«vismut-surma telluridlari asosidagi yarimo’tkazgichli plyonkalarning tenzorezistiv xususiyatlarini tadqiq etish»


Dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi



Download 4,86 Mb.
bet3/30
Sana09.07.2022
Hajmi4,86 Mb.
#764572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
ANVARJONOVNA OXXXIRGISI1111111111

Dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi: So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi hukumati fundamental va amaliy tadqiqotlarning dolzarb ustuvor ilmiy yo‘nalishlariga sezilarli e’tibor qaratmoqda. Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda quyosh panellarini ishlab chiqarish uchun mono - va polikristall yarimo‘tkazgichlar olish texnologiyasi bo‘yicha muayyan natijalarga erishildi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ilmiy-innovatsion ishlanmalarni amalda qo‘llashning samarali mexanizmlarini yaratish vazifalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bu jihatdan fotonika va mikroelektronika sohasida kristall strukturalarning elektrofizik parametrlarini chuqur nazariy tadqiq qilishning yangi usullarini rivojlantirish juda muhimdir.
Hozirgi kunda jahonda polikristall plyonkalarda pezoqarshilik effekti chuqur, har tomonlama tadqiq etilganligiga qaramay, ushbu materiallardagi tenzorezistivlik hodisalariga qiziqish susaymayapti. Ayniqsa, tenzometriya usullari yordamida turli quyi o‘lchamdagi kristall tuzilmalarning fizik xususiyatlarini kompleks o‘rganish ham ilmiy, ham amaliy jihatdan istiqbolli va dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Shu munosabat bilan polikristall namunalar tenzoqarshiligining haroratga bog‘lanishlarini va deformatsiyalangan polikristallardagi plyonkalardagi chuqur sathli radiatsion nuqsonlarni tadqiq qilish, polikristall plyonkalardagi yangi tenzorezistiv effektlarni va sirt oldi qatlamlaridagi deformatsion hodisalarini o‘rganish alohida qiziqish kasb etmoqda.
Bugungi kunga kelib, mikroelektronika va ilmiy asbobsozlik sohalarida dunyoning yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari olimlarining asosiy e’tibori muhim muammoga mono va polikristall yarimo‘tkazgich strukturalar tenzosezgirligining yangi nozik mexanizmlarini ochish va ular asosida chiziqli deformatsion xarakteristikalarga ega bo‘lgan turli xil tenzoelektrik asboblar yaratishga qaratilgan. Ushbu dissertatsiya ishi vismut- surma telluridlari yarimo’tkazgichli plyonkalarning tenzorezistiv xususiyatlarini tadqiq etishga bag‘ishlangan bo‘lib, uning natijalari tenzoo’zgartkichlar, tenzodatchiklar, mexanik sensorlar va boshqa shu kabi mikroelektron asboblarning xususiyatlarinini tadqiq etish orqali takomillashtirishga olib keladi.
Ushbu dissertatsiya tadqiqotlari ma’lum darajada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 iyuldagi PQ-3876" Fan va oliy ta’lim sohasi xodimlarining mehnat haqi miqdorini yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari joriy etilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarorlarida va boshqa shunga o‘xshash bu sohada qabul qilingan va tegishli qonunchilik hujjatlarida bayon qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Shuning uchun Bi-Sb-Te turidagi tor zonali polikristallarda tenzoqarshilik doimiyliklarining zaryad tashuvchilar konsentratsiyasiga bog‘lanishini pezoqarshilikning "kichik effektlari"ni inobatga olib nazariy hisoblash usulini ishlab chiqish, polikristall yarimo‘tkazgichlarning umumiy tenzosezgirligini bo‘ylama va ko‘ndalang pezoqarshiliklarni e’tiborga olgan holda hisoblash, bir tomonlama statik deformatsiyalashda nostexiometrik vismut surma va tellur xalkogenidlari asosidagi polikristall plyonkalarning o‘zgarmas tokdagi deformatsion xarakteristikalari, kuchli legirlangan PbTe, PbSe, Bi2Te3, Bi-Sb – Te asosidagi plyonkali namunalar optik va tenzometrik xossalarining korrelyasiyasi hamda ulardagi deformatsion effektlarni o‘zgaruvchan tokda tadqiq qilish bo‘yicha fundamental tadqiqotlar olib borish qattiq jismlar tenzometriyasining dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish