Obi hayot tanqisligi
Hisob-kitoblar shuni kỹrsatmoqdaki, 2020—2025 yillarga keliboq, barcha chuchuk suv resurslari
inson faoliyati uchun egallab boʻlinadi, yaʼni suv ham investitsiya manbaiga aylanishi va sotilishi
ehtimoli bor. Dunyo miqyosida soʻnggi 100 yilda suv sarflanishi olti marotaba oshgan. Bu
ketishda 2050 yilga kelib insoniyatga hozirgiga nisbatan ikki barobar koʻproq suv zarur bỹladi.
Suv esa kamaygandan kamayib boraveradi. Hozirning oʻzida dunyo miqyosida 1.1 milliard inson
doimiy ravishda suv tanqisligi bilan kurashmoqda. 2 milliard odam bu muammoga vaqti-vaqti
bilan duch kelib turibdi. Bu sayyoramiz aholisining yarmi chuchuk suvga zoriqqanligidan dalolat
beradi. Har kuni 6000 nafarga yaqin odam (asosan bolalar) bu muammoning u yoki bu oqibatlari
tufayli nobud boʻlmoqda. 2030 yilga kelib 500 ml ga yaqin odam suv izlab qitʼadan qitʼaga
koʻchib yuradi. Bu muammo butun insoniyatni oʻylantirib, 22 mart kuni Butun jahon suv kuni deb
eʼlon qilingani bejizga emas. Umuman olganda, dunyo miqyosida ichimlik suvi taʼminoti kelajakda
qanday boʻlishi boʻyicha mutaxassislar quyidagi ikki taxminni bildirmoqdalar (eng qizigʻi, har
ikkala taxminda
Xitoy
bilan
Hindiston
omili bor. Aynan shu ikki davlat aholisi eng koʻp boʻlishi
bilan birga, rivojlanish surʼati boʻyicha ham etakchilik qilishmoqda). Yirik shaharlardagi
qashshoqlik va suv tanqisligi, Afrikadagi qurgʻoqchilik. Hozirdanoq dunyodagi aholisi 10 mln.
kishidan ortiq 22 megapolisli ichimlik suvi tanqisligi va oqava tizimlar etishmasligidan aziyat
chekmoqda. Eng murakkab vaziyat Xitoyda yuz berayapti. Mamlakatdagi 600 shahardan 550
tasi yuqoridagi muammoga ozmi-koʻpmi duch kelgan. Hindistonda ham bu boradagi ahvol havas
qilgudek emas. Kelajakda suvga boʻlgan talabning oshib borishi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari,
yaʼni oziq-ovqat muammosini keltirib chiqaradi. Bu muammo insonlarning yanada kuchli
tabaqalanishiga olib keladi. Shundoq ham qashshoqlik hukm surayotgani kamlik qilayotgandek,
yildan-yilga qurgʻoqchilik avj olayotgan
Afrika
qitʼsidan millionlab muhojirlar
Evropa
va
Osiyoga
qarab yoʻl olishadi. Bu esa oʻz navbatida ijtimoiy muammolarni, irqiy ziddiyatlarni keltirib
chiqaradi. Xitoy suvni qayta ishlash borasida etakchilikni qoʻlga oladi. Dunyo suv isteʼmoli
boʻyicha yangi tizimni ishlab chiqadi Ichimlik suvining tanqisligi butun dunyo olimlarining diqqat
markazida boʻladi. Shỹr suvni chuchuklashtirishga milliardlab investitsiya ajratiladi. Neft hozirda
qanchalik koʻp sohalarni qamrab olgan boʻlsa, kelajakda suv taʼminoti ham katta industriyaga
aylanadi. Suvni chuchuklashtirish tannarxi kamaya boradi. Suvni chuchuklashtirish uchun sarf
qilingan 1 dollar 5 dollardan 30 dollargacha foyda keltira boshlaydi. Bu borada ham
Xitoyliklar
oldinga oʻtib ketishadi. Suvni tejab ishlatish bỹyicha yangi gʻoyalar egalariga olamshumul
shuhrat va mablagʻ keltiradi. Suv taʼminotini nazorat qilish davlatlarning asosiy ishlaridan biriga
aylanadi. Bu hozircha ayrim olimlarning taxminlari boʻlib tuyulgani bilan kelajakda ana shunday
muammoga duch kelishimiz mumkin. Shu bois suvning, yaʼni erdagi obi hayotning bir qatrasini
ham uvol qilmaslik, uni behuda narsalarga sarflamaslik barchamizning zimmamizdagi ulkan
masʼuliyatdir. Barchamiz suvning hatto bir tomchisini ham isrof qilmaylik. Uni kelgusi avlodlarga
ham yetishini taʼminlaylik. Oʻz farzandlaringiz uchun suvni tejang.
Do'stlaringiz bilan baham: |