Virtual borliq vositalariva kompanentlari



Download 37,26 Kb.
bet2/3
Sana18.02.2022
Hajmi37,26 Kb.
#455177
1   2   3
Bog'liq
Virtual borliq vositalariva kompanentlari

cheksizlik – haqiqiy cheksizlikning o’ziga xos proektsiyalaridir. Ularni geometrik shaklning koordinatalar o‘qidagi
‗roektsiyalariga o‘xshatish mumkin.
Kosmologiya cheklilik va cheksizlikning talqiniga juda ko‘p yangiliklar kiritdi. Kosmologiya fan sifatida  
olamning tuzilishi va xossalarini, makon va vaqtning cheksizligi muammosini o‘rganishga harakat qiladi.
Dunyoning makon va vaqtda cheksizligi haqidagi tasavvurlar asrlar davomida shakllangan. Uning ildizlari antik
naturfalsafa va kosmogoniyaga borib taqaladi. Nyutoncha fizikaga asoslangan XVIII asr kosmologiyasida cheksizlik
g‘oyasining ancha asosli nazariy dalillari ta‘riflab berildi. Nisbiylik nazariyasining paydobo‘lishi kosmologiya
muammolarini butunlay o‘zgartirib yubordi. Umumiy nisbiylik nazariyasi ta‘sirida yuzaga kelgan va XX asrning
ikkinchi o‘n yilligida jadal rivojlangan relyativistik kosmologiya doirasida olamning makon va vaqtda cheksiz
hamda chekli modellarini tuzishga muvaffaq bo‘lindi.
Olamning relyativistik kontseptsiyasi bo‘lishi ehtimol tutilgan butun moddiy dunyoni qamrab olgani sababli,
uning «ibtidosi» g‘oyasida cheksizlik g‘oyasi butunlay inkor etilib, fanda to‘ntarish yasalishiga olib keladigandek
bo‘lib tuyuldi. Relyativist kosmologlarning kengayib borayotgan olam – Metagalaktikaning yagonaligi va u hamma
narsani qamrab olishi haqidagi ta‘limoti o‘tmishda ko‘p karra takrorlangan olamda Yerning yagonaligi, Quyosh
sistemasi yoki Galaktikaning yagonaligi haqidagi g‘oyalarni eslatadi. Amalda olamning kosmologik modellari,
garchi butun dunyoni tushuntirish uchun tuzilgan bo‘lsa-da, uning ayrim qisminigina tushuntirgan. Mazkur sohaga
taalluqli, butun dunyodagi makon va vaqtga nisbatan tatbiq etilmaydi, deb talqin qilingan makon va vaqtning
chekliligi hamda cheksizligi haqidagi kosmologik tasavvurlar cheksizlik g‘oyasini inkor etmagan.
Kosmologiya rivojlanishining hozirgi bosqichi relyativistik kosmologiyaning ustuvorligi bilan tavsiflanadi.
Relyativistik kosmologiya butun dunyoni mukammal tavsiflashga da‘vo qilmaydi, lekin cheklilik va cheksizlikni
biz yashayotgan olamga tatbiqan, uning fizikaviy-makon tuzilishi tomonidan o‘rganadi. Relyativistik kosmologiya
asoschilari A.Eynshteyn va A.Fridman hisoblanadi.
A.Eynshteyn 1916 yilda umumiy nisbiylik nazariyasini yaratgach, oradan bir yil o‘tib (1917) olamning  
birinchi relyativistik modelini tuzdi, uning ma‘nosi qo‘yidagicha:
1. Modda va nurlanish olamda bir tekis tarqalgan. Bundan olam maydoni bir xil va izotro‘ tuzilishga ega 
degan xulosa kelib chiqadi. Garchi og‘ir ob‘ektlar yaqinida makon-vaqt geometriyasi o‘zgarsa-da, bu o‘zgarish
olamning o‘zgarmas egrilikka ega bo‘lgan bir xil izotrop maydonidan chetga ahamiyatsiz og‘ishdir, xolos.
2. Olam turg‘un, vaqtda o‘zgarmasdir. SHu bois maydon geometriyasi evolutsiyaga ega bo‘lishi mumkin  
emas. A.Eynshteyn dunyosi, odatda, «silindrsimon dunyo» deb ataladi, chunki uni cheksiz ko‘lamli to‘rt o‘lchovli
tsilindr ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin. Silindrning yasovchisi bo‘ylab vaqt o‘qi o‘tadi, u o‘tmishga ham,
kelajakka ham cheksiz qaratilgan. Silindr kesimi maydonni beradi. Mazkur modelda bu o‘zgarmas musbat egrilikka
ega uch o‘lchovli doirasimon maydon bor. U chekli hajmga ega. Buning ortida hech narsa mavjud bo‘lmagan
dunyoning qandaydir chekkasi bor, deb tushunmaslik kerak. Ayni holda maydon «o‘z-o‘zida tutashadi» va bu unda
hech qachon to‘siqqa uchramasdan cheksiz aylanish imkonini beradi.
Biroq A.Eynshteynning «silindrsimon dunyo»si o‘tmishda qolgan. Uning olamning turg‘un modelini
yaratishga urinishlari, hozirgi davrda olamning abadiyatda o‘zgarmas holda mavjudligi haqidagi an‘anaviy
tasavvurlarga hurmat sifatida qaraladi. Olamning turg‘un modelini A.Eynshteyn maxsus taxmin asosida yaratganini
ham e‘tiborga olish kerak.
Mazkur muammoning yangi yechimini A.Fridman taklif qilgan va uni belgiyalik kosmolog M.Lemetri
rivojlantirgan. A.Fridman dunyoning turg‘unligi haqidagi taxmindan voz kechdi, lekin uning bir xilligi va izotro‘ligi  

Download 37,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish