Vodorod va vodorod peroksid. Olinishi va xossalari
1. Vodorodning olinishi va xossalari
a) Suvga aktiv metall ta’sir ettirish yo‘li bilan vodorod olish
Kristallizatorga suv solib, 2-3 tomchi fenolftolein eritmasi qo‘shing. Probirkaga suv to‘ldirib, og‘zini barmoq bilan bekiting va kristallizatordagi suvga botiring; suv ichida barmog‘ingizni probirka og‘zidan oling.
Kichkina bir bo‘lak kalsiy metalini filtr qog‘ozga artib, qisqich bilan ushlab suv ostida kristallizatordagi probirka og‘ziga tuting. Ajralib chiqayotgan vodorod probirkadagi suvni siqib chiqarishini,kristallizatordagi suvning qizarishini kuzating. Probirka og‘zini suv ostida barmoq bilan berkitib, uni suvdan oling va gaz gorelkasi alangasiga yaqinlashtirib probirka og‘zini oching. Vodorodning kuchsiz tovush chiqarib yonishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Fenolftoleini bor suvning qizarish sababini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |