Viloyati tumani



Download 0,74 Mb.
bet4/5
Sana25.09.2021
Hajmi0,74 Mb.
#184840
1   2   3   4   5
Bog'liq
8 sinf ona tili fanidan undalmamavzus

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism(2 d)

  2. O’tgan mavzu yuzasidan takrorlash (12d)

  3. Yangi mavzu(7d)

  4. Mystahkamlash(18 d)

  5. Uyga vazifa berish(2 d)

  6. Baholash va yakunlash(4)

Dars boshlanishi bilan o’qituvchi o’quvchilar bilan salomlashadi va navbatchini aniqlaydi.Navbatchi orqali sinfdagi davomatni,sinf ozodaligini,bor va va ho’l latta borligini tekshiradi.Keyin o’tgan soatdagi mavzu va uyga vazifani so’raydi.O’tgan soatdagi mavzu Kiritmalar bo’lib,undan uyga vazifa 261-mashq edi.

O’quvchilar daftarlarini ochadilar va uyga vazifa berilgan mashq ichidan 2 ta to’g’ri misol va 1 ta noto’g’ri misol olib yozadilar.Keyin o’quvchilar daftarlarini almashib ,noto’g’ri yozilgan misolni aniqlab,ajratadilar.

Shu payt ular aniqlaguncha ularga har xil rangdagi tarqatma qog’ozlar tarqatiladi.U tarqatmalarda “O’zbekiston” , “Paxtakor”, “O’quvchi”, “Kitob” yozuvlari bor .

O’qituvchi o’quvchilarni kuzatib boradi. Yozuvlar va rangli tarqatmalar yordamida o’quvchilar guruhlarga ajraladi va har bir guruh o’z nomini sharhlashga harakat qiladi.Keyin o’tgan mavzularni eslab bugungi mavzu bilan bo’g’lay boshlaydi.Buning uchun “tushunchalar tahlili” yordamga keladi.Sinf o’quvchilari 4 guruhga ajralgan bo’lib,ularga guruhlarda ishlash uchun quyidagi shakllarda topshiriqlar beriladi.

“O’zbekiston” guruhi



Tushunchalar

Masalan

1.

Kiritma




2.

So’roq gap




“Paxtakor” guruhi



Tushunchalar

Masalan

1.

Ega




2.

Darak gap




“O’quvchi” guruhi



Tushunchalar

Masalan

1.

Buyruq gap




2.

Kesim




“Kitob” guruhi



Tushunchalar

Masalan

1.

Istak gap




2.

Kiritmalarning gapdagi o’rni




O’quvchilar har bir tushunchaga bitta misol yozishlari kerak.Har bir guruhdan bir o’quvchi chiqib yozgan ma’lumotini o’qib beradi.

O’tgan mavzular shu tarzda eslangach,yangi mavzuga o’tiladi.yangi mavzu slaydlar yordamida og’zaki tushuntiriladi.O’quvchilar diqqatini bir joyga jamlash uchun ularga quyidagi savol beriladi:

Dunyoda eng yaqin ko’rgan do’stingiz kim? Hamma eslaydi va o’sha do’stingizni biror joyga taklif qiling.Masalan:

Madina,yur kutubxonaga boramiz.

Aynan mana shu gapda siz kimgadir murojaat qildingiz,ana shu nutqingiz qaratilgan shaxs yoki narsa undalma deyiladi.Shu tarzda yangi mavzu slaydlar yordamida tushuntiriladi.





Bilib oling. Undalma so'zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni, narsani (obyektni) bildiradi. Undalmalar ham ega singari bosh kelishikda qo'llaniladi, ammo ega grammatik jihatdan gapda kesim bilan bog'lanadi, undalmalar esa grammatik jihatdan hech bir bo'lakka bog'lanmaydi. Undalmali gaplarning kesimi ko'pincha birinchi va ikkinchi shaxs-son shakllarida bo'ladi. Undalma alohida ohang bilan ajratilib aytiladi. Undalmaning gapdagi o'rni erkindir: gap boshida ham, o'rtasida ham, oxirida ham kelishi mumkin.



Undalmalar ba'zan jonivorlar yoki jonsiz narsalarga ham qaratiladi: Qarg'avoy, men seni yeyman. (Ertakdan) Seni unutolmas yuragim aslo, Ey O'rta Osiyo, O'rta Osiyo. (GG'.)



Undalmalar uyushib kelishi ham mumkin: Muhtaram onalar, otalar, kelinlar, o'g'illar, opa-singillar, sizga shu haqda murojaat qilamiz kabi.

Mavzuni mustahkamlovchi mashqlar bajariladi:



(Har bir guruhga bittadan gap bo’lib beriladi)

262- mashq.1 -topshiriq. Gaplarni qiyoslang. Ular orasidagi o'xshashlik va farqlarni toping.



    1. Paxtakorlar g'o'zaga ishlov berishni kuchaytirdilar. — Paxtakorlar, g'o'zaga ishlov berishni kuchaytiringiz!

    2. O'quvchilar dam olish kunini ko'ngilli o'tkazdilar. — O'quvchilar, dam olish kunini ko'ngilli o'tkazing.

    3. O'zbekistonning har bir qarich yeri biz uchun muqaddas. — O'zbekiston, har bir qarich yering biz uchun muqaddas!

    4. Kitob — mening doimiy do'stim. — Kitob, mening doimiy do'stimsan.


2- topshiriq. Yuqoridagi gaplarning ega va kesimini aniqlang.
3- topshiriq. Undalmaning egadan farqi xususida umumlashma xulosa

ayting.
263- mashq.Undalmali gaplarni o'qing, undalmaning o'qilish ohangi haqida xulosa chiqaring.

1. Odamlar kasal bo'laveribdi, ulardan qanchasi olaveribdi-yu, sen bu dorilarni bosib yotaveribsan-da, noinsof ! (I. Sulton) 2. Kitob, sen bo'lmasang, balki kun yorishmasdi. (I.G'ani) 3. O'-o', boylik, boylik! Mening uyimga sen kiradigan bo'lsang-u, iymon ketadigan bo'lsa, men senga o't qo'yaman, o't! (I.Sulton) 4. Yurak, sensan mening sozim. (U.Nosir) 5. Inim, kitoblarni sandiqlarga joylashtiravering. (Mirmuhsin)

264- mashq. 1- topshiriq. O'qing. Undalmalarni aniqlang. Tinish belgilarining qo'llanilish sabablarini tushuntiring.

1.Muhtaram Umidaxon, sizni tug'ilgan kuningiz bilan chin yurakdan tabriklayman. 2. Jahonga yuz tutgan O'zbekistonim, sening har bir yutug'ing mening yutug'imdir. 3. Vatanimiz muvaffaqiyatlarini ko'rolmaydigan quzg'unlar, ayting, O'zbekistonning taraqqiyotiga kim g'ov bo'la oladi?!(Gazetadan) 4.Mehribon ustozim,omad sizga hamisha yor bo’lsin.


  1. topshiriq. Yoyiq undalmalar haqida xulosa chiqaring.

(Ushbu o’rinda xulosani o’qituvchi berishi lozim)




Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish