14 – PARAGRAF
125. IX asrda Movorounnahrning siyosiy hayotida o’zgarishlar yuz berib yurtga avval kim boshchilik qiladi ? Nuh, so’ngra Ahmad
126. Samoniy Ahmad qachon vafot etadi ? 865-yilda
127. Samoniy Ahmadni o’rniga hokimiyatga kim keladi ? O’g’li Nasr
128. Qaysi somoniy hukmdor Samarqandni markazga aylantiradi ? Nasr
129. Movorounnahrning deyarli barcha viloyatlari qachonga kelib somoniylar tasarrufiga o’tadi ? IX asr oxirgi choragida
130. Somoniylardan kim birinchi bo’lib kumush dirham zarb ettirgan ? Nasr
131. Ismoil Somoniy nechanchi yilda butun Movorounnahrni o’z qo’l ostiga birlashtiradi ? 888-yilda
132. Qaysi somoniy hukmdor shimoli sharqiy hududlarga yurish qilib 893-yilda Tarozni egallaydi ? Ismoil Somoniy
133. Qaysi Arab xalifasi somoniylar va safforiylarni zaiflashtirib , ularni hududlarini o’z tasarrufiga olish maqsadida ular o’rtasiga nizo solishga harakat qiladi ? Muta’zid
134. Xalifa Muta’zidning hukm surgan davri ? 892-902-yillar
135. Xuroson hukmdori Amir ibn Laysga Xuroson bilan birgalikda Movorounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqini bergan xalifa kim ? Xalifa Muta’zid
136. Somoniylar va safforiylar o’rtasidagi hal qiluvchi jang qachon bo’ladi ? 900-yilda
137. Nechanchi yildan Xuroson Somoniylar qo’l ostiga o’tadi ? 900-yildan
138. Somoniylar davlatining poytaxti qaysi shahar bo’lgan ? Buxoro
139. Somoniylar davlatining boshqaruv ma’muriyati qanday qismlarga bo’lingan ? Amir dargohi va devonlar
140. Narshaxiyning yozishicha Somoniylar boshqaruvi qaysi devonlar orqali boshqarilgan ? Vazir, mustovfiy, amid ul mulk, sohibi shurat
141. Somoniylar davrida davlat boshqaruvida nechta devon bo’lgan ? 10 ta
142. Somoniylar davrida qaysi devon bosh boshqaruv devoni bo’lgan ? Vazir devoni
142. Somoniy Nasr II hukm surgan davr ? 914-943-yillar
143. Qaysi somoniy hukmdor davrida Buxoroning registon maydonida amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy quriladi ? Nasr II
144. Farjak madrasasi qayerda va qachon vujudga kelgan ? Buxoroning Kovushdo’zlar mahallasida X asrda
145. Somoniylar davrida davlat hujjatlari va elchilik aloqalari vaziri nima deyilgan ? Amid ul mulk
146. Somoniylar davrida devonxona boshlig’i va bosh vazir bu – Vazir
147. Somoniylar davrida moliya vaziri nima deyilgan ? Mustovfiy
148. Somoniylar davrida harbiy ishlar vaziri nima deyilgan ? Sohibi Shurat
149. Somoniylar davrida din olimlari nima deyilgan ? Ulamo
150. Somoniylar davrida hojib bu – harbiy unvon
151. Somoniylar davrida ma’naviy hayotning asosi hisoblangan islom mafkurasiga kim rahnamolik qilgan ? Ustod. Keyinchalik shayxulislom nomi bilan ulug’langan
152. Qaysi somoniy hukmdor yaxshi qurollangan harbiy qo’shin va saroyning maxsus muntazam sarbozlari qismini tuzadi ? Ismoil Somoniy
153. Somoniylar davrida yaxshi va uzoq muddat hizmat qilgan sarbozlar qaysi lavozimga ko’tarilgan ? Hojib
154. Somoniylar davrida hojiblarning boshlig’i nima deyilgan ? Hojib ul hujob yoki hojib ul buzruk
Do'stlaringiz bilan baham: |