SAVOLLARDAN JAVOBLARGA, SHUBXALARDAN DADILLIKKA, ISHQIBOZLIKDAN PROFESSIONALLIKKA
XIRURGIK OPERATSIYA
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASINING UMUMIY VA BOLALAR XIRURGIYASI KAFEDRASI
ОXUNОV A.О., SHARIPОV YU.YU.
OPERATSIYAGA TAYYORGARLIK DAVRI
Me’da-ichak yo'lini operatsiyaga tayyorlayotganda bemorning uzoq vaqt och qolishi, surgi dorilar ichishi va yo'g'on ichakni qayta
yuvish maqsadga muvofiq emas. Hatto bu zararli hamdir, chunki u atsidozni va kislota-asos holatining o'zgarishini keltirib chiqaradi, ichak tonusini pasaytiradi. Natijada og'ir intoksikatsiya rivojlanishi, qayt qilish, meteorizm va oliguriya kuchayishi mumkin. Shuning uchun ertaga operatsiya degan kuni kechqurun va operatsiya kuni ertalab bemorga ovqat berilmaydi. Oper- atsiyadan keyingi atsidozning oldini olish maqsadida bemorning operatsiya kuni arafasida bir stakan shirin choy ichishi tavsiya etiladi.
Og'iz bo'shlig'ini sanatsiya qilish, karioz tishlarni olib tashlash muhim ahamiyatga ega. Operatsiyadan keyingi davrda yuz berishi mumkin bo'lgan parotit, gingivit va glossitning oldini olish uchun tishlarni tozalash va og'iz bo'shlig'ini vodorod peroksidi yoki ka- liy permanganat bilan chayish maqsadga muvofiq. Me’da operatsiyadan oldin bo'shatilishi kerak. Agar me’dani operatsiya qilish ko'zda tutilgan bo'lsa, u holda operatsiya arafasida me’da yuviladi. Me’dadan qon ketayotgan bo'lsa, uni yuvish tavsiya etil- maydi. Agar me’da yana to'lib qolgan bo'lsa (ichakning o'tkir tutilishi, qorin bo'yni stenozi), bunday hollarda bevosita operatsiya oldidan uni yana bo'shatish zarur.
Agar ich o'z-o'zidan kelmasa, ana shundagina tozalash ho'qnasi qo'llash mumkin. Yo'g'on ichak va chot orasi operatsiyasi bun- dan mustasno; operatsiya boshlanishi oldidan ichak sifon ho'qna yordamida najasdan butunlay tozalanadi. Shuningdek, ichakdagi gijja invaziyasini bartaraf etish kerak.
Jigar parenximasining shikastlanishi operatsiyaning xatarliligini sezilarli darajada oshiradi. Operatsiyaga tayyorgarlik davrida bemorga ovqat iste’mol qilishni cheklash jigarda glikogenni va qonda qand moddasi darajasini kamaytiradi, bu esa o'z navbati- da, reparativ jarayonlarni to'xtatib qoladi. Shuning uchun ham jigardagi glikogen zaxirasini ko'paytirish juda muhim. Bunga
to'yimli ovqatlar iste’mol qilish, glyukoza va vitamin С ni inyeksiya qilish yo'li bilan erishish mumkin. Jigar funksiyasini yaxshilash uchun metionin, lipokain, vitamin B, yuboriladi.
Rejali operatsiyadan oldin siydik ajralishi sistemasini tayyorlash uchun buyraklarning funktsional holatini tekshirish, buyrak sina-
Do'stlaringiz bilan baham: |