9-uy 18-xonada yashovchi
fuqaro F.Qurbonovga
Nusxasi: Bandlik bosh boshqarmasiga
Sizning Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali ishga joylashtirish toʼgʼrisida yoʼllagan murojaatingiz markaz xodimlari tomonidan oʼrganib chiqildi.
Oʼrganishda, Siz bilan olib borilgan suhbat jarayonida ma’lumotingiz oliy Buxoro Davlat Universitetining “jismoniy madaniyat” fakultetining magistratura bosqichini tugatganligingizni shuningdek Buxoro Davlat Universitetiga ishga kirish istagingiz borligini bildirdingiz.
Sizga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi №20 son “Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʼgʼrisidagi” Nizomiga muvofiq OTMlarga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish ochiq tanlov asosida amalga oshirilishi tushuntirilib o’tildi.
Shuningdek, Sizga tanlov o’tkazilish jarayonida qonun buzilish holatlari kuzatilgan taqdirga yuqori turuvchi tashkilotlarga yoki huquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish huquqingiz borligi tushuntirildi.
Markaz direktori T.Safarov
Ijrochi: D.Karimova
Tel: (65) 220-05-41
|
BUXORO VILOYATI BANDLIK BOSH BOSHQARMASI
BUXORO SHAHAR AHOLI BANDLIGIGA KO‘MAKLASHISH MARKAZI
|
|
200100, Buxoro viloyati, Buxoro shahri, H.T.Buxoriy ko’chasi 28 uy, Telefon/ Fax: (+998 65) 221-24-06, 221-25-27
|
|
www.mehnat.uz e-mail: BuxshBKM@inbox.uz
|
№ _____________ “_____”____________20___yil
Buxoro shahar Elbek ko’chasi
21-uyda yashovchi
fuqaro X.Muxiddinovga
Nusxasi: Bandlik bosh boshqarmasiga
Sizning Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali oylik maoshingiz to’lab berilmayotganligi toʼgʼrisida yoʼllagan murojaatingiz markaz xodimlari tomonidan oʼrganib chiqildi.
Oʼrganishda, Siz bilan olib borilgan suhbat jarayonida Buxoro shahar Obodonlashtirish boshqarmasida “jamoat ishlari ishchisi” vazifasida ishlaganligingizni hamda sentabr oyi uchun hisoblangan oylik maoshingiz to’lab berilmayotganligini bildirdingiz.
Sizning sentabr oyi uchun hisoblangan oylik maoshingiz joriy yil 13 oktabr kuni to’liq to’lab berilganligini bildirdingiz.
Siz mazkur murojaatni oʼrganishdan norozi boʼlgan taqdiringizda yuqori turuvchi tashkilotlarga yoki huquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish huquqingiz borligi tushuntirildi.
Markaz direktori T.Safarov
Do'stlaringiz bilan baham: |