Viii. Malumotlarni va kartalarni rakamli tarzga aylantirish yullari Reja


Digitayzer va skanerdan foydalanish



Download 101 Kb.
bet3/4
Sana20.06.2022
Hajmi101 Kb.
#679686
1   2   3   4
Bog'liq
Malumotlarni va kartalarni rakamli tarzga aylantirish yullari

Digitayzer va skanerdan foydalanish
Ob’ektlarning koordinatalarini kompyuter xotirasiga kiritish uchun bir necha texnikaviy vositalar yaratilgan va shulardan bittasi digitayzer bo‘lsa, ikkinchisi skaner hisoblanadi. Digitayzer bilan ishlaganda foydalanuvchi uni o‘zi idora qiladi, kompyuter esa kiritilgan nuqtalarning koordinatalarini aniqlaydi va xotiraga ayrim tartibda yozadi. Ko‘rinib turibdiki, digitayzer nuqtali va chiziqli ob’ektlarning koordinatalarini kompyuter xotirasiga kiritishga moslangan vosita bo‘lib, u orqali vektorli modelda saqlanadigan ma’lumotlar bazalari yaratiladi.
Skaner esa avtomatik ravishda tasvirlarni o‘qiydi va ularni kataklarga bo‘lganday har bir katak uchun ma’lumotni raqamli tarzda alohida saqlaydi. Kataklarni o‘lchovi ma’lumotlarning batafsilliligiga ta’sir qiladi. Ushbu usuldan foydalanib maydonli ob’ektlarni kompyuter xotirasiga kiritish o‘rinlidir va skaner yordamida yaratilgan ma’lumotlar rastrli modelda saqlanadi.
Zamonaviy geografiya axborot tizimidan foydalanuvchi ma’lumotlarni izlab topishga haraqat qiladi va ularni manbalardan turli raqamli aylantirish yondashuvidan foydalanadi.
Digitayzerni (3 rasm) ishlatish yo‘li qo‘yidagicha:

  • Xarita yoki boshqa manba digitayzer tekis yuzasiga o‘rnatiladi.

  • Kalam bilan chizgandek kerakli nuqta kursor orqali belgilanadi.

  • Ketma ket nuqtalarni belgilash natijasida kerakli chiziqli koordinatalar aniqlanadi.

  • Indikator joyi o‘zgarishi natijasida kompyuter x,y koordinatalarini hisobga oladi.

  • Kursor yordamida magnit maydoni aniqlanadi.

  • Digitayzer orqali kiritilgan ma’lumotlarning aniqligi 0.1 mm aniqligidan kam emas.

  • Bu aniqlik operator kursorni joylashish aniqligidan yuqori turadi.


3 rasm. Digitayzer tuzilishining umumiy chizmasi.
Hamma nuqtalarning koordinatalarini kiritgach, geografiya axborot tizimida ma’lumot tegishli fayl va direktoriyda joylashtiriladi. Geografiya axborot tizimlarida koordinatalarni o‘zgartirish funksiyalari mavjudligi tufayli ushbu ma’lumotlarni kerakli tizimga aylantirish imkoni bor.
Digitayzerda raqamli tarzga aylantirish jarayoni bir necha bosqichdan iborat. Bunda avval 3 va undan ortik nuqta saraladi. Ko‘pincha geografiya axborot tizimlaridagi dasturlar eng kamida 4 nuqta tanlashni talab qiladi. Bular yaxshi bir biridan ajralib turadigan nuqtalar bo‘lishi kerak. Nuqtalarni koordinatalari ma’lum bo‘lish kerak, ya’ni ularning kenglik-uzoqligi yoki absisssa-ordinatasi ma’lum bo‘lishi kerak. Ushbu nuqtalar xaritaning geometriyasini aniqlash maqsadida matematik yo‘l bilan kerakli koordinatalar tizimiga aylantirish uchun va boshqa nuqtalar koordinatlarini hisoblash uchun ishlatiladi. Ishning aniqligi nuqtalar soni oshgan sari oshadi. Ushbu jarayonni bir necha marta takrorlash tavsiya etiladi va bunda nuqtalarni koordinatlari o‘rtacha arifmetik miqdoridan foydalanilgani ma’qul. Bu bosqichda ishning iloji boricha yuqori aniqlikda bajarilishi talab qilinadi, aks holda paydo bo‘lgan hatolar qolgan hamma nuqtalarning hato bilan aniqlashga olib keladi. Ushbu 4 ta nuqtalarning koordinatlari aniqlangandan so‘ng xaritani joyidan qo‘zg‘atmaslik kerak va agar kerakli nuqtalar koordinatalari ohirigacha kiritilmagan bo‘lsa, kelasi safar ishni boshidan taqrorlash lozim. Kog‘ozning namlanishi tufayli va xarita buklanganda uning o‘lchovlari o‘zgarishi mumkin. Digitayzerda ishlash jarayonida bu bosqichda tanlangan nuqtalar koordinatalarini bir necha marta tekshirishtavsiya etiladi. Ushbu yo‘l bilan raqamli tarzga aylantirilish jarayonini nazorati amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqichda ob’ektlar bevosita kuzatiladi va digitayzer yordamida raqamli ma’lumot yaratish usullaridan foydalaniladi. Ulardan bittasi “Nuqta usuli”da xar bir nuqta aloxida belgilanadi. Nuqtalar esa tasodifiy saralanadi. Ikkinchi “Uzluksiz usuli”da kursor chiziq ustida yurg‘iziladi va xar bir muddat ichida nuqtalar hisoblanadi, misol uchun 1 sekundda 10ta nuqta. Bitta nuqta yana bir bor qayta kiritilmaydi. Uzluksiz usulda ko‘p ortiqcha nuqta hisobga olinadi. Bu bosqichda kompyuter xotirasiga kiritilgan nuqtalarni koordinatalarini vaqti vaqti bilan tekshirib turadi. Nuqtalar koordinatalarini kiritgach ularning atributlari ham kiritiladi. Har bir kiritilgan chiziqda boshlang‘ich va ohirgi nuqtalar belgilanishi shart. Maydonli ob’ektlar, misol uchun, ko‘llar va mamlakatlar chegaralari chiziqlar shaklida kuzatiladi va kompyuter xotirasiga kiritiladi.
Ish ohirida hamma nuqtalar qaytatekshiriladi va tahrirlanadi. Digitayzerning o‘zida yoki geografiya axborot tizimi ichida maxsus dasturlar mavjud va ular yordamida nuqtalarni ko‘shish yoki yo‘qotish, joyini o‘zgartirish kabi vazifalar echiladi.
Ma’loumotlar tekshirilib va taxrirdan o‘tgandan keyin ular geografiya axborot tizimida saqlanishi mumkin. Ko‘pincha geografiya axborot tizimida digitayzer bilan ishlash va taxririyat uchun alohida modullar mavjud. Ma’lumotdagi hatolarni yo‘qotish uchun oddiy qoidalardan foydalaniladi.
Digitayzer bilan ishlashda bir necha muammolar mavjud va ular qo‘yidagilar:

  • Ko‘p xaritalar digitayzerda ishlatilishga mo‘ljallanmagan

  • Kog‘ozli xaritalardan foydalanilganda bo‘g‘in nuqtalarni har bir seansda qaytadan kiritish zarur

  • Xarita buqlangan bo‘lsa, nuqtalarning joyi va koordinatalari o‘zgaradi

  • Paydo bo‘lgan hatolar ma’lumotlar bazasiga nazoratsiz kiritiladi

  • Manbadagi hatolar darajasi axborot aniqligiga ta’sir qiladi.

Skaner orqali olingan ma’lumotlar o‘ziga hos xususiyatlarga ega. Skanerning echimligi ma’lumotlar sifatiga ta’sir etadi. Echimligi oshgan sari hosil bo‘lgan ma’lumotlarning batafsilliligi ham oshadi. Skanerlar shu ko‘rsatkichi tufayli bir-biridan farqlanadi va yuqori echimligini ta’minlaydigan skanerlar murakkab texnikaviy vosita bo‘lib, kartografik korxonalarda va ishlab chiqarish sohalarda ishlatiladi.
Skanerdan foydalanib ma’lumotni olish uchun xaritaning ortiqcha chiziqlarsiz, buqlanmagan xolatda bo‘lishi talab qilinadi. Ishlab chiqarishda xaritaning o‘rniga ularning tiniq asosi ishlatiladi. Skaner ishlab turgan paytida tasvir qatorma qator kuzatiladi va ma’lumot olinadi. Geografiya axborot tizimida yuqori echimga ega skanerlardan foydalanilgani maqsadga muvofiqdir. Aks holda, sifati past ma’lumotlardan foyda bo‘lmaydi. Skanernig echimligi uning muhim ko‘rsatkichi va to‘g‘ri tanlangan echimlik xaritadagi tafsilotlarni kerakli darajada aks ettiradi. Echimligini tanlashga juda katta e’tibor berish kerak. Skanerdan foydalanganda shunday narsa nazarda tutilishi kerakki, natijada hosil bo‘lgan tasvir va manbaning o‘lchovi bir xil bo‘lmaydi. Kataklardan iborat bo‘lgan tasvirning masshtabi ham o‘zgaradi, chunki bir santimetrga to‘g‘ri keladigan piksellar soni to‘liq son bo‘lmasligi mumkin. Xaritadagi chiziqlar kengligi 0, 2 mm bo‘lsa skaner o‘zini echimligi sababli ularni bir biridan ajratib ololmasligi mumkin.

Download 101 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish