Viruslarning tuzilishi


Umuman viruslarga xos xususiyatlar quyidagilar



Download 13,81 Kb.
bet2/3
Sana12.05.2023
Hajmi13,81 Kb.
#937412
1   2   3
Bog'liq
VIRUSLARNING TUZILISHI

Umuman viruslarga xos xususiyatlar quyidagilar:

  • Umuman viruslarga xos xususiyatlar quyidagilar:
  • 1) viruslarning kattaligi 7-20 nm dan 250-360 nm gacha;
  • 2) filtrlardan, ya’ni bakteriyalarni tutib qoladigan filtrlardan bemalol o‘tib ketadi;
  • 3) hujayraviy tuzilishga ega emas;
  • 4) sun’iy oziq muhitida rivojlanmaydi;
  • 5) faqat tirik hujayralarda parazit holda rivojlanadi va shu hujayradagi moddalar almashinuvi jarayonini o‘z foydasiga o‘zlashrtiradi.
  • 6) tovuq embrionida va boshqa rivojlanuvchi organizmlarda o‘sa oladi.
  • Viruslarning hujayradan tashqarisidagi formasini virion deb, hujayra ichidagi formasini esa virus deb yuritiladi. Turli viruslar juda ko‘p tekshirilishi natijasida ularning murakkab tuzilganligi aniqlanadi, masalan, viruslar juda ko‘p bo‘lishiga qaramasdan har qaysi virus tashqi tomondan ichki moddalarini saqlab turadigan parda bilan o‘ralgandir. Eng oddiy viruslar yoki o‘simlik viruslari faqat nuleoproteidlardan iborat bo‘lib, ularning tarkibi RNK va oqsildan iboratdir.
  • Odam va hayvon viruslari, ya’ni yirik viruslar ancha murakkabroq tuzilgan bo‘lib, tarkibida nuklein kislotalar DNK va RNK, oqsil, lipidlar, mis, biotin va polisaxaridlar ham uchraydi. Hozirgi aniqlangan viruslardan faqat gripp kasalini tarqatuvchi virusda RNK bor, boshqa hamma hayvon va odamlarda kasallik qo‘zg‘aydigan viruslarda DNK borligi aniqlangan. Keyingi tekshirishlarda ayrim viruslarda fermet borligi ham aniqlangan. Masalan, gripp viruslarida neyraminidaza fermenti borligi aniqlangan.
  • Oddiy vironlar -nuklein kislota va uni zich o‘rab turgan oqsil qobig‘i –kapsiddan iborat. Vironlarning kapsidlari o‘z navbatida ketma –ket keluvchi subbirliklardan iborat bo‘lib, ularni kapsomerlar deb ataladi. Kapsomerlarni elektron mikroskopda ko‘rish mumkin, har bir vironlar uchun kapsomerlarni soni ularga xos hisoblanadi. Masalan, adenoviruslar 252 ta, pikornoviruslarda 60 ta, kapsomerlar tutadi. Nuklein kislota va kapsomer o‘zaro birikib virusni nukleokapsidni hosil qiladi. Kapsida ichida joylashgan nuklein kislota - nuklsokapsid ba’zi vakillarda (tamaki mozaikasi virusida, adenoviruslarda) oqsil qobiqqa tegib tursa, boshqalarida (gripp, gepes viruslarida) qobiqdan alohida membrana bilan ajralgan bo‘ladi. Murakkab viruslarni nukleokapsidi tashqi tomondan lipoprotenli qobiq bilan o‘ralgan bo‘lib, superkapsid yoki peplos deb nomlanadi.
  • Viruslarning kattaligi quyidagi usullar bilan aniqlanadi:
  • 1) viruslarning kattaligini elektron mikroskopda o‘lchab aniqlash;
  • 2) viruslarning kattaligini filtrdan o‘tkazib aniqlash usuli. Bunday usulda filtrning teshiklari avvaldan aniqlangan bo‘lishi kerak;
  • 3) viruslarni kattaligini ultrasentrafuga usuli bilan aniqlash mumkin. Bunga ultrasentrafuga 1 minutda 60 ming marta aylantirilib virus zarrachalari cho‘ktiriladi;
  • 4) viruslarning kattaligini diffuziya qilish usuli bilan ham aniqlash mumkin. Lekin bu usul unchalik ishonchli emas.
  • Ana shunday usullar yordamida hozirgi vaqtda juda ko‘p viruslarni kattaligi aniqlangan.
  • 2.1. Viruslarning ko’payishi
  • Viruslar sun’iy oziq muhitida rivojlanmaydi. Viruslar organizmdagi ba’zi to‘qimalarga kirib hujayra ichida oladi. Shuning uchun viruslarni ko‘paytirish va o‘stirishda tovuq embrioni hamda hayvon to‘qimalaridan (buyrak) foydalaniladi. Hozirgi vaqtda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul – viruslarni tovuq embrionida o‘stirish usulidir. Buning uchun urug‘langan tuxum 8-10 kun inkubatorga qo‘yiladi, tuxum po‘stidan embrion yaxshi ko‘rinib qolgandan keyin virus maxsus igna orqali tovuq tuxumining sarig‘iga yuboriladi, igna bilan teshilgan joy bekitiladi, tuxum yana inkubatorga qo‘yiladi. Ana shu yo‘l bilan virus embrion to‘qimalari va pardalarida ko‘paytiriladi.
  • Tovuq embrioning virus yuqtirish yo‘llari.
  • Virusning sezgir hujayraga ta’siri 5 davrga bo‘linadi:
  • Adsorbsiya, bunda virus zarrachalari tuxum embrion hujayralariga shimiladi.
  • Hujayra ichiga kiradi.
  • Virus zarrachasining asosiy qismlari sintezlanadi.
  • Tuxum ichida bir butun virus zarrachasi tashkil qilinadi.
  • Hosil bo‘lgan viruslarning zarrachalari hujayradan ajralib chiqadi.
  • Ko‘pchilik kasallik qo‘zg‘atuvchi viruslar tovuq embrionida rivojlantirilib, ulardan itlarning o‘latiga, odam va parrandalarning chechak, qoramollarning o‘lat kasalliklariga qarshi vaksinalar tayyorlanadi.
  • Viruslar bakteriyalarga o‘xshash antigenlik xususiyatiga ega. Shuning uchun virusli infeksiyalardan keyin kasallikdan tuzalgan organizmda virusni neytrallovchi modda (antitelo) to‘planadi va natijada organizm immunitetli bo‘ladi. Virus organizmga kirgandan keyin 18-24 soat ichida viruslarni neytrallovchi maxsus antitelolar hosil bo‘ladi.
  • Viruslarning chidamliligi. Barcha viruslar past temperaturaga chidamli bo‘ladi -20-70°C sovuqda viruslar yillab o‘lmaydi. Yuqori temperaturaga juda ham sezgir bo‘ladi, ayniqsa qaynatilganda darhol halok bo‘ladi. Quyosh nuri va dizenfiksiyalovchi moddalardan formalin, xloramin, fenol va boshqa eritmalar viruslarni o‘ldiradi.

Download 13,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish