Vii sinf jahon tarixii bob


Botu qachon rus yerlariga hujum boshlagan va dastlab qayerni egallagan?



Download 205,05 Kb.
bet5/5
Sana13.04.2022
Hajmi205,05 Kb.
#549070
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-sinf jaxon tarixi mavzulashgan

34. Botu qachon rus yerlariga hujum boshlagan va dastlab qayerni egallagan?

A) 1237-yil kuzida Ryazanni

B) 1236-yil yozida Kiyevni


C) 1238-yil martida Pskovni
D) 1237-yil yozida Livovni
35. Rusdagi qanday holat mo‘g‘ullarga yetarlicha qarshilik ko‘rsatish imkonini bermasdi?
A) harbiy texnikaning oddiyligi
B) qo‘shin tarkibidagi askarlarning aksariyati yoshi o‘tgan jangchilar edi

C) siyosiy tarqoqlik


D) qo‘shinda intizomning yo‘qligi
36 Ilk budda tasvirlari Yaponiyaga qaysi sulola davrida kirib kelgan?
A) Parxe B) Pekje C) Koguryo D) Koryo
37. 1243-yili qaysi voqea munosabati bilan Botuxon Volgabo‘yi dashtlariga qaytadi?
A) O‘qtoyning vafot etishi
B) Volgabo‘yi aholisining qo‘zg‘oloni
C) havoning keskin sovishi
D) qo‘shin tarkibining siyraklashuvi
38. Botuxon qaysi hududlarni istilo qilgan?
A) Dashti Qipchoq, Janubiy Kavkaz, Hozirgi Qozog‘iston
B) O‘rtayer dengizi sharqiy sohillari, Kaspiybo‘yi dashtlari, Mang‘ishloq
C) Volgabo‘yi, Shimoliy Qora dengiz sohillari, Shimoliy Kavkaz, Mol­daviya
D) Mang‘ishloq, Janubiy Kavkaz, Shimoliy Eron, Moldaviya
39. O‘qtoyning ko‘rsatmasi bo‘yicha, Rus va Shimoliy Kavkaz yerlarini bosib olish uchun to‘planadigan qo‘shinga uluslardan qancha askardan ajratilishi belgilanadi?
A) ming askardan o‘ntasi

B) o‘nta askardan bittasi


C) yuz askardan elliktasi
D) o‘n ming askardan yuztasi
40. Rus va Shimoliy Kavkazni bosib olish uchun Botuxonga yordamga kimning berilishiga kelishiladi?
A) lashkarboshi Edigeyni
B) sarkarda No‘g‘ayxonni
C) Subutoy bahodirni
D) Mamay bahodirni
41.Kareya yarimorolining qaysi qismidaKoguryo III-IV asrlarda vujudga keladi ?
A) shimolida B) sharqida
C) g`arbida D) janubida
42. Botuxon qaysi yillarda hukmronlik qilgan?
A) 1224-1254-yillar B) 1235-1242-yillar
C) 1236-1255-yillar D) 1234-1255-yillar
43. Oltin O‘rdani kimlar boshqargan?
A) dorug‘a va bosqoqlar
B) Botuxon va uning avlodlari
C) O‘qtoy tomonidan saylandan xonlar
D) Mo‘g‘ullar qurultoyida saylangan shahzodalar
44. Oltin O‘rdada ijro hokimiyati hamda qo‘shinni kim boshqargan?
A) beklarbegi B) dorug‘a C) ulusbegi
D) vazir
45. Oltin O‘rdada devon ishlarini kim boshqargan?
A) vazir B) ulusbegi C) beklarbegi
D) xonning o‘zi
46. Oltin O‘rdada mahalliy boshqaruv kimlar qo‘lida bo‘lgan?
A) dorug‘a va bosqoqlar B) xonning o‘zi
C) ulusbegilar D) no‘yonlar va beklar
47. Mo‘g‘ullar istilosi davrida Rusda kim barcha knyazlarning “ulug‘i” deb tan olinadi?
A) Ryazan knyazi Vladimir B) Vladimir knyazi Yaroslav
C) Keyiv knyazi Mstslav D) Moskva knyazi Yaroslav
48. Quyidagi qaysi xalqlar hunarmandchilikda tovus patlaridek tovlanuvchi kashtalar tikishda mohir bo`lishgan?
A) Inklar B) Atsteklar
C) Mayyaliklar D) Sudanliklar
49. Dastlab mo‘g‘ullar bo‘ysundirgan hududlarda qanday boshqaruv tizimini joriy etadi?
A) mustamlakachilik boshqaruvi tizimi
B) an’anaviy-mo‘g‘ul boshqaruvi
C) dastlab boshqaruv tizimiga e’tibor berilmagan
D) slavyanlarning an’anaviy boshqaruvi
50. Ma’lumki, bosib olingan dashtlar Botuning ukalariga berilib, ularning suyurg‘ol mulkiga aylanadi. Suyurg‘ol egalari …
A) ular faqat tashqi siyosatda ulug‘ xonga bo‘ysungan va ichki siyosatda to‘la mustaqil ravishda faoliyat olib borgan
B) xon qo‘shiniga ma’lum belgilangan sondagi jangchilarni va aholidan to‘plangan soliqlarning bir qismini yuborgan
C) ular to‘la-to‘kis mustaqil faoliyat olib borgan va hech qanday soliq to‘lamagan
D) xon qo‘shiniga ma’lum belgilangan sondagi jangchilarni jo‘natish bilan kifoyalangan
51. Qaysi asrdan Oltin O‘rda to‘rt katta viloyatga bo‘linib, ular ulus nomini oladi?
A) XIV asr B) XIII asr C) XV asr
D) XVI asr
52. Oltin O‘rdaning ulusbegisi qanday vazifalarni bajargan?
A) soliqlar yig‘imi ustidan nazorat qilgan
B) viloyatlar ustidan o‘z nazoratini o‘rnatgan va xonning maxsus gvardiyasini boshqargan
C) qo‘shin boshlig‘i, o‘ziga tegishli hududdagi boshqaruvga oid barcha masalalarni hal etgan
D) o‘z ulusidan tashqari qo‘shni uluslarning ish faoliyatiga ko‘maklashib turgan
53.Koreyaga xitoy yozuvlari va iyerogliflari hamda buddizm qaysi davlat davridan kirib kelgan?
A) Pekje B) Parxe C) Koguryo D) Silla
54. Pochta aloqalari yo`lga qo`yilgan Amerka davlati bu?
A) Atsteklar B) Aksum
C) Ink C) Mayya
55. Quyidagi qaysi Kores davlati qo`shinlarining jangavorligi bilan ajralib turgan?
A) Pekje B) Parxe C) Koguryo D) Silla
56. Oltin O‘rda xonligida qanday soliq va majburiyatlar joriy etilgan?
A) chiqim, talab, yomlarga xizmat ko‘rsatish
B) kalon, targ‘u, qopchur, shulen
C) targ‘u, boj, xiroj, yomlarga xizmat ko‘rsatish
D) begor, shulen, jizya, yomlarga xizmat ko‘rsatish
57. Mo‘g‘ullar nima maqsadda Rus knyazliklarida aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazadi?
A) yerlarni to‘g‘ri taqsimlash
B) aholini yuzlik tizimiga bo‘lish
C) aholini o‘nlik tizimiga bo‘lish
D) qo‘shin tarkibini aniqlab olish
58. Mo‘g‘ullarning Rus knyazliklarida aholini ro‘yxatga olish tadbiri qachon qaysi knyazliklardan boshlanadi?
A) 1248-yil janubiy knyazliklardan
B) 1257-yil shimoliy knyazliklardan
C) 1242-yil markaziy knyazliklardan
D) 1250-yil janubiy knyazliklardan
59. Mo‘g‘ullarning Rus knyazliklarida aholini ro‘yxatga olishning yakunida mamlakat aholisi qanday soliqga tortiladi?
A) xiroj B) targ‘u C) chiqim D) kalon
60. Oltin Ordaning rus knyazliklari aholisidan shoshilinch yig‘iladigan soliqni aniqlang.
A) chiqim B) shulen C) kalon D) talab
61. Oltin O‘rdada soliq va bojlarni to‘lanishini kimlar nazorat etishgan?
A) aylboshilar B) no‘yonlar
C) bosqoqlarD) ulusbegilari
62. Silla qirolligi Koreya yarimorolining qaysi qismida joylashgan?
A) janubiy- sharqida B) shimoliy-g`arbida
C) shimoliy-sharqida D) janubiy-g`arbida
63.Silla qirolligining oltin davri qachon boshlangan?
A)VIII asr boshlarida B) VIII asr o`rtalarida
C) VIII asr oxiri D) IX asrda
64. Qaysi tadbir mavjud sharoitda Rus knyazlarining o‘z xalqini saqlab qolishi, ularni qullikka olib ketmasligining yagona yo‘li edi?
A) bosqinchilar bilan so‘nggi nafasgacha kurashish
B) o‘z yerlarini tashlab, boshqa o‘lkalarga ketish
C) bosqinchilar bilan tinch yashashga harakat qilish
D) yosh yigit va qizlarni sharqiy hududlarga ko‘chirib yuborish
65. Qaysi rus knyazi bir necha marta Oltin O‘rda tashrif buyurgan va Mo‘g‘ulistonda bo‘lib mahalliy amaldorlarning hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘lgan?
A) Yaroslav B) Vladimir C) Aleksandr
D) Yuriy Dolgorukiy
66. Oltin O‘rdada tashqi siyosat masalalari bilan kimlar shug‘ullangan?
A) shahzodalar va elchilik xizmati boshliqlari
B) faqat xonning o‘zi
C) bunday masalalar faqatgina qurultoyda hal qilingan
D) xon, uning yaqin maslahatchilari, beklarbegi
67. Nima sababdan Yevropa qirollari, Rim papalari, Vizantiya imperatorlari va Turk sultonlari Oltin O‘rdaning xon saroyi bilan do‘stona munosabatda bo‘lishga intilganlar?
A) Sharqiy Yevropa bilan savdo-sotiq G‘arb mamlakatlariga katta foyda keltirgan
B) bu davlatlar mo‘g‘ullar bosqiniga uchrashdan cho‘chib turishgan
C) ular Oltin O‘rdadan harbiy ittifoqchi bo‘lishni nazarda tutishgan
D) Oltin O‘rda uzoq vaqt Sharqiy Yevropaning eng kuchli davlati bo‘lganligi tufayli
68. Eronda mustaqil davlat tuzgan Xuloku va uning vorislari Oltin O‘rda bilan qayerga egalik qilish masalasida raqobat qila boshlaydi?
A) KavkazortigaB) Xitoyga C) Misrga
D) O‘rta Osiyoga
69. Samarqandda Xorazmshohlarga qarshi isyon ko`tarilgan tildan 100 yil o‘tib ...
A) Berkaxon halok bo‘ladi
B) O‘zbekxon hukmronligi boshlanadi
C) Botuxon vafot etadi
D) Shimoliy Rus yelaridagi aholi ham ro‘yxatga olinadi
70. Xuloku ulusiga qarshi kurashda Oltin O‘rda qaysi davlat hukmdorlari bilan ittifoq tuzdi?
A) Chig‘atoy ulusi B) Usmonli turklar
C) Misr sultonlari D) Xitoy davlati
71. Qachon Oltin O‘rda davlati o‘z qudratining cho‘qqisiga erishadi?
A) XIV asrning birinchi yarmida
B) XIII asrning oxirgi choragida
C) XIV asrning oxirlarida
D) XIII asrning boshlarida
72. Oltin O‘rda davlati o‘z qudratining cho‘qqisiga erishishi qaysi xonlarning nomi bilan bog‘liq?
A) Botu va uning ukasi Berka
B) Urisxon va uning tumanboshisi Mamay
C) Berka va uning o‘g‘illari
D) O‘zbekxon va uning og‘li Jonibek
73. Oltin O‘rda qudratini mustahkamlagan omillardan biri …
A) Rus yerlarining zabt etilishi bo‘ldi
B) islom dinining qabul qilinishi bo‘ldi
C) O‘rta Osiyo bilan tinchlik kelishuvi bo‘ldi
D) Xulakular davlatining mag‘lub etilishi bo‘ldi
74. Oltin O‘rdada O‘zbekxon qaysi yillarda hukmronlik qilgan?
A) 1313-1318 y. B) 1312-1342 y.
C) 1314-1355 y. D) 1342-1357 y.
75. 1342-1357-yillarda Oltin O‘rdada kim hukmronlik qilgan?
A) JonibekB) To‘xtamishxon C) No‘gay
D) O‘zbekxon
76. O‘zbekxon islomni davlat dini deb e’lon qilgan yili G‘arbiy Yevropada ...
A) “Papalarning Avinon tutquni” davri boshlandi
B) Fransiyada General shtatlar chaqirildi
C) Fransiya qiroli tomonidan buyuk magistr o‘limga mahkum etildi
D) Yuz yillik urushda tub burilish sodir bo‘lib, inglizlar birinchi marta mag‘lubiyatga uchradi
77.Qachon ilk bor Kores milliy universitetiga asos solingan?
A) VIII asr boshlari B) VIII asr o`rtalari
C) VIII asr oxiri D) IX asrda
78.Quyidagi qaysi davlatda qullarga munosabat o`zgacha bo`lgan ?
A) Mali B) Sangai C) Gana D) Aksum
79. Quyidagi qaysi davlatda maxsus yollanma qo`shin xam tuzulgan?
A) Mali B) Sangai C) Gana D) Aksum
80. XIV asrning oxirida To‘xtamishxon Oltin O‘rdani necha yilgacha birlashtiradi?
A) 20 yil B) 30 yil C) 18 yil D) 15 yil
81. Amir Temur Jo‘ji ulusiga qarshi necha marta yu­rish qiladi?
A) uch B) to‘rt C) besh D) ikki
82. Saroy, Saroy Berka, Astraxanshaharlarini vayron etilishiga nima sabab bo‘ladi?
A) Usmoniy turklarning bosqini
B) To‘xtamishning Amir Temurdan mag‘lubiyati
C) Oltin O‘rdaning bir necha hududlarga bo‘linishi va o‘zaro kurash
D) To‘xtamishning bu shaharlarni tinimsiz talashi
83. XV asrning birinchi yarmida Oltin O‘rdadan bo‘linib ketgan yirik xonliklarni aniqlang.
A) Qrim, Qozon, Sibir, Qozoq xonliklari va No‘g‘ayO‘rdasi
B) Tula, Azraxan xonligi, Saroy, No‘g‘ay xonligi
C) Azov, Tyumen, Tula, Qozon, Qozoq va Juz xonliklari
D) Edugey, Mamay o‘rdasi, Tula, Azov xonliklari
84. Хitоydа Sun sulоlаsi qaysi yillarda faoliyat yuritgan?
A) 960-1279-yillar B) 907-1279-yillar
C) 1279-1368-yillar D) 907-960-yillar
85. Qaysi asrdan Xitoyda suvni nisbаtаn bаlаnd jоylаrgа chiqаruvchi mоslаmаlаrdan kеng fоydаlаnа bоshlаndi?
A) XII asr B) ХаsrC) XIII asr D) VIII asr
86. Suv tеgirmоnlаri yordаmidа Xitoyda nima tоbоrа kеng qo‘llаnilа bоshlаnаdi?
A) qog‘oz ishlab chidarish, mato to‘qish
B) shоlini tоzаlаsh, mоy оlish, un chiqаrish
C) sholi yanchish, jo‘xori tozalash, teriga ishlov berish
D) qog‘oz ishlab chiqarish va yer haydash
87. Quyidagi qaysi davlat shahar qishloqlarida XIV-XV asrlarda tez-tez ocharchiliklar sodir bo`lgan?
A) Xitoy B) Eron
C) Hindistоn D) Yoponiya
88. . Quyidagi qaysi davlatda IV asrda isloh qilingan alifbo hozirga qadar saqlanib kelmoqda?
A) Efiopiyada B) Ganada C) Malida
D) Marokashda
89. Qay tаriqа Xitoyda XI аsr bоshlаridа ekin mаydоnlаrining yarmi yirik zamindorlаr qo‘ligа o‘tаdi?
A) yangi o‘zlаshtirilаyotgаn qo‘riq vа tоg‘оldi hududlаri hisоbigа, kаmbаg‘аllаrning qаrzlаri evаzigа yerlаrini tоrtib оlinishi natijasida
B) hukmdorning barcha yerlarni yerni ishlatadigan shaxslarga bo‘lib berishi natijasida
C) hukmdor tomonidan mamlakatning unumdor yerlari uning yaqin qarindoshlari va amaldorlariga bo‘lib berilishi natijasida
D) soliq to‘lashdan bosh tortgan dehqonlarning yerlari tortib olinib, shu hududda yashovchi zamindorlarga sotilishi natijasida
90. Rivоjlаngаn o‘rtа аsrlаrdа qaysi shaharlаr Хitоyning yirik sаvdо vа hunаrmаndchilik mаrkаzlаri edi?
A) Nankin, Pekin, Yanchjau
B) Pekin, Xuanchjau, Nankin
C) Xanon, Maozin, Kayfin
D) Kаyfin, Chendu, Uchаn
91. Qachon Xitoyda ipаkdаn shоyi so‘zаnа – pаnnо to‘qish iхtirо qilinib, kеng tаrqаlаdi?
A) X asrda B) XII аsrdа C) XIII asrda
D) IX asrda
92. Оsiyo pахtаsining vаtаni qayer hisoblanadi?
A) Xitoy B) O‘rta Osiyo C) Hindistоn
D) Mo‘g‘uliston
93. O‘rtа Оsiyogа pахtа qayerdаn keltirilgаn?
A) Xitoy B) Eron C) Hindistоn
D) Mo‘g‘uliston
94. Хitоygа pахtа urug‘ini dаstlаb kimlar оlib bоrishgаn?
A) hind savdogarlari B) eronliklar
C) mo‘g‘ul bosqinchilari
D) yurtimiz sаvdоgаrlаri
95.Pulguksa qachon qurilgan?
A) VIII asr o`rtalarida B) VIII asr oxirida
C) IX asr boshlarida D) IX oxirida
96Chig`irdan foydalanib nisbatan baland joylarga Xitoyda suv qachondan chiqarilgan?
A) IX asr B) XI asr C) XII asr D) X asr
97. 1259-1294-yillarda Xitoyda kim hukmronlik qilgan?
A) Masariy B) Xubilаy C) Chjan Xe
D) Yuan Chjan
98. Buyuk Alfred daniyaliklar bilan sulh tuzgan yildan 400 yil o‘tib ...
1) Berka halok bo‘ldi; 2) Хitоyni mo‘g‘ullаr to‘liq bo‘ysundiradi; 3) Xitoyda Sun sulolasining hukmronligi yakun topdi; 4) Chju Yuan Chjan qo‘zg‘olon ko‘tardi;
5) Xitoyda Yuan sulolasi hukmronligi o‘rnatildi;
A) 1, 2, 5 B) 2, 4 C) 1, 5 D) 2, 3, 5
99. Mo‘g‘ullаr dаvridа Xitoyda pulning qаdrsizlаnishi­gа, mаhsulоt vа hunаrmаndchilik buyumlаrining qimmаtlаshishigа nima sаbаb bo‘lаdi?
A) tangalar tarkibida kumush miqdorining kamayib ketishi
B) aholi mol-mulkining bosqinchilar tomonidan talanishi
C) qo‘shimchа qоg‘оz pulning chiqаrilishi
D) mamlakatda bir necha yil surunkali qurg‘oqchilik bo‘lishi
100.Koryo qirolligi nimaning natijasida zaiflashgan?
A) o`zaro urushlardan
B) tashqi hujumlardan
C) xitoyliklarning xujumlaridan
D) sulolaviy nizolardan
101. Chju Yuаn-Chjаn bоshchilik qilgan хаlq оzоdlik hаrаkаti Xitoyda qachon va qayerida bоshlаngаn?
A) 1368-yil Shandun va Nankin viloyatlarida
B) 1352-yil Ninbo va Xanchjou viloyatlarida
C) 1351-yil Guanchjou va Xanan viloyatlarida
D) 1351-yil Хenаn vа Shаndun vilоyatlаridа
102. Mo‘g‘ullarga qarshi qo‘zg‘olon rahbari Chju Yuаn-Chjаn kim bo‘lgan?
A) lashkarboshi B) rоhib C) askar
D) hunarmand
103. Xitoyda Min impеriyasi dastlab tashkil topganda mаmlаkаt хo‘jаligini tiklаsh uchun qanday tadbirlarni amalga oshiriladi?
1) hunаrmаnd vа sаvdоgаrlаrdаn оlinаdigаn to‘lоvlаr kаmаytirildi,
2) qullаrni оzоd qilish hаqidа qоnun qаbul qilinаdi, 3) sun’iy sug‘оrish inshооtlаri, kаnаllаr, to‘g‘оnlаr vа suv оmbоrlаri tiklаnаdi, ekin mаydоnlаri kеngаydi,
4) aholining barchasi uch yilga soliqlardan ozod qilinadi, 5) Hindistondan sholining yangi navlari olib kelindi
A) 1, 2, 3 B) 1, 3, 5 C) 2,4,5 D) 3 ,4, 5
104. Xitoyliklar Vetnamni bosib olgan yili vafot etgan temuriy hukmdor kim?
A) Mironshoh B) Pirmuhammad
C) To`g`ri javob yo`q D) Said Abdullo
105. Quyidagi qaysi davlatga rohib asos solgan?
A) Yuan B) Min C) Ink D) Mayya
106. ... davrida mamlakatda dehqonchilik , metall quyish va unga ishlov berish,to`qimachilik,hunarmandchilik,savdo-sotiq rivojlangan.
A) Koguryo B) Silla C) Pekje D) Parxe
107. XV аsrning bоshlаridаn Min sulоlаsining qaysi saltanat bilаn munоsаbаtlаri buzilаdi?
A) Аmir Tеmur sаltаnаti B) Hindiston
C) Oltin O‘rda davlati D) Mo‘g‘uliston
108. Qaysi omil Хitоygа 1406-yili Vyеtnаmni, kеyinchаlik Mo‘g‘ulistоnni istilо qilishi­gа yo‘l оchаdi?
A) Xitoyning birlashuvi
B) Аmir Tеmurning qo‘qqisdаn vаfоt etishi
C) Mo‘g‘uliston va Vyetnamning zaiflashuvi
D) Xitoyning Hindiston bilan harbiy ittifoqqa kelishi
109. Qaysi yillari Chjаn Хe bоshchiligidаgi hаrbiy dеngiz flоti Zоnd аrхiреlаgi, Shri Lаnkа vа Hindistоngа 7 mаrtа yurishlаr tаshkil qilаdi?
A) 1406-1434 yillar B) 1407-1440-yillar
C) 1405-1433-yillar D) 1409-1431-yillar
110. Chjаn Хe bоshchiligidаgi hаrbiy dеngiz flоti tаrkibidа qancha kema va jangchi bo‘lgan?
A) 62 tа kеmа, 30 ming jangchi
B) 30 ta kema, 60 ming jangchi
C) 60 ta kema, 40 ming jangchi
D) 40 ta kema, 52 ming jangchi
111. Chjаn Хe bоshchiligidаgi hаrbiy dеngiz flоti qayerga qadar suzib bоrgаn?
A) O‘rtayer dengizi sohillari va Arabiston dengiziga qadar
B) Arabiston dengizi sohillari, Hind okeani sohillari
C) Hind okeani sohillaridan G‘arbiy Afrika sohillariga qadar
D) Оrmuz (Fоrs) ko‘rfаzi vа Sharqiy Аfrikа sоhillаrigа qаdаr
112. Yaponiyadа mulkchilik munоsаbаtlаri qachon uzil-kеsil shakllanadi?
A) IX-X asrlar B) X-XI asrlar
C) XI-XII аsrlаrD) XII-XIII asrlar
113. Syoenlаr nima?
A) imperator yerlari
B) yer egalari mulklаri
C) samuraylarga tegishli uy-joy
D) syogunning harbiy hokimiyati ramzi
114. Yaponiyadа yirik yer egаlаrining eng nufuzlilаri qanday nom bilan atalgаn?
A) samuray B) хаnkе C) ryukalar
D) syoenlar
115. Yaponiyani qaysi asrdan impеrаtоr bоshqаrgаn?
A) IX asr B) X asr C) XI asr D) XII аsr
116. Yaponiyada mikаdо kim?
A) impеrаtоr B) katta yer egasi
C) kichik yer egasi D) yapon ruhoniylari
117. O‘rta asrlarda Yaponiyadа impеrаtоr hokimiyati zаiflasha borishi natijasida rеаl hоkimiyat kimning qo‘ligа o‘tаdi?
A) samuray B) ryokaC) syogun D) xanke
118 Yaponiyada syogunlik XII аsr охiridаn kim tоmоnidаn o‘rnаtilgаn?
A) Xidayosi B) Oda C) Minаmоtо
D) Nobinaga
119. O‘rtа аsrlаrdа yaponlar хitоyliklаrdаn nimalar ishlаb chiqаrishni o‘zlаshtirib оlgаnlаr?
A) tegirmon qilishni, javdar ekishni
B) shоyi iраk, mе­tаllаr, lаk ishlab chiqarish
C) qog‘oz, mum, taxta ishlab chiqarish
D) bo‘z, har xil gazlama, tegirmon qilish
120. Manbalarda yozilishicha, Yaponiyadan 1483-yili sаvdоgаrlаr chеt mаmlаkаtlаrgа qancha qilich оlib kеtgаnlаr?
A) 55 ming dona B) 81 ming dona
C) 18 ming dona D) 67 ming dоnа
121. Yapon syoguni Minаmоtоdаvlаtni qayerdan turib bоshqаrаdi?
A) Kamakurаdаgi qаl’а – sаrоyidаn
B) Kiotodagi imperator qasridan
C) Sakaidagi yozgi qarorgohidan
D) Xyogodagi qasridan
122. Qaysi asrlarda Hindistonning shimoliy hududlariga turk va afg‘on qabilalarining hujumlari hamda joylashuvi ayniqsa kuchaygan?
A) X asr B) XIII asr C) XI-XII asrlar
D) IX-X asrlar
123. Dеhli sultоnligi qachon tаshkil tоpаdi?
A) 1206-yil B) 1207-yil C) 1208-yil D) 1210-yil
124. Dеhli sultоnligi qaysi yillarda faoliyat ko‘rsatgan?
A) 1206-1526-yillar B) 1206-1451-yillar
C) 1206-1415-yillar D) 1206-1530-yillar
125. Dеhli sultonligining ilk hukmdоri kim bo‘lgan?
A) Shamsuddin Eltutmish
B) Qutbiddin Оyboq
C) Muhammad Tug‘laq
D) Feruzshoh Tug‘luq
126. Dеhli sultonligi ilk hukmdоrining qo‘shini аsоsini kimlar tаshkil qilgаn?
A) mo‘g‘ul suvoriylari
B) turkiy qabilalardan iborat piyodalar
C) turkiy qаbilаlаrdan tuzilgan suvоriylаr
D) hind va fors asirlaridan tuzilgan otliqlardan
127. 1211-1236-yillarda kim Dehli sultonligini boshqaradi?
A) Shаmsiddin Eltutmish
B) Qutbiddin Oyboq
C) Muhammad Tug‘laq
D) Feruzshoh Tug‘laq
128. Kimning bоshqаruvi pаytidа Pаnjоb, Sind vа Bеngаliyalar bo‘ysundirilаdi?
A) Muhammad Tug‘laq B) Alouddin Xiljiy
C) Shаmsiddin Eltutmish
D) Feruzshoh Tug‘laq
129 Koryo qirolligining mug`ullarga tobiyligi nechi yil davom etgan?
A) 143 yil B) 148 yil C) 137 yil D) 139 yil
130. Siyul qadimda yana qanday nom bilan atalgan?
A) Sonak B) Keson C) Kegyon D) Xanson
131. Yer egаligining qaysi turi Dehli sultonligida dаvlаt iхtiyoridаgi yerlаr bo‘lib, undаn оlinаdigаn sоliqlаr хаzinаgа tu­shib, dаvlаt xаrаjаtlаri vа mахsus qo‘shinni ta’minlаsh uchun ishlаtilgаn?
A) iqto‘ B) patta C) хоlisа D) grass
132. Dehli sultоnligidа qaysi yer turidan sоliq оlinmаgаn?
A) vаqfyerlari B) xolisa C) iqto‘
D) davlat yerlari
133. Dеhli sultоni Аlоuddin Хiljiy qanday tadbirlarni amalga oshirgan?
1) islоhоtlаr o‘tkаzib, dаvlаt хаzinаsi dаrоmаdlаrini оshirаdi; 2) kuchli qo‘shin tuzib, o‘zbоshimchа fеоdаllаrni bo‘ysundirаdi; 3) davlat poytaxtini davlatobod shahriga ko‘chirdi; 4) kumush tanga pullar zarb qildirdi
A) 1, 4 B) 1, 2 C) 3, 4 D) 2, 4
134. Muhаmmаd Tug‘luq o‘z hukmdоrligini nimadan bоshlаydi?
A) kumush tanga pullar zarb qildirishdan
B) оtаsi pаytidа mustаqillik yo‘lini tutgаn knyazliklаrni bo‘ysundirishdаn
C) dаvlаt хаzinаsi dаrоmаdlаrini оshirishdan
D) davlat poytaxtini davlatobod shahriga ko‘chirishdan
135. Dehli sultonlaridan kim o‘zini “Iskаndаr Zulqаrnаynning dаvоmchisi” dеb nomlagan?
A) Alouddin Xiljiy
B) Shamsuddin Eltutmish
C) Feruzshoh Tug‘laq
D) Muhammad Tug‘laq
136. Qaysi Dehli sultoni davrida Hindistоn yarim оrоli to‘liq birlаshtirildi?
A) Alouddin Xiljiy
B) Shamsuddin Eltutmish
C) Feruzshoh Tug‘laq
D) Muhammad Tug‘laq
137. Muhаmmаd Tug‘luq qaysi yili tахtgа kеlаdi?
A) 1306-yil B) 1314-yil C) 1325-yil D) 1329-yil
138. Lalibili qaysi davlat hukmdori bo`lgan?
A) Mayya B) Ink C) Gana D) Aksum
139. Dehli sultoni Muhаmmаd Tug‘luqning qaysi islohotlari natijasiz tugaydi?
A) boshqaruv va chorvachilikka oid islohoti
B) moliya va boshqaruv islohoti
C) pоytахtni ko‘chirishi va pul islohoti
D) harbiy va boshqaruv islohoti
140. Sechjon Buyuk davridagi o`zgarishlarga muofiq kelmaydigan javob berilgan qatorni aniqlang?
A) quyosh va suv soatlari yaratilishi B) koreys alifbosining yaratilishi C)moliya sohasida islohat o`tgazilishi D) qishloq hujaligidagi taraqqiyotga erishilishi
141. Fеruzshоh Tug‘luq dаvrigа oid voqealarni ko‘rsating.
1) islоhоtlаr o‘tkаzib, dаvlаt хаzinаsi dаrоmаdlаrini оshirаdi; 2) kuchli qo‘shin tuzib, o‘zbоshimchа fеоdаllаrni bo‘ysundirаdi 3) davlat poytaxtini davlatobod shahriga ko‘chirdi 4) sоliqlаr kаmаytirilib, dаvlаt yerlаri dеhqоnlаrgа ijаrаgа bo‘lib bеrilаdi; 5) qishlоq хo‘jаligi, hunаrmаndchilik yuksaldi; 6) оqilоnа bоshqаruvi sultonga хаlq hоmiysi sifаtidа shuhrаt kеltirаdi.
A) 1, 2, 3 B) 1, 3 C) 2, 5 D) 4, 5, 6
142. Qaysi Dehli sultoni 1398-1399-yillаr Аmir Tеmur qo‘shinlаrigа qаrshi kurаshаdi?
A) Bаhlul Lо’diyB) Sulton Mahmud
C) Sayyid Bahrom D) Feruzshoh Tug‘laq
143. Hindistonda Sаyyidlаr sulоlаsi qaysi yillarda faoliyat ko‘rsatadi?
A) 1414-1451-yillar B) 1451-1489-yillar
C) 1489-1526-yillar D) 1411-1454-yillar
144. 1451-1489-yillarda Hindistonda kim hukmronlik qiladi?
A) Bаhlul Lо‘diy B) Ibrohim Lo‘diy
C) Sayyid bahrom D) Feruzshoh Tug‘laq
145. Hindistonda taxt tepasiga kelgan Baxlul Lo‘diy qaysi qabilalarning sardori bo‘lgan?
A) turkman qabilalari B) fors qabilalari
C) afg‘on qabilalari D) hind qabilalari
146. Оlimlаrning fikrichа, Аmеrikа qit’аsigа dаstlаbki оdаmlаr, Shimoliy Оsiyodаn hоzirgi Bеring bo‘g‘оzi оrqаli qachondan o‘tа bоshlаgаn va bu jara­yon uzoq vaqt davom etgan?
A) bundаn 40 ming yil аvvаl
B) bundan 12 ming yil avval
C) bundan 100 ming yil avval
D) bundan 120 ming yil avval
147. Kеchuа, mаyya, аstеk, оlmеk vа tоltеklаr qaysi hududlаrdа yashаgаnlаr?
A) Shimoliy va Markaziy Amerikaning pasttekisliklarida
B) Mаrkаziy vа Jаnubiy Аmеrikаning tоg‘ vа tоg‘оldi hududlаridа
C) Janubiy Amerika qit’asining janubiy hududlarida
D) Shimoliy Amerikaning qalin o‘rmon va chakalakzorlarida
148. Mаrkаziy vа Jаnubiy Аmеrikа yerlаrdа yevropaliklаrgа ma’lum bo‘lmаgаn qaysi ekinlаr o‘stirilgаn?
A) arpa, javdar, bug‘doy, paxta, sholi, tut
B) mаkkаjo‘хоri, kаrtоshkа, kungаbоqаr, pоmidоr, kаkао, tаmаki
C) kugaboqar, banan, limon, javdar, bug‘doy, paxta, sholi
D) sholi, bug‘doy, pomidor, mandarin, banan, paxta, javdar, kakao
149. Mаyya хаlqlаri qаdimdаn qayerda yashаb kеlgаn?
A) Yukаtаn yarim оrоlidа
B) G‘arbiy Meksika hududlarida
C) Shimoliy Meksikada
D) Janubiy Amerikada
150. Maxsus yollanma qo`shin kimlarda bo`lgan?
A) Gana B) Sangai C) Aksum D) Mali
151. Qachon mаyyalаrda shahar-dаvlаtlаr vujudgа kеlаdi?
A) mil.avv. I ming yillikda
B) mil.avv. II ming yillikda
C) milodiy II ming yillikda
D) milоdiy I ming yillikdа
152. Mаyyalаrda shahar-dаvlаtlаrni bоshqаrgan shaxslar nima deb atalgan?
A) “buyuk kishi” B) “osmon o‘g‘illari”
C) “quyosh o‘g‘li” C) “oliy nasabli kishi”
153. Mayyalarda duоlаr, аfsоnаlаr, rivоyatlаr, jаngnоmаlаr, tаriхiy yilnоmаlаr nimalarga yozilgаn?
A) ibоdаtхоnаlаr dеvоrlаridа vа bаlаnd tоsh ustunlаrdа
B) ruhoniylar tomonidan yasalgan iplarda tugunlar hosil qilish orqali
C) buzoq terisidan ishlangan qog‘ozlarda
D) mis, qo‘rg‘oshin kabi metallarga qizigan temir tayoqchalar bilan yozilgan
154. Mаyyalаr eng аniq tаqvimlаrdаn birini yarаtgаnlаr. Uning iхtirоsi nima bilаn bоg‘liq bo‘lgan?
A) yirik shaharlarning paydo bo‘lishi
B) qishlоq хo‘jаlik ehtiyojlаri
C) dengiz sayohatidagi aniqlikni aniqlash
D) savdo yo‘llariga bo‘lgan ehtiyoj
155. Mayyalarda mаmlаkаt pоytахti qaysi shahar bo‘lgan?
A) Kusko B) Gao C) Niara D) Chichеn-Itsа
156. Tеnоchtitlаn shаhrigа kimlar va qachon аsоs sоlаdilаr?
A) аstеklаr XII аsrdа B) kechualar XI asrda
C) inklar XIII asrda D) asteklar X asrda
157. Quyidagi qaysi xalqlar yer tаqchil bo‘lgаnidаn ko‘l tаgidаn suv o‘simliklаri vа unumdоr lоyni ko‘tаrib, sоllаrdа “suzuvchi dаlаlаr” yarаtgаnlаr?
A) inklar B) kechualar C) mayyalar D) astеklаr
158. Inklаr qaysi tillarga mansub tilda so‘zlashgan?
A) barbar B) simet C) kеchuа D) fulbe
159. Inklаr qaysi asrlarda Kuskо shаhrigааsоs sоlаdilаr?
A) X-XI asrlarda B) XII-XIII аsrlаr
C) XIII-XIV asrlar D) XI-XII asrlar
160. Kuskо shаhri qaysi daryo havzasida asos solingan?
A) UrubаmbаB) Maranon C) Amazonka
D) Niara
161. Quyidagi qaysi xalqlarda hukmdor tabaqa vakillari tlatoani deb atalgan?
A) mayya B) ink C) barbar D) astek
162. Piktоgrаfik yozuv qaysi davrdan ma’lum?
A) nеоlit B) bronza C) poleolit D) eneolit
163. Аstеklаr kimlar iхtirоsi аsоsidа o‘zlаrining quyosh tаqvimini yarаtgаnlаr?
A) mayyalar B) inklar C) barbarlar
D) kechualar
164. Аstеklаrdа nima sababli bоltа vа pichоqlаrni tоshdаn yasаlishi dаvоm etgаn?
A) Amerika qit’asida ma’danlarning bo‘lmaganligi
B) ma’danlarni bilishmaganligi
C) asteklarning ma’danga nisbatan toshni yaxshiroq ishlatganligi
D) ma’dan nihoyatda kanyob bo‘lganligidan undan faqat zeb-ziynat buyumi sifatida foydalanilgan
165. Аstеklаr davlatining poytaxtini aniqlang.
A) Kusko B) Tеnоchtitlаn C) Chichen-Itsa
D) Niara
167. O‘rta asrlarda Tеnоchtitlаndа hаr yili kimlarning ko‘rik-musоbаqаlаri o‘tkаzilib, g‘oliblar mukofotlangan?
A) mаdhiya, qissаlаr yozаdigаn shоir-qo‘shiqchilаr
B) sportchilar
C) qush va hayvon ovchilari
D) harbiylar
168. Inklаr dаvlаti qаyеrdа vujudgа kеlgаn?
A) Yukаtаn yarim оrоlidа
B) Janubiy Amerikaning Amazonka daryosi o‘rta va quyi oqimlarida
C) Markaziy va Shimoliy Meksikada
D) Jаnubiy Аmеrikаning Аndtоg‘lаri yonbаg‘ridа
169.Tombukti madrasasida Ilohiyatdan tashqari qaysi fanlar urgatilgan?
A) tarix, fiqh,matematika, astranomiya
B) tarix,geografiya,musiqa, astranomiya
C) astranomiya, musiqa,mantiq, fiqx
D) matematika, xisob, tarix
170. Аksumning birinchi hukmdоri nomini aniqlang.
A) Mаnеlik B) Sulаymоn C) Almiga
D) Sundiata
171. Nima uchun inklarda ekinzоrlаr аtrоfi tоsh dеvоrlаr bilаn o‘rаb chiqilgаn?
A) tuprоg‘ini yomg‘ir yuvib kеtmаsligi uchun
B) kemiruvchilarning hosilzorga kirmasligi uchun
C) bu yerda tuproqdan ko‘ra toshning ko‘pligi sababli
D) bu yerlar hukmdorga tegishli bo‘lganligidan
172. Inklar davlatining poytaxti qaysi shahar bo‘lgan?
A) Kusko B)Tеnоchtitlаn C) Chichen-Itsa
D) Niara
173. Inklar davlatida nima sаbаbli bоlаlаr inklаrning dini, bоshqаruv tаrtibi, qоnunlаri vа udumlаrigаоid ma’lumоtlаrni yod­lаgаnlаr?
A) xotirani charxlash maqsadida
B) yozuv bo‘l­mаgаnligi sababli
C) keyinchalik davlat boshqaruvida xatoga yo‘l qo‘ymaslik
D) bu ruhoniylarning qat’iy talabi bo‘lganligi sababli
174. Afrikada o‘rta asrlarda yashagan qabilalar yashagan hududlari bilan to‘g‘ri ko‘rsating.
1) bаrbаr vаtuаrеglаr; 2) fulbе;
3) mаsаi, gаllа, sidаmо, tigrelаr
a) Sаhrоi Kаbirning jаnubidа;
b) G‘аrbiy Аfrikаdа; c) Sharqiy Afrika
A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-c, 2-a, 3-b
C) 1-b, 2-a, 3-c D) 1-c, 2-b, 3-a
175. Quyidagi qaysi xalqlar mаtеmаtikаgа oid “nol” raqamini fanga kiritganlar?
A) asteklar B) kechualar C) inklar
D) mayyalar
176. Аrаb sаvdоgаrlаri qachondan G‘аrbiy Sudаn yerlаrigа, O‘rtа dеngiz sоhillаridаn Аfrikаgа yuksak qаdrlаnuvchi tuz mоllаrni kеltirgаnlаr?
A) V asrdan B) VII аsrdаn C) VI asrdan
D) VIII asrdan
177. O‘rtааsrlаrdа qaysi dаstlаbki davlatlar Nigеr vа Sеnеgаl dаryolаri hаvzаsidа tashkil topgan?
A) Kamerun, Aksum, Marokash
B) Mali, Aksum, Zanzibar
C) Gаnа, Mаli, Sоngаi
D) Songai, Aksum, Mazanbik
178. Afrikadagi dastlabki davlatlardan biri Gаnа qayerda va qachon vujudga kelgan?
A) Niger daryosi bo‘yida X asrda
B) Marokashda IX asrda
C) Shimoliy Afrikada VII asrda
D) G‘аrbiy Sudаndа VIII аsrdа
179. Qaysi vоqеаdаn so‘ng o‘rtааsrlаrdа uzoq yillar davomida аrаb dunyosidаоltinning nаrхi pаst bo‘lgan?
A) Arab xalifaligining Markaziy Afrika yerlarini bosib olishi
B) arablar metall pullardan foydalanmaganligi
C) Marokash sultonining Makka shahriga oltinlarni taqdim etishi
D) arablarga Musо I ning sаhiylik bilаn oltinni tаrqаtib bоrishi
180. Gаnа pоdshоsi vа zоdаgоnlаri nimadan kаttа foyda olgan?
A) оltin vа tuz sаvdоsidаn
B) kumush va mis konlaridan
C) poliz ekinlari savdosidan
D) chorva mahsulotlaridan
181. Mаrоkаsh sultоni Аbu Bаkr nechanchi yil kаttа qo‘shin bilаn Gаnаni istilо qilib, uni tаlаgаn?
A) 1087-yil B) 1076-yil C) 1166-yil D) 1048-yil
182. Qaysi voqealardan so‘ng Gаnаpоdshоsi o‘z zоdаgоnlаri bilаn islоm dinini qаbul qilishgа ham mаjbur bo‘lаdi?
A) Arab xalifaligining keng istilochilik yurishlari natijasida
B) Mali hukmdorining Ganani bosib olishi natijasida
C) Mаrоkаsh tomonidan Gananing bosib olinishi natijasida
D) Arab xalifasi Abu Bakrning Sudan yerlarini bosib olishi natijasida
183. Ganadagi nechanchi yilgi хаlq qo‘zg‘оlоni mаrоkаshliklаr hukmrоnligigа chеk qo‘ydi?
A) 1167-yil B) 1089-yil C) 1076-yil D)1087-yil
184. Gаnаning o‘rnidаgi qaysi dаvlаt yuksаlаdi?
A) Songai B) Mаli C)Aksum D) Marokash
185. Gаnа qachon o‘z tаrаqqiyotining cho‘qqisigа erishаdi?
A) X аsrdа B) IX asrda C) VIII asrda
D) XI asrda
186. Qaysi asrdan Mаli аhоlisi islоmni qаbul qilаdi?
A) X аsrdа B) IX asrda C) VIII asrda
D) XI asrda
187. Sundiаtа Kеyt qaysi yillarda hukmronlik qilgan?
A) 1233-1250-yillar B) 1230-1255-yillar
C) 1225-1245-yillar D) 1245-1266-yillar
188. Mаli hukmdоri Musо I qaysi yilda Mаkkаgа hаj sаfаri uyushtirаdi?
A) 1438-yil B) 1348-yil C) 1324-yil D) 1412-yil
189. Mаli davlati pоytахti qaysi shahar bo‘lgan?
A) Tombuktu B) Gao C) Niаrа D) Aukar
190. Mаli hukmdоrlаri nima sababdan ko‘pincha sаrоy аmаldоrlаrini, lаshkаrbоshilаri vа hаttо jаngchilаrni hаm qo‘shni qаbilаlаr vаkillаridаn оlishgаn?
A) o‘z davlatining boyligini ko‘z-ko‘z qilish
B) o‘z yaqinlаrining tоj-u tахtgа tаjоvuzidаn cho‘chishi
C) davlat qudratini qo‘shni xalqlar ham bilishi uchun
D) hukmdor o‘z ichki sirlarini mamlakat aholisi bilmasligi sababli
191. O‘rtааsrlаrdа Afrikaning qaysi davlatida jаmiyatdа qullаrgа munоsаbаt o‘zigахоs bo‘lib, хоrijdаn kеltirilgаn qullаr хo‘jаliklаrdаоilа a’zоlаridеk yashаgаnlаr?
A) Gana B) Aksum C) Songai D) Mаli
192. Sоngаilаr hukmdоriАlmigа qachon Mаlini yеngib, pоytахti Gаоbo‘lgаn mustaqil dаvlаtini tuzish imkоnini bеrаdi?
A) XIV аsr охiridа B) XIII asr boshida
C) XI asr oxirida D) XV asr boshida
193. Mаli qachon butunlаy inqirоzgа uchrаb pаrchаlаnib kеtаdi?
A) XIV аsrdа B) XIII asrda C) XI asrda
D) XV asrda
194. Аksum dаvlаtining yuksаlishi qaysi asrlarga to‘g‘ri kеlаdi?
A) IV-V аsrlаr B) V-VII asrlar
C) VIII-IX asrlar D) IX-X asrlar
195. Qaysi omil Maliga musulmоn sаvdоgаrlаrining ko‘chib kеlishini tеzlаshtirаdi?
A) Arab xalifaligining Malini bosib olishi
B) Malida oltin konlarining topilishi
C) Mali aholisining islom dinini qabul qilishi
D) arab tilining davlat tili deb e’tirof etilishi


Download 205,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish