OIV-1 retrovirusi
Baltimor VI guruhida joylashgan retroviruslar noyob va qiziqarli hayot sikliga ega. Ular juda muhim, chunki orttirilgan immun tanqisligi sindromi yoki OITS qoʻzgʻatuvchisi boʻlgan odam immun tanqisligi virusi (OIV) aslida retrovirus hisoblanadi.
Retrovirus genomi bir zanjirli RNK boʻlib, har bir virus zarrasi ikki nusxada boʻladi. RNK zanjirini qoʻsh zanjirli DNKga aylantirishda teskari transkriptaza deb nomlanuvchi ferment DNKdan RNK, RNKdan oqsil hosil qilish jarayonini teskari oqimda hujayralarda amalga oshiradi.
Qoʻsh zanjirli DNK xoʻjayin hujayra yadrosiga kiradi va integraza fermenti yordamida hujayraning genomiga joylashib oladi. Bunda xoʻjayin hujayra genomida doimiy qoladigan, virus DNKsidan iborat provirusdan i-RNK transkripsiya qilinadi. i-RNK virus oqsillarini ishlab chiqarish uchun oʻqiladi, shuningdek, hujayrada toʻplanib, hosil boʻladigan yangi virus zarralari uchun genom sifatida xizmat qilishi mumkin.
Quyidagi diagrammada OIV-1 virusining hayot siklidagi asosiy bosqichlar, OIV infeksiyasining koʻp holatlari uchun javobgar boʻlgan shtamm tasvirlangan^22squared.
OpenStax College, Biology (aslida NIAID, NIH), CC BY 4.0 ga tegishli “Prevention and treatment of viral infections: Figure 4” (Virusli infeksiyalarning oldini olish va davolash: 4-rasm) nomli grafik material oʻzgartirib olindi.
OIVga qarshi dorilar OIV siklining turli fazalarida viruslarning koʻpayishiga toʻsqinlik qiladi. Ushbu dorilarga quyidagilar kiradi:
OIV konvert qobigʻining xoʻjayin hujayra plazmatik membranasiga birikishini bloklaydigan, qoʻshilishiga toʻsqinlik qiluvchi ingibitorlar.
RNK genomining qoʻsh zanjirli DNKga aylanishini susaytiruvchi teskari transkriptaza fermenti ingibitorlari.
Virus DNKsining xoʻjayin hujayra genomiga qoʻshilishiga toʻsqinlik qiluvchi integraza ingibitorlari.
Virus oqsillarining protsessing jarayonlarini oʻtashiga toʻsqinlik qiluvchi proteaza ingibitorlari
Bir nechta dorilarni oʻz ichiga olgan “kokteyllar” odatda infeksiyaning rivojlanishini sekinlashtiradi hamda virus darajasini past ushlashda eng samarali hisoblanadi. Siz nimaga bunday boʻlishini virus evolyutsiyasi maqolasidan bilib olishingiz mumkin.
OIV va OITSning belgilari, ularni davolash va oldini olish toʻgʻrisida koʻproq maʼlumotga ega boʻlish uchun “Sogʻliqni saqlash va tibbiyot” boʻlimidagi OIV va OITS maqolasini koʻrib chiqing.
Do'stlaringiz bilan baham: |