Muhitda menyular va uskunalar paneli. MS Visual Studio muhitining oynasi boshqa dasturlarning menyulari kabi joylashgan bo‘lib, 13 tadan iborat. Uskunalar paleni dasturchining xoxishi bilan almashib turishi mumkin. Shuning uchun faqat menyularning vazifasi va buyruqlari to‘xtalamiz. Odatda menyuga sichqoncha bilan murojaat qilinadi. Agar sichqoncha ishlamay qolsa, [Alt] tugmasini bosganda, menyu nomlariga tagiga chiqilgan harf paydo bo‘ladi. [Alt] tugmasini shu harf bilan bossangiz menyuga murojaat qilasiz.
[FILE] – muhitda loyiha ustida global hodisalarni bajarish uchun mo‘ljallangan asosiy menyulardan hisoblanadi. Unda quyidagi asosiy buyruqlar bor: yangi loyiha yaratish, loyihani ochish, loyiha biror bir yangi loyiha qo‘shish, faylni yopish, loyihani yopish, loyiha faylini va loyihani to‘liq saqlash, boshqa loyihalarni improt qilish, oldin ishlatilgan loyiha fayllari, muhitdan chiqish.
[EDIT] - muhitda tahrirlash ishalarini bajarishga mo‘ljallangan.
[VIEW] – muhitni ko‘rnishi, uskunalarni joylashtirish, keraklisiga murojaat qilishga mo‘ljallangan.
[PROJECT] – loyiha uchun elementlarni qo‘shish, boshqarish, sozlamalarni tayyorlash uchun ishlatiladi.
[BUILD] – loyihani qurish, qayta qurish, tozalash, paramertlarini sozlash va boshqa ishlarga mo‘ljallangan.
[DEBUG] – loyihani tekshirish, qadamba- qadam tekshirish, ishlatish, ishlashini tekshirish kabi amallarni bajarish uchun mo‘ljallangan.
[TEAM] – serverlarga ulanish uchun mo‘ljallangan
[SQL] – ma’lumotlar bazasini boshqarishning lingvistik ta’minoti bilan ishlashga qaratilgan.
[FORMAT] – muhitda turli formatlash ishlarini bajarishga mo‘ljallangan buyruqlari bor.
[TOOLS] – muhitda turli sozlamalarni amalga oshirish uchun qaratilgan menyu.
[TEST] – loyiha testlar va hisobotlarni olish uchun buyruqlar majmuasi joylashgan menyu.
[ANALYZE] – loiyhaning elementlarining o‘zaro integrallashgan holatda ishlashini tahlil qilish buyruqlari
[WINDOW] – muhitda oynalarni joylashtirish, boshqarish buyruqlari
[HELP] – muhit bo‘yicha yordam, turli rasmiy yordam muhitlaarga chiqish imkoniyatlarini beradigan buyruqlar joylashgan.
MS Visual Studio muhitining interaktiv tugmalari.Asosiy tugmalar
Ctrl+Shift+P, F1
|
Buyruqlar palitrasini ko‘rsatish
|
Ctrl+P
|
Tez ochish, faylga o‘tish…
|
Ctrl+Shift+N
|
Yangi oyna yaratish
|
Ctrl+Shift+W
|
Oynani yopish
|
Ctrl+,
|
Foydalanuvchi sozlamalari
|
Ctrl+K Ctrl+S
|
Klaviatura yorliqlar
|
Asosiy tahrirlash tugmalari
Ctrl+X
|
Buferga olish va o‘chirish
|
Ctrl+C
|
Buferdan nusxa joylashtirish
|
Alt+ ↑ / ↓
|
qatorni yuqoriga / pastga ko‘chirish
|
Shift+Alt + ↓ / ↑
|
Qator nusxasini yuqoriga / pastga ko‘chirish
|
Ctrl+Shift+K
|
Qatorni o‘chirish
|
Ctrl+Enter
|
Yangi qator joylashtirish
|
Ctrl+Shift+Enter
|
Yuqoridan yangi qator joylashtirish
|
Ctrl+Shift+\
|
Mos keladigan qavsga o‘tish
|
Ctrl+] / [
|
Qatorga abzas qo‘shish/o‘chirish
|
Home / End
|
Satr boshi / oxiriga o‘tish
|
Ctrl+Home
|
Fayl boshiga o‘tish
|
Ctrl+End
|
Fayl oxiriga o‘tish
|
Ctrl+↑ / ↓
|
qatordan yuqoriga / pastga harakatlashtirish
|
Alt+PgUp / PgDn
|
sahifa bo‘yicha yuqoriga / pastga harakatlashtirish
|
Ctrl+Shift+[
|
Operator ta’sir doirasini belgilash
|
Ctrl+Shift+]
|
Operator ta’sir doirasini belgilashni bekor qilish
|
Ctrl+K Ctrl+[
|
Ta’sir doirani ochish
|
Ctrl+K Ctrl+]
|
Ta’sir doirani yopish
|
Ctrl+K Ctrl+0
|
Qatorlarga izoh qo‘yish
|
Ctrl+K Ctrl+J
|
Qatorlardan izohni o‘chirish
|
Ctrl+K Ctrl+C
|
Satrga izoh qo‘shish
|
Ctrl+K Ctrl+U
|
Satrdan izoh o‘chirish
|
Ctrl+ Z
|
Amalni bekor qilish
|
Navigatsiya tugmalari
Ctrl+F
|
Izlash
|
Ctrl+H
|
O‘zgartirish
|
F3 / Shift+F3
|
Izlashning keyingisiga o‘tish
|
Alt+Enter
|
Izlash natijalarini belgilash
|
Dasturlashga ko‘maklashuvchi tugmalar
Ctrl+Space
|
Tegishli funksiyalarni chaqirish
|
Ctrl+Shift+Space
|
Tegishli funksiya variantlarini chaqirish
|
Shift+Alt+F
|
Dasturni formatlash
|
Ctrl+E Ctrl+F
|
Dastur fragmentini formatlash
|
Ctrl+Shift +.
|
Dastur matnini kattalashtirish
|
Ctrl+Shift +,
|
Dastur matnini kichiklashtirish
|
Bu interaktiv tugmachalardan tashqari o‘rganib olishingiz kerak bo‘lgan tugmachalar juda ko‘p, ularni dasturlash davomida foydalanishga o‘rganib olasiz degan umiddamiz.
Formaning xususiyatlar va hodisalar quyidagi bo‘limlardan iborat (9.5 va 9.6-rasmlarga qarang)
9.5-rasm. Formaning xususiyatlari
9.6-rasm. Formaning hodisalari
Properties muloqot oynasida 4 ta uskunalar mavjud. Ularning vazifalari:
- forma paramertlarini guruhlab saralashni ta’minlaydi.
- forma paramertlarini alfavit bo‘yicha saralashni ta’minlaydi.
- forma xususiyatlari ro‘yxati.
- forma hodisalari ro‘yxati.
E’tibor bergan bo‘lsangiz, tanlangan joriy tur ko‘k to‘rtburchakka olingan bo‘ladi. Bu yerada bajarilgan har bir ish formaga mos sinfga o‘zgartirib boriladi. Endi forma xususiyatlarining ba’zilari bilan tanishib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |