musiqachilar orasidagi olim Al-Farobiy yosh avlodni tarbiyalash, o`qitish
masalalariga ko`plab ilmiy va amaliy g„oyalar bildiradi. U shuningdek, musiqa
nazariyasining asoschisi hamdir. Taniqli olim, faylasuf, musiqashunos Jomiyning
“Risolai dar ilmi musiqa” nomli kitobida kompazitsiya, lad, ritm nisbatlari haqida
yozilgan. O`zbek shoiri Alisher Navoiy ham musiqa san‟ati sohasida nihoyatda
katta bilimga ega bo`lgan edi. Uning musiqaviy estetik qarashlari “Sabbai-
Sayyor”,“Maxbub-ul qulub”, “Hamsa” kabi asarlarida aks etgan.
Barcha xalqlar qatori o`zbek xalqi ham qadimdan o`zining boy milliy
ma‟naviy qadriyatlari, urf-odatlari va an‟analariga ega bo`lib kelgan tarixan juda
o`tmishga borib taqaladigan boy musiqiy merosga ega. O`zbek xalqining turmush
tarzi, ruhiyati va salohiyatini belgilovchi xususiyatlarini belgilovchi uning
musiqasi, kuy va qo`shiqlaridir. Bu milliy musiqiy merosi nihoyatda boy va ko`p
janrlidir.
Tarixdan ma‟lumki, o`zbek xalqining musiqa merosi og„izdan-og„izga,
ustozdan shogirdga, otadan-o`g„ilga, onadan-qizga o`tib kelgan ma‟lum vaziyat va
sharoit bilan chegaralangan (oilaviy marosim, mavsumiy marosim, mehnat
qo`shiqlari hamda diniy aytimlar, erkin mavzuli lapar, yalla, terma, qo`shiq
mumtoz ashula, terma va dostonlari, shashmaqom, Toshkent-Farg„ona maqomi,
Xorazm maqomlari kabi ko`plab musiqiy janrlardagi asarlar musiqa san‟atining
an‟anaviy va bardavomligini ta‟minlab kelmoqda. Bugungi kunda ular milliy
ma‟naviy musiqa qadriyatlarimizning asosini tashqil qiladi.
Milliy musiqiy madaniyatining poydevor hisoblanuvchi mumtoz asarlarni
oliy va o`rta maxsus ta‟lim muassasalarida, shu jumladan, maktabgacha ta‟lim,
maktabdan tashqari, umumta‟lim maktablari, akademik-litsey va kasb-hunar
kollejlarining o`quvchi yoshlari orasida targ„ib qilish, eng avvalo o`qitish ishlarini
tashqil etish, millatimizning ulkan nodir boyliklaridan ularni bahramand etish,
shuningdek, musiqa an‟analarini bardavomligini ta‟minlashdan iboratdir.
O`zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan Samarqandda xalqaro
“Sharq taronalari” festivalinining, Yunus Rajabiy, Ma‟murjon Uzoqov, Komiljon
Otaniyozov va Xoji Abdulaziz Abdurasulov kabi xalq hofizlariga bag„ishlab
Respublika qo`shiq ijrochiligi tanlovlarinining, “O`zbekiston Vatanim manim”,
Baxshi-oqinlarning Xalqaro festivali Respublika va xalqaro tanlov hamda ilmiy-
nazariy anjumanlarning o`tkazilishi o`zbek xalq musiqa ijodi hamda uning
an‟anaviy vokal va estrada xonandaligi ijrochilik maktabini shakllanishi va rivoj
topishiga nihoyatda ulkan hissa qo`shmoqda.
An‟anaviy qo`shiqchilik san‟ati ko`pchilik Sharq xalqlari musiqa merosida
mavjud bo`lib, milliy musiqaning asosini tashqil etadi. Ular nazariy va amaliy
asoslarga ega, zero mazkur xalqlar musiqasining ustozona uslubidagi namunasidir.
Ushbu an‟anaviy ijrochilikning asosini shubhasiz, maqomlar, xususan o`zbek va
tojik xalqlarining ma‟naviy merosi hisoblangan Shashmaqom asarlari tashqil etadi.
Ular asrlar davomida bu sohada olib borgan ijodiy izlanishlari samarasidir. Ustoz
sozanda va xonandalar keyingi avlodlariga ko`z qorachig„iday asrab bizgacha
yetkazib kelgan maqom asarlari hozirgi kunda nafosat dunyosidagi eng yuqori
pag„onada turuvchi, beqiyos qimmatga ega bo`lgan musiqa san‟ati boyliklari
sifatida chinakkam xalq mulkiga aylandi.
O`zbek xalq musiqa ijodi namunalarini ijtimoiy hayotda tutgan o`rni va
bajarayotgan vazifalariga ko`ra quyidagi ikki asosiy guruhga ajratiladi:
a) Ijro etilishi ma‟lum sharoit va vaziyatlar bilan shartlangan kuy-qo`shiqlar
(oilaviy, mavsumiy, mehnat);
b) Istalgan “vaziyat” yoki erkin mavzuli kuy – qo`shiqlar (qo`shiq, terma, lapar,
yalla). Bunda birinchi guruh mazmunini mehnat jarayoniga bog„liq aytimlar,
oilaviy marosim, mavsumiy marosim va mehnat qo`shiqlari tashqil etsa, ikkinchi
guruh tarkibi o`z ichiga qo`shiq, terma, lapar, yalla, ashula kabi aytimlarni oladi.
O`zbek xalq qo`shiqlarining g„oyaviy tematik va janr xususiyatlarini nazarda
tutib, ular ikki turkumga bo`linganligini ko`rish mumkin. Birinchi, faqat ma‟lum
hayotiy janrlarda, masalan: mehnatda (“Mayda-mayda”, “Yozi” kabilar), bolani
beshikda tebratishda (“Alla”), to`y marosimlarida (“O`lan”, “Yor-yor” kabilar) ijro
etiladigan turli mavzudagi qo`shiq, terma, lapar, alla va qo`shiqlardir. Bular ichida
ashula janri kuy rivoji va tuzulishidagi xususiyatlariga nisbatan hajmi, avjdorligi,
ijroning murakkabligi hamda cho`ziq ohangdorligi bilan ajralib turadi. Qolganlari
kichik kuylar tarzida tuzilgan bo`lib, ular o`zaro bir birlaridan ayrim xususiyatlari
bilangina ajralib turadilar. Masalan, qo`shiq raqssiz hamda asosan yakkaxon
ijrosida aytilsa, lapar albatta raqs bilan, ko`pincha ikki kishi tomonidan dialog
formasida ijro etiladi. Bu esa o`z navbatida lapar kuylarining raqsiyligi hamda ikki
va undan ortiq kishi tomonidan kuylash jihatlari bo`lganligi bilan ajralib turadi.
Lapardan farqli o`laroq yalla esa ko`pincha naqoratli bo`lib, ko`pchilik tomonidan
qarsak chalinib, jo`r bo`lib aytilsa, bandlar yakkaxon yalla ijrochisi tomonidan
raqsbob ohangda ijro aytiladi. “Bu janrlar, ya‟ni, terma, qo`shiq, yalla, lapar va
ashulalar ayrim marosimlar bilan bog„langan holda keng tarannum etishlari
natijasida ularning har biri mavzuning ko`p qirraliligi bilan ham marosim
qo`shiqlaridan ajralib turadi. Lekin o`z tuzilishi va aytilish uslublarida esa ular
marosim va mehnat qo`shiqlari, umuman ma‟lum jarayon bilan bog„liq holda
aytiladigan qo`shiqlardan deyarli farq qilmaydi” - deb yozadi musiqashunos olim
F.Karomatov. Qadimgi davrlarda qo`shiqchilik san‟ati xalq san‟ati shaklida paydo
bo`lib, keyinchalik sinfiy jamiyatga o`tish va ijtimoiy tabaqalanish natijasida uning
kasbiy (professional) shakli ajralib chiqa boshlagan.
Birinchi guruh qo`shiqlaridan ikkinchisining farqi ularni kengroq ma‟noni
yoritishidadir. O`zbek professional musiqasi asrlar davomida kuylanib, rivojlanib
kelgan bo`lsa ham XX asrga qadar nota yozuviga tushirilmagan. Professional
musiqa, yirik hajmli ashula va murakkab vokal-cholg„u asarlar – maqomni o`z
ichiga qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: