Ovoz mashqlarining asosiy vazifalari:
Kuylashda nafasni vokal ixtisosiga mos darajada olish;
Kuylashda «artikulyatsiyani» to’g‘ri ishlatish;
Tomoq (ovoz) mushaklarini rivojlantirish;
Sof intonatsiyaga erishish;
Ovoz diapazonini (doirasini) kengaytirish;
Barcha kuylash texnikalari: kuychanlik (kantilena), stakkato, non legato, tayanchli tovush, falset, tovush filirovkasi, voz dinamikasi (forte, piano) ni egallash; [5,12.b]
Talaba kuylash jarayonida mashqni formal tarzda qaytarmasdan, balki ongli va ijodiy tarzda his etib kuylashga yondoshishi shart. Bu uchun har bir mashqni talabaga kuylashni tavsiya etishda uni nafaqat kuylab ko‘rsatish, balki uning asosiy maqsadini mufassal tushuntirib berish lozim. Shunda talaba ongli ravishda ovozini tug‘ri yo‘naltiradi, hamda fonetik va texnik qiyinchiliklarni onson yengib o‘tadi.
Eng avvalo ovozni erkin va to‘liq chiqishini diapazonning o‘rta qismida yangratishga erishish lozim. Shundan so‘ng diapazoning yuqori tovushlarini kuylashga o‘tish mumkin.
Ish jarayonida ustozning idroki nihoyatda xushyor bo‘lishi, tomoq siqilishi, artikulyasiyaning notug‘ri pozitsiyada ekanligi va xususan ovoz toliqishini o‘z vaqtida payqab olib zarur choralar ko‘rishi shart. Dars jarayonida talabada vokal mashqlarining barcha turlari «M» (yumuq) tovushdagi yopiq lablar bilan ochiq tarzdagi unli tovushlar, hamda unli va undosh tovushlar birligida «legato», «stakkato», «arpedjio», intervallar, gammalar, kichik kuylarni kuylash va ulardan tegishli malakalar va ko‘nikmalar shakllanishi lozim.
Ma’lumki, har bir ustoz-o‘qituvchi o‘zining shaxsiy tarjibasi va nuqtai nazariga tayanib vokal mashqlari orqali ovozni rivojlantirishda xususiy ish uslubiga ega. Quyida ushbu pedagogik talablarga doir vokal mashqlari tavsiya etiladi.
1.Og‘izni yumib kuylanadigan (“M” tovush) tovush mashqlari xonandalik nafas va rezonatorlik tovushni to‘gri olishga qaratlgan.
[2,9.b ]
2. Nafas olish va unli tovushlarni tekislash uchun mashqlarda “ya” tovushini “yo” tovushiga almashtirish mumkin.
[2,1.b.]
3. Ushbu mashqlar artikulyatsiya va nafas texnikasini rivojlantirish uchun mashqlar (stakkatoda kuylanadi) hamda diafragmani ishlatish va sof intonatsiya ustida ishlashga qaratilgan.
[2,12.b]
4.Ovoz texnikasini rivojlantirish uchun berilgan mashqlarda notalarni bir nafasda ijro etish maqsadga muvofiq.
[3,22.b]
5. Ovozni kuychanligi (kantilena) ustida ishlsh uchun mashqlar ham vokal ijrochiligida katta ahamiyatga ega.
[3,25.b ]
Xulosa. Shuni aytib utishimiz lozimki tajribali ustozlar hamisha ta’kidlashganidek, hozirda ham birinchi o‘rinda yaxshi talaffuzga, so‘zlarni oxirgi harflarigacha aniq va to‘g‘ri ifodalab, ijroni sekin-asta yuksak badiiy darajada bajara olish mahoratini shakllantira borishga alohida e’tibor berib ishlash lozimligini uqtirmoqchimiz.
To‘g‘ri nafas olish – vokal ijrochilik san’atida katta ahamiyatga ega. Qo‘shiqning mahoratli ifodasi nafas olishga bog‘liq. Shunday nafas olish kerakki, she’r mazmuni va so‘zlar ma’nosi buzilmasligi kerak. Bunda nafasni bir maromda olib, jumlani oxirigacha yetkazishga harakat qilish zarur. Jumla yoki uning ma’lum bo‘lagi, ya’ni «frazani» yaxlitligiga va so‘z mantiqi buzilmasligiga ahamiyat berish kerak. Bu borada yuqoridagi mashqlarning ahamiyati o‘ziga xosdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mirabdullaev M. Vokal asoslari fanida ovoz sozlash mashqlari.- Namangan : 2009y.“Yangi asr”- 78b.
2. Omonullaeva D. Estrada xonandaligi.- Toshkent.; 2007 y.”G‘afur G‘ulom”-94b.
3. Rizaeva A. Yosh xonandaning kamoloti.-Toshkent.; “Cho‘lpon”-2003 y.- 86 b.
4. Cathrine Sadolin. Complete vocal technique. 2012. “www.Complete vocal institute.com”.-120 b.
5. Larri Star & Christopher Waterman.American popular music. “Oxford Universite Press. Inc.” 2007.-144 b
Do'stlaringiz bilan baham: |