‘yinda ro‘y bergan barcha vaziyatlarni (istisno tariqasida almashtirish, turli tanaffuslar va hokazo bayonnomaga yozib boradi)
2.3. O‘yiп yakunida kotib:
2.3.1. Yakuniy hisobni bayonnomaga yozadi.
2.3.2. Agar shikoyat bo‘lsa, uni bayonnomaga qayd etadi va sardorga shu shikoyat mohiyatini bayonnomada ko‘rsatishga ruxsat beradi.
2.3.3. Bayonnomaga imzo chekadi, sardor va hakamlarga imzo qo‘ydiradi.