37 - PARAGRAF
1.Ulug’bekning o’g’li Abdulazizni kim o’ldiradi ? Akasi Abdulatif
2. Abdulatif fuqarolar tomonidan nima deb la’natlangan ? “Padarkush” , Ota qotili
3. Abdulatif taxtda qancha muddat o’tiradi ? Olti yarim oy
4. Abdulatif qatl etilib uning kallasi qayerga osib qo’yiladi ? Samarqanddagi Registon maydonidagi Ulug’bek madrasasi peshtoqiga
5. Abdulatif vafotidan keyin muxolifatchilar Samarqandda kimni hukmdor qilib ko’tarishadi ? Shahruxning nabirasi Mirzo Abdulloni
6. Abdulatif vafotidan keyin muxolifatchilar Buxoroda kimni hukmdor qilib ko’tarishadi ? Mironshohning nabirasi Abu Saidni
7. Dashti Qipchoq hukmdori Abulxayrxon nechanchi yilda katta qo’shin bilan Abu Said yordami va ishtirokida Toshkent, Chinoz va Jizzax orqali Samarqandga Mirzo Abdulloga qarshi yurish qiladi? 1451-yilda
8.Abulxayrxon va Abu Said birlashgan qo’shini hamda Mirzo Abdullo qo’shinlari o’rtasidagi 1451-yilgi jang qayerda bo’ladi ? Sheroz qishlog’i yaqinidagi Bulung’ur anhori yoqasida
9. Buxoro hukmdori Abu Said kimni yordamida Samarqand taxtini egallaydi ? Abulxayrxon
10. Abu Said Samarqand taxtini egallaganda Xuroson kimni tasarrufida edi ? Shohruxning nabirasi Abulqosim Bobur
11. Abulqosim Bobur davrida Xuroson necha qismga bo’linib ketgan edi ? O’n bir qismga
12. Abuqosim Bobur qachon vafot etadi ? 1457-yilda
13. Abulqosim Bobur vafotidan keyin 1457-yilda Hirot taxtini kim egalladi ? Abu Said
14. Abulqosim Bobur vafotidan keyin Xorazmni kim egallab oladi ? Umarshayx Mirzoning avlodi Sulton Husayn
15. 1469-yilda Abu Said kimlarga qarshi jangda halok bo’ladi ? Ozarbayjon, G’arbiy Eron va Iroqqacha bo’lgan hududlarni egallab turgan turkmanlarga qarshi jangda
16. Sulton Husayn qachon tantana bilan Hirotga kirib keladi ? 1469-yil 24-martda
17. Abu Said vafotidan keyin Samarqand taxtini kim boshqaradi ? o’g’li Sulton Ahmad
18. Sulton Ahmad hukm surgan davr ? 1469-1494-yillar
19. Sulton Mahmud hukm surgan yillar ? 1494-1495-yillar
20. Sulton Mahmudning o’g’li Sulton Ali hukm surgan yillar ? 1498-1500-yillar
21. 1454-yilda Abulqosim Bobur Muvorounnahrga bostirib kirib, Samarqandni qamalga olganda kim mojaroga qat’iyan aralashib raqiblarni yarashtiradi ? Xoja Ubaydulloh Ahror
22. Sulton Husayn Boyqaro qaysi hududlarni birlashtirgan edi ? Xuroson, Xorazm hamda Sharqiy va Shimoliy Eron viloyatlarini
23. Temuriylarning so’nggi hukmdori kim bo’lgan ? Husayn Boyqaro
24. A. Navoiy va Husayn Boyqarolar bolalik chog’ida qaysi Xuroson hukmdorining xizmatida bo’lgan ? Abulqosim Bobur
25. Abulqosim Bobur vafotidan keyin Husayn Boyqaro qaysi hududlarda yurib Abu Saidga qarshi isyonlar ko’taradi ? Avval Xorazmda, so’ng Xurosonning Obivard, Niso, Mashhadda
26. Alisher Navoiy qaysi shaharlarda o’qiydi ? Mashhad va Hirotda
27. Alisher Navoiy Samarqandda kimdan saboq oladi ? Falsafa, mantiq, huquq, arab tili, adabiyot va she’riyatning o’tkir bilimdoni Fazlulloh Abullays Samarqandiydan
28. Sulton Husayn qachon Hirotni egallaydi ? 1469-yilda
29. Husayn Boyqaro Hirotni egallagach Navoiyni huzuriga taklif qilib, uni dastlab qaysi lavozimga tayinlaydi ? Muhrdor, keyinroq vazir qilib tayinlanadi
30. Sulton Husayn Boyqaroga qarshi isyon ko’targan o’g’illari kimlar ? Badiuzzamon va Muzaffar Husayn Mirzo
Do'stlaringiz bilan baham: |