If shart Then
operator1
Else
operator2
End If
Yoki
If shart Then
Operator1
Else: Operator2
End If
Visual Basic dasturini nazorat qilish tuzilishi. Visual Basic dasturini nazorat qilish orqali aniqlandiki, har qanday loyiha quyidagi fayllardan iborat:
har bir forma fayli(uzatma frm). Bu formada joylashtirilgan barcha kodni o'z ichiga olgan oddiy ASCII matnli fayl va shuningdek, forma va shaklning o'zida o'rnatilgan barcha boshqaruv elementlarining xususiyatlari.
Ikkilangan ma'lumotni o'z ichiga olgan har bir forma fayli (masalan, PictureBoxda rasm) (kengaytma frx)
loyiha ma'lumotlarini o'z ichiga olgan loyiha fayli (vbp kengaytmasi)
loyihaning ish maydoni haqida ma'lumot (ish maydoni)(kengaytmasi vbw)
Visual basicda nazorat qilish tuzilishi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Izoh dastur matniga tushuncha berish uchun ishlatiladi. Dastur matniga izoh kiritish uchun qatorning
boshiga yoki izoh kiritilayotgan matn boshiga (') belgisi kiritiladi. Bu belgidan keyin kelgan ixtiyoriy mant
izoh deb qabul qilinadi, ya’ni Visual Basic ularni transliyatsiya qilmaydi. Masalan,
' Qator boshidan boshlanuvchi izoh
X= Sin(a) + Cos(b) ' Bu operatordan keyin izoh
Operatorni birnechta qatorga joylashtirish. Agar operator katta uzunlikga ega bo‘lsa, uni qatorni davom etish belgilaridan foydalanib, bir nechta
qatorga bo‘lish mumkin. Bu belgilar probel va pastki chiziq (_) hisoblanadi.
Masalan, familiya, ism va sharflarni birlashtiruvchi qatorni bir nechta qatorga joylashtiramiz:
strName = strFamaly & strName & strFatherName
Buni quyidagicha yozish mumkin:
strName = strFamaly _
& strName & strFatherName
Birnechta operatorlarni bir qatorga joylashtirish. Qoida bo‘yicha dasturni yozishda operatorlar aloqida qatorga joylashtiriladi. Agar operatorlar
unchalik katta bo‘lmagan uzunlikga ega bo‘lsa, Visual Basic ularni bitta qatorga oralarida ikki nuqta bilan
yozishga imkon beradi.
Masalan: x = a + b : y = c – d : z = a*b
Kodni tahrirlash. Visual Basic muhitida dastur kodini kiritish uchun kod tahrirlagichidan foydalaniladi. Uni ishga
tushirish uchun Project Explorer oynasidagi kodini kiritiladigan formaga yoki ob’yektga kursorni o‘rnatish
kerak va quyidagi amalardan biri bajariladi:
· View (Ko‘rinish) menyusidagi Code (Kod) buyrug‘ini tanlash;
· tanlab olingan ob’yekt ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosganda hosil bo‘lgan kontekstli
menyudan View Code buyrug‘ini tanlash;
· ob’yektning ustida sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosish.
Bu amallarning bittasi bajarilganda dastur kodi kiritiladigan tahrirlagich oynasi ochiladi.Visual
Basicning har bir moduli uchun ichki seksiyalarga ajratilgan alohida kod oynasi yaratiladi. Kod tahrirlagich oynasidan seksiya tanlash Object ro‘yxati yordamida amalga oshiriladi.
Protsedura yaratish uchun ob’yekt tanlash: tahrirlovchi oynadagi Object (Ob’yekt) ro‘yxatidan
ob’yektlarning bittasi tanlanadi.
Procedure ro‘yxatidan kerakli hodisa (Event) tanlanadi.
Chiziqli (ketma-ket) algoritmlar. Ketma-ket algoritmlarda dasturning har bir qadam ketma-ket, birin-ketin bajariladi. Blok-sxemada ham ular qat’iy tartibda ketma-ket amallarning bajarilishini ko‘rsatadi. Agar ular graf shaklida bo‘lsa, unda u ketma-ket tugunlar ko‘rinishida bo‘lib, har bir tugundan kelasi tugunga kiradigan faqat bitta yoy chiqadi.
Visual Basic dasturida boshqarish va nazorat qilish tuzilishi jarayonini bajarish, yuqorida sanab o’tilgan barcha amalar jamlanmasini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |