3.QUYOSH ELEMENTLARI, SHAMOL GENIRATORLARI, KOLLEKTORLAR VA BIOGAZDAN FOYDOLANGAN XOLDA UZLUKSIZ ENERGIYA OLISH USULLARI
Hozirgi paytda AQSH da umumiy quvvati 600 MVt dan yuqori bo‘lgan bir necha gibrid quyosh-issiqlik elektrostansiyalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Kunduzi ular quyoshdan energiya olib ishlaydi, tunda esa suv sovib qolmasligi va elektr energiyasi tugamasligi uchun, gazdan foydalaniladi. Qurilmalardagi bug‘ning harorati 3700 S gacha boradi, bosim 100 atmosferaga teng.[2]
Sobiq Ittifoqda, birinchi sanoat quyosh elektrostansiyasi (QES) 1985 yili Qrimda SHelkino shahri yaqinida qurilgan. QES eng yuqori quvvati 5 MVt bo‘lib, u birinchi yadro reaktorining quvvatiga teng edi. Bu QES 10 yil davomida 2 million kVt.soat elektr energiyasini ishlab chiqargan. Ammo shunga qaramay, uning tannarxi juda yuqori bo‘lganligi tufayli uni 90 – yillarning o‘rtasiga kelib tugatilgan. Endi xuddi shu paytlarda Qo‘shma SHtatlarida Loose Industrieres kompaniyasida 80 megavattli quyosh- gazli elektrstansiyasini qurdi. Kompaniya besh yil davomida jami 480 MVt energiya ishlab chiqara oladigan bir necha elektrostansiyani ishga tushirib, “quyosh-gaz” elektr energiyasi narxini 7-8 sentgacha tushirdi.[2]
G‘arbda “quyosh uylari”ni qurish “yaxshi odat tusi” ga kirib bormoqda. Har bir uy uchun 10 000$ pul mablag‘ini ortiqcha to‘lab qo‘yilsa (1 500-3 000 dollar quyosh kollektorlari, 7 000 dollar esa elementlari uchun), bu sarf o‘zini 7-10 yil mobaynida oqlaydi.
Aynan shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlar hukumatlari, ertangi kun xaqida qayg‘urib, “quyosh tomlari” ga ega bo‘lishni istaganlar uchun moliyaviy muammolarini hal qiluvchi dasturlarni ishlab chiqilmoqda va ta’minlanmoqda. Bunday dastur-loyixalarning nomlari deyarli bir xil. Birinchi bo‘lib, quyosh uylarini qurish bo‘yicha etakchi davlat sanalgan Germaniyada 1990 yili loyiha ishga tushirildi. U “1000 ta quyosh tomi” deb atalgan. Keyinchalik esa yana Germaniya tomonidan “100 000 ta quyosh tomi” deb atalgan loyiщa tayyorlanib, barcha yagona iqtisodiy tizimga a’zo bo‘lgan mamlakatlar tomonidan qabul qilindi. Va nihoyat, AQSH tomonidan ham loyiha yaratildi. Bu ulkan loyiha “1000000 quyosh tomlari” deb ataldi.[2]
Bunday harakatlarga Mongoliya ham kelib qo‘shildi va”100 ming quyoshli o‘tov” deb nomlangan loyxasini kiritdi. Quyosh uylarini qurdirish uchun mablag‘ sarflab tegishli topshiriqlarni bajarayotgan bunday uylar egalariga ma’lum bir tartibda imtiyozlar yaratilib, ularga energotizimlarni bemalol ishlata olishliklari uchun qo‘shimcha o‘qishlar, kreditlar ajratish, foizsiz ssuda olishlar kabi engilliklar yaratilgan. AQSHda bu loyixa uchun hozirgi o‘n yillikning oxirigacha 6 milliard dollar sarf qilish rejalashtirilgan. Ajratilgan mablag‘ning 3 milliardi bir yil mobaynida faqatgina binolarda energiyani tejashga belgilangan. Natijada Qo‘shma SHtatlar o‘z oldilariga qo‘ygan dasturni amalga oshirib bo‘lishdi: bu erda quyosh texnologiyasi 1,5 million uyda foydalanilmoqda. Ularning barchasi bir bo‘lib 1400 MVt energiyani tejaydi. 1400 MVt tejalgan energiya esa bir yil davomida yoqilmay qolgan 5 million tonna neftga tengdir.
Bu borada xorij tajribasini o‘rganish ham yaxshi samaralar berishi shubhasiz. Avstraliyada dunyoda eng katta – quvvati 1000 megavattga teng quyosh elektrostansiyasi barpo etilayotgan bo‘lsa, Ispaniya hukumati Sevilyada 20 megavatt quvvatli quyosh elektrostansiyasi qurilishi uchun 1,45 milliard AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratdi. Jazoir Sahroi Kabirning qirq beshta futbol maydoniga teng hududida quyosh batareyalari o‘rnatmoqda. Germaniyalik muhandislar esa quyosh batareyalarida ishlaydigan kema yaratdi. “Quyosh sayyorasi” nomli dengiz kemasining ustki qismidagi 500 kvadrat metr maydonga quyosh panellari o‘rnatilgan.
O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Mustaqillik yillarida aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, belgilangan chora-tadbirlar, erishilgan natijalar va muammolar” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi.[2]
“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari J.Obidjonov va boshqalar elektr energetika sohasi O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri hisoblanishini ta’kidladi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni ushbu jabhadagi o‘zgarishlar misolida ham ko‘rish mumkin.
Mamlakatimizda hosil qilinayotgan elektr energiyasining qariyb 97 foizi “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi elektr stansiyalariga to‘g‘ri keladi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, o‘tgan yili elektr energetika tizimidagi mavjud korxonalar tomonidan iste’molchilarga jami 57 milliard kilovatt/soatdan ortiq elektr energiyasi yetkazib berilgan.
Bugungi kunda bir yilda ishlab chiqariladigan elektr energiyasi hajmi 60 milliard kilovatt/soatdan ortiq bo‘lib, ishlab chiqarish o‘tgan asrning 90-yillari o‘rtalaridagiga nisbatan qariyb 10 milliard kilovatt/soatga ko‘paygan.
Rasm-2.2.1. Elektr simlar
Aholi turmush darajasining o‘sishi, turli zamonaviy maishiy elektr jihozlarining turmushda foydalanish ko‘lami kengayayotgani bois, elektrga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda. Iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash borasida qator vazifalar amalga oshirilmoqda.[4]
Elektr energiyasini hosil qiluvchi quvvatlarni oshirish, magistral va taqsimlash elektr uzatish liniyalarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati davlatimiz tomonidan qabul qilingan dasturlar asosida qator istiqbolli loyihalar, chora-tadbirlar, xalqaro kredit institutlarining mablag‘larini jalb etgan holda investitsion loyihalarni amalga oshirayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |