. 104: 600°S da
K=2,22 . 101 teng. SO3 ning xosil bulish reaksiyasi tenglamasini
SO2 + 0.5O2 <==> SO3
shaklida yozib muvozanat konstantasini parsial bosimlar bilan ifodalasak:
ni olamiz. Bu yerda Pso3-SO3 ning parsial bosimi; Pso2-esa SO2 ning parsial bosimi; Ro2- kislorodning parsial bosimi. Yukoridagi ifodadan, SO3 parsial bosimining SO2 ning parsial bosimiga nisbati, ya'ni reaksiyaning unumini ifodalovchi kiymat kislorodning parsial bosimi kvadrat ildiziga proporsional ekanligini kuramiz. Demak, reaksiyada SO3 unumini oshirish uchun O2 dan mul olish kerak. Gazlar katalizatorga yetmasdan avval turt xissa xavo bilan aralashtirilsa, reaksiyaning unumi 450°Sda 80.5% ga (400°S da esa 99.5% ga yetadi).
Sulfat angidrid bug xolatdagina SO3 tarkibiga ega. Suyuk va qattiq xolatda esa polimerlangan xolatga ega buladi. SO3 buglari kondensatlanganida 44,8 s da qaynaydigan suyuklik xosil buladi. Uni 16,8oS ga kadar sovitilganda kotib muz kabi tinik jismga aylanadi. Bu – muzsimon sulfat angidrid (yoki -SO3) bulib, uning solishtirma ogirligi 1,995 g/sm3. U siklik tuzilishga ega bulgan trimerlardan iborat:
Qattiq xolatdagi sulfat angidridning umumiy formulasi (SO3)n. Muzsimon sulfat angidrid uzok vakt turganda asta-sekin asbestsimon shaklga utadi. Asbestsimon sulfat angidrid ipak kabi yaltirok tolalardan iborat β-SO3 dir.
Uning formulasini
shaklida yezish mumkin.
Asbestsimon sulfat angidrid tolalari turli uzunlikda buladi. U amorf modda bulgani uchun anik suyuklanish xaroratsiga ega emas. Asbestsimon sulfat angidridning muzsimon SO3 ga nisbatan ximiyaviy aktivligi kamrok buladi.
Bug xolatdagi SO3 molekulasining tuzilishini kuyidagicha izoxlash mumkin: SO3 molekulasi xosil bulishida S atomi uzining gibridlangan 3S va 3P - pogonachalaridan ikki elektonni ikkita kislorod atomiga berib S2+ ioniga aylanadi; ikkala kislorod xar biri bittadan tok elektronga ega. Bu ionlar oltingugurtning ikkita tok elektroni bilan juftlashadi. S2+ ning kolgan ikkita tok elektroni bilan uchinchi kislorod atomining ikkita tok elektroni juftlashadi:
Demak, SO3 molekulasida S atomi uchta kislorod atomlari bilan turtta kovalent va 2 ta ion boglar orqali birikkan buladi. Sulfat angidrid suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi:
SO3 + H2O = H2SO4
Sulfat angidrid bulagi ustiga bir tomchi suv tushsa,portlash reaksiyasi sodir buladi. Lekin, sulfat kislota olish uchun SO3 ni suvda bevosita eritib bulmaydi, chunki ozgina SO3 suvda eriganida tuman xosil bulib, uning bundan keyingi erishiga yul kuymaydi. Shuning uchun SO3 ni 98% li H2SO4 da eritiladi. Natijada uz tarkibida SO3 ni eritgan tutovchi H2SO4-oleum xosil buladi. Oleumning asosiy kismini pirosulfat kislota H2S2O7 tashqil qiladi. Suv ta'sir ettirilganda pirosulfat kislota kaytadan sulfat kislotaga aylanadi:
H2S2O7 + H2O = 2H2SO4
Xavoda H2S2O7 ning tutashiga sabab shuki, u uzidan sulfat angidridni chikarib turadi, toza H2S2O7 +35°S da kotadi.
Kimyoviy toza sulfat kislota H2SO4 (boshkacha aytganda monogidrat) moysimon rangsiz suyuklikdir. Kadim zamonlarda temir sulfatni kizdirib H2SO4 olinganligi uchun "kuporos moyi" deb xam yuritiladi. Konsentrlangan sulfat kislotaning solishtirma ogirligi d=1.84g/sm3. U suv bilan xar kanday nisbatda aralashadi. Sulfat kislotaning elektr utkazuvchanligi uning tarkibidagi H2O va SO3 miqdorlariga boglik. Tarkibida 20-30% H2SO4 bulgan eritma eng yukori elektr utkazuvchanlikka ega, shu sababli akkumulyatorlarda 20-30% li sulfat kislota eritmasidan foydalanilganda akkumulyator eng kichik ichki karshilikka ega buladi.
Sulfat kislota kuchli kislotalardan xisoblanadi. U ikki negizli. Lekin uning birinchi boskich dissosiasiyasi kariyb 100% ga yakin; ikkinchi boskich dissosiasiya konstantasi esa
[H+][SO42-]
K2 = ------------= 1,29 . 10-2 ga teng;
[HSO4-]
binobarin, sulfat kislota uzining ikkinchi boskich dissosiasiya konstantasiga kura urtacha kuchdagi elektrolitdir. U normal sulfatlar va gidrosulfatlar xosil qiladi. Tarkibida 93% dan ortiq H2SO4 bulgan sulfat kislota eritmasini chuyan idishda saklash va tashish mumkin. Sulfat kislotaning suyukrok eritmalari kurgoshin idishlarda saklanadi. Suyultirilgan sulfat kislota eritmasida zarracha rolini H+ ionlari bajaradi.
Zn + H2SO4 = ZnSO4 + H2
AL + 3H2SO4 = Al2(SO4)3 + 3H2
Fe + H2SO4 = FeSO4 + H2
Mg + H2SO4 = MgSO4 + H2
Konsentrlangan sulfat kislota kizdirilganda metallarga ta'sir qiladi. Bu xolda oksidlovchi rolini S6+ atomi bajaradi. Kupincha sulfat kislota SO2 ga kadar kaytariladi.
Cu + 2H2SO4 = CuSO4 + SO2 + 2H2O
2Ag + 2H2SO4 = Ag2SO4 + SO2 + 2H2O
Sulfat kislota sanoatda nitroza va kontakt usullari bilan olinadi. Ikkala usulda xam dastlab pirit yoki oltingugurt yondirilib, SO2 xosil qilinadi.
4 FeS2 + 11O2 = 2Fe2O3 + 8SO2
S + O2 = SO2
Keyingi vaktlarda nitroza usuli bilan sulfat kislota olish maxsus minoralarda olib borilganligi sababli, bu usul minora usuli nomi bilan yuritiladi. Bu usulda kameralar va barcha minoralarda gaz fazada 2NO+O2=2NO2 reaksiya boradi. Kameralarda, Glover minorasida suyuk faza bilan gaz faza chegarasida:
SO2 + H2O ---> H2SO3
NO + NO2 + H2O = 2HNO2
reaksiyalar boradi. Gey Lyussak minorasida va kameralarda suyuk faza bilan gaz faza chegarasida
NO + NO2 + 2H2SO4 = 2H2O + 2NOHSO4
reaksiyasi sodir bulib, oraik maxsulot nitrozil sulfat kislota NOHSO2 xosil buladi.
Glover minorasida va kameralarda suyuk fazada:
2NOHSO4 + H2O = 2H2SO4 + NO + NO2
H2SO3 + 2HNO2 = H2SO4 + 2NO + H2O
reaksiyalar sodir bulib, buning natijasida kariyb 80% li H2SO4 xosil buladi.
Kontakt usulida esa SO2 450°S da katalizator (V2O5) ishtirokida oksidlanib SO3 xosil buladi, sungra SO3 98% li H2SO4 ga yuttiriladi. Natijada "oleum" olinadi. Vodorod sulfid bilan sulfat angidrid -78°S da reaksiyaga kiritilsa, suvsiz tiosulfat kislota xosil buladi:
H2S + SO3 = H2S2O3
Odatdagi xaroratda H2S2O3 bekaror modda, u parchalanib ketadi:
H2S2O3 = H2O + S + SO2
Lekin uning tuzlari - tiosulfatlar barkaror moddalardir.
Tiosulfatlarni xosil qilish uchun natriy sulfit eritmasini oltingugurt kukunlari bilan qushib qaynatiladi:
Na2SO3 + S = Na2S2O3
Tiosulfat ion S2O32- tarkibidagi ikkita S atomlaridan birining oksidlanish darajasi +6 bulib, ikkinchisiniki -2 dir. Na2S2O3 suvdagi eritmadan Na2S2O3.5H2O shaklida kristallanadi.
Texnikada xlorli moddalar ta'sirida okartirilgan matolarni xlordan tozalash uchun Na2S2O3 qullaniladi.
Na2S2O3 + 4CL2 + 5H2O ---> 2NaHS2O4 + 8 HCL
Shuning uchun Na2S2O3 "antixlor" nomi bilan xam yuritiladi. Fotografiyada Na2S2O3 ning kulanilishi kuyidagi reaksiyaga asoslangan:
AgBr + Na2S2O3 = Na[Ag(S2O3)] + NaBr
Natijada fotoplastinkadan ortib kolgan kumush bromid yuvilib ketadi.
Oltingugurtning eng kup tarkalgan galogenli birikmalari uning xlorli birikmalari S2CL2, SCL2, SCL4 xisoblanadi. Oltingugurt monoxlorid S2CL2 suyuklantirilgan S ustidan kuruk xlor utkazish yuli bilan xosil qilinadi.
2S + CL2 = S2CL2
S2CL2 kovok rangli va yokimsiz xidli suyuklik, uning (0°S dagi) solishtirma ogirligi 1.709 g/sm3; u suv ta'sirida parchalanadi; bu vaktda kuyidagi reaksiya sodir buladi:
S2CL2 + 2H2O = H2S2O2 + 2HCL
H2S2O2 H2S + SO2
H2S + SO2 = 3S + 2H2O
Oltingugurtning ftor bilan 5 ta birikmasi olingan. S2F2, SF2, SF4, SF6, S2F10. Oltingugurtning ftorli birikmalari ichida oltingugurt geksaftorid SF6 yukori kuchlanish bilan ishlaydigan elektr kurilmalarda gazsimon izolyator sifatida ishlatiladi. U kislorodda xam, H2 da xam yonmaydi; u xidsiz modda bulib zaxarli xam emas. SF6 oltingugurtning F2 bilan bevosita birikishidan olinadi.
S + 3F2 =SF6
Oltingugurt brom bilan faqat birgina birikma oltingugurt monobromid - S2Br2 ni xosil qiladi. S2Br2 kungir rangli suyuklik, uning 20° dagi solishtirma ogirligi 2.635g/sm3, muzlash xaroratsi -46°S.
Oltingugurtning yettita oksogalogenidlari ma'lum. Bulardan oksixloridlari kuyidagilar: tionilxlorid SOCL2, sulfuril xlorid-SO2CL2, xlorsulfon kislota HSO3CL.
Oltingugurt azot bilan bir necha birikma xosil qiladi. Ularning tarkibi (SN)n; S4N4; S16N2 formulalar bilan ifodalanadi. S4N4 suyuk xolatdagi oltingugrtning ammiak bilan uzaro ta'siridan xosil buladi:
10S + 16NH3 = S4N4 + 6(NH4)2S
Oltingugurt tetranitrid sarik kristall modda; u +178°S da suyuklanadi, uglerod sulfidda eriydi.
Texnikada yukori xarorat xosil qilishda kislorod keng qullaniladi, ozon esa kuchli oksidlovchi bulganligi uchun ichimlik suvlarini tozalashda va dizenfeksiya maksadlari uchun ishlatiladi. Oltingugrt va uning birikmalari medisinada, kimyo sanoatida, kishlok xujaligida va boshka soxalarda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |