Vintli nasoslar O’qiy nasoslar Kurakli nasoslar


O’qiy nasoslar (markazdan qochma)



Download 114,74 Kb.
bet2/7
Sana02.01.2022
Hajmi114,74 Kb.
#310266
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-variant Vintli nasoslar O’qiy nasoslar

2.O’qiy nasoslar (markazdan qochma)

Odatda, markazdan qochma nasosning ish g`ildiragi shunday joylashtiriladiki, suyuqlik uning atrofidagi bo`shlik orqali o`tib, so`ngra o`kdan radius bo`yicha uzoqlashadi. Nasoslarning tuzilishi bo`ladi. So`rish trubasi orqali ta`minlovchi idishdan koqtarilgan suyuqlik kameraning o`rta `ismiga kiradi. So`ngra val 1 orqali xarakatga keltiriluvchi ish g`ildiragi 2 ning kuraklari 3 orasidan o`tib, nasos kamerasi 4 ga tushadi. Bu erda markazdan qochma kuch ta`sirida xosil bo`lgan bosim suyuqlikni xaydash trubasiga si`ib chiqaradi. Suyuqlikning xaydash trubasida ma`lum miqdordagi tezlik bilan oqishini ta`minlashi uchun o`tkazuvchi kamera, yo`naltiruvchi apparat va diffuzor kabi bir qancha maxsus moslamalardan foydalaniladi. Nasosdagi so`rilish qabul qiluvchi idishdagi suyuqlik satxiga ta`sir qiluvchi bosim bilan so`rish trubasidagi siyraklanish bosimi orasidagi farq xisobiga amalga oshadi. Bunda aytilgan bosimlar farqi so`rish balandligi, so’rish trubasidagi qarshiliklarni yengishga va suyuqlikka tezlik berishga sarf bo’ladi. Bu tezlik suyuqlikning kameraga va so’ngra parraklar orasidagi kanalga kirishiga yordam beradi. Tabiiyki, bunda ta`minlovchi idish bilan so’rish trubasidagi bosimlar farqi so’rilayotgan suyuqlik bug`lari bosimida kam bo’lmasligi kerak. Haydash balandligi markazdan qochma nasos engishi mumkin bo’lgan eng yuqori balandlik bo’lib, g`ildirakning tashqi aylanmasidagi tezlik qancha katta bo’lsa, u xam shuncha katta bo’ladi.

Nasos korpusining tuzilishi xam xaydash balandligining yuqori bo’lishiga katta ta`sir qiladi. Shuning uchun nasosning korpusida so’rilish yo’li, spiral yo’li va yo’naltiruvchi apparatlar moslangan bo’ladi.

So’rilish yo’li – korpusning so’rish trubasidan ish g`ildiragiga o’tishdagi kanalidir. Suyuqlikning nasosga so’riladigan yo’lining eng yaxshi shakli o’q yo’nalishidagi konus ko’rinishida bo’ladi.

Tezyurarligi o’rtacha va kichik bo’lgan nasoslar uchun nasosga so’rilish yo’li spiral shaklida bo’lishi mumkin. Tezyurarligi yuqori bo’lgan nasoslarda esa o’q bo’yicha so’rilish tezlikni 15 … 20 % oshiruvchi konfuzor orqali amalga oshiriladi. Spiral ko’rinishdagi so’rilish kameralarini xisoblashda so’rish tezligi Ssur g`ildirakka kirish tezligi s1 ga qaraganda ancha kichik qilib olinadi: Ssur = (0,85 . . . 0,70) s1.

Spiral yo’l. Suyuqlikning nasosdan chiqish kanali – spiral kamera tuzilishi sodda bo’lgani uchun yo’naltiruvchi apparatga qaraganda qarshiligi kam bo’ladi (ya`ni FIK katta). Lekin spiral kameraning kanallarini mexanik usulda silliqlab bo’lmaydi. Sunggi vaqtlarda metall qo’yish ancha aniq va toza bajarilgani uchun spiral kameralar ko’proq qo’llanila boshladi (xatto ko’p pog`onali nasoslarda ham qo’llanilmoqda).

Ish g`ildiragidan chiqqan suyuqlik zarrachasi spiral kameraning biror kismiga kirgandan so’ng radius bo’yicha harakatlanishda davom etishi bilan birga aylanma harakat ham kelib, chiqish tomonga intiladi va o’zidan keyin kelayotgan zarrachaga o’z o’rnini bo’shatib beradi. Spiral kamerani hisoblashda aylanma tezlikning tegishli radius – vektorga ko’paytmasi o’zgarmas deb qabul qilinadi. Natijada spiral kamerada suyuqlik tezligi chiqishga qarab kamayib boradi. Bu hol nasosning ishlashiga yaxshi ta`sir qiladi va tezlikning kamayishi potentsial energiyaning ortishiga olib keladi. Bunda tabiiyki, tezlikning kamayib borishiga kesimning a ko’rinishi b ko’rinishga qaraganda ko’proq ta`sir qiladi.

Odatda spiral kamerada tezlik quyidagicha formula bilan hisoblanadi:



bu erda Ks – tezyurarlik koeffitsientiga bog`lik bo’lib, 0,45 dan 0,2 gacha o’zgaradi.

Eslatib o’tish kerakki, har qanday spiral kamera faqat tegishli hisoblangan sarf uchun to’liq samara berib, sarfni o’zgartirganda uning qarshiligi hisoblangan harakat buziladi, bu esa FIK ga ta`sir qiladi. Tezlikni kamaytirib, yuqori bosim olish uchun chiqish oldida diffuzordan foydalanish yaxshi natija beradi.


Download 114,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish