Vokal mashqlari ovozni shakllantirishda muhim omil sifatida



Download 468 Kb.
bet3/4
Sana05.04.2022
Hajmi468 Kb.
#530675
1   2   3   4
Bog'liq
Болтаев макола

Bariton ikki xil bo‘ladi:
1. Lirik bariton - yumshoq va harakatchan ovoz. Misol uchun: xalq artisti Jo‘rabek Murodov, O‘zbekiston xalq artistlari Sherali Jo‘raev, Kamoliddin Rahimov, xalq hofizi Muhiddin Qori Yoqubovlarning ovozlari lirik baritondir.
2. Dramatik bariton - kuchli va jarangdor ovoz. Misol uchun: O‘zbekiston xalq artistlari Nasim Hoshimov, Sason Benyaminovlarni dramatik bariton deyish mumkin. [1,32-33b.]
Ovoz ustida ishlash jarayonida ovoz unsurlari uyg‘un harakatda bo‘lishi talab etiladi. Ya’ni hiqildoq, nutq a’zolari, ovoz rezonatorlari bir-biriga bog‘langan va bir-biriga o‘zaro ta’sir kursatgan holda harakatlanadi. To‘g‘ri uyg‘unlashish natijasida murakkab ovoz apparati tizimi vujudga keladi. Bunda ovoz bog‘lamalari oz miqdorda kuch sarf qilib, yuksak akustik samaraga erisha oladi. Ovoz apparatining barcha faoliyatini markaziy asab tizimi boshqaradi. Shu tufayli har bir tovush ijrochini musiqiy qobiliyatining natijasi deb baholanadi.
Yosh ijrochilarning musiqiy, vokal eshitish qobiliyatlarini mukammal darajaga yetkazish alohida ahamyat kasb etadi. Vokal eshitish qobiliyati ovozning o‘ziga xos (tembr) sifatlarini idrok qila bilishga va uning fiziologik shakllanishini tushunib yetishga yordam beradi. Professional ijroning tovushi oddiy so‘z tovushidan sezilarli darajada farq qiladi, chunki uning akustik spektrida ovoz formantlari bor (yuqori ovoz formantlari 2500-3000 gs atrofida past ovoz formantlari esa 55-600 gs).[ 3,4.b]. Tovush to‘gri hosil bo‘layotganligini eshitish va tushunish, ayrim muskullarni haddan tashqari zo‘riqtirib yubormaslik (hiqildoq, nafas va boshqa a’zolarda), qabul qilingan estetik etalondan chekinmaslik va o‘zligini saqlab qolish g‘oyat muhimdir.
Vokal ijrochiligi sinfida dars vokal mashqlaridan boshlanadi. Vokal mashqlari bulajak xonanda yoki pedagog tarbiyasida muhim o‘rin tutadi, binobarin, u talabaning vokal-texnik malakalari ko‘nikmalarini hosil qilish va rivojlanishida katta rol o‘ynaydi.
Vokal darslarining umumiy vaqti 40-45 daqiqa bo‘lgan tarzda, (haftada 3 marta) vokal mashqlariga odatda 15-20 daqiqa vaqt ajratiladi. Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida har bir talabaga individual ravishda yondoshishimiz lozim bo‘ladi. Mashqlarni tanlaganda talabaning musiqiy qobiliyati va vokal tayyorgarligi, ovoz diapazoni va ovoz apparatidagi nuqsonlari hisobga olinishi muhimdir.
Dastlabki darslardan boshlab ustoz yosh ijro holatidagi qomatiga alohida e’tibor berishi lozimdir. Bunda xonanda qomatini tekis, boshini esa tik tutib, erkin nafas olib, oyoqlarga bardam tayanib kuylashi lozim bo‘ladi. Vokal mashqlarini diapazonning o‘rta (markaziy) qismidan boshlash lozimdir. Diapazonning pastki va ayniqsa, yuqori tovushlarini asta-sekinlik va ehtiyotkorlik bilan kengaytirish maslahat beriladi. Mashg‘ulotlarning boshlang‘ich davrida ovozni toliqtirmaslik lozim. Ovoz mushaklari toliqqanda talabaga 3-5 daqiqa dam berilib, suhbat o‘tkaziladi. Suhbat davrida bajarilgan ish tahlil etiladi, uning yutuq va kamchiliklari aniqlanadi, yangi vazifalar belgilanadi.
Dastlabki darslarda talaba xotirasida tez muhrlanib qoladigan oddiy, qisqa mashqlar kuylanadi. Keyinchalik, oddiy mashqlar o‘zlashtirilgandan so‘ng, murakkab mashqlarga kirishiladi. Birinchi mashqlar unli tovushlarni vokallashtirishga qaratilishi lozim. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, unli tovushlar ichida xonandaning o‘sishi uchun eng foydalisi – «A» va «I» tovushlardir. Ushbu tovushlar darslarda tug‘ri o‘zlashtirilsa, qolgan «E», «O», «U» tovushlari ancha oson kuylanadi. Zero, ular unli tovushlarda ovozning tiniqligi, intonatsiyaning sofligi, registrlarning ravonligi, diapazonning kengayishi, ovoz mushaklarining erkin ishlatilishi va boshqa vokal malakalarini o‘zlashtirishda muhim rol o‘ynaydi.
Har bir xonandalik sinfida o‘qituvchilar bu malakalarni o‘zlashtirishda o‘z uslubiy yo‘li bilan yondoshadi. Ayniqsa, «Opera xonandaligi» va «An’anaviy xonandalik» sinflarida xonandalarni tarbiyalash tizimida ko‘pgina tajribaga egamiz.
Ma’lumki, opera xonandaligida «A» va «O» tovushlari «doirasimon» yopiq tarzda kuylanadi. Estrada xonandaligi ijrochiligida esa mazkur tovushlar biroz ochiq va «xalqona» yo‘lida kuylashi lozim. Zotan, xalq xonandaligi va an’anaviy maqom xonandaligining ovoz va nafas yo‘llarini o‘ziga mujassam etadi. Estrada san’atining xalq tomonidan tez va oson idrok etishning sababi ham shunda. Muhim qoida kuylash chog‘ida hech qachon qisiq va noqulaylik holatda bo‘lmaslik kerak. Agar birorta tovush noto‘g‘ri bo‘lib chiqsa, yoki xis etilsa, yoki noqulaylik sezilsa ovozingizning o‘zi sizga biror narsani noto‘g‘ri qilganingizni aytadi. Har doim xissiyotlaringizga ishoning. Ular eng zo‘r o‘qituvchining qulog‘idan ham yaxshiroq va aniqroq bo‘ladi [4,12.b]

Download 468 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish