Viloyat narkologik kasalliklar dispanseri



Download 116 Kb.
Sana18.07.2022
Hajmi116 Kb.
#818891
Bog'liq
ebola


NAMANGAN VILOYATI HOKIMLIGINING SOG’LIQNI SAQLASH BOSHQARMASI

VILOYAT NARKOLOGIK KASALLIKLAR DISPANSERI


DAVOLASH BO’LIMI NAVBATCHI FEL’DSHERI AZIZBEK SOBIROVning


EBOLA KASALLIGI MAVZUSIDA tayyorlagan




Ebola kasalligining tarixi
Ebola 1976 yilda ilk bor ikki yerda, avval Sudan, Kongo Demokratik Republikasida, sal o‘tib Ebola daryosi atrofidagi yerlarda paydo bo‘lgan. Shu sabab, bu o‘tkir virus ebola deb nom oldi. Taxminlarga ko‘ra, «Pteropodidae» oilasiga mansub mevaxo‘r ko‘rshapalaklardan ebola virusi tarqata boshlagan. Sal o‘tmay tropik o‘rmonlardagi shimpanze, gorilla, o‘rmon antilopalariga ebola virusi yuqgan. Hozirda ularning tarqalish manbaasi nafaqat, yuqoridagi hayvonlar balki, kasallikni yuqtirib olgan odamlar hisoblanmoqda. Aslida ebola Afrikaning G‘arbidagi mamlakatlar – Gvineya, Liberiya, Nigeriya va Syerra-Leoneda avj olgan. Hozirda Liberiyada bemorlar soni boshqa Afrika davlatlaridagiga qaraganda ko‘proq.
Kasallikning belgilari
Kasallikning dastlabki kunlarida bemorda umumiy holsizlik, quruq yo‘tal, tomoq qurishi, kuchli bosh og‘rig‘i va isitma kabi belgilar kuzatiladi. Ba’zan tilda yarachalar paydo bo‘lishi mumkin. Bemorning harorati +39 +40 C darajaga ko‘tariladi. Kasallikning 2- 3- kunlari qorinda og‘riq paydo bo‘lib, kuchli qayt qilish, ich ketish kabi holatlar yuzaga keladi. Bir necha kundan so‘ng bemorning ichidan qon keladi. Dardning 5- 6- kunlari bemor ko‘kragida, keyinroq yelka sohasida toshmalar paydo bo‘ladi. Bir haftadan so‘ng gemorragik sindrom natijasida, ya’ni burundan, milklardan, quloqlardan qon ketib, qon qusishlar kuzatiladi. Bemor ko‘p miqdorda qon va suv yo‘qotishdan jon beradi.
Ebolaning yuqish yo‘llari
Virus odamdan odamga muloqot, yuqori nafas yo‘llarining shilliq pardasidan, terining shilingan joylaridan, qondan, bemor organizmidan chiqqan barcha ajralmalardan, ayollarning ko‘krak sutidan, hatto u foydalangan choyshab, sochiq, kiyim-kechaklardan ham virus yuqadi. Shu kasallikdan vafot etgan kishini oxirgi yo‘lga kuzatish jarayonida ham virus uning yaqinlariga (diniy urf-odatlar tufayli) o‘tib qolish holatlari ham kuzatilgan.
Kasallikni oldini olish
Nisbiy olganda gripp, O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiyalar)ga ham o‘xshab ketadigan bu kasallikka chalinmaslik uchun shifoxonalardan chiqishda, uyga borganda, sayohatga chiqqanda, albatta, qo‘lni sovunlab yuvish, gigiyena qoidalariga amal qilish kerak. Shifoxonadan olib kelingan idishlarni ehtiyotlik bilan uy sharoitida qaynatish yo‘li bilan zararsizlantirish yoki xlor saqlovchi eritmalarning birortasiga 20 daqiqaga solib, so‘ng oqar suvda bir necha daqiqa chayish zarur. Eng asosiysi, bu dard bizning mamlakatda mavjud emasligi va shu bilan birga bu kasallik xavf solib turgan mamlakatlarga sayohat qilmaslik nafaqat sayohatchining o‘z sog‘ligi uchun va xalqimiz sog‘ligi uchun foydalidir.
Ebola virusi xavfli yuqumli kasallikdir. 25 dan 90 foizgacha o`lim bilan yakunlanadi. 2014 yilning mart oyida tarqalgan kasallik tufayli ayni damgacha 4000 dan oshiq kishi vafot etgan. Jahon Sog`liqni saqlash tashkiloti ushbu ebola virusini jahon ahamiyatiga molik xavfli kasallik sifatida tan olgan.
Kasallikning yuqishi
Tabiatda Ebola virusining tashuvchilari Pteropodidae oilasiga mansub o`txo`r ko`rshapalaklar sanaladi. Shuningdek, Ebola virusi bilan kasallangan bemorlar bilan doimiy aloqada bo`lish, terining shilliq qavati, teri qismining zararlanishi va ularga kasallangan inson organizmidagi qon yoki biror suyuqlikning tushishi kabilar ham Ebola virusini yuqishiga sabab bo`lishi mumkin.
Yashirin davri
Kasallikning inkubasion davri 2 kundan 21 kungacha davom etadi. U kuchli bosh og`rig`i, tomoq og`rig`i, suyak va mushaklardagi og`riq va holsizlanish bilan boshlanadi.
Belgilari va rivojlanishi
Ushbu og`riqlardan so`ng qayt qilish, ich ketishi, toshma toshishi, buyrak va jigar ishining buzilishi, tashqi va ichki qon ketishlar kuzatila boshlaydi. Laborotoriya tashxis natijalari qondagi oqsil va trombositlarning kamayib, buyrak fermentlarining oshib ketganini ko`rsatadi.
Davolash
Bemorga Ebola tashxisi qo`yilganidan so`ng, unga kasallikka qarshi vaksina qilinishi, atrofdagilardan alohida xonada saqlanishi, doimiy nazoratda bo`lishi shart. Kasallangan kishilar bilan jismoniy muloqot qilish mumkin emas, bu xavfli! Bemorlarni parvarishlash vaqtida ham rezina qo`lqop kiyilishi va mahsus gigienik kiyim kiyilishi, parvarishdan so`ng qo`llarni mahsus qoidaga ko`ra yuvish talab etiladi. Shu bilan birga har bir fuqaro gigiyena qoidalariga amal qilish va kasallik haqida to`liq ma`lumotga ega bo`lishi lozim. Hayvonlar bilan rezina qo`lqop yoki boshqa biror vositadan foydalangan holda munosabatga bo`lish lozim.
Ebolaga qarshi vaksina bormi?
Ebola virusiga qarshi davo chorasi mavjud emas. Shu kungacha AQShda ishlab chiqarilgan Zmapp nomli dori vositasi bemorlarda qo`llab ko`rilgan. Biroq ushbu dori vositasi ham virus bilan kasallangan bemorlarning hayotini saqlab qola olmadi. Ayni damda laboratoriyalarda bir qator dori vositalarini sinash ishlari olib borilyapti. Ularning birortasi hali ham sertifikat ololganicha yo`q.


Тиббий Ижтимоий Реабилитация бўлими фелъдшери: А.Собиров
Download 116 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish