Operatorlarning ish xarakteristikalari xaqida keltirilgan sub`ektiv ma`lumotlar ob`ektiv izlanish ma`lumotlari bilan tasdiqlanadi. "Arifmetik amallar" testini bajarish natijasida tekshirilganlarning 33 % da aqliy toliqish qayd etilgan.
Yaxshi ish sharoitida (optimal mikroiqlim, optimal sun`iy yoritilganlik, ekrandagi shakllar aniq va ravshan ko’ringanlik, ish joyiratsional tashkil qilingan) ikki soat bir xil ishni bajargan ma`lumotlarni kirituvchi operatorlarning psixofiziologik ahvolini tekshirish qiziq natijalarni berdi.
Tekshirilganlarning (jami 12 kishi) 80%da (elektroentsefalogramma ko’rsatkichlari bo’yicha). 45-60 minut uzluksiz ishlaganidan so’ng ish qobiliyati va miya faolligi pasayib, so’ng ko’tarilib, ish tugashiga yaqin o’z xolatiga yaqinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |