Virus nima? Qanday virus turlari bor? Музаффар қосимов


Hayvon viruslari hujayralarga qanday yuqadi?



Download 57,5 Kb.
bet2/5
Sana05.07.2022
Hajmi57,5 Kb.
#741653
1   2   3   4   5
Bog'liq
viruslar 222

Hayvon viruslari hujayralarga qanday yuqadi?
Hayvon viruslari boshqa viruslar kabi oʻzlarining hayot siklini oʻtash uchun xoʻjayin hujayralariga tayanadi. Koʻpayish uchun virus xoʻjayin hujayrani zararlashi, virus zarralarini koʻproq hosil qilishi va buning uchun xoʻjayin hujayrani qayta dasturlashi kerak.
Infeksiyaning yuqishi uchun birinchi muhim qadam bu tanib olishdir: hayvon virusi xoʻjayin hujayra membranasidagi mavjud retseptorlarga bogʻlanishiga imkon beradigan maxsus sirtqi molekulalarga ega. Retseptorlarga bogʻlangach, hayvon viruslari turli yoʻllar bilan hujayraga kirishi mumkin: endositoz, yaʼni membranani ichiga qatlanib; xoʻjayin membranada kanallar hosil qilib (bu orqali DNK yoki RNK hujayra ichiga yuboriladi); yoki konvert qobiqli viruslarda membrana bilan birlashib, xoʻjayin hujayraning ichida kapsidni hosil qilish yoʻli orqali hujayraga kiradi.
Virus xoʻjayin hujayradagi mavjud resurslardan foydalanib yangi virus oqsillari va genetik materialini ishlab chiqargach, oʻzining zarrachalaridan iborat qobigʻini hosil qiladi va hujayrani tark etishga tayyorlanadi. Konvert qobiqli viruslar xoʻjayin plazmatik membranasi yoki ichki membranasidan bir parcha olib, hujayra membranasida kurtaklanib, undan chiqib ketadi. Bundan farqli oʻlaroq, konvert qobigʻi boʻlmagan viruslar, jumladan, rinoviruslar zararlangan hujayrada toki hujayra portlab halok boʻlgunicha yigʻilaveradi.
Infeksiya oqibatlari
Insonlarda turli kasalliklarning yuzaga kelishi viruslar bilan bogʻliq. Quyidagi diagrammada inson tanasining turli tizimlariga taʼsir qiluvchi virusli infeksiyalarning baʼzi keng tarqalgan namunalari keltirilgan.


Rasmda odamdagi virusli kasalliklar haqida umumiy maʼlumotlar keltirilgan. Ensefalit, meningit yoki miya va uning atrofidagi toʻqimalarning yalligʻlanishiga olib keladigan viruslarga qizamiq, arbovirus, quturish, JC virusi (odam poliomavirusi 2) va LCM (limfositli xoriomeningit) virusi kiradi. Umumiy shamollashga rinovirus, parainfluenza virusi va nafas olish yoʻllarining sinsitial viruslari sabab boʻladi. Koʻz infeksiyalari gerpesvirus, adenovirus va sitomegalovirus tufayli paydo boʻladi. Faringit yoki halqumning yalligʻlanishi adenovirus, Epshteyn-Barr virusi va sitomegalovirus sabab rivojlanadi. Parotit yoki soʻlak bezlarining yalligʻlanishi tepki virusidan kelib chiqadi. Gingivostomatit yoki milk va ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatining yalligʻlanishini gerpes simpleks 1-tur virusi qoʻzgʻatadi. Zotiljam (pnevmoniya) A va B gripp viruslari, parainfluenza virusi, nafas olish yoʻllarining sinsitial virusi, adenovirus va SARS koronavirusidan kelib chiqadi. Yurak-qontomir kasalliklari koksaki B virusi tufayli paydo boʻladi. Gepatitga A, B, C, D va E gepatit viruslari, miyelitga esa poliovirus va HTLV-1 (odam T-limfotrop virusi) sabab boʻladi. Teri infeksiyalari varicella-zoster (suvchechak) virusi, odam gerpesvirusi 6, chechak, molluscum contagiosum (kontagioz mollyuska), odam papillomavirusi, B19 parvovirusi, qizilcha, qizamiq va koksaki A virusidan kelib chiqadi. Gastroenterit yoki oshqozon-ichak kasalligi adenovirus, rotavirus, norovirus, astrovirus va koronavirus tufayli paydo boʻladi. Jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklar gerpes simpleks 2-turi, odam papillomavirusi va OIV tufayli kelib chiqadi. Pankreatit B kasalligini esa koksaki B virusi qoʻzgʻatadi.
Manba: “Prevention and treatment of viral infections: Figure 1” (Virusli infeksiyalarning oldini olish va davolash: 1-rasm) / OpenStax College, Biology, CC BY 4.0. Mikael Heggstryom tomonidan oʻzgartirilgan.
Baʼzi virusli infeksiyalar oʻtkir kasallik klassik qonuniyatiga amal qiladi: alomatlar qisqa vaqt ichida yomonlashadi, ammo koʻp hollarda virus tanadan immun tizimi yordamida tozalanadi va bemor tuzaladi. Bunga umumiy shamollash va gripp kiradi.
Gepatit C virusi kabi viruslar esa uzoq muddatli surunkali infeksiyalarni keltirib chiqaradi. Boshqa viruslar, jumladan, kichik yoshdagi bolalarda uchrovchi yengil koʻrinishdagi qizilcha kasalligining qoʻzgʻatuvchisi boʻlgan odam gerpesvirusi 6 va odam gerpesvirusi 7 produktiv infeksiyalarni (yangi virus zarralari hosil boʻladigan joyda) hech qanday kasallik alomatlarisiz ishlab chiqarishi mumkin. Bunday holdagi bemorlarda asimptomatik infeksiya bor deyiladi.

Download 57,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish