Vii sinf o’zbekiston tarixidan savol-javob 1 paragraf



Download 97,71 Kb.
bet27/36
Sana21.01.2022
Hajmi97,71 Kb.
#395739
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
Bog'liq
7-sinf o\'z tar savol javob

31 - PARAGRAF

1.Jo’ji ulusi qanday qismlarga bo’linib ketgan ? Oltin O’rda va Oq O’rda

2. A. Temur saltanatiga shimoliy hududlar hamda Xorazm tomonidan qaysi davlat xonlari havf solib turgan ? Jo’ji ulusi xonlari

3. XIV asrning oxirida A. Temur davlatiga eng kuchli havf qaysi davlatlar tomonidan edi ? Oq O’rda va Oltin O’rda

4. A. Temurning Oltin O’rdaning Movorounnahrga tutashgan qismini o’z ta’siri ostiga olishdan maqsadi nima edi ? Oltin O’rdaning poytaxti Saroyi Berka orqali o’tadigan karvon yo’lini Movorounnahr tomon burib yuborish

5. O’q O’rdadan Samarqandga qochib kelgan To’xtamish kimni yordamida Oltin O’rda taxtini egallaydi ? A. Temur

6. A. Temur To’xtamishga qarshi necha marta yurish qiladi ? Uch marta

7. A. Temurning To’xtamishga qarshi so’nggi shiddatli janggi qachon bo’ladi ? 1395-yil 15-aprel

8. A. Temurning To’xtamishga qarshi so’nggi shiddatli janggi qayerda bo’ladi ? Shimoliy Kavkazda Tarak (Terek) daryosi bo’yida

9. Muhoraba nima ? Jang, to’qnashuv.

10. A. Temurning To’xtamishga qarshi so’nggi shiddatli janggi necha kun bo’ladi ? Uch kun

11. A. Temur To’xtamishga qarshi so’nggi shiddatli janggida A. Temur qanday jang usulidan foydalanadi ? Otdan tushib kamondan o’qqa tutish usulini

12. A. Temurning To’xtamish ustidan qozongan g’alabasi faqat O’rta Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek, Rus knyazliklarining birlashishlari uchun buyuk ahamiyat kasb etganligi haqida kimlar ma’lumot beradi ? Rus tarixchilari B.D. Grekov va A.Y. Yakubovskiylar

13. A. Temur o’z saltanatining janubiy chegaralarini mustahkamlash va kengaytirish maqsadida qaysi hududlarga uch marta askar tortadi ? Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shom (Suriya)

14. A. Temurning Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shom (Suriya)hududlariga harbiy yurishlari qanday nom oladi ? Uch yillik, besh yillik va yetti yillik yurishlar

15. A. Temurning uch yillik yurishi nechanchi yillarda bo’lgan ? 1386-1388-yillar

16. A. Temur uch yillik yurishi natijasida qaysi hududlarni egallaydi ? Eron, Janubiy Ozarbayjon, Iroqning shimoliy qismi, Gurjiston va Armanistondagi Van ko’li atrofidagi yerlar

17. A. Temurning Eronga qayta yurishiga nima sabab bo’ladi ? Muzaffariylar va jaloyiriylar sulolasi vakillarining ayirmachilik harakati va Mozandaron , Janubiy Eronda ko’tarilgan qo’zg’olonlar

18. A. Temurning besh yillik yurishi nechanchi yillarda bo’lgan ? 1392-1396-yillarda

19. A. Temur besh yillik yurishi natijasida qaysi hududlarni egallaydi ? G’arbiy Eron, Iroqi A’jam va Kavkaz

20. A. Temur nechanchi yillarda Hindistonga yurish qiladi va Dehlini egallaydi ? 1398-1399-yillarda

21. A. Temurning yetti yillik yurishi nechanchi yillarda bo’lgan ? 1399-1404-yillarda

22. A. Temurning yeti yillik yurishida qaysi hududlarga yurish qiladi ? Eron , Old va Kichik Osiyoga

23. A. Temur va Boyazid Yildirimlar o’rtasida necha marta xat yozishmalari bo’lgan ? To’rt marta

24. Yildirim Boyazid A. Temurga qarshi qaysi qabilalarining harakatini qo’llab quvvatlaydi ? Qoraqo’yunlar, muzaffariylar va jaloyiriylar

25. A. Temur va Yildirim Boyazid o’rtasidagi hal qiluvchi jang qachon bo’ladi ? 1402-yil 20-iyulda

26. A. Temur va Yildirim Boyazid o’rtasidagi hal qiluvchi jang qayerda bo’ladi ? Anqara yaqinida Chubuq mavzeyida

27. A. Temur va Yildirim Boyazid o’rtasidagi hal qiluvchi jang qanday nom oladi ? “Anqara janggi”

28. “Anqara janggi”da har ikki tomondan qancha qo’shin qatnashadi ? 360 ming. A. Temurning qo’shini 200 ming Boyazidning qo’shini 160 ming

29. “Anqara janggi” necha kun bo’ldi ? Uch kun

30. A. Temur Boyazid bilan birga uning qaysi o’g’lini asir oladi ? Muso Chalabiy

31. A. Temur 1402-yilda rumlik askarlarni ta’qib etib Bursa va O’rta yer dengizi sharqiy sohilida joylashgan qaysi shaharni egallaydi ? Izmir

32. Salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga kim barham beradi ? A. Temur

33. Boyazid mag’lub bo’lgach qaysi davlat A. Temurga o’z itoatkorligini izhor etadi ? Misr

34. A. Temurning Boyazid ustidan qozongan g’alabasi munosabati bilan muboraknomalar yuborgan G’arbiy Yevropa hukmdorlari kimlar ? Fransiya qiroli Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV, Kastiliya va Lion qiroli Genrix III de Transtamara

35. Fransiya qiroli Karl VI hukm surgan davr ? 1380 -1422-yillar

36. Angliya qiroli Genrix IV hukm surgan yillar ? 1399-1413-yillar

37. Kastiliya va Lion qiroli Genrix III hukm surgan yillar ? 1390-1407-yillar

38. A. Temur qachon Xitoy safariga chiqadi ? 1404-yil 27-noyabrda

39. A. Temur Xitoy safariga qancha qo’shin bilan chiqadi ? 200 ming

40. A. Temur qachon va qayerga yurishida halok bo’ladi ? 1405-yil 18-fevralda Xitoyga yurishida

41. A. Temurning 35 yillik davlat boshqaruvi davrida qaysi hududlarni o’z ichiga olgan ulkan saltanat vujudga keladi ? Hindiston va Xitoydan Qora dengiziga qadar va Orol dengizidan Fors qo’ltig’iga qadar

42. A. Temur qaysi hududlarni o’ziga bo’ysundiradi ? Kichik Osiyo, Suriya, Misr va Quyi Volga, Don bo’ylari va Elsuvi daryosi

43. A. Temur qaysi shaharlarni qayta qurdiradi ? Bag’dod, Darband va Baylakon

44. A. Temur qanday nomlar bilan ulug’langan ? “Sohibi jahon”, “Sohibi adl”

45. Nechanchi yil “Amir Temur yili” deb e’lon qiling deb e’lon qilingan ? 1996-yil



  1. PARAGRAF

1.A. Temur davlatida davlat boshqaruvi qanday idoralardan iborat bo’lgan ? Dargoh va vazirlik

2. A. Temur davlatida dargohni kim boshqargan ? Oliy hukmdorni o’zi

3. A. Temur davlatida devonni kim boshqargan ? Devonbegi

4. A. Temur davlatida devonda kimlar faoliyat yuritdan ? Harbiy vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri

5. A. Temur davlatida sarhadlar va tobe mamlakatlarni boshqaruvi bilan shug’ullanuvchi uchta vazir kimga hisobot bergan? Devonbegiga

6. A. Temur davlatida shayxulislom, qozikalon, sadri a’zam, dodhoh, yasovul, muhassil, tavochi, muhtasiblar qaysi hokimiyatda faoliyat ko’rsatgan ? Devonda

7. A. Temur davlatida bosh hojib, xazinabon, xonsolor, qo’shchi, bakovul, kotiblar, bitikchilar, tabiblar, sozandalar, dasturxonchilar qaysi hokimiyatda faoliyat ko’rsatgan ? Dargohda

8. A. Temur Ozarbayjon, G’arbiy Eron, Iroq, Armaniston, Gurjistonni kimga beradi ? Mirzo Umar ibn Mironshohga

9. A. Temur Forsni kimga beradi ? Pirmuhammad ibn Umar Shayxga

10. A. Temur Xuroson, Mozandaron , Ray va Seyistonni kimga beradi ? Shohrux Mirzoga

11. A. Temur Mahmud G’aznaviy mulkini, Kobul va Qandaxordan Shimoliy Hindistongacha Sind daryosi havzasi bilan birga kimga beradi ? Pirmuhammad Jahongirga

12. A. Temur Toshkent, Sayram, O’tror va Ashparadan to Xitoy chegarasigacha kimga beradi ? Ulug’bekka

13. A. Temur Farg’ona, Tarozdan to Xo’tangacha, ya’ni Sharqiy Turkistonni janubiy g’arbini kimga beradi ? Ibrohim Sultonga

14. A. Temur davlatida hukmdor huzurida ovqat tortish ishlarini boshqaruvchi shaxs nima deyilgan ? Xonsolor (dasturxonchi)

15. A. Temur davlatida hukmdorga va lashkarga ovqat tayyorlash ustidan nazorat qilib turuvchi harbiy mansabdor nima deyilgan ? Bakovul

16. A. Temur davlatida lashkarga maosh va oziq-ovqat taqsimlash kimning zimmasiga yuklatilgan ? Bakovul

17. A. Temur davlatida xon va mahalliy hokimlarning barcha yozuv ishlarini olib boruvchi mansabdorlar nima deyilgan ? Bitikchilar

18. A. Temur davlatida ulus hukmdorlarining makaziy hokimiyatga tobeligi nima bilan belgilangan ? Xirojning bir qismini Samarqandga yuborish , oily hukmdorning harbiy yurishlarida o’z qo’shini bilan qanashish.

19. A. Temur davlatning mustaqilligi yo’lida ichki va tashqi siyosatda nimaga suyangan ? Qo’shinga

20. A. Temur qo’shini qanday birikmalar asosida tuzilgan harbiy qismlardan iborat edi ? O’ntalik askariy birikmalar

21. A. Temur qo’shinida o’n minglik qo’shin nima deyilgan ? Tuman. Boshlig’i tuman og’asi

22. A. Temur qo’shinida minglik qo’shin nima deyilgan ? Hazora. Boshligi mirihazora

23. A. Temur qo’shinida yuzlik qo’shin nima deyilgan ? Qo’shun. Boshlig’i qo’shunboshi

24. A. Temur qo’shinida o’nlik qo’shin nima deyilgan ? Ayl. Boshlig’i aylboshi

25. A. Temur qo’shinida harbiy mansablarning haq-huquqlari darajasi nima bilan belgilangan ? Oylik maoshning darajasi bilan

26. A. Temur qo’shinida askariy qismlarni viloyatlardan to’plash bilan kim shug’ullangan ? Tavochi

27. A. Temur qo’shinining harbiy yurishlar paytida qo’shin oldida kimlar yurgan ? xabarchilar. Ulardan keyin yasovul bo’linmasi, manglay ya’ni avangard qismi borgan

28. A. Temur qo’shinida zaxira qism nima deyilgan ? “Izofa”

29. A. Temur qo’shinining asosiy jangovor qismlari qaysilar bo’lgan ? markaz, burong’or, juvong’or

30. A. Temur qo’shinining o’ng qanoti nima deyilgan ? burong’or

31. A. Temur qo’shinida chap qanot nima deyilgan ? juvong’or

32. A. Temur qo’shinida qo’riqchi askariy qo’shilmalar nima deyilgan ? qanbul

33. A. Temur qo’shini nechta qo’llardan iborat bo’lgan ? Yettita

34. Qaysi tarixchi qo’shinni yeti qo’lga – qismga bo’lib joylashtirish tartibini birinchi bo’lib A. Temur joriy qilgan deb yozadi ? Sharafiddin Ali Yazdiy




Download 97,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish