3. Huquq va
javobgarlik
doirasida bo‘lishi
lozim.
Rahbar qarorni o‘ziga berilgan huquqlar doirasidagina qabul
qilishi mumkin. Bu erda
gap boshqarishning barcha
bo‘g‘inlarida huquq va javobgarlik ko‘lami nisbati to‘g‘risida
borayapti. Huquqlar katta, mas’uliyati esa kam bo‘lsa,
ma’muriy o‘zboshimchalikka, o‘ylamasdan qaror qabul qilishga
yo‘l ochiladi. Huquqlar oz-u, mas’uliyat katta bo‘lsa,
bu ham
hech qanday naf keltirmaydi.
4. Aniq va to‘g‘ri
yo‘nalishga ega
bo‘lishi kerak.
Har qanday qaror aniq va bajaruvchiga tushunarli bo‘lishi lozim.
Qarordan bir necha ma’no kelib chiqishiga va uni turlicha talqin
qilish yoki tushunishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
5. Vaqt bo‘yicha qisqa
bo‘lishi kerak.
Axborotlar bilan ishlash vaqtini tejash maqsadida qisqa
muddatli qarorlar qabul qilinishi lozim.
6. Vaqt bo‘yicha aniq
bo‘lishi lozim.
Har qanday qarorning bajarilish muddati aniq ko‘rsatilishi
kerak. Aks holda, uning bajarilishini ob’ektiv
nazorat qilish
imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.
7. Tezkor bo‘lishi
kerak.
Har qanday qaror o‘z vaqtida, ya’ni ishlab chiqarishdagi vaziyat
talab qilgan vaqtning o‘zida qabul qilinishi zarur. Kechikib yoki
shoshqaloqlik bilan qabul qilingan qarorning har ikkisi ham
zararlidir.
8. Samarali bo‘lishi
lozim.
Qabul qilingan qarorning samaraliligi deganda,, qo‘yilgan
maqsadga eng kam harajat bilan erishish tushuniladi.
Ma’lumki, qaror qabul qilish zaruriyati mavjud amaldagi holatning muammoni
hal etish uchun talab etiladigan holatga mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi.
Ana shu erning o‘zida muammo kelib chiqadi. Bu muammoning echimi quyidagi
savollarga javob berishni talab qiladi:
• Nima qilish kerak (masalan, iste’molchilarning yana qanday yangi talablarini
qondirish kerak yoki mahsulotning qanday sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash lozim)?
• Qaysi vositalarni (qanday texnologiyani) qo‘llash lozim?
• Ishlab chiqarish harajatlari qay darajada, qanday miqdorda bo‘lishi kerak?
• Kim javobgar bo‘lishi kerak?
• Kimga va qaysi bahoda sotish lozim?
• Bu ishlab chiqarish yoki xizmat investorga va jamiyatga nima beradi?
• Qaysi muddatlarda bajarilishi kerak?
Qaror qabul qilishda rahbarning vakolati va javobgarligi muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumki, xar bir rahbar qabul qiladigan qarorning doirasi har xil bo‘ladi. Masalan,
usta (master) asosan tezkor tusdagi kundalik masalalarga doir, sex boshlig‘i xuddi
shu
tezkor
masalalar
yuzasidan
sex
va
ish
uchastkalarining
ishini
muvofiqlashtirishga, o‘zaro moslashtirishga doir qarorlar qabul qiladi.
Direktor
(rais) asosan istiqboldagi masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi.
Turli rahbarlar qaror qabul qilishga turlicha yondoshadilar. Masalan, ulardan
ba’zilari qarorni mustaqil qabul qiladi, uning natijasini talab etilgandagina yuqori
turgan rahbarlarga ma’lum qiladi, boshqalari yuqori turgan rahbar bilan kelishmay
turib hech qanday qaror qabul qilmaydi. Uchinchi turdagi rahbarlar mustaqil qaror
qabul qilishdan cho‘chiydi, o‘z rahbari ko‘rsatmasini kutib o‘tiraveradi.
Har qanday darajadagi rahbar o‘z huquq va burchlarini, mas’uliyat va
javobgarligini, o‘z vaqtida qabul qilinmagan yoki kechiktirib qabul qilingan qaror
uchun javobgar bo‘lishini aniq tasavvur qilishi kerak. Rahbar zimmasiga yuklangan
vazifalar yuzasidan bir marta va uzil-kesil qaror qabul qilishga erishmog‘i lozim.
Har qanday mayda-chuyda narsalar yuzasidan yuqori turgan rahbarlarga murojaat
qilaverish,
birinchidan, ularni ishdan chalg‘itsa, ikkinchidan, bu rahbarning bilim
doirasi torligidan, o‘z
sohasini yaxshi bilmasligidan, o‘z vazifasini uddalay
olmayotganligidan dalolat beradi. Har qanday rahbar ham, qolaversa oddiy xodim
ham o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni tezkorlik bilan hal qilishni o‘zining
burchi ekanligini yaxshi bilishi kerak.
Ko‘ndalang turgan masalalar yuzasidan bir marta va uzil-kesil qaror qabul
qilishga erishmoq kerak. Boshqaruvning har bir bo‘g‘ini o‘z ishini bajarishi kerak,
yuqori organlarga
hadeb murojaat qilinaversa, ular yirik muammolar bilan
shug‘ullanishga etarli vaqg topa olmay qolishlari mumkin. Quyi organlar o‘z
huquqlari doirasidagi masalalarni tezkor hal qilishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: