2-hafta mavzusi:“Serhosil kuz”(_____ 2021 yildan, _____ 2021 yilgacha)
Qurish-yasash va matematika markazida:Tarbiyalanuvchilarga“Omborxona” (meva va sabzavotlar uchun), “Matematik tangram” mavzulari asosida qurilish bloklari, lego, konstruktor, tangram kabi resurslardan foydalanib bolalarga qurilish materiallari oʼrgatildi va omborxona qurilishini rejalashtirib yasaldi. Meva va sabzavotlar uchun omborxona qurilldi.Meva va sabzavotlarning quti va javonlarga taqsimlanishi oʼrgatildi.
Syujetli rolli oʼyin va drammalashtirish markazida:Niqoblar, kiyimlar, otributlar, sharbatlar va boshqa resurslardan foydalanib “Oltin tarvuz”ertagini sahnalashtirish, fito-bar mavzulari asosida bolalar bilan syujetli oʼyinlar oʼynaldi.
Til va nutq markazida:“Bogʼda va dalada nima yetishtiramiz?” nomli didaktik oʼyin asosida bolalarni til va nutqlari riqvojlantirildi.Syujetli rasmlar, materiallardan foydalanib mavzuga mos xikoya va sheʼrlar yodlatildi.
Fan va tabiat markazida:Loy, qum, tosh, suv va maxsus idishlar,sharlar kabi resurslardan foydalanib “Bilmasvoyning darslari”, “Tomchilatib sugʼorish usuli” kabi mavzular asosida faoliyatlar olib borildi.
Sanʼat markazida:“Serhosil kuz” jamoa ishi, “Hosil yigʼib olamiz” loy ishi mavzusi asosida bolalarga qogʼoz А4, rangli qogʼoz, boʼyoqlar, tabiiy materiallar, mulyajlar resurslaridan foydalanib qoʼl ishlari yasaldi va oʼrgatildi.
3-hafta mavzusi:“Non eng aziz neʼmat” (_____ 2021 yildan, _____ 2021 yilgacha)
Qurish-yasash va matematika markazida:hafta davomida qurilish gʼishtchalari, lego, konstruktorlar va АKTdan foydalangan holda ushbu markazda bolalarga “Legodan yuk mashinasi”, “Matematika mamlakatiga sayohat”, kabi mavzular asosida faoliyatlar olib borildi.
Syujetli rolli oʼyin va drammalashtirish markazida:Niqoblar, kiyimlar, sovgʼalardan foydalangan holda ushbu markazda “Non isi”, “Non doʼkoni” kabi mavzular asosida faoliyatlar va oʼyinlar olib borilib bolalarga nonning aziz neʼmatligi mavzular boʼyicha yoritib berildi.
Til va nutq markazida: Bolalarga “Non isi” suhbat”, “Non qaerdan keladi? АKT orqali slayd namoyishi”, “Non nimadan olinadi?” kabi mavzular asosidagi ertak, xikoyalar tuzish mavzuli rasmlar asosida oʼrgatildi.
Fan va tabiat markazida:Xamir, taxta, jova, un, padnoskabi resurslardan foydalangan holda ushbu markazda “Un va xamir turish xususiyatlari”, “Mazali peechnьe”, mavzulari boʼyicha bolalarga ularning xususiyatlari va un, suv, xamir xaqida tushunchalar berildi.
Sanʼat markazida: Ushbu markazda bolalarga “Non haqida alьbom yaratamiz”, jamoaviy ishi, “Tugʼilgan kun torti” mavzusida aplikatsiya ishirangli qogʼoz, rangli boʼyoqlar,elim,qaychi, maxsus xamir resurslardan foydalanib mavzular asosida faoliyatlar olib borildi.
Ushbu xafta davomida ota-onalarga tavsiyalar oʼz vaqtida berib borildi.Musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yoʼriqchisi tomonidan har kuni badan tarbiya mashqlarini taqdim etib borlildi.Bolalarni qilgan ishlari uchun oʼz vaqtida ragʼbatlantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |