Videoadapterlar



Download 1,15 Mb.
Sana06.02.2022
Hajmi1,15 Mb.
#432448
Bog'liq
19-mavzu SK


Videoadapterlar. Videoadapter biz ekranda ko‘rayotgan tasvirlar ko‘rinishiga aylanuvchi signallarni uzatish orqali kompyuter bilan monitor orasidagi interfeysni ta’minlaydi. ShKning rivojlanish tarixi davomida muvaffaqiyat bilan bir necha standartlar ishlab chiqarilgan.
Ularning har bir keyingi yaratilganiga nisbatan yuqori darajadagi tiniqlik va rang jilosini ta’minlar edi. Quyida videoadapterlarning standartlari keltirilgan.
–– MDA (Monochrome Display Adapter)
–– HGC (Hercules Graphics Card)
–– CGA (Color Graphics Adapter)
–– EGA (Enhanced Graphics Adapter)
–– VGA (Video Graphics Array)
–– SVGA (Super VGA)
–– XGA (eXtended Graphics Array)
–– UGA (Ultra Video Graphics Array)
Videoadapterning ish faoliyati uchun quyidagi komponentlar bo‘lishi kerak:
–– Video-BIOS;
–– grafik protsessor;
–– videoxotira;
–– raqamli-analogli o‘zgartirgich (DAC);
–– razyom;
–– videodrayver.
Videoadapterning BIOSi. Videoadapterlar tizimli BIOSgao‘xshagan o‘zlarining BIOSi ega, ammo undan butunlay mustaqildir. Agar monitorni tizimli blokdan avval ishga tushirsangiz, tizimni ishga tushishining boshida videoadapter BIOSining belgisini ko‘rish mumkin. Videoadapterning BIOSi tizimli BIOSga o‘xshab, DXQ mikrosxemasida saqlanadi. U o‘z tarkibida videoadapter qurilmasi bilan dasturiy ta’minot orasidagi interfeysni ta’minlovchi asosiy buyruqlarni saqlaydi. POST jarayoni bajarilayotgan vaqtda BIOS funksiyalariga murojaat qilinsa, monitor haqidagi axborotni chiqarib berish va diskdan har qanday boshqa dasturiy drayverlar yuklanguncha tizimni yuklash imkonini beradi.
Grafik protsessor. Ba’zi vaqtda grafik akselerator yoki mikrosxemalar to‘plami deb ataladigan grafik protsessor adapterning tezligini va uning funksional imkoniyatlarini tavsiflaydi (1-rasm).
Grafik protsessor videoadapterning eng asosiy qismi bo‘lib, ko‘pincha tashqaridan qaraganda videokartaning kuleri bilan to‘sib

1-rasm. Grafik protsessor.
qo‘yilgan bo‘ladi. Ko‘pincha grafik protsessor videokartaning eng katta va eng issiq komponenti hisoblanadi.
Videoxotira. Ko‘pchilik videoadapterlar ishlov bergan tasvirlarni saqlash uchun o‘zlarining xotiralari bilan kifoyalanadi, vaholonki ba’zi bir AGP videokartalari uch o‘lchamli teksturalarni saqlash uchun tizimli tezkor xotiradan foydalanadilar. Asosan zamonaviy grafik adapterlar hajmi 256 Mbaytdan ortiq bo‘lgan shaxsiy videoxotiralari bilan jihozlangan bo‘lib, tizimga AGP porti yoki PCI Express x16 interfeysi orqali ulanadi.
Platada videoxotira 2-rasmda ko‘rsatilganidek grafik protsessor yonida joylashgan bo‘ladi. Videokartada xotira chiplari (odatda, ular ikkitadan sakkiztagacha bo‘ladi) ko‘pincha grafik protsessorning bir tarafida yoki atrofida joylashgan bo‘ladi. Ular kichkina qora to‘g‘ri to‘rtburchak yoki bir xil o‘lchamdagi kvadrat shaklida bo‘ladi.

2-rasm. Videoadapterning kengaytirish platasiga o‘rnatilgan
videoxotira.
Z amonaviy videokartalar ko‘pincha 128, 256 yoki 512 Mbayt xotiraga ega, bunda DDR2 xotirasi ishlatilgandek, GDDR3 xotirasi ham ishlatiladi. Videokartaning xotira sig‘imi qancha katta bo‘lsa, shuncha grafik ma’lumotlarni mahalliy saqlash mumkin, ya’ni ularni olish uchun kompyuter xotirasiga murojaat qilishga o‘rin qolmaydi. Taktlash chastotasi, xotira hajmi va shina kengligi bilan farq qiluvchi ikkita videokarta orasidan xotira hajmi kichik va kengligi katta bo‘lgan shinali videokartani tanlash kerak.
Raqamli-analogli o‘zgartirgich. Videoadapterning raqamlianalogli o‘zgartirgichi (odatda, RAMDAC deyiladi) kompyuter tomonidan yaratilayotgan raqamli tasvirni monitorda aks etadigan analog signalga o‘zgartiradi.

3-rasm. Videokartaning interfeysi qismi
Razyom. Turli videoadapterlar har xil tizim shinalari bilan birgalikda foydalanish uchun ishlab chiqarilgan. Dastlabki IBM MCA, ISA, EISA va VL-Bus kabi standart shinalar VGA standartining adapterlari bilan birgalikda ishlatilar edi. Ularning hozirgi vaqtda qo‘llanilmasligi bunday masalalarni yechishga ularning tezligining pastligi bilan bog‘liq. Zamonaviy videoadapterlar PCI, AGP va PCI-Express shinalari uchun ishlab chiqarilyapti.
Videokarta o‘zining interfeys qismi bilan kompyuterning tizimli platasiga o‘rnatiladi. Bu slot yordamida kompyuter va videokarta o‘zaro axborot almashadi.
Videodrayver. Dasturiy drayver – bu videotizimning elementi bo‘lib, uning yordamida dasturiy ta’minotning videoadapter bilan aloqasi amalga oshiriladi. Videoadapter yuqori tezlikda ishlaydigan protsessor va eng samarali xotira bilan jihozlangan bo‘lsa ham, yomon drayver bu xususiyatlarni yo‘q qilishi mumkin. Videodrayverlardan videoadapterning protsessorini quvvatlash uchun foydalaniladi.
Eng unumdorli videoadapterlardan biri quyidagi rasmda ko‘rsatilgan. Uning ba’zi bir komponentlari ventilator va issiqlik yo‘naltirgichni o‘z tarkibiga olgan grafik protsessorning (GPU) sovitish tizimi ostida joylashgan.

4-rasm. Ikkita monitor bilan ishlash uchun moslashgan yuqori unumdorli nVidia GeForce 8800 GTX videoadapteri.

5-rasm. PCI Express x1 interfeysli TV Wonder 650 adapteri.
Asosan, hamma videoadapterlar uch o‘lchamli grafikaga katta tezlikda ishlov beruvchi mikrosxemalar to‘plamidan foydalanadi.
5-rasmda TV-tyuner, videokirish va videochiqish funksiyalari bilan jihozlangan ATI TV Wonder 650 adapteri ko‘rsatilgan.
Bu adapter PCI Express x1 interfeysi, analog telesignallarning, FM-radio, S-video, stereo-audio va HDTV telesignalining kirishi bilan jihozlangan, ammo boshqa platalarda PCI interfeysi amalga oshirilgan.
Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish