Mirzachoʻl
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigationJump to search
Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang: Mirzachoʻl (maʼnolari).
Mirzachoʻl — Oʻrta Osiyodagi tekislik. Oʻzbekistonning Sirdaryo, Jizzax viloyatlari, Qozogʻistonning Janubiy Qozogʻiston viloyati va Tojikistonning Zafarobod tumani xududlarida. Maydoni 10 ming km², balandligi 230 –385 m. Sharqda Sirdaryo, janubda Turkiston va Nurota togʻlarining togʻ oldi tekisliklari bilan chegaradosh. Gʻarbda astasekin Kizilqumga tutashib ketadi. Qizilqum bilan Mirzacho‘l orasidagi tabiiy chegara Arnasoy botigʻidan oʻtadi. M. Sirdaryoning lyossimon qumoq va qumloqlardan tarkib topgan uchta koʻhna qayiri (terrasasi)da joylashgan, janubiy qismi togʻlardan oqib tushuvchi mavsumiy oqar suvlarning prolyuvial, prolyuvial-allyuvial va allyuvial yotqiziqlaridan tuzilgan. M.ning bir necha bor dengiz bosishi natijasida bu yerda, asosan, karbonatli, gipsli va gilli shoʻr jinslar toʻplanib qolgan. M. toʻrtlamchi davrdagi alp tektonik harakatlari natijasida choʻkkan. Golotsen epoxasida yangi tektonik harakatlardan Sirdaryoning 1- va 2-koʻhna qayirlari paydo boʻlishi bilan 3-koʻhna qayirda sizot suvlari pasayib, tuproq va ustki qatlamlar vujudga kelgan. Yerlar sugʻorilganda ana shu qatlamdagi tuzlar yer yuzasiga chiqib qoladi. M.ning yer yuzasi tekislik, shimoliy va shimoli-gʻarbga qiya. Janubiy qismida chuqur jarliklar, Sirdaryo vodiysida qoldiq oʻzanlar va oʻrqirlar bor. Markaziy va shimoliy qismlari tekis. Sirdaryoga 6–20 m chuqurliqdagi jarlik hosil qilib tushadi. M.ni janubi-sharqdan shimoli-gʻarbga Yettisoy, Sardoba, Qoraqaroy, Shoʻroʻzak kabi oʻzansimon pastliklar — Sirdaryoning eski oʻzanlari kesib oʻtgan. Bu pastliklarning eng keng joyi 18 km, chuq. 9–10 m. Iqlimi kontinental. Urtacha yillik temperatura shimoliy qismida 12,5, janubiy da 15,G. Iyulning oʻrtachi temperaturasi 26 — 30°, yanvarniki 0,8—4°. Yozi nihoyatda issiq (baʼzan 40—47°). Yillik yogʻin miqdori 200–300 mm, togʻ oldi qismida 310–428 mm, koʻproq bahorda yogʻadi. Tekislikka Bekobod shamolining taʼsiri kuchli (baʼzan shamolning tezligi 46 m/sek. ga yetadi), bugʻlanishni kuchaytiradi, shoʻrlanish jarayonini tezlashtiradi. Turkiston va Molguzar togʻlaridan Sangzor daryosi, Zominsuv, Xoʻjamushkentsoy, Pishagʻarsoy, Rabotsoy va boshqa oqib tushadi. Bu soylar bahorda toʻlib oqadi. Sirdaryo qayirlarida koʻl va botqoqliklar koʻp. Koʻllarning suvi shoʻr. M.da sizot suvlari togʻ oldi tekisliklarida 20–120 m, tekislik qismida esa 0,3 m chuqurlikda, shoʻrligi 30 g/l dan ortiq, tarkibida xlorid tuzlari koʻp. Markaziy qismida sizot suvlarining oqimi nihoyatda sekin va ancha shoʻr. M.dagi prolyuvial tekisliklarda tipik boʻz, markaziy va togʻ oldi qismlarida och boʻz, oʻzansimon pastliklarda shoʻrxok, shoʻrtob, daryo vodiysida allyuvial-oʻtloqi, oʻtloqi, oʻtloqibotqoq tuproqlar tarqalgan. Markaziy qismidagi och boʻz tuproqlarning ustki qatlami (1–3 m) shoʻrlanmagan, ostki qatlamdagi qumoq va qumloq yotqiziqdar kuchli shoʻrlangan.
M. tuproqlari juda shoʻr va sizot suvlari yuza boʻlganidan maxsus meliorativ tadbirlar amalga oshiriladi. M.ning shoʻrlanmagan yerlarida qoʻngʻirbosh, rang, oqquray, kovrak, qizil burgan, shoʻrlangan yerlarida oq shuvoq, oq joʻsan, keyreuk, yulgʻun, shoʻrxoklarda sarisazan shoxilak, qorabaroq, ajriq, kurmak oʻsadi.
Koʻpgina arxeologik topilmalar M. da qad.da dehqonchilik qilinganidan darak beradi. Qad.da qazilgan Oʻrimboyoʻgʻuz va Eski Tuyatortar kanallarning qoldiqlari hozirgacha saqlanib qolgan. M. da 1895-yilda uz. 84 km boʻlgan kanal qurilgan va 7600 ga yer sugʻorilgan.
1913-yil Knyazariq (hozirgi Doʻstlik kanali) ishga tushirilgan. 1911-yil sugʻoriladigan yerlarning maydoni 12 ming ga boʻlgan. 1910-yildan 1914-yilgacha 95 ming ga yer oʻzlashtirilib, shundan 60 ming ga yer shoʻrlanish va botqoqlanish natijasida ishdan chiqqan. Imkon qadar koʻproq paxta xom ashyosi yetishtirish va uni metropoliyaga tashib ketish maqsadida Moskva, Petrograd va boshqa shaharlardan texnika va mutaxassislar kela boshladi. Sugʻoriladigan yerlar maydoni 1921-yilda 20 ming ga, 1924-yilda 50 ming ga, 1928-yild 67 ming ga gacha yetdi. M.ga respublikaning aholisi zich tumanlaridan oilalar koʻchirib keltirildi, yangi yirik sovxozlar (1924-yilda "Paxtakor", 1929-yil "Malik", 1927-yilda "Boyo-vut") tashkil etildi. 1939—40 yillarda 60 ming ga shoʻr bosgan va botqoqlashgan yerlar oʻzlashtirilib, ekin maydoniga aylantirildi. 1941-yildasugʻoriladigan yerlar maydoni 90 ming ga boʻldi. Qayroqqum suv ombori qurilishi bilan M.ning suv bilan taʼminlanishi yaxshilandi. 1956-yil sugʻoriladigan yerlar 205,5 ming ga ga yetdi. "Boshmirzachoʻlqurilish" ("Glavgolodnostep-stroy") tashkiloti tuzildi. Bu loyihaga muvofiq, asosiy kanal uzaytirildi va kengaytirildi. Janubiy Mirzachoʻl kanali, Qayir va Markaziy Mirzachoʻl kollektorlari ishga tushirildi. Shoʻroʻzak, Sardoba va boshqa kollektorlarning ishi yaxshilandi. M. da yerlarning shoʻrini yuvish sizot suvlarining yuzasini pasaytirish boʻyicha koʻp ishlar amalga oshirildi. M. da Guliston, Yangiyer shaharlari va boshqa aholi punktlari vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |