Viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari Ortiqov Akmalxon Juraxonovich Tug'ilgan yili va joyi: 04. 03. 1980, Namangan viloyati, Chortoq tumani Ma'lumoti: Oliy, 2001 y



Download 35 Kb.
Sana07.04.2017
Hajmi35 Kb.
#6201
Viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari

Ortiqov Akmalxon Juraxonovich

Tug'ilgan yili va joyi: 04.03.1980, Namangan viloyati, Chortoq tumani

Ma'lumoti: Oliy, 2001 y. Toshkent Davlat iqtisodiyot instituti, 2008 y. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabi

MEHNAT FAOLIYATI

1997-2001 yy. - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi

2001-2004 yy. - Moliya vazirligi Hududlar moliyasi bosh boshqarmasi tashkiliy-uslubiy va inspektorlik  bo’limi yetakchi iqtisodchisi, bosh iqtisodchisi, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning tuzilishi va ijro etilishi ustidan nazorat olib borish bo’limi bosh iqtisodchisi

2004-2005 yy. - Moliya vazirligi Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi maktab ta’limi, maktab ta’limini rivojlantirish dasturining amalga oshirilishi monitoringi  va nazorati bo’limi boshlig’i o’rinbosari

2005-2007 yy. - Moliya vazirligi Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi kadrlar  tayyorlash milliy dasturini monitoring qilish va moliyalashtirish bo’limi boshlig’i o’rinbosari

2007-2012 yy. - Moliya vazirligi G’aznachilikning Davlat byudjetining g’azna ijrosini tahlil va  nazorat qilish boshqarmasi Davlat byudjetining g’azna ijrosini jamlama tahlil qilish  bo’limi boshlig’i, g’aznachilik operatsiyalarini nazorat qilish bo’limi boshlig’i

2012-2013 yy. - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachilikning Davlat byudjetining g’azna  ijrosini tahlil va nazorat qilish boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari-g’aznachilik  operatsiyalarini nazorat qilish bo’limi boshlig’i

2013-2015 yy. - Namangan viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boshlig’i

2015-2017 yy. - Farg’ona viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boshlig’i

2017 y.  -  h.v. - Namangan viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari

 

Viloyat hokimining iqtisodiyot  va tadbirkorlik masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosarining vazifalari

Viloyatda iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash maqsadida iqtisodiyotda tarkibiy o’zgartirishlarni amalga oshirishga, amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini chuqurlashtirishga, faol investitsiya siyosatini olib borishga, innovatsion rivojlanish mexanizmini izchil joriy etishga yo’naltirilgan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, bandlikni, aholi daromadlari o’sishini va hayoti darajasi oshishini ta’minlaydi.

Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hududiy bo’linmalarining, shaharlar va tumanlar hokimliklarining, boshqa tashkilotlarning, birinchi navbatda, eksport tuzilmasida yuqori qo’shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada ko’paytirish hisobiga eksport salohiyatini oshirish bo’yicha mintaqaviy dasturlarni amalga oshirishga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish va ularni jahon hamda mintaqa bozorlariga kiritish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishning ko’paytirilishini rag’batlantirish va mahsulotlarning tarkibini takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Hududiy investitsiya dasturlari amalga oshirilishini, yangi ishlab chiqarishlarni qurish va o’z vaqtida ishga tushirish hamda ishlayotgan ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalashni ta’minlash, shuningdek ularni amalga oshirishga xorijiy investorlarni jalb etish ishlarini faol tashkil etadi.

Xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va korxonalarning ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, shu jumladan xorijiy investorlarga sotish hisobiga respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning darajasi va rolini oshiradi.

Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning o’rtacha va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko’maklashadi.

Ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish va yangi ish o’rinlari tashkil etish hisobiga band bo’lmagan aholini, ayniqsa yoshlarni ishga joylashtirishni ta’minlash bo’yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholining turmush darajasi va sifatini oshiradi.

Qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularning moddiy va kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, xususiy mulkning manfaatlarini, tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquqlari va kafolatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko’radi.

Tibbiy xizmat ko’rsatish darajasini oshirish, onalar va bolalar sog’lig’i muhofazasini ta’minlash, qishloq vrachlik punktlarining, diagnostika, perinatal va skrining-markazlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlarini ko’radi.

Iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada islohotlarning strategik vazifalariga va ustuvor yo’nalishlariga muvofiq ilmiy va texnologik salohiyatni yanada rivojlantirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarning, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarning darajasi, sifati va samaradorligini oshirish, ularning natijalaridan amalda keng foydalanishni tashkillaydi.

Davlat organlarida, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda  axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, axborot faoliyati, arxiv ishi, intellektual mulk ob’ektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza va himoya  qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ko’radi.



Iste’mol tovarlari, aholini iste’mol tovarlari va pulli xizmatlar bilan ta’minlash bo’yicha marketing tadqiqotlari yuzasidan bozorlar, yarmarka va ko’rgazmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Chakana va ulgurji savdoni, pulli xizmatlar ko’rsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar ko’rsatishning yangi shakllari va usullarini keng joriy etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek savdo va xizmatlar ko’rsatishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish