Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar


Sho'rolar davrida vijdon erkinligida o'yl ko'yilgan xatolar



Download 21,27 Kb.
bet2/5
Sana02.02.2021
Hajmi21,27 Kb.
#58367
1   2   3   4   5
Bog'liq
Vijdon Erkinligi va diniy tashkilotlar

Sho'rolar davrida vijdon erkinligida o'yl ko'yilgan xatolar. Oktabr to'ntarishidan keyin dastlabki davrlarda vijdon erkinligi masalasini, ya'ni davlat va din o'rtasidagi yangi munosabatni izchillik bilan amalga oshirishga harakat qilindi. Bu sohada 1918 yil 23 yanvarda RSFSR Xalq Komissarlari Kengashi tomonidan e'lon qilingan «Cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish to'g'risida»gi dekret dastlabki qadam bo'ldi. Bu dekretda davlat organlari yoki diniy tashkilotlar tomonidan fuqarolarning vijdon erkinligiga zo'rlik va tazyiq ko'rsatishning har qanday ko'rinishlariga chek qo'yish; ularga dinga bo'lgan munosabatlarini amalga oshirishda to'la erkinlik berish; dinga munosabat bilan bog'liq bo'lgan shaxsning huquqlarini ilgarigidek cheklab ko'yishlarni bekor qilish; hamma rasmiy aktlarda dinga bo'lgan mansublik shartlarini olib tashlash asosiy maqsad ekanligi qayd qilingan edi. Diniy tashkilotlarga o'z funksiyalarini to'la amalga oshirishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi lozimligi alohida uqtirib o'tilgan. Shunday qilib, dekret asosida har bir kishiga xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki e'tiqod qilmaslik huquqi berilgan. Dekret Sovet davlatining dinga nisbatan munosabati negizi bo'lib, uning asosiy g'oya va prinsiplari ittifoqdosh respublikalar Konstitusiyalari va shu sohadagi qonunlarida o'z ifodasini topgan va keyinchalik bularni rivojlantirishga xarakat qilingan. Jamiyatda yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy o'zgarishlar. Millionlab mehnatkashlarning bundan buyongi turmush tarzida ularning dunyoqarashlariga, ma'naviy hayotiga ham sezilarli ta'sir etgan.

Hayotni qayta qurish, madaniy inqilobni amalga oshirish, odamlarni eskilik sarqitlaridan xalos qilish va shu kabi shiorlar ostida va ko'pincha ma'muriy va o'zboshimchalik yullari bilan minglab cherkov, masjid, ibodatxonalar, madrasa, seminariya, akademiyalar yopib qo'yildi, din peshvolari, ruhoniylar va ko'pgina dinga ishonuvchilar qatag'on qilindi.

Bunday muhim jarayonlar ayniqsa chekka o'lkalarda, shu jumladan O'rta Osiyoda g'oyat keskin va dahshatli tus oldi. Birgina O'zbekiston hududida 24 mingdan ortiq masjid yopildi, ularning binolari bo'zilib tashlandi. Mahalliy aholi musulmonlari uchun aziz, muqaddas bo'lgan xalqning tarixiy va madaniy merosi hisoblangan yuzlab obidalar, maqbaralar, masjidu madrasalar xarobalarga aylantirildi. Toshkent shahridagi 26 madrasadan 1930 yilda 23 tasi bo'zib tashlandi. Dindorlik uchun odamlar quvg'in qilindilar, ularning molu mulklari ayovsiz musodara etildi. Bunday qonunsizliklarga chidolmayYU shahar va qishloq aholisidan anchagina qismi qo'shni mamlakatlar – Afg'oniston va Sharqiy Turkiston (Uyg'uristonga) qochib ketishga majbur bo'ldi. Aholini «tezroq savodxon va ma'rifatli qilish» bayrog'i ostida asrlar bo'yi xalqning madaniy boyligi, ma'rifat quroli, milliy g'ururi bo'lib kelgan arab alifbosiga asoslangan yozuv bekor qilinib, 11 yil ichida (1929-1940 yillarda) avval lotin, so'ng rus alifbolari majburiy joriy etildi. Bu katta ma'naviy falokat edi. Albatta, chunki mahalliy xalqlar bu bilan o'z o'tmishidan, boy tarixiy va madaniy merosidan, ajdodu avlodlari yaratgan boyliklardan mahrum bo'lishga mahkum etildi. qadimiy madaniyat va ma'rifat o'chog'i bo'lgan zamin, dunyoga mashhur olimu mutafakkirlar yetishtirib bergan xalqlar endi «savodsiz», «qoloq», «madaniyatsiz» ga chiqarib qo'yildi.



Agar 1984 yilda mamlakat bo'yicha hammasi bo'lib 7 ta musulmon uyushmasi ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lsa. Keyingi to'rt yil mobaynida jami bo'lib butun mamlakat bo'yicha 18 masjid ochildi, xolos. Ammo buning natijasida dindorlik kamaygani yo'q. Din mahalla, xonadonlar, kishilar qalbiga, ichki dunyosiga yanada chuqurroq kirib boraverdi. Ruxsat etilmagan ibodatxonalar, masjidlar, «maxvfiy» diniy maktablar soni ko'payaverdi. Shunday qilib, dinga nisbatan qo'llanilgan ko'p yillik ma'muriy-zo'ravonlik siyosati vijdon erkinligi tamoyillarini qo'pol ravishda buzdi, butun jamiyatga, shu jumladan O'zbekistonga juda katta zarar keltirdi. Faqat mustaqillik sharofati bilan yuqorida qisqacha tavsiflangan ma'muriy ateizmga va qonunbuzarliklarga barxam berildi.


Download 21,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish