Viloyati tumani umumiy o`rta ta`lim maktabi



Download 6,8 Mb.
bet2/3
Sana19.02.2022
Hajmi6,8 Mb.
#459237
1   2   3
Bog'liq
10-biologiya.Jins genetikasi (3)

Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
Dars shiori: “Beshikdan qabrgacha ilm izla”



O’tilgan mavzuni so’rash va baholash.

1. Birikkan holda irsiylanish hodisasi dastlab kimlar tomonidan aniqlangan?

2. T. Morgan o‘z tajribalarida qaysi obyektdan va nima uchun foydalanganligini izohlang.




3. To‘liq va qisman birikish deb nimaga aytiladi?


4. Krossingover nima? Uni isbotlovchi tajriba mohiyatini tushuntiring.




6. Krossingover miqdori qanday hisoblanadi?




5. Krossover organizmlar deganda nimani tushunasiz?


Yangi mavzu bayoni:
JINS GENETIKASI
Jins irsiy axborotning avlodlarga berilishi va nasl qoldirishni ta’minlaydigan hamda erkak va urg‘ochi organizmlarni farqlash imkonini beradigan belgi va tuzilmalar majmuyidir. Tirik organizmlarda ikki xil jins: urg‘ochi va erkak jins farq qilinadi. Organik olam evolutsiyasining ma’lum bosqichida yer yuzida ayrim jinsli organizmlar paydo bo‘lgan. Hayvonlarda jinsning belgilari morfologik, fi ziologik, biokimyoviy xususiyatlari, murakkab xatti-harakatlari orqali namoyon boʻladi. Jinsiy belgilar birlamchi va ikkilamchi boʻladi. Birlamchi jinsiy belgilarni jinsiy organlar sistemasi ifoda etadi, ular gametalar hosil boʻlishi va urugʻlanishni taʼminlaydi. Ikkilamchi jinsiy belgilar gormonlar taʼsirida voyaga yetgan davrda rivojlanadi va hayot davomida saqlanadi.

Erkak va urg‘ochi organizmlarning tashqi ko‘rinishidagi farq jinsiy dimorfizm deyiladi. Jinsiy dimorfizm ko‘pgina hayvonlarda, odamda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Odam, hayvon va о‘simliklarda jinslarning nisbati bir xil 1:1 bо‘ladi. Jins ko‘pincha urug‘lanish jarayonida ma’lum bo‘ladi. Jinsni aniqlashda kariotip asosiy rol o‘ynaydi. Har bir organizmning kariotipi har ikkala jinsda bir xil bo‘lgan xromosomalar – autosomalar, erkak va urg‘ochi jinslarni bir-biridan farq qilishini ta’minlaydigan xromosomalar – jinsiy xromosomalardan iborat.


Masalan, drozofila pashshasining kariotipi 6 ta autosoma va ikkita jinsiy xromasomadan iborat. Kariotipi bir xil jinsiy xromosomalarga ega, bir xil gametalar hosil qiladigan jins gomogametali jins deyiladi. Kariotipi har xil jinsiy xromosomalarga ega, har xil gametalar hosil qiladigan jins geterogametali jins deyiladi.

Ba’zi organizmlarda geterogametalilik bir jinsiy xromosomani yo‘qolishi bilan aloqador. Shunga ko‘ra gomogametali organizm XX, geterogametali organizm XO bo‘ladi. Qandalalar va ninachilarning urg‘ochi organizmda XX, erkagida XO, kuyakapalagida esa aksincha urg‘ochilarida XO, erkaklarida XX jinsiy xromosomalar mavjud. Shunga ko‘ra qandala erkagida 13 ta xro mosoma, urg‘ochisida 14 ta xromo soma bo‘ladi. Undan 12 tasi autosoma xromo soma lari hisoblanadi.

Erkaklari gomogametali bo‘lgan orga-nizmlar (qushlar)da jinsning irsiyla nishi 49-rasmda berilgan. Jinsni aniqlashni progam, epigam, singam tiplari mavjud. Jinsni aniqlashning progam tipida jins urug‘languncha ma’lum bo‘ladi.

Jinsni aniqlashning epigam tipida jins tashqi muhitga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, ayrim halqali chuvalchanglarning otalangan tuxum hujayrasi mustaqil hayot kechirsa urg‘ochi, parazitlik qilib hayot kechirsa erkak organizm rivojlanadi. Jinsni aniqlashning singam tipi keng tarqalgan bo‘lib, jins urug‘lanish vaqtida ma’lum bo‘ladi.




Download 6,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish