VIII. Malumotlarni va kartalarni rakamli tarzga aylantirish yullari
Reja:
1. Xaritalarni raqamli tarzga aylantirish uslubieti
2. Qog‘ozdagi xaritadan raqamli xaritaga o‘tish yo‘llari
3. Ma’lumotlarni tekshirish va to‘g‘rilash yo‘llari
4. Raqamli ma’lumotlarni taxrir qilish yo‘llari
1. Xaritalarni raqamli tarzga aylantirish uslubieti
Geografiya axborot tizimi raqamli xaritalarni saqlaydi va ularning xususiyatlari xaritani raqamli tarzda tashqil qilish yo‘liga va shu sababli kartografik ma’lumotlarni kompyuterga kiritish, uni saqlash va undan foydalanishga ta’sir qiladi.
Qog‘ozda chop etilgan xaritani raqamli tarzga aylantirishda bir qator texnikaviy usullar mavjud. Ular kod va fayllar tuzilishi bilan bir biridan farq qiladi. Undan tashqari, turli usullarda yaratilgan geografiya axborot tizimidagi ma’lumotlar tuzilishi ham bir-biridan farqlanadi. Kompyuterda ma’lumotlar fizikaviy struktura sifatida saqlanadi va u deyarli sezilarli holatda bo‘ladi. Ushbu fizikaviy struktura yoki tuzilish kompyuter xotirasining disk va RAM qismlarini ishlab turishini bildirib, fayl va direktoriylarda kartografik va atribut ma’lumotlarni saqlanadigan va ulardan olinadigan yo‘lni ko‘rsatadi.
Fizikaviy darajada kartografik axborot raqamlardan iborat bo‘lib fayllarda tartibli qatorlar sifatida saqlanadi. SHunday raqamlarni saqlashda 2 ta yo‘li bor. Birinchi yo‘li har bir raqam binar holatda yoki bitlarda faylda saqlanadi. Eslatib o‘tamiz, 8 bitdan iborat qator bayt deb nomlanadi va u 0000 0000 boshlab 1111 1111 gacha hamma bor raqamlarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi yo‘li esa ASC11 kod orqali.
Mantiqiy tuzilishiga muvofiq ma’lumotlar geografik tafsilotlarni ifodalaydi va hozirgacha geografiya axborot texnologiyalarida xaritadagi ma’lumotlarning 2 ta modeli (rastrli va vektorli) va atribut ma’lumotlarning 1 ta modeli (oddiy fayl) mavjud.
Rastrli modelda asosiy g‘oya ma’lumotlarni birorta tartibda tuzilgan kataklar yoki uyalarda saqlashga asoslangan. Bunday modelga misol tariqasida xaritadagi koordinata to‘rlarini keltirishimiz mumkin. Har bir katakdagi ma’lumot bir butun yaxlit qilib saqlanadi va katakning kattaligi ma’lumotning batafsilliligini bildiradi. Katakning kattaligi oshgan sari batafsillilik kamayadi, shu sababli katakning bu ko‘rsatkichni extiyotlik bilan tanlanish lozim. Har bir katakdagi ma’lumot o‘ziga hos miqdorga ega bo‘ladi. Masalan, joyning balandligi tuproq yoki o‘simlik turini bildiradi. Katakning o‘lchovi uning echimligi deb nomlanadi va sun’iy yo‘ldoshlardan olingan tasvirlarning xususiyati ushbu o‘lchov orqali baholanadi. Misol uchun, tasvirning 30 metrli echimligi to‘g‘risida gap ketganda, katakning kattaligi 30x30 metrga barobar, va unda 30 metrdan kichik tafsilotlarni bir biridan ajratib bo‘lmaydi. Ushbu modelni afzalligi uni tushunish, tahlil qilish va ekranga chiqarish osonligidadir.
Vektorli modelida tasvir nuqtalardan iborat bo‘lib, har bir nuqta o‘z koordinatasi orqali ifodalanadi. Alohida ro‘yhatda saqlangan ushbu koordinatalar asosida nuqtani o‘rganish va nuqtalardan iborat shakllarni yasash mumkin. Nuqtalarning tartibi yasaladigan shaklning tartibini bildiradi. CHiziqli ob’ektlar to‘g‘risidagi ma’lumotni saqlashda, idora qilishda, turli hil hisoblash ishlarini bajarishda ushbu model juda qulaydir. Kompyuter xotirasida kamroq joy egallab, saqlanadigan ma’lumotlarni saralab olishga yordam beradi. Rastrli modelda katagida xech qanday ma’lumot bo‘lmasa ham, uni kompyuter xotirasida saqlashga majburmiz. Vektorli modelida esa faqat zarur nuqtalarga oid ma’lumotlar saqlanadi va bunda chiziqlar yuqori aniqlik bilan yasaladi.
Atributlar jadval tarzida saqlanadi. Har bir qator va ustunda ma’lumot yoziladi. Ma’lumotlar bazasida bajariladigan ishlarni shunday qo‘yidagicha izohlab berish mumkin: kerakli ma’lumot topilmaguncha qatorma qator hamma bor ma’lumotlar tekshiriladi. Saralashda esa qatorlar boshqacha sanaladi. Tez tez uchrab turadigan yozuv faylning boshiga joylashtirilsa, ishlarning samradorligi oshadi. Ma’lumotlar bazasini idora qiluvchi tizimlar shunday ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan va ular yozuvlarni tartibga keltirish ishini ham bajaradi. Ma’lumotlarni bir joyda saqlash, ularni tartibini idora qilish va boshqalar ma’lumotlar bazasini idora qiluvchi tizimlarining hizmatidir.
Atributlarni tartibga keltirishda barcha bor atributlar ro‘yhati tuziladi va unda hamma bor ko‘rsatkichlar keltiriladi va har alohida faylga yoki faylning boshida yoziladi. Boshqa axborotdan farki shundaki xarita 2 o‘lchovli bo‘lib, undagi tafsilotlar Er yuzasidagi va xaritadagi koordinatalar orqali ifodalanadi. YUqorida ko‘rgan edik, nuqta kompyuter xotirasida saqlanadigan tayanch elementi va uni asosida boshqa turli xil shakl yasaladi. Nuqtalarning soni, ketma ketligi, joylashishi chiziq va maydonni to‘g‘ri yasalishiga ta’sir qiladi. Ma’lumotlarni tartibi qo‘llaniladigan modelga bog‘liq bo‘lib, ushbu modelni tanlash geografiya axborot tizimining bajaradigan ishlariga katta ta’sir qiladi. Undan tashqari hatolar tabiati va miqdori hamda yaratiladigan xaritaning turi tanlangan modelga bog‘liq.. Geografiya axborot tizimi turli modeldagi tuzilgan ma’lumotlar bilan ishlay oladi, lekin ish mobaynida ma’lumotlarni topib olish va ularni tahlil qilishda bitta tartibdagi tuzilgan ma’lumotlarni talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |