Vodorod oksid, H2O vodorod (11,19%) va kislorod (88,81%)dan iborat eng sodda



Download 225,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana01.01.2022
Hajmi225,89 Kb.
#281971
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Suv - Vikipediya



Suv

Suv, vodorod oksid, H2O — vodorod (11,19%) va kislorod (88,81%)dan iborat eng sodda

kimyoviy birikma. Suv rangsiz, hidsiz suyuqlik (qalin qatlamda zangori rangli). Mol. m. 18,0160.

Yerning geologik tuzilishi tarixi va unda xayotning paydo boʻlishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va

ob-havoning shakllanishida suv muhim ahamiyatga ega. Hech qanday tirik organizm suvsiz hayot

kechira olmaydi. Suv qishloq xoʻjaligi va sanoatdagi barcha texnologik jarayonlarning zaruriy

qismidir.

Bu maqolada manbalar 

  teglariga olinmagan, yoki umuman

koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring.

Ko‘proq o‘rganish



Suv tabiatda keng tarqalgan. Yer yuzining qariyb 3/4 qismini tashkil qiladi. Gidrosfera —

okeanlar, dengizlar, koʻllar, suv havzalari, daryolar, Yer osti suvlari, tuproqlar namini oʻz ichiga

olgan Yerning suvli pusti 1,4— 1,5 mlrd. km³ ni tashkil etadi. Atmosferada S. bugʻ, tuman, budut,

yomgʻir, qor holatida boʻladi. Quruqlikning 10% ga yaqin qismi muz bilan qoplangan. Litosferayaa

gidrosferadagiga yaqin miqdorda, yaʼni 1—1,3 mlrd. km³ S. bor. Yer mantiyasida ulkan miqdorda

(13—15 mlrd. km³) S. bor. Barcha tirik organizmlardagi S. Yer yuzidagi daryolar S.ining yarmiga

teng . Yerdagi hamma S. bir-biri bilan va atmosfera, litosfera, biosferadagi S. bilan oʻzaro taʼsirda

boʻladi (qarang 

Suv aylanshii

).

Tabiiy sharoitda S. tarkibida doimo erigan tuzlar, gazlar va organik moddalar boʻladi. Ular miqdori



S.ning hosil boʻlishiga va sharoitiga bogʻliq. S.dagi tuz konsentratsiyasi 1 g/kg gacha boʻlsa —

chuchuk, 25 g/kg gachasi — tu zli, undan yuqorisi — shur S. deyiladi. Yogʻin Si, chuchuk, koʻl va

dare Si kam mineralli boʻladi. Okean S.ining shoʻrligi 35 g/kg ga yaqin, dengizniki kamroq,

chuchuk S.da N SO", Sa2Q va Mg2Q ionlari koʻproq. S.ning mineralligi oshgan sari S O , S1~, NaQ

va KQ ionlarining konsentratsiyasi koʻpayib boradi.

Tabiiy S.da erigan gazlar — azot, kislorod, karbonat angidrid, asl gazlar, baʼzan, vodorod sulfid,

uglevodlar boʻlishi mumkin. S.da organik moddalar konsentratsiyasi oz — darelarda oʻrtacha

20 mg/l, Yer osti Sida yanada oz, okean Sida esa 4 mg/l.

Vodorodning 2 ta barkaror izotopi (‘H va 2H) va kislorodning 3 ta izotopi (|6O, O17, |8O) borligi

tufayli 9 ta turlicha izotopli S maʼlum. Yerdagi barcha S.da tarkibida vodorodning izotopi — tritiy

(3H) boʻlgan 13 — 20 kg "oʻta ogʻir" S. bor (qarang 

Ogʻir suv

).

Suv yer yuzining 71%ga yaqin qismini egallaydi.



S. keng tarqalganligi va uning insonlar hayotidagi ahamiyati kattaligi tufayli qadimdan hayot

manbai xisoblanadi. Qad. dunyo faylasuflari fikricha, S. hayot uchun zarur boʻlgan 4 unsurning

biridir (olov, havo, tuproq qatori). Shu bilan birga S. sovuqlik va namlik eltuvchisi deb ham

qaralgan. XVIII asrning oxirigacha S.ni individual kimyoviy element deb kelindi. 1781—82 yillarda

ingliz olimi G. Kavendish Sni ilk bor vodorod va kislorod aralashmasini elektr uchquni bilan

portlatib sintez qilgan. 1783 yilda francuz olimi A. Lavuazye bu tajribani takrorlab, S.ning

vodorod va kisloroddan tarkib topganligini tasdiqladi. 1772 y. francuz fizigi Delyuk S.ning

maksimal zichligi 4°da boʻlishini aniqladi. S.ning muhim fizikkimyoviy xossalari 1jadvalda berilgan.

S. — universal erituvchi. Unda gazlar yaxshi erishsh. S. elektrolit boʻlganligidan koʻpgina kislota,

asos va tuzlarni eritadi. S.ning oʻzi ham yaxshi eruvchan modda. Vodorod bilan kislorod qoʻshilib

suv hosil boʻlishida issiqlik ajralib chiqadi. 2H2+O2=2H3O reakciyasi 300° temperaturagacha

juda sekin boradi. 550° da portlash yuz beradi.

S. — nihoyatda barqaror birikma. S. molekulalari 1000°dan yuqori temperaturada nihoyatda oz

darajada vodorod va kislorodga ajraladi (termik dissotsiatsiya). 2000°da S.ning termik

parchalanishi 1,8%ga, 3092°da 13%ga, 5000°da 100% ga yetadi. S. ultrabinafsha nurlar

(fotodissotsiatsiya) yoki radioaktiv nurlar (radioliz) taʼsirida ham parchalanadi. S. radioaktiv

parchalanganda H2 va O2 dan tashkari vodorod peroksid hamda bir qator erkin radikallar hosil

boʻladi. S. birikish va parchalanish reaksiyalariga kirishadi, kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etadi.

Suv oʻziga xos gʻayrioddiy (anomal) xossalarga ega: sirt tarangligi yuqori, qovushoqligi kichik,

suyuqlanish va qaynash temperaturasi yuqori, suyuq holatdagi zichligi qattiq holatidagidan

katta. Q4°dan yuqori temperaturada ham, undan pastda ham S.ning zichligi 1000 kg/m³ dan

past boʻladi. Bu hodisa S.ning zichlik anomaliyasi deb ataladi. Toza S.ning solishtirma issiqlik

sigʻimi barcha suyuq va qattiq moddalarnikidan katta (4,18 JGʻg); demak, 1 g S.ni G isitish uchun

boshqa moddalarni isitishga sarflanadigan issiqlikka nisbatan koʻproq issiklik talab qilinadi. Bu

S.ning issiqlik sigʻimi anomaliyasi deb ataladi. Toza S.ni ehtiyotkorlik bilan astasekin sovitib

borilsa, u Sdan past trada ham (—33°ga qadar) muzlamasligi mumkin, Bunday "oʻta sovigan" S.

barkaror boʻlmaydi; uni silkitilsa yoki ichiga biror kristall tashlansa, darxrl muzlab krladi.

Shuningdek, toza S.ni astasekin "oʻta isitish" (Q27°ga qadar) ham mumkinligi aniklangan. Oʻta

isitilgan S. ham barqaror boʻlmaydi; bir oz chayqatilsa, bunday S. juda koʻp miqdorda bugʻ hosil

qilib qayiaydi. Suv molekulasi 2 ta vodorod va I ta kislorod atomidan tarkib topib, bogʻlar

orasidagi burchak 104,5°. Kislorod atomi atrofidagi elektronlarning nosimmetrik taqsimlanishi

natijasida elektron buluti manfiy elektr zaryadining markazi kislorod atomining musbat zaryadi

markaziga mos kelmaydi. Natijada suv molekulasidagi katta elektrik dipol momenti vujudga

keladi. Bu esa suvning qutblanish xossasini namoyon qiladi.

Qutblangan suv molekulasi qutblangan moddalarni yaxshi, qutblanmagan moddalarni esa oz

eritadi. Suvga boʻlgan moyilligiga qarab, funksional guruxlar: gidrofil (suvga tortiluvchi), suv bilan

yaxshi solvatlanadigan, gidrofob (suvdan krchadigan) va difil tuzilishlarga ega boʻladi.



S. — keng ishlatiladigan modda. S. kislorod, vodorod, ishqor, nitrat kislota, spirt, aldegid,

soʻndirilgan ohak va boshqa koʻpgina kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish.da ishtirok etadigan

kimyoviy reagentdir. S. bogʻlovchi materiallar uchun zarur komponent. Kaynatish, eritish,

suyultirish, kristallash uchun texnologik komponent sifatida koʻpgina ishlab chiqarish.

jarayonlarida ishlatiladi. Texnikada elektr va issikdik eltuvchi, bugʻ mashinalarida ish jismi, bosim

uzatuvchi sifatida qoʻllanadi.

Organizmdagi S. barcha oʻsimliklar, tirik organizmlar va mikroorganizmlarda moddalar almashinuvi

uchun zarur asosiy vosita, shuningdek, bir qancha kimyoviy fermentativ reaksiyalarning substrati

hisoblanadi.

Fotosintez jarayonida S. karbonat angidrid bilan birgalikda organik moddalar hosil boʻlishida

qatnashadi va shu bilan birga Yerda tirik organizmlar hosil boʻlishi vositasi hisoblanadi. S.

toʻqimalar faoliyatini, oziq moddalar va almashinuv mahsulotlari (qon, limfa, oʻsimliklar

sharbati)ning singishini, fizik termoregulyasiyani va hayot faoliyatiga tegishli boshqa jarayonlarni

taʼminlaydi. Organizmlarda juda kup miqdorda S. boʻladi. Odam tanasidagi barcha suyuklik va

toʻqimalar tarkibida massasiga nisbatan 65% chamasida S. boʻladi. Odam ochlikka bir oydan

ortiqroq chidashi mumkin, lekin S. sizlikka bir necha kundan ortiq chiday olmaydi. S.da

organizmning yashashi uchun zarur boʻlgan organik va anorganik moddalar eriydi.

Odamning S.ga boʻlgan fiziologik ehtiyoji, iqlim sharoitiga qarab, sutkasiga 3—6 l ni tashkil etadi.

Sanitariya va xoʻjalikroʻzgʻor ehtiyojlari uchun kup miqdorda S. talab kilinadi. S. markazlashgan

sistemadan yetarli miqdorda berilgan takdirdagina yuvindi va chiqindilarni S. kanalizatsiyasi

yordamida okizib yuborish mumkin. Aholi yashaydigan joylarning sanitariya madaniyati S. bilan

taʼminlanish darajasiga qarab belgilanadi (kishi.boshiga sutkasiga l hisobida). Aholining sogʻligʻi va

sanitariya yashash sharoitlariga bevosita yoki bil vosita salbiy taʼsir etishi xavfining oldini olishda

S.dagi kimyoviy moddalarning eng katta belgilangan miqdorda boʻlishi, ilmiy asoslangan gigiyena

normativlari muhim ahamiyatga ega.

Aholi isteʼmol qiladigan S. epidemiologik jihatdan xavfsiz boʻlishi kerak. S.da kasallik

qoʻzgʻatadigan bakteriyalar va viruslar boʻlmasligi lozim.

Egamberdiyev R., Inson va suv, T., 1971, Rahimov H. R., Anorganik ximiya, T., 1984. Axmetov N.

S, Obshaya i neorganicheskaya ximiya, M, 1998; Yegorov A. S.,Aminova G. X., Ekspress kurs

neorganicheskoy i organicheskoy ximii, Rostov na-Donu, 2002.

Sobirjon Aminov.

Adabiyot



Suv (

Vodorod


 

oksidi


) — 

hidsiz


rangsiz


ta'msiz


shaffof


, suyuqlik shaklidagi kimyoviy moddadir

(normal holatda). 

Kimyoviy formulasi

H



2

O



Yer

 sirtining 71%'ini egallaydi (~1.460 × 10

15

 kg);


Yerdagi suv asosan 

okean


dengiz


ko'l


daryo


 (95,6%) kabi suv havzalarida, shuningdek 

muzlar


,

yer osti suvlari

 (1.6%) va 

atmosferadagi

 suv 

bugʻlari


bulutlarda

 (0.001%) yigʻilgan. Bundan

tashqari suv 

organizmlar

 tarkibida ham mavjud.

Suv - kuchli eritgich hisoblanadi. Tabiatda uning tarkibida odatda eritilgan holdagi moddalar

(tuzlar, gazlar) mavjuddir.




Download 225,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish