VI bob Tug’ilishning etnik aspektlari.
Ma’lumki tug’ilish ko’rsatkichlari turli xalqlarda katta tafovutlarga ega. Lekin milliy mansublik o‘z-o‘zidan tug’ilish darajasini belgilamasdan, unga turli omillar majmuasi: fiziologik, oila-nikoh, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va nihoyat diniy ta’siri bilan xususiyatlanadi. Ushbu omillar turli xalqlarda turlicha birlashib, u yoki bu yo’nalishda ta’sir etadi, turlicha ta’sir kuchiga ega bo’lib etnik aspekt o’ziga xosligini ta’minlaydi. Ushbu narsalar ba’zida qo’shni yashaydigan xalqlarda ham tug’ilish ko’rsatkichlarida keskin tafovutlarga sabab bo’ladi. Ayni paytda qo’shni xalq u yoki bu etnosni demografik ……. o’zgarishiga ta’sir etishi mumkin.
Endi tug’ilishga, uning etnik jihatlariga ta’sir etuvchi omillarga alohida to’xtalamiz.
Ayol o’z hayoti davomida cheklangan sondagi farzand ko’rishi mumkin ekanligi va ko’p tug’ish insonni tabiati tomonidan belgilamgan omillardan biri fiziologik bo’lishini ta’minlaydi.
Tabiat tug’ishning o’rtacha darajasi, ya‘ni farzandlar soni, doimo turmushda bo’lib hech qanday tug’ishni cheklash uchun maxsus choralar ko’rmagan ayolda taxminan 10 tagacha bo’ladi. Ayni paytda egizaklarni (2-3 tadan) tug’ishga genetik jihatdan moyil ayollarda bolalar soni 40 tagacha ham yetishi mumkin.
Tug’ishning fiziologik omili reproduktiv davrning uzunligi bilan ham bog’liqdir. Ayollarda bu 12-17 yoshida boshlanib 45 yoshigacha davom etadi. Erkaklarda reproduktivlik 15 yoshdan boshlanib 55-70 yoshgacha bo’ladi. (ayrim holatlarda 80-90 va undan katta yoshdagilarning yosh ayollari tug’ishi uchraydi). Reproduktiv yosh etnik yoki irqiy xususiyatlarga bog’liq emas. Egizak tugish bo’yicha esa hududiy (balki irqiy) differensatsiya bo’lishini olimlar mumkin deb hisoblashadi. Bunday homiladorliklar eng ko’p uchraydigan hudud Tropik Afrikadir. Bunday tug’ilishlar Janubiy Osiyo aholisida ham tez-tez takrorlanib turadi. Yevropada egizak homilalar ancha kam, Sharqiy Osiyoda esa juda ham kam uchraydigan holatdir.
Fiziologik, aniqrog’i tug’ilishning genetik omillariga er-xotinlarni rezus-faktorli bo’lishidir. Ushbu holatda bola tashlash yoki o’lik bolaning tug’ilishi hollari ko’payadi. Ko’pchilikda rezus-faktor ijobiy bo’lganidan er va xotinni ushbu tasnifi mos kelmasligi darajasi juda past. Lekin ayrim xalqlarda manfiy rezus faktor nisbatan yuqori bo’lib ushbu holatda homilani tushishi (ayniqsa takror tug’ishlarda) holatlari ko’payadi. Manfiy rezus faktor yevropa xalqlarida ko’proq uchraydi, basklarda hatto 30 % ga yetadi.
Bola tug’ilishi imkoniyatlari inson kasallansa, ayniqsa venerik kasalliklarni boshdan kechirsa ham pasayadi. Venerik kasalliklar eng keng tarqalgan hudud Afrika, ayniqsa uning Markaziy qismidir. Afrikaliklarning asosiy qismi bu kasallikni boshdan o’tkazgani, ayrimlarini oxirigacha davolanmagani sababli ko’pchilik ayollar …….. yoshiga yetmasdan bepusht bo’lib qoladilar. Venerik kasalliklarni tarqalishi o’z mohiyatiga ko’ra tug’ilishning fiziologik omili hisoblansada, ko’pincha mamlakatda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar va aholining madaniyati darajasiga (davolanish uchun imkoniyat va hohish-istak bo’lishi, sanitar-gigiyena sharoiti bo’lishi va hokazolar) ham bog’liqdir.
Tug’ilishning fiziologik omillari haqida so’z yuritilganida shuni ta’kidlash joizki ular o’zini ongli ravishda oilada tug’ilishni cheklamayotgan aholida, mamlakatda ish berishi mumkin.
Tug’ilish ko’rsatkichiga ancha ta’sir etadigan omillardan yana biri oila-nikoh munosabatlari: nikohga kirish yoki, aholini oila-nikoh munosabatlariga tortilishi darajasi, ajralish va qayta nikohga kirish imkoniyatlari, nikoh turlari va oila tiplaridir. Ushbu jihatlar turli xalqlarda turlicha bo’lganidan oila- nikoh omillari aksari etnik tus oladi. Masalan turli etnoslarda nikohga kirish yoshi katta tafovutlarga ega. Ko’pgina mamlakatlarda minimal nikohga kirish yoshi qonunlashtirilgan, u Ispaniya, Gretsiyada, Lotin Amerikasining qator mamlakatlari, AQSHning ayrim shtatlarida 12 yoshdan 18 yoshgacha yevropaning aksari davlatlarida belgilangan. Lekin bu borada o’rnatilgan qonunchilik me’yorlari va amaldagi voqeliklar qat’iyan bog’langan emas. Mamlakatda rasman e’lon qilingan minimal nikoh yoshi ushbu yoshda ko’pchilik nikohga kirar ekan degani emas, albatta. Jumladan Lotin Amerikasining beshta davlatidaqizlarga qonun bo’yicha 12 yoshdan turmushga chiqishga, yana 9 ta davlatda 14 yoshdan, Afrikada faqat 5 ta mamlakatda 15 yoshgacha erga tegishga ruxsat berilgan. Lekin nikohga kirish o’rtacha yoshi Afrikada 18,5, Lotin Amerikasida 20,5 yoshdir. Ko’pchilik xalqlarda ko’pchilik nikoh qonunda ruxsat berilgan yoshdan keyin bitiladi, bu borada erkaklar yoshi yana ham yuqoriroq bo’lishini ta’kidlash lozim. Odatda nikohga kirgan erkaklar yoshi ayollarnikidan yuqori bo’lsada, qator etnoslarda (avstraliya qabilalari, Janubiy Amerika hindulari, Hindiston xalqlarida) yoshi katta erkaklarni yosh qizlarga uylanishi an’anasi saqlanib kelmoqda. Ayrim xalqlarda (masalan mardva, udmurt, xitoyliklar, koreyslarda) aksincha o’tmishda nikohda kelin 10-15 yosh katta bo’lgan hollar ko’p uchragan.
Nikohga kirish yoshi ko’pgina sabablar, xususan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat ham ta’sir etadi. Jumladan erta nikohga kirish an’anaviy jamiyatlarga xos bo’lib, u mavjud ijtimoiy tartiblar, xo’jalik ehtiyojlari (erni oilasi ertaroq qo’shimcha xizmatkorga ega bo’lishga intiladi) bilan izohlanad. Erta erga berish patriarxal tartiblar saqlangan kelinni bokiraligini aniq ta’minlashga qaratilgan.
Agar agrar mamlakatlarda xo’jalik faoliyati erta nikohlarga moyil bo’lsa, industrial jamiyatlarda aksincha nikohga kiruvchilar iqtisodiy mustaqillikka erishgandan so’ng oila quradilar. Oliy ma’lumot olish imkoniyati ham nikohga kirishni kechiktiradigan omillardan biridir. Ayni paytda mamlakat taraqqiyoti va o’rtacha nikohga kirish yoshi orasida bevosita bog’liqlik kuzatilmaydi. Yevropada nikohga kech kirish boshqa mamlakatlarga nisbatan pastroq rivojlangan Irlandiyada bo’lib 30 yoshga teng.
Nikohga kirish yoshi tug’ilish ko’rsatkichiga bevosita ta’sir etadi. Erta nikohga kirish keng tarqalgan xalqlarda tug’ilish yuqori bo’ladi. Aynan nikoh yoshi past bo’lgan hududlarda tug’ilish darajasi maksimal holatdadir. Afrikada o’rtacha nikohga kirish yoshi eng past 18,5 yoshni tashkil etadi. Yosh oila qurganda farzand ko’rish davri uzayishidan tashqari yoshlikda homilador bo’lish darajasi yuqori bo’lishi bilan ham izohlanadi. Ayni paytda nikoh yoshini farzand tug’ilishiga ta’sirini ko’rsatish bilan birgalikda, ushbu ko’rsatkich oilada farzand sonini rejalashtirish bo’lmagan xalqlarda ko’p ekanligini ta’kidlash joiz.
Nikohga kirish yoshi bilan nikohda bo’lgan kishilar soni bevosita bog’liq. Erta nikohga kiruvchi aholida, kech oila qurgan xalqlarga nisbatan uylanganlar va erga tekkanlar soni yuqori bo’ladi. Jumladan Afrika va Osiyoda nikohda bo’lgan kishilar soni qonun bo’yicha nikoh yoshidagilarni 95-100 % ni tashkil qilsa, yevropada bu ko’rsatkich juda kam holatlardagina 90 % dan oshishi mumkin. Ushbu ko’rsatkich hajmiga u yoki bu xalqni uylanmaganlikka yoki turmushga chiqmaganlikka munosabati ham katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan ko’pgina Afrika xalqlarida uylanmagan erkaklarga ochiqchasiga salbiy munosabat bildiriladi. Osiyo va Afrikaning ko’plab xalqlarida turmushga chiqmagan ayollarning ijtimoiy mavqei erlik ayollarnikidan ancha past. Buning aksicha yevropa xalqlari oila qurmaganlik holatiga befarq munosabat bildiradilar.
Tabiiy nikohda bo’lganlar sonining ko’pligi tug’ilishning yuqori bo’lishiga qo’shimcha imkoniyat yaratadi. Nikoh farzand tug’ilishida majburiy shart bo’lmasada, bolalarning ma’lum qismi nikohda tug’ilmasada aksari farzandlar ko’plab mamlakatlarda nikohdagi oilalarda tug’iladi. Lotin Amerikasi, Karib havzasi mulatlar yashaydigan mamalakatlarda, Afrikada( Seyshel orollari, Kabo-Verde, San-Tome va Prinsipi va hokazolarda) nikohsiz birga yashaydiganlar yoki konkubinat keng tarqalgan. Bir necha yil o’tib konkubinat bo’yicha qo’shilgan juftliklar nikohlarini qayd etishadi. Vest-Indiya orollarida erkaklar va ayollar orasidagi ittifoqning bu turi, aholini asosiy qismi o’tmishda qul bo’lganligi, ularni nikohga kirishi qiyin yoki butunlay mumkin bo’lmagani bilan bog’liq hozirgi avlodlar an’anani davom ettirayotgani deb tushunish mumkin. Eslatilgan hududlarda konkubinatlarga munosabat befarq, ularning farzandlariga tazyiq bo’lmasada yuridik jihatdan qayd etilgan nikohlarda, hujjatlashtirilmagan juftliklardagiga nisbatan tug’ilish ko’rsatkicha ko’proq bo’ladi.
Tug’ilish ko’rsatkichlariga ta’sir etuvchi narsalardan biri ajralish imkoniyati va qayta nikohga kirish (ajrashgandan yoki jufti vafot etgan hollarda) imkoniyatlari hamdir. Urug‘-qabilachilik darajasida yashayotgan xalqlar (etnoslar)da ajralish juda oson. Ajralishga taraqqiy etgan xalqlarda munosabat turlicha. Bu borada din omili katta o’rin tutadi. Islom shariat bo‘yicha yashayotgan aholida ajrashish erkaklar uchun katta qiyinchilik tug’dirmaydi.
Xristianlarda ajralishga munosabat birmuncha qat’iyroq, bu ayniqsa cherkovda (provaslav, katolik, monofizitlarda) nikoh qilingan juftliklarda rioya qilingan. O’tmishda katoliklarda ham, provaslavlarda hamerni xotinidan ajralishi deyarlik mumkin bo’lmasdan Rim papasi yoki Muqaddas Sinod ruxsati kerak bo’lgan. Protestantlarda ta’qiq yo’q lekin cherkov bu ishni yoqlamaydi. Induizmda ham ajralishlar qoralanadi.
Qayta nikohga kirishga ham diniy mansublik, mavjud xalq an’analari katta ta’sir ko’rsatadi. Urug’-qabilachilik darajasida yashayotgan aholida qayta turmush qurishga hech qanday to’siq kuzatilmaydi.
Islom diniga mansub aholida ham bu borada ta’qiqlar bo’lmaydi lekin ayol homilador yoki yo’qligi ma’lum bo’lishi uchun 2-3 oy kutiladi. Musulmonlarda ilgari levirat, sarorat turidagi nikohlar ham uchrab turgan.
Zamonaviy xristian xalqlarda qayta turmush qurish (ajralishga ruxsat berilgan bo’lsa ajrashganlarga ham) ga munosabat me’yorli, lekin bevani vafot etgan eriga sadoqatli qolishi yuqori qadrlanadi. Ilk xristianlik davrida bevani qayta nikohga kirishiga salbiy munosabatda bo’lishgan.
Buddizmda ham qayta nikohga kirishga taqiq yo’q, lekin beva ayollar narigi dunyodagi yangi hayotga yahshiroq tayyorlanish uchun ongli ravishda yakka qoladilar.
Xitoy diniy-etik me’yorlari bo’yicha “eriga sadoqatli qolgan bevalar” namuna sifatida qadrlanganlar. Ularga vafotlaridan so’ng haykallar o’rnatilgan. Lekin bu odatning o’zi namunali bevalarni ko’p bo’lmaganidan nishondir.
Bevalarni qayta nikohga kirishiga induizm ayniqsa qarshi bo’lgan, Hindistonda mustamlaka ma’murlari 1856 yili bevalarga qayta turmush qurishiga ruxsat beradigan qonun chiqarsada, jamiyatda unga munosabat salbiyligicha qoladi. Induizmda qayta nikohga ruxsat bo’lmasligi tug’ilishga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Qolaversa induizmda erning yoshi katta bo’lishi odati keng tarqalgan. Natijada yosh bevalar (ba’zida 15-20 yoshda) farzandli bo’lish jarayonidan cheda qoladi.
Farzand tug’ilishiga xalqda qabul qilingan nikoh turi ham ancha ta’sir etadi. Ko’pchilik etnoslarda nikoh monogamli. Ayni paytda ayrim xalqlarda poligamiya ham saqlanib kelmoqda. Poligam nikohlar ikki turga bo’linib: poliginlisida er bir necha xotinli bo’lsa, poliandriyada ayolning bir necha eri bo’ladi.
Poligin nikohlar islom diniga mansub arablar, ……. va hokazolarda uchraydi. „Qur’on” bo’yicha erkak 4 tagacha xotin va imkoni darajasida kanizaklari bo’lishi mumkin. Poligin nikohlar Afrika xalqlarida faqat islomga e’tiqoddagi emas mahalliy dinlarga sig’inadiganlarida ham mavjud. Avvallari poligin nikohlar Hindiston va Xitoyda ham bo’lgan. Ko’pxotinlilik ayrim hindu qabilalari xususan avstraliya aborigenlarida ham uchragan. Yevropa xalqlarida poliginiya o’rta asrlarda tugatilgan. Bu xristian dinini tarqalishi bilan bog’liq bo’lib, uning barcha mazhablarida ko’pxotinlilik taqiqlangan. Ko’pxotinlilik faqat ……… AQSH ning Yuta va Aydaxo shtatlarida yashovchi protestantlar sektasida mavjud.
Shunisi taajublanarliki ko’pxotinlilik odatda tug’ilishga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bitta xalqda ham monogam ham poligam nikohlar tarqalgan bo’lsa, monogam oiladagi har bir ayolga o’rtacha ko’proq bola to’g’ri keladi poligam nikohdagi ayolga nisbatan. Gap shundaki xaramdagi erkakning jinsiy faolligi nisbatan oshsada, bu xotinlari soniga hisoblaganda bir xil darajada bo’lmaydi. Qolaversa poligam oilalarda er xotinlaridan biriga ko’proq e;tibor qaratishi ham ko’p uchraydigan holatdir. Poliginiya tug’ilishga faqat yirik urushlardan so’ng, erkaklarni ko’p halok bo’lishi jinsiy nomuvofiqlikni keltirib chiqarishi va ko’pxotinlilikni va nikohdagi ayollarni bola tug’ilishi jarayoniga tortilishi orqali ro’y beradi.
Yana shuni ta’kidlash joizki ko’pxotinlilik ruxsat berilgan xalqlarda poligin nikoh turi ko’p bo’lmasdan aksari odamlar monogam nikoh oilalarida birlashgan.
Poliandriya nikoh turi kam uchraydi. U birodarlar (erlar qondosh aka-ukalar) yoki begonalar (erlar qarindoshlik aloqasida bo’lmagan holat) turlariga bo’linadi. Birodarlar poliandriyasi tibetliklarda, ayrim himolay xalqlarida (bxotiylar, shertlar, ladakxlar va hokazolar), shuningdek Janubiy Hindistonnig dravid tilli xalqlari (kandxlar, todalar, badagalar, kodagullar ) da tarqalgan. Begonalar poliandriyasi malayali xalqi kastalaridan biri nayarlarda uchraydi. Hozirda ushbu xalqlarning deyarlik barchasida poliandriya turidagi oilalar deyarlik qolmagan. O’tmishda poliandriya Shimoliy Amerika hindulari, eskimoslarda, polineziyaliklar va Markiz orollaridagi aholida ham bo’lgan.
Poliandrik nikohlar tug’ilishga salbiy ta’sir ko’rsatishi taxmin qilinadi. Bunday oila turida ayol jismoniy jihatdan charchab sog’lig’ini erta yo’qotadi.
Tug’ilish ko’rsatkichi va oila turi orasidagi ma’lum aloqa ham kuzatiladi. Yirik oilalarda odatda tug’ilish kichik oilalardagiga nisbatan yuqori sababi bu xildagi oilalarda yoshlar farzandlarini ta’minlash hamda boqishda kattalar yordamiga tayanadi. Kichik oilalarda esa aksari farzand tug’ilishini iqtisodiy mustaqillikka erishguncha cheklashga, kechiktirishga to’g’ri keladi. Ayni paytda yirik oilalarda ko’pgina xalqlarda saqlanib qolgan jinsiy reproduktivlikni pasaytiradigancheklovchi an’analarni bo’lishi ham kuzatiladi.
Reproduktiv xulqqa oila-nikoh omillarini tahlil etganda diniy mansublik ham o’z ta’sirini o’tkazishi ma’lum. Diniy omil turli konfessiya vakillarida turlicha oila tiplari va qayta turmush qurishga turlicha munosabat bilangina cheklanmaydi.
Dunyo dinlaridan eng askeptigi - buddaviylikdir. Ma’lumki buddaviylik ta’limoti bo’yicha hayot azob-uqubatlar zanjiridan iborat bo’lib dindor o’zidagi hayotga chanqoqlikni bostirishi lozim. Bu esa tug’ilishga ta’sir etmasdan qolmaydi. Buddaviylikni ko’pchilik oqimlari nikohga kirmaslikni targ’ibot qilib, bu insonni xalos etilishini eng ma’qul yo’li sanaladi. Buddaviylarda rohiblar instituti, lamaistlarda esa sariq qalpoqlilar yo’nalishi Tibet va Mo’g’ulistonda keng tarqalgan bo’lib unda rohiblardan nikohga kirmaslik talab qilingan. Tibetda har bir oilada ikkinchi o’g’il rohiblikka berilishidan tashqari Xitoydagi “ madaniy inqilob” yillarida ko’plab rohiblar qatag’on qilingan.
Ayni paytda buddaviylik ta’limotining bir qator qoidalari tug’ilishni o’sishiga xizmat qiladi. Xususan ushbu dinda – aximse zulm o’tkazmaslik qoidasi bo’lib, unga ko’ra tug’ilgan bola, homila va har qanday jonzodga zarar yetkazmaslik targ’ib qilinadi. Buddizmda tug’ilishni cheklovchi har qanday tadbir yoqlanmaydi. Bularning barchasi tabiiy tug’ilishni pasayishiga qarshilik qiladi. Ushbu yo’nalishda buddizmga e’tiqod etuvchi oilalarni ko’pbolalik an’anasi ham o’z hissasini qo’shadi.
Xristianlikka kelsak unga e’tiqod qiluvchi oilalarda ta’limot tug’ilishga turlicha ta’sir qiladi. Bir tomondan din e’tiqod etuvchilarga o’z avlodlarini ko’paytirishga chaqiradi. Bu tabiiy tug’ilishni ko’payishiga ijobiy ta’sir etuvchi omil. Xristianlik ta’limotidagi oila farzandlar tug’ilishi uchun tuzilishiqoidasi ham ushbu yo’nalishga xizmat qiladi. Ayni paytda xristianlikning ayrim yo’nalishlari (uning sharqiy cherkovlari) asketizmni targ’ib etib, dindorlar barcha ……. ni hudoga yo’naltirib, yerdagi rohat-farog’atlardan voz kechishga chaqirishi tug’ilishga vosita emasligi ma’lum. Qolaversa ayrim xristianlik denominatsiyalarida ma’lum aholi guruhlari selibat-nikohga kirmaslik qoidasi tufayli bu jarayondan chetlangan. Bu oila qurmaslik qoidasi katolik mazxabidagi barcha dindorlar, provaslaviyada rohib va rohibalar, hamda ayrim sharqiy cherkovlar vakillariga xosdir.
Provoslavlarda – skoplar sektasidajinsiy aloqalar, farzand ko’rish ta’qiqda, uning a’zolari bichiladi. Lekin bu sekta unchalik katta emas.
Xristianlik dini turli yo’nalishlari demografik xulqi ancha tafovutlanadi. Bu tafovut u yoki bu cherkov tarafdorlari orasida nikoh ta’qiqlangan.guruh soniga qarab emas, turli mazxab va sektalarda oilada farzandlar sonini cheklash, abortlarga kontraseptivlarga munosabatida kuzatiladi.
Ushbu masalalarda eng qat‘iy siyosatni katolik cherkovi olib boradi. Kontraseptivlarga qarshi keskin munosabatini katolik cherkovi eng avvalo yuqorida keltirilgan doktrina, ya’ni oila-nikoh farzand ko’rish uchun tarbiyalash uchun tuzilishi bilan asoslaydi. Katolik cherkovini bu masaladagi qoidalari papa Piy XI tomonidan 1931 yili ensiklik Sasti Connibii bilan tasdiqlanib shundan so’ng katolik cherkovi har qanday kontrasepsiyani rad etdi. Keyinchalik u faqat bir narsani er-xotinni zarur paytda jinsiy munosabatlardan o’zlarini tiyishiga ijozat beradi. Shundan keyin ham katolik cherkovi rahbarlari ushbu masalada o’z qarorlari qa’iy ekanligini bir necha bor ta’kidlagan. Ayni paytda AQSH, Lotin Amerikasining qator mamlakatlarida oddiy katoliklar hatto ayrim yepiskoplar cherkovni tug’ilishni (shu jumladan abortlarga ham ) nazorat qilishga chaqirmoqda.
Protestant cherkovi so’nggi paytda tug‘ilishni oilaning ichki rejalashtirishi masalasiga ancha osoyishtalik bilan munosabatda bo’lmoqda. Bu borada birinchilardan bo’lib (XIX asr oxirlaridayoq ) tug’ilishni cheklash choralarini ko’rish taklifi bilan Angliya nonkonformistlari ( metodistlar, previtorian, kongregatsionistlar, baptistlarni aytishadi ) chiqishgan. Rasmiy davlat anglikan cherkovi ham 1930 yildan faqat jinsiy asranishni emas, tug’ilishni cheklashning boshqa vositalarini ham qo’llab, faqat bu ma’naviy sog’lom sabablarga ko’ra bo’lishi zarurligini ta’kidladi. Boshqa protestant oqimlari boshliqlari ham ko’p o’tmay kontraseptivlarni qo’llashga ruxsat berdi. Abort va homilaga qarshi vositalarni qo’llashga kalvinistlar cherkovi salbiy munosabatda bo’lishi mazhab ta’limotida, „taqdiri azal“ning asosiy tamoyili ekanligi sababdir.
Katolitsizm va protestantizmni tug;ilish ustidan nazorat masalasida turlicha siyosat protestantlarda uzoq vaqt davomida katoliklarga nisbatan tug’ilishni past bo’lishiga olib kelgan. Lekin yillar o’tib oddiy katoliklar o’z yetakchilari yaratgan qonun-qoidalarga so’zsiz rioya qilmay qo’ydilar. Xususan 1955 yili AQSHda 70% katoliklar cherkovning oila ichidagi tug’ilish masalasida qo’llagan bo’lsa oradan 10 yil o’tib bu ko’rsatkich 47 % ga tushdi. So’nggi yillarda demograf L.Deyning ma’lumotlariga qaraganda katoliklarda tug’ilishning o’sishi, faqat ayrim katoliklar kamchilik bo’lgan mamlakatlarda (AQSH, Buyuk Britaniyada) kuzatiladi. Katoliklar ko’pchilikni tashkil etgan davlatlarda (Fransiya, Italiya, Belgiya, Avstriya) ularda tug’ilish past, Italiyada tug’ilish katolik bo’lmagan aholini mamlakatlardan ham pastroqdir.
Provaslav cherkovi rasman tug‘ilishni nazorat qilish haqida o’z munosabatini e’lon qilmagan, lekin uning ta’limotida ham nikohning bosh maqsadi farzandlar tug’ilishi deb hisoblanadi. Ayni paytda eng yirik provaslav mamlakati – Rossiyada o’nlab yillar davomida ateizm zo’ravonlik bilan joriy etilishi tufayli diniy omilni tug’ilishga ta’siri haqida gapirish mumkin.
Yana bir dunyo dini-islom yorqin ko’rinishdagi pronatalist mavqeida turgan. Din islomga e;tiqod qiluvchilarni ko’p va tez ko’paytirishga chaqiradi. Shuning uchun aynan musulmon mamlakatlarida tug’ilish suratlari juda yuksak. Islom qonunlarida qizlarni nikohga kirishiga yosh cheklovi qo’ymaydi. Erkakka nisbatan past mavqega ega bo’lgan ayol ko’proq o’g’il tug’ib o’z statusini ko’tarishga urinadi. Musulmonlarda tug’ilishning yuqori bo’lishiga abortga salbiy munosabat ham ta’sir etadi. Islom qonunlariga ko’ra homila boshdan tirik odam hisoblanadi va uni yo’qotish odam o’ldirishga tenglashtirilgan.
Ayni paytda islomning ayrim qoidalari tug’ilishga salbiy ta’sir ham o’tkazadi. Xususan musulmon jamiyatida nikohdan chiqishning yengilligi, ko’pxotinlilikka ruxsat berilishi ushbu jihatlardir.
Islom mamlakatlarida tug’ilishga ularning ko’pchiligida mavjud jinslar nomutanosibligi (ayollarning „kamligi“) ham ta’sir ko’rsatadi.
Islomni pronatalistik siyosatiga qaramay qator musulmon aholisi ko’p mamlakatlarda tug’ilishni cheklash borasida faol tadbirlar o’tkazmoqda. Musulmon ruhoniylari ushbu muammoga progmatik munosabatda yondashib, ko’pincha ushbu siyosatga qarshilik ko’rsatmaydi. Aholi odatda tug’ilishni cheklash bo’yicha tadbirlarga ishonchsizlik bilan qaraydi.
Tug’ilishga boshqa dinlar xususan konfutsiylik va hinduiylik ham ma’lum ta’sir o’tkazadi.
Konfutsiylik hech qanday shubhasiz o’ziga xos tarzda bo’lsada ijobiy ta’sir etadi. Konfutsiy ta’limotida tug’ilishni ko’paytirishga undovchi qoidalar yo’q. lekin konfutsiylikda mavjud ajdodlar kulti otaning o’limidan so’ng uning o’g’li tomonidan ma’lum udumlar bajarilishi talab etiladi. Bu udumlarni o’g’ildan boshqa hech kim bajarishi mumkin bo’lmagan. Agar ushbu udumlar o’tkazilmasa ruhning narigi dunyodagi holati o’g‘ir bo’ladi. Shuning uchun konfutsiylik e’tiqodidagilar imkon darajasida ko’p o’g’illik bo’lishiga intilganlar. Mobodo o’g’illarning ba’zilari vafot etsa ham talab etilgan odatlarni bajaradiganlari (yoki bajaradigani) qoladi. Tabiiy konfutsiylikning ushbu qoidasi tug’ilish ko’rsatkichini oshishiga xizmat qilgan. Lekin kambag’allar oilalarida qiz tug’ilsa bir necha kundan so’ng infotitsid (bo’g’ib o’ldirish) holatlari uchragan.
Hinduylikka kelsak uning tug‘ilishga ta’siri o’ziga xos bo’lgan. Bir tomondan hinduylikda jinsiy aloqalarga ko’p e’tibor qaratilib, erta va umumnikohlarga chaqiriqlar bo’lgan, natija kontraseptivlarga salbiy munosabat bo’lgan jamiyatda yuqori tug’ilishga ko’maklashgan. Lekin yuqorida aytilgan hinduylikni bevalarni qayta nikohiga salbiy munosabati tug’ilishni birmuncha cheklagan.
An’anaviy qabila dinlarida, ayniqsa ajdodlar ruhi bilan bog’liq hollarda tug’ilish ko’rsatkichlariga ijobiy ta’sir etgan.
Mamlakatdagi etnoslar turli dinlarga e’tiqod qilganda tug’ilishning diniy omili etnik omil tusini olishi mumkin. Jumladan Serbiyada serblarning aksari qismi provaslav, son bo’yicha ikkinchi albanlar islomga e’tiqod qiladi. Albanlarda tug’ilishning yuqori bo’lishi faqat islom dini bilan emas ularda ta’lim darajasining va madaniy saviyaning yuqori emasligi bilan ham izohlanadi.
Hozirgi bosqichda ayrim mamlakatlarda diniy e’tiqod keskin pasayganda, diniy qoidalar ko’pincha yuridik kuchga ega bo’lmaganida tug’ilishning diniy omil o’zga xususan ijtimoiy-iqtisodiyva madaniy omillar tomonidan yopiladi.
Xususan xalqdagi an’ana va urf-odatlar tug’ilishga kuchli ta’sir etishi mumkin. Qolaversa deyarlik barcha xalqlarda hech bo’lmaganda o’lishda ko’pbolalik an’anasi bo’lgan. Bu inson jamiyatining ilk bosqichlarida o’lim ko’rsatkichi yuqori bo’lib, qo’shni jamoalar bilan to’qnashuvlar tufayli o’z a’zolari sonini tez to’lishiga intilganlar.
Taraqqiy etayotgan mamlakatlarda an‘ana va urf-odatlar jamiyat va oila hayotida hozirgi kunga qadar muhim o’rin tutadi. Xususan ko’pchilik xalqlarda ko’pfarzandlik an’anasi mustahkam saqlanmoqda. Ko’pfarzandlik oilani mavqeini, ko’p bola ayniqsa o’g’illar ayolni alohida e’zoz-ehtirom qilishga omil hisoblanadi. Ko’pfarzandlik an’anasi o’tmishda bolalar o’limi yuqori bo’lgan davrdan saqlangan bo’lib, uning natijasida farzandsiz qolishdan cho’chishgan. Ko’pfarzandlik an’anasi xo’jalik ehtiyojlari jumladan dehqonchilik aholisida bolalar mehnatidan keng foydalanishi bilan ham izohlanadi.
Afrikadagi etnoslar xususan dehqonchilik qabilalarida ham ko’p bolalik an’analari qattiq saqlangan. Bu qabilaviy diniy e’tiqodlar bo’yicha erga ayol-ona homila (tug’ish) kuchi berilishi tasavvurlari bilan ham izohlanadi. Ayrim Afrika qabilalarida Ayol-onalar maxsus kiyimlar kiyib, bu ularni farzandsiz ayollardan ajratish, ularni ijtimoiy mavqelari yuqori ekanligini ko’rsatadi. Farzandsizlik afrikalik ayol uchun eng katta fojiadir. Bepusht ayol yovuz ruhlar uchun joy, uning bepushtligi esa afsungarlik bilan izohlangan. Afrikada bepushtlik odatiy hol bo’lganidan bolali kelinlarni ma’qul topishgan, bu ularni serpusht ekanligi belgisi sanalgan. Shuning uchu Afrikaning urug‘-qabilaviy dinlariga e’tiqod qiluvchi aholisi orasida nikohga qadar jinsiy aloqalarga ijobiy qaralgan. Ayrim qabilalarda qizlar balog’atga yetgandan so’ng jinsiy aloqaga kirmasa tez „so’lib“, bepusht bo’lib qoladi degan tushuncha mavjud bo’lgan.
Ayni paytda tug’ilishini birmuncha cheklaydigan odatlar ham uchraydi. Masalan Tropik Afrikadagi ayollarga homilador bo’lganidan farzandi 3 yoshga to‘lmaganicha erkak bilan aloqada bo’lishi taqiqlangan. Ba’zida bu xildagi cheklashlar ma’lum xo’jalik va boshqa faoliyat bilan bog’liq holda joriy etilgan. Masalan ababua qabilasida ayollarga sopol idish tayyorlashda ashyoni izlashdan idishlar tayyor bo’lguniga qadar ta’qiq qo’yilgan. Boshqa Afrika xalqi tongalarda barcha erkaklar urushlar paytida jinsiy aloqaga kirishmagan, aks holda mag’lubiyatga uchrash bashorat qilingan. Undan tashqari ko’pgina dinlarda ro’za, bayram kunlari saqlanish tavsiya etiladi.
Reproduktiv hulqqa ta’sir etuvchi urf-odatlar asosan an’anaviy jamiyatlarda muhim o’rin tutadi. Taraqqiy etgan xalqlarda tug’ilish ko’rsatkichiga ijtimoiy-iqtisodiy omillar ma’lumoti darajasi, umummadaniyat saviyasi, moddiy ta’minlanganlik, urbanizatsiya darajasi, mashg’ulotlari turi ta’sir etishi mumkin. Ko’rsatilgan tavsiflar etnik aspektga kirmasada, turli xalqlarda tafovutlanib, aksari etnik ko’rinish oladi. Shuning uchun tug’ilishni etnik jihatlari taxllilida ijtimoiy iqtisodiy omillarni e’tiborga olish lozim.
Odatda ma’lumoti darajasi va madaniy saviya tug’ilish ko’rsatgichlariga teskari bog’liqlikni ko’rsatadi. Yahshi ma’lumotli bo’lish ko’p yillik ta’limni talab etib, bu paytda yoshlar farzandli bo’lishdan o’zlarini saqlaganlar. Ma’lumot va madaniy darajaning oshishi bilan insonnig qiziqishlari darajasi kengayib, ular yana bir farzandli bo’lishdan ko’ra ilm yoki kasbida yangi pog’onaga o’tishni afzal topishadi. Qolaversa yahshi ma’lumotli kishilar homilani oldini olish usullari bilan yahshi tanishlar va oilada farzandlari sonini rejalashtirish borasida ulardan unumli foydalana oladilar.
Ma’lumotni yuksalishi bilan ko’pchilik mamlakatlarda insonlar farovonligi ham o’sadi turmush faravonligi ham bilvosita tug’ilish darajasiga manfiy aloqada bo’lishi kuzatiladi. Jumladan mamlakatda iqtisodiy inqiroz aholi daromadlarini pasayishi, tug’ilishni ham kamayishiga, aksincha moddiy holatni yuksalishi er-xotinni farzandli bo’lish rejasini amalga oshirishiga turtki beradi. Lekin aholining nisbatan yuqori ta’minlangan qismi oilalarida farzandlari soni kam ta’minlanganlarnikiga qaraganda kamroq bo’ladi. Qolaversa aynan ijtimoiy to’kis oilalar avlodlari birinchilardan tug’ilishni rejalashtirishni amalda qo’llay boshlaganlar. Keyinchalik tug’ilish aholining boshqa guruhlari: ishchilar, dehqonlarmayda xizmatchilarda ham kamayib bordi. Ayrim taraqqiy etgan mamlakatlarda (masalan AQSH) tug’ilishni keskin pasayish davridan so’ng uning o’sishi boshlanib qizig’i u yahshi ta’minlangan yuksak ma’lumotli oilalarda yuqoriroq bo’ladi. Natijada tug’ilishning turli ijtimoiy guruhlardagi ko’rsatgichlaridagi tafovut XIX asrdagiga nisbatan XX asrda kam kuzatiladi. Ayni paytda tug’ilish va farovonlik darajasi orasidagi teskari proporsional bog’liqlik hanuz saqlanmoqda. Aynan eng kambag’al davlatlarda eng yuqori tug’ilish ko’rsatgichlari, ulardagi qoloqlik va kambag’allikni saqlanishiga o’z hissasini qo’shmoqda.
Ma’lumot darajasiga odatda mashg’uloti turlari ham bog’liq bo’lib, u orqali tug’ilish differensiatsiyasi mehnat faoliyati turlariga bog’lanadi. Qolaversa reproduktiv xulqqa mehnat faoliyati xususiyatlari ham qo’shimcha ta’sir o’tkazadi. Masalan dehqonchilik aholisida ko’chmanchi chorvadorlarga nisbatan tug’ilish darajasi yuqori bo’ladi.
Tug’ilish ko’rsatgichlariga urbanizatsiya jarayoni ham o’z ta’sirini o’tkazadi. Xususan shahar aholisida tug’ilish darajasi qishloqnikiga nisbatan birmuncha past. Lekin bu bog’liqlik absolyut emas. Maxsus adabiyotlarda ko’rsatilishicha zamonaviy sharoitlarda taraqqiy etayotgan mamlakatlardagi spetsifik o’ta urbanizatsiya markazlarida tug’ilishlar va yirik shahar ko’rinishidagi aglomeratsiyalarda kuzatiladi. Odatda bu holatni homilalar orasidagi davrning qisqa bo’lishi, jinsiy munosabatlarda an’anaviy tabuga rioya qilinmaganligi, qolaversa tug’ilishni nazorat qilish borasidagi tadbirlarni keng yoyilmaganligi bilan izohlanadi.
Biz yuqorida tug’ilishga ta’sir etuvchi muhim omillarni ko’rib chiqdik. Lekin shuni hisobga olish lozimki faqat ilmiy tadqiqotlardagina ma’lum omilni o’rganganda boshqalarini e’tiborga olmaslik mumkin.
Amalda esa turli omillar o’zaro birlashib, faqat ularning yig‘indisi tug’ilish darajasini shakllanishiga ta’sir etadi. Yuqorida keltirilganidek o’tmishda katoliklarda protestantlarga nisbatan tug’ilish darajasi yuqori bo’lgan. Ayni paytda Germaniyada o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki katolik va protestant ayollari tug’ilishdagi tafovut ularni qanday aholi punktlarida yashashiga bog’liq ekan. Aholisi 2 minggacha shaharchalarda 100 ta, aholisi 2 mingdan 100 minggacha shaharlarda – 105-100 ga, 100 mingdan ko’p aholi bo’lsa 100 ga 100 konfessial mansublik tug’ilishga ta’sir etmasligi aniqlangan. Bu misolda urbanizatsiya omili diniy omildan kuchli ekanligi tasdiqlangan. Xuddi shu munosabatni din va ma’lumot omillarida ham kuzatish mumkin. Dinning ta’siri ma’lumot darajasi past oilalarda sezilarli bo’ladi.
Turli etnoslar tug’ilish darajasiga aynan ko’plab omillarning birgalikdagi ta’siri kuchli differensiatsiyaga olib keladi.
Ushbu omillarni turli darajada birlashishi tug‘ilish ko’rsatgichini bitta mamlakatdagi turli xalqlarda ham bi-biridan keskin farqlanishiga sabab bo’ladi. AQSH da hindular va meksikaliklarda tug’ilishi oq tanli amerikaliklarnukuga qaraganda ancha yuqori, Yangi Zelandiyada anglo yangizelandiyaliklar va tub aholi maorilar orasida tug’ilish darajasi ikkinchilari hisobiga keskin farqlanadi. Isroilda yashovchi arablarda tug’ilish yahudiylarga nisbatan ikki barovar ko’p.
Tug’ilish dunyoning yirik hududlarida yana ham farqlanadi. Eng yuqori tug’ilish koeffitsenti Afrika va Janubiy-G’arbiy Osiyoda kuzatilsa, eng past ko’rsatgich – Yevropada, uning aholisi depopulyatsiya ya’ni kamayish chegarasida turibdi.
VII bob. O’limning etnik aspektlari.
Ma’lumki oldingi bobda so’z tug’ilish darajasi turli xalqlarda keskin farqlanadi. Etnik mansublik o’z-o’zidan tug’ilish ko’rsatgichini belgilamaydi. Bu fikrni o’lim ko’rsatgichiga nisbatan ham aytish mumkin. Qolaversa o’lim darajasidagi tafovut turli etnoslarda, so’nggi o’n yilliklarda tug’ilishdagiga nisbatan ancha kam. Shu sababdan o’limning etnik aspektlariga katta ahamiyat berish zaruriyati yo’q. lekin bu u o’zini butunlay namoyon etmaydi degani emas, masalan faqat ayrim xalqlardagina tarqalgan kasalliklar mavjud, shu sababdan qo’shni yashayotgan xalqlardagi o’lim va o’rtacha umr sezilarli farqlanishi mumkin. Shuning uchun o’limga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashda agar sezilarli darajada bo’lsa etnik aspektda ham to’xtalib o’tmoq lozim.
Eng yirik yoki tarqoq joylashgan xalqlardan tashqari ko’pchilik etnoslar aksari bitta geografik zonada yashaydi. Shuning uchun o’limning etnik jihatini tabiiy omildan boshlash maqsadga muvofiqdir. Tabiiy yashash muhitiga qarab turli xalqlarda turli kasalliklar tarqalgan, ularning ayrimlari o’limga ta’sir etishi mumkin. Ayrim kasalliklar aynan tabiiy iqlim sharoitlar bilan bog’liq bo’ladi. Jumladan ko’pgina mamlakatlarda taomda yod yetishmaganligi uchun bo’qoq kasalligi (xususan Shimoliy Italiyada) ko’p uchraydi. Agar suv va oziqda rux madani me’yoridan ko’p bo’lsa atroskleroz, oziq mahsulotlarida xrom miqdori ortiqcha bo’lsa qantli diabet kasalligiga olib keladi. Suvda qo’rg’oshin me’yoridan ko’p bo’lsa oshqozon saratoniga olib kelishi mumkin. Havosi nam botqoqli rayonlarda malyariya kasalligi, uyqu kasali (afrika tripanocomozi) faqat Tropik Afrikada (se-se pashshasi tarqalgan hududda) tarqalgan. Issiq mamlakatlarda yana ko’plab “tropik kasalliklar” mavjud. Ulardan biri shistosomatoz (suv orqali o’tadi), fiyariatoz (uni qon so’ruvchi pashshalar), frambeziya (uni tarqatuvchisi spirxetlardan biri) va hokazolar mavjud.
Ayrim yuqumli kasalliklar xususan gripp deyarlik barcha joylarda tarqalib u bilan deyarlik barcha xalqlar og’riydi. O’lim holatlari bo’yicha ayniqsa grippning davolash mumkin bo’lgan „qush grippi“ tarqalishi bilan yuqumli kasalliklar ichida yetakchi o’ringa o’tdi. So’nggi asrda juda ko’p yuqumli kasalliklarni davolash oldini olish borasida ulkan yutuqlarga erishilib, vabo, tif, sil kasalliklaridan qirilishi mumkin bo’lgan millionlab hayotlar saqlanib qoladigan bo’ldi. „Qora chechak“ butunlay tugatilib uning so’nggi o’choqlari Efiopiya va Somalida bo’lgan. Chuma kasalligi bilan og’rish keskin kamaydi. Har zamonda paydo bo’ladigan kasallikni tezda yengib, yo’qotishga erishilmoqda.
Chechak, vabo, terlama kabi kasalliklar tarqalish hududlari cheklandi. Ular asosan kambag’al, rivojlanayotgan mamlakatlarda uchraydi.
Xalqlar orasidagi aloqalarni kuchayishi o’zining qo’shimcha jihati kasalliklarni tarqalishi arealini ham kengaytirdi. Bu borada ayrim xalqlar ilgari og’rimagan kasalliklarni tarqalishidan ko’proq aziyat chekib, ilgari tarqalgan hududlardagiga nisbatan o’lim holatlari ko’paygan. Buning sababi ushbu kasalliklar ilgari tarqalgan hududlarda odamlar yuzlab yillar davomida ma’lum immunitet shakllanib, yangi hududlardagi kishilar esa immunitetlari bo’lmaganidan yangi kasalliklar oldida ojiz bo’lishgan. Masalan qizamiq Yevropa aholisi uchungina hech qanday xavf keltirmagan. Okeaniyada yevropaliklar keltirgan bu kasalliklardan …… asrda ancha odam halok bo’lgan. Masalan Eromanga oroli aholisi qizamiq epidemiyasi davrida 1859-1864 yillari uchdan birga qisqargan. Fidji arxipelagida 1875 yili undan 25% tub aholi qirilgan.
Ayni paytda ko’plab yuqumli kasalliklar bilan kurashda insoniyat katta yutuqlarga erishdi, ularning ayrimlari areali minimumga tushirildi. Xususan Afrikadan tarqalgan OITS (SPID) XX asr vabosi nomini olib uning boshlanishida yuqtirganlar 100% vafot etgan. Butun insoniyatga xavf solgan OITS hozirda turli xalqlarda notekis tarqalgan. Eng ko’p tarqalgan hududlari Tropik Afrika, kasallikni ko’p yuqtirganlar AQSH da (ayniqsa qora tanlilar). Ushbu kasalga chalinganlar Yevropa va Lotin Amerikasida nisbatan kam. Osiyoda ushbu kasallikka chalinganlar so’nggi paytgacha juda kam bo’lgan, hozir esa Gonkong, Tailand va hokazolarda tez sur’atlar bilan tarqalmoqda.
So’nggi kuzatishlar davomida shu narsa aniqlandiki afrikaliklarda juda ko’p sonli infitsiyalanganlar bo’lishiga qaramasdan faol darajadagi kasallar nisbatan ko’p emas. Boshqa etnoslarda infeksiyalanganlar va kasallar soni farqlanadi. Balki afrikaliklar o’z qit’alaridan tarqalgan bu kasallikka qandaydir darajada moslashgandir.
Insoniyatning ayrim populyatsiyalari ba’zi kasalliklarga immunitet yaratibgina qolmasdan antropologik jihatdan ma’lum iqlim sharoitida yashashga moslashgan. Xususan afrikaliklarning qora terisi ularni quyoshning yuksak radiatsiyasidan asrasa, yevropoidlarning tor va turtib chiqqan burnilari ularni qishda sovuq havodan saqlaydi.
Mahalliy iqlim sharoitlariga moslashuv hamisha ham yorqin tus olmaydi. Lekin migratsiyalar natijasida ular o’rganmagan iqlimga tushishlari mahalliy aholiga nisbatan ayrim kasalliklarga ko’proq moyil bo’lganlar. Masalan Afrikada yevropaliklar teri saratoni bilan negrlarga nisbatan ko’proq kasallanadiganlar Afrikaliklar mo’tadil iqlimli mamlakatlarda yevropaliklarga nisbatan o’pkani shamollashi va shamollash kasalliklariga ko’proq chalinadilar. Ma’lum mamlakatlarda immigrantlar orasida ba’zi millat vakillari (masalan Afrikadagi, Angliyadagi mustamlakalarda inglizlar, Fransiyaga qarashli hududlarda fransuzlar va h.k.) ko’pchilik bo’lsa ayrim kasalliklar tufayli o’lim soni etnik jihat tusini oladi. Inson populyatsiyalarining o’tmishdagi izolyatsiyalari ularda o’ziga xos genotiplarni shakllantirgan. Bu borada tabiatga eng yahshi moslashgan negr irqi bo’lgan. Shu sababli ayrim genetic yoki merosiy kasalliklar ham geografik, ba’zida etnik jihatdan cheklangan. Xususan o’roqsimon- katakli anemiya faqat Afrika xalqlarida uchraydi. Ayrim genetic kasalliklar (masalan Daun kasalligi)hududiy jihatdan cheklangan bo’lmasada, turli xalqlarda turlicha darajada tarqalgan. Farzandga genetic kasalliklarni o’tishiga imkoniyat xalqlarda yaqin qarindoshlar (amakivachchalar, holavachchalar) orasidagi nikohlar an’anasi bo’lganda kuchayadi. Jumladan Hindistonda qarindoshlar orasidagi nikohlar keng tarqalgan. Ushbu an’ana hindularda kasta-varna tizimi bo’yicha turli kastalar orasida nikohning taqiqlanishi tufayli vujudga kelgan. Kuzen (amakivachchalar) orasidagi nikohlar yahuditlarda ko’p uchraydi.
Kichik etnik jamoalarda ham anomal gen ota va onada barovariga uchrashi hamda farzandlariga o’tishi ehtimoli kuchayadi. Endogam nikohlar ko’p uchraydigan etnoslarda, aholisi soni cheklangan holda qarindoshlar orasidagi nikohlar ko’payadi. Yirik etnoslarda qarindoshlar orasidagi nikohlar odatda biqiq (izolyatsiyadagi) qishloq jamoalarida nisbatan keng yoyilgan.
Ba’zida geografik omilning ta’siri kutilmaganda namoyon bo‘ladi. Ikkinchi jahon urushi paytida Uzoq Sharq mamlakatlari aholisiga bezgak kasalligiga qarshi yangi dori preparati keltirilgan. Ammo ko’p o’tmasdan u ayrim kasalliklarda animiya (kam qonlilikka) olib kelsa boshqalari uchun butunlay zararsizligi ma’lum bo’ladi. Keyinchalik dorini faqat o’sha paytgacha aniqlanmagan genlari bo’lgan kishilarga salbiy ta’sir etgani aniqlanadi.
Dunyo xalqlarida mavjud endogamlikni kamayib borishi merosiy kasalliklarni etnik cheklangan aholiga ham yo’qolishiga olib keldi. Shunga qaramasdan ayrim misollarni keltirish mumkin. Xususan ……….. yoki “boxoror” kasalligi bilan yoqutlarning o’tmishida izolyatsiyada bo’lgan vilyuy yoqutlari qismi og’rigan. Ilgari “boxoror” ni yuqumli kasallik deb hisoblashgan shuning uchun uning rasmiy nomiga ……… (alohida viruslar keltirib chiqaradigan kasallik) so’zi qo’shilgan. Keyinchalik bu kasallik merosiy degan fikr ustun kelgan sababi baxoror bilan Vilyuy rayonida yashovchi boshqa xalqlar vakillari kasallanmaydilar. Ruslar, ukrainlar, evenklar, evenlar bilan yoqutlar aralash nikohlarida ham kasallik uchramaydi.
Faqat bitta xalqda uchraydigan yana bir kasallik kuru yoki kuladigan o’limdir. U bilan Yangi Gvineyadagi for qabilasi ayollari va bolalari kasallanadi. Ayrim olimlar ushbu kasallikni genetik tabiatini inkor etishsada, u etnik cheklangan kasallik turi sifatida ma’lum qiziqish tug’diradi.
Turli xalqlarda turli kasalliklarni tarqalishiga o’lim ko’rsatgichlariga tabiat va genetic omillardan tashqari ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Qanchalik ajablanarli ko’rinmasin ko’pgina taraqqiy etgan mamlakatlarda ajoyib meditsina muassasalari bo’lishiga qaramasdan o’lim ko’rsatgichi ayrim taraqqiy etayotgan mamlakatlardagiga nisbatan yuqoridir. Sababi o’lim ko’rsatgichi ko’p hollarda aholining yosh tizimiga ham bevosita bog’liqligidir. O’limning yoshga nisbatiga ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar (ayniqsa bolalar o’limiga) katta ta’sir etishi taraqqiy mamlakatlarda, endi rivojlana boshlagan kambag’al davlatlardagiga nisbatan past, lekin so’nggi o’n yilliklarda tafovut ancha kamayib borayotgani kuzatilmoqda. Bu XX asrning 50-60 yillarida ko’plab taraqqiyoy yo’liga kirgan mamlakatlardagi epidemiologic inqilob tufayli ro’y berdi.
Taraqqiy etgan mamlakatlarda epidemologik inqilob ancha oldin boshlangan. O’z taraqqiyotida u bir necha bosqichni bosib o’tdi. Birinchi bosqichda yuqumli kasalliklardan saqlovchi ommaviy emlash tadbirlari qo’llanilsa, keyinchalik dizenfeksiya, sanitar-gigiyena nazorati suv, oziqlar va h.k. larni qamrab oladi. Ushbu tadbirlar yuqumli kasalliklarga ishonchli to’siq qo’yib ularning oqibatida bo’ladigan o’limlar sonini qisqartirdi. Epidemologik inqilobning birinchi bosqichidagi natija, o’lim soninig (ayniqsa bolalar o’limi) keskin kamayishi, inson umrining sezilarli o’sishi bo’ldi. Epidemologik inqilobni boshlanishiga, fransuz olimi, zamonaviy mikrobiologiya va immunalogiya asoschisi L. Paster (1822-1895) kashfiyotlari turtki bergan. U Sibir kuydigisi – qutulishga qarshi amaliy emlash metodikasini, aseptik va antiseptiklarni yaratgan. Yevropa va shimoliy Amerikaning ilg’or mamlakatlarida epidemologik inqilob XIX asr oxiri XXasr boshlariga to’g’ri keladi. Ko’pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda esa XX asrning o’rtalarida bu tadbirlar keng yoyilgan. Shuni tasdiqlash lozimki Osiyo va Afrikaning ayrim mamlakatlar chet hududlarida epidemologik inqilob qamrab olmagan hududlar hozirga qadar mavjud. Ayrim davlatlarda jarayon zarur darajada bosqichma-bosqich o’tkazilmagan. Qanday bo’lmasin anti epidemologik tadbirlar ularda ham ma’lum darajada natija berib, XX asrning ikkinchi yarmida o’lim darajasi ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda sezilarli kamaydi. Ayni paytda XX asrning ikkinchi yarmida yuqumli kasalliklarni yenggandan keyin epidemiologik inqilobning ikkinchi bosqichi boshlanadi.
Endilikda o’lim sabablari sifatida oldingi o’ringa surunkali kasalliklar chiqqanidan, ikkinchi bosqichda profilaktika (kasalni oldini olish) va gigiyena (tozalikni saqlash) tadbirlari, sog’lom turmush tarzini targ’ib etish, tashxis va davolashning samarali usullarini yaratish masalasi qo’yiladi. Ikkinchi bosqichda o’lim ko’rsatgichi juda sekin pasayib, ilgari boshlangan inson o’rtacha umrining o’sishi davom etadi. Taraqqiy etgan mamlakatlarda epidemologik inqilobning ushbu bosqichida birinchi navbatda yurak-qon tomirlari va o’simtali kasalliklardan o’lim kamayadi. Ushbu bosqich o’tkaziladigan tadbirlar uzoq muddatli xususiyat kasb etishi va ko’p mablag’talab etgani uchun ko’pgina nochor mamlakatlar uchun imkoniyat darjasida emas. Ilg’or mamlakatlar es epidemiologik inqilobning uchinchi bosqichiga yaqinlashib unda inson salomatligi uchun kurashda asosiy yo’nalish sog’liqni saqlash tadbirlari emas, turmush sifatini yaxshilash bo’ladi. Umuman olganda Yevropa va Shimoliy Amerikada aholi salomatligiga katta e’tibor qaratilib 1987 yili Ottavada hatto maxsus xartiya “Sog’liq promotsiyalari1 qabul qilingan.
Sog’liqni saqlash tizimidagi ilg’or va rivojlanayotgan mamlakatlardagi katta tafovutlar o’lim strukturasida ham o’z aksini topadi. Taraqqiy etayotgan mamlakatlarda o’limning asosiy sabablari yuqumli kasalliklar bo’lib kelmoqda. Taraqqiy etgan mamlakatlarda esa o’lim sabablari ichida birinchi o’rinda yurak-qon tomiri kasalliklari, ikkinchi o’rinda saraton, uchinchi o’rinda asab kasalliklari, to’rtinchi-yuqumli kasalliklar turadi.
Yosh kesimida o’limning darajasi boy gullab yashnayotgan mamlakatlardagi xalqlarda o’rtacha yoshning yuqoriligi, ulardagi oziqlarni yetarli va to’laqonli bo’lishi bilan ham bog’liqdir. Ular inson sog’lig’ining eng zarur shartlaridandir. O’z taraqqiyotida ortda qolgan ko’plab mamlakatlarda aholini oziq-ovqatlar bilan ta’minlashi hamon hal etilmagan. Osiyoning ko’pgina davlatlarida Afrikada har zamonda, ayrimlarida (xususan Somali, Sudan, Shimoliy Koreyada) ocharchilik tez-tez takrorlanib turadi.
O’lim darajasiga aholining uy-joy sharoitlari ham (bir binoda yashayotgan odamlar soni, uydagi sharoitlar-issiq suv, kanalizatsiya, isitish tizimi va boshqalar) o’zining ta’sirini o’tkazadi.
Umuman olganda aholining faravon hayoti uning o’limi ko’rsatgichi va yoshining davomiyligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Shvetsariyalik demograf Xersh ilmiy taomilga hatto “o’lim oldida tengsizlik” iborasini keltirgan. Lekin turmush faravonligi o’limga doimo bir xilda ta’sir etadi deb o’ylash ham noo’rin. Madaniy taraqqiyotning nisbatan past bosqichida, yuqumli kasalliklar bilan kurashda hali samarali usullarni o’zlashtirmagan, zamonaviy tushunchadagi sanitar-gigiyenik sharoitlari qoniqarli emas, faravonlik omili o’limga zaif ta’sir etib: yuqumli kasalliklar epidemiyalari boylarni ham chetda qoldirmaydi. Faravonlik taraqqiy etgan xalqlardagi o’lim ko’rsatgichlariga ham sezilarli ta’sir etmaydi. Ayni paytda ularda ko’pchilik to’laqonli oziqlar, yuksak darajadagi meditsina xizmati, qulay yashash sharoitlari bilan ta’minlangan. Taraqqiy etayotgan mamlakatlarda ma’lum tibbiy-sanitar sharoitlarni yahshilash uchun bir qator tadbirlar o’tkazilgan, ularda farovonlik omili o’lim darajasiga sezilarli darajada ta’sir etadi.
O’lim saviyasi va madaniy-ta’lim darajasi orasida ham ma’lum bog’liqlik mavjud. Yuksak ta’lim oladigan insonlar o’z sog’liqlariga ham e’tiborliroq bo’lishadi. Profilaktika (kasallikni oldini olish) sog’lom turmush tarziga rioya qilishga intiladilar. Turli ijtimoiy guruhga mansub kishilardagi kasalliklarning o’ziga xos differensiatsiyasi shakllangan. Ijtimoiy jihatdan yetakchi guruh vakillarida: yurak xastaligi, gipertoniya (qon bosimi), ateroskleroz, buyrak saratoni va siydik yo’llari kasalliklari uchrasa, past ijtimoiy qatlam vakillarida: sil, sifilis, ichkilikbozlik, jigar xastaligi, oshqozon saratoni, pnevmoniya, bronxit ko’proq uchraydi. Ko’p millatli mamlakatlarda oliy ma’lumotli kishilar soni turli etnoslarda sezilarli tafovutlanib, ba’zida ma’lum millat vakillari ayrim ijtimoiy bo’shliqni to’ldirgan holatda o’limning madaniy-ma’rifiy omillari etnik aspect kasb etishi muqarrar.
Madaniy-ma’rifiy daraja aholini mashg’ulotlari bo’yicha ham kuzatilib, bu aloqa o’lim va madaniy-ma’rifiy va o’lim ko’rsatgichi orasidagi aniq bog’liqligini buzadi. Gap shundaki yuqori lavozimdagi kishilarda o’lim soni ko’proq o’rtacha yosh esa o’rta zveno hodimlarinikiga nisbatan qisqaroq. Bu vaziyatda: asabga ta’sir, stress holatlari, yuqori lavozimdagilarga katta shaxsiy mas’uliyatning yuklanishi ta’sir etishi kiradi.
Xalqning an’anaviy mashg’ulotlari ham aholidagi o’lim ko’rsatgichiga ta’sir etadi. Daydi ovchi va terimchilarda o’lim darajasi ularning o’troq qo’shnilarinikiga nisbatan yuqori bo’lishi aniqlangan. Qator mashg’ulotlar uchun o’zining spesifik kasalliklari xos. Ular o’limning umumiy ko’rsatgichiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Sholikorlik suvni ichida ishlaganlari sababi askari ichak kasalliklari bilan og’riydilar. Yirik shoxli mol boqish bilan shug’ullanadigan xalqlar Sibir kuydirgisi ba’zida brutsellez kasalliklariga chalinadi.
O’limga ma’lum darajada moddiy va ma’naviy madaniyatning ayrim jihatlari ta’sir etsada, har qanday etnos madaniyatida foydali va ratsional elementlar, an’anaviy madaniyat uzoq davr davomida xalqni yashash sharoitiga moslashgan voqelik bo’lib unda salbiy jihatlar ham bo’ladi. Shuning uchun ko’p hollarda salbiy oqibatlarga an’anaga rioya qilish emas aksincha uni yo’qotilishi bo’ladi. Masalan Kavkazda tog’dan pastlikka ko’chirish borasida ayrim etnik guruhlarni turmush tarsi tizimi singib, asrlar davomida shakllangan madaniyati buziladi. Madaniy modelni bunday o’zgartirish ba’zida o’limning o’sishiga olib kelgan.
Shunga qaramasdan xalqlar an’anaviy madaniyatga xos ayrim elementlar, ma’lum kasalliklarni kelib chiqishiga va o’limning ko’payishiga sabab bo’lishi mumkin. Ma’lumki, har bir xalqni ovqatlanish tizimi asrlar davomida shakllanib, atrof-muhit imkoniyatlarini o’zida aks ettiradi. Unga ma’lum vaqt davomida inson tanasi ham moslashadi. Jumladan eskimoslarda, ular asosan go’sht va baliq bilan oziqlansada, qondagi xolestirin miqdori ko’paymaydi, ya’ni ularda yurak-qon tomiri kasalliklariga ko’nikmalar shakllanmaydi. Ayni paytda taomlar tizimida sog’liqqa zararli an’analar ham bo’lishi, ular xalqni ma’lum kasalliklariga sabab bo’lishi ham mumkin. Masalan achchiq taomni ko’p iste’mol qilgan xalqlarda taomlarni xazm qilish borasida saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin. Saraton kasalligi juda issiq taomlarni, dudlangan yarim fabrikat (kolbasalarni) larni ko’p iste’mol qilishdan ham kelib chiqishi kuzatiladi. Ayrim etnik guruhlarda baliqni ham iste’mol qilish qorin bo’shlig’ida gijja bo’lishiga olib keladi.
Ayrim xalqlarda homilador ayollar iste’moliga alohida e’tibor qaratiladi, odatda zararli ko’nikmalar bolalar o’limini ko’payishiga olib keladi. Bolalarni oziqlantirishdagi ayrim an’analar ham zarar keltiradi. Bolaga dastlabki kunlardanoq qo’shimcha oziq berish, bolaga kattalar ovqatini berish bolaniturli ichak kasalliklariga hamda chaqaloqlar o’limini keskin ko’payishiga sabab bo’ladi.
O’limga alkogol (spirtli) ichimliklarni ko’p iste’mol qilish an’anasi ham katta ta’sir ko’rsatadi. Turli xalqlar ushbu ichimliklarga turlicha darajada o’rganadilar. Uzum yetishtirib, vino (musallas) tayyorlaydigan xalqlarda inson tanasi bu ichimlikka nisbatan yahshi muhofaza immunitetini yaratgan. Ushbu ko’nikmaga ega bo’lmagan etnoslarda spirtli ichimliklarni davomiy iste’mol qilish piyonistalikka olib keladi. Bunday fojia Rossiyaning shimoliy hududlaridagitub aholida sodir bo’lmoqda.
Ayrim xalqlarda keng tarqalgan zararli odatlarga kashandalikni keltirish mumkin. Tamaki chekish o’pka, tomoq, og’iz saratonlariga sabab bo’lishi mumkin. Chekish kuchli narkotik moddalardan foydalanish ayniqsa xavflidir. Kuchli narkotiklarni tarqalishi an’anaviy hududlari Osiyoda (Xitoy, Hindiston, Janubiy-Sharqiy va Janubiy-G’arbiy Osiyolar), Shimoliy Afrika va Shimoliy Amerikadir.
Koka bargini chaynash ham (And tog’larida yashovchi hindularda), betel (Janubiy-Sharqiy Osiyo va Okeaniyada) yoki nasa (Markaziy Osiyo geografik jihatdan Oltoy, Janubiy Sibir, Mo’g’uliston) chaynash barchasi sog’likka zararli narsalardir.
An’anaviy uy-joylar, umuman olganda mahalliy sharoitlarga yahshi moslashgan, lekin taomlar singari ma’lum zararli jihatlar ham uchraydi. Ko’pgina tropik mamlakatlarda, xususan Janubiy-Sharqiy Osiyoda uylarni ustunlar ustida qurishadi. Ularda bir tomondan ……… yaxshilanadi, boshqa tomondan yer va pol orasida kalamushlar joylashib yuqumli kasalliklarni tarqatadi. Yaponlarning an’anaviy uylarida devorlar yog’ochdan yasalgan, karton yopishtirilgan rom devorlardan iborat. Uyni isitilmasligi shamollash va sil kasalliklariga (ayniqsa yoshlar orasida keng tarqalgan) olib keladi.
Aholi kiyimlari ham mahalliy shart-sharoitlarga mos lekin moddiy madaniyatning boshqa turlari singari ma’lum salbiy jihatlarga ega.
Ayrim xalqlarda mavjud yoki yaqin o’tmishda o’ziga xos an’analar bo’lgan. Ular inson sog’lig’i uchun xavfli bo’lib o’limga ham ta’sir etgan. Myanmada yashaydigan naga qabilasida ayollar go’zalligining timsoli juda uzun bo’yin bo’lganidan, unga maxsus xalqalardan navbatma-navbat taqilib borilgan. Agar qandaydir sabab bilan ularni olish zaruriyati tug’ilsa bo’yin suyagi sinishi ehtimoli bo’lgan. Xitoyda uzoq asrlar davomida………… birining kichkina oyoqlariga taqlid qilinib qizaloqlarni tovoni qattiq tandib qo’yilgan. Natijada tovon suyaklari deformatsiyaga uchrab qizlarni nogironlikka olib kelgan.
Ilk tibbiy tasavvurlar insonlarda juda erta vujudga kelib, u takomillashib borgan. Natijada deyarli barcha etnoslarda xalq tabobatining butun bir majmualari shakllangan. Har qanday xalqda tabobat asosini amalda erishilgan bilimlar va foydali ko’nikmalar tashkil etgan. Tabiblar o’simlik va boshqa tabiiy ashyolardan dori-darmonlar tayyorlab, nisbatan murakkab muolajalar o’tkazib, kasalliklarni davolashni boshqa usullarini ham qo’llaganlar. Ayni paytda ko’plab kasalliklarni davolashga tutingan, lekin ularni sabablarini bilmagan soxta tabiblar faqat zarar keltiribgina qolmasdan o’limga sababchi bo’lganlar. Bunday tabiblarni qadimgi Bobilda Xamurappi qonunlari bo’yicha panjalari kesilgan. Xususan Tinch okeanidagi Uvea orolida XIX asrning o’rtalarigacha yangi tug’ilgan chaqaloqlarga bosh chag’anog’i trepanatsiyasi qilishgan, ushbu muolaja orqali inson tanasidan kasallik ruhi chiqarilishi va uni keying hayotida kasalliklardan xalos etilishi istalgan. Egizak bolalarni tug’ilishini sabablarini bilmaslik ularga nisbatan salbiy munosabatni shakllanishi ayrim an’anaviy jamiyatlarda ulardan birini, onasi hayotiga xavfi bo’lsa har ikkisini o’ldirish hollari uchragan.
Hindiston va Xitoyda endigina tug‘ilgan qiz chaqaloqlarni o’ldirish (ayniqsa oldingisi qiz bo’lsa) odati keng yoyilgan. Umuman olganda patriarxal an’anali xalqlarda xotin-qizlarga nisbatan past nazar bilan qarash saqlanib qolgan. Qizlar, ayniqsa kambag’al oilalarda har tomonlama e’tibor- nazardan chetda bo’lib bu barcha narsalarda taomdan tortib, kasalligida davolashgacha kuzatilgan. Shu sababli bu turdagi jamiyatlarda qizlarning o’limi o’g’il bolalarnikidan, ayollarniki erkaklarnikidan yuqori bo’lgan. Natijada patriarxal jamiyat unsurlari kuchli etnoslarda (ayniqsa musulmonlarda) jinslar nomutanosibligi vujudga kelgan. Xususan Liviyada 1000 ta erkakka 880 ta xotin – qizlar to’g’ri keladi.
Yana bir shavqatsiz udum qator qabilalarda (xususan, atapasklarda) uchrab unda qariyalarni o’ldirish (yoki “ko’ngilli suiqasd”) mavjud bo’lgan. Bu odat urug’ a’zolarini oziq bilan ta’minlashdagi murakkablik tufayli shakllangan. Okeaniyaning ayrim xalqlari, ayniqsa Afrikada yaqin o’tmishgacha kannibalizm (ba’zi hollarda hozirgacha) ham uchragan. O’lim ko’rsatgichi Afrika, Janubiy-Sharqiy Osiyo, Okeaniya va Janubiy Amerikaning ayrim qabilalarida “boshga ov” odati bo’yicha yuqoriroq bo’lishi ham kuzatilgan. Bu borada “xun olish” odati ham o’tmishda keng tarqalgan bo’lib, Kavkazga o’xshagan hududlarda butun-butun oilalar va urug’lar erkaklari qirilib ketgan.
O’lim darajasiga ayrim noxristian konfessiyalar ko’rsatmalari ham ta’sir etadi. Hinduylarda beva ayollarga nisbatan o’ta salbiy munosabat mavjud. Bu ularda o’zlarini gulxanda yondirish odatini keltirib chiqargan ingilizlar mustamlakasi davridayoq bu odat ta’qiqlangan bo’lsada, hali-hanuz uchrab turadi. Agar beva o’zini olovga tashlamasa uni og’ir kechinmalar kutishi ham suiqasdga qo’shimcha turtki bo’lgan. Erining o’limidan keyin beva butun umriga maxsus oddiy kiyim bosh kiyishi, barcha taqinchoqlarini yechishi, uni keyinchalik taqish ta’qiqlangan, kunda bir marta eng oddiy taom iste’mol qilishi lozim bo’lgan. Beva bilan kam muloqot qilingan, u o’zini jamiyat tomonidan inkor etilayotganini sezgan.
O’z paytida o’limga yapon milliy dini-sintoizmning ayrim qoidalari ham ta’sir etgan. Xususan o’z vatani uchun jonini fido qilgan jangchi – kamikadze iloh, uning ruhi eng muqaddas ibodatxona-Yasukunida joylashishi ta’kidlangan.
Ayrim diniy odatlar o’limga to’g’ridan to’g’ri emas bilvosita ta’sir etgan. Jumladan, musulmon, induistlarda, shuningdek afrikaning qabila dinlariga e’tiqod qiluvchilarda sunnat udumi mavjud. Agar u gigiyena talablariga rioya qilingan holda bajarilsa ushbu etnoslar yashaydigan issiq o’lkalarda, suvsiz rayonlarda tadbir foydali hisoblanadi. Lekin agar sharoit ma’qul bo’lmasa infeksiya kiritilib bolani o’limiga ham olib kelgan.
O’limni ko’payishiga meditsinaga murojaat etishdan bosh tortish ham sabab bo’ladi. “Xristian fani” sektasi o’z ta’limoti bo’yicha xristianlik aqidalaridan ancha yiroq. Sekta a’zolari materiyani mavjudligini tan olmay o’lim va kasalliklarni inson ongining noto’g’ri mevasi hisoblaydi. Shuning uchun o’z tarafdorlariga vrachlarga murojaat etishini ta’kidlaydi hamda inson to’g’ri ong, anglashga o’rganishi lozimligini ta’kidlaydi.
Davolanishga ta’qiq gollandlarning Xristian reformat cherkovi radikal sektalarining biri ta’limotida ham mavjud. Ushbu cherkov tashkiloti tarafdorlari Kalvinning “taqdiri azal” g’oyasi asosida kasallikni Xudo tomonidan yuborilgani va uni davolash uning irodasiga qarshilik deb hisoblashgan. Yosh go’daklarni katta guruhi vrachlarga murojaat etmasdan halok bo’lganida mamlakatda katta janjal ko’tarilgan.
O’limning siyosiy omillariga eng avvalo urushlar kiritiladi. Ko’p holatlarda bu yorqin ko’rinishdagi etnik tusga ega. Ko’pgina ibtidoiy qabilalarda birinchi qon to’kilishi bilan urushni to’xtatish yozilmagan qoidasi bo’lgan. Qadimgi va o’rta asrlardagi urushlar ham alohida qon ko’p to’kilishi bilan xususiyatlanmagan. Faqat XX asrda urushlarda millionlab, o’n millionlab kishilar halok bo’la boshladi. Urushlar paytida odamlar faqat jangu-jadalda emas, tez-tez sodir bo’ladigan kasalliklar epidemiyalari, to’yib ovqat yemaslik va tananing holsizlanganidan qirilgan. Ba’zida epidemiyalar qo’shni mamlakatlarga ham tarqalib, urushda qatnashmagan aholini ham o’limiga sabab bo’lgan.
Mustamlakachilik siyosati bilan bog’liq yo’qotishlar ham katta bo’lgan. Mustamlaka bosqinlarida ko’plab kishilar faqat janglarda emas, yangi bosib olingan aholiga keltirilgan yuqumli kasalliklardan ham xalok bo’lgan. Ayrim aborigen etnoslar yer yuzidan butunlay yo’qolgan. Jumladan hindu xalqlari: tayron, mochika va tasmaniyaliklar taqdiri shunday tugagan. Amerikani o’zlashtirish davomida rezervatsiyalarga surib chiqarilgan hindu qabilalari orasida ham o’lim soni ko’paygan.
Afrika xalqlarida o’lim ko’rsatgichi qul savdosi boshlanishi bilan keskin o’sa boshladi. Qul-negrlarni Amerikada tashkil etilayotgan paxta va shakarqamish plantatsiyalarida ishlatish uchun olib ketilgan. Ularning ayrimlari yo’lda, boshqalari plantatsiyalardagi og’ir mehnat tufayli tezda o’lib ketgan. Qul savdosi Afrika qabilalri orasidagi qurolli mojarolarga sabab bo’ldi. Jumladan fangi xalqi (hozirgi Gana hududi) qul savdosida vositachilik bilan shug’ullangan savdogarlarga qo’shni qabilalardan keltirilgan qullarni sotishgan. O’limga bevosita ta’sir etadigan narsalardan biri mamlakatlararo, etnoslararo mojarolardir. Milliy (yoki diniy, irqiy) mojarolarning keskin ko’rinishi genitsid-ma’lum millat, din yoki irq vakillarini jismoniy yo’qotishdir. Bu boradagi eng mash’um voqealardan biri 1915 yili turk va qurdlar tomonidan armanlarni qirish bo’lgan.
O’lim ko’rsatgichini alohida etnoslarga nisbatan o’tkaziladigan qatag’on siyosati ham oshiradi. Bu xildagi qatag’onlar sobiq Sovet davlatida Stalin rejimi davrida ayniqsa avjiga chiqadi. Uning hohish-istagi bilan butun bir xalqlar o’zlari yashaydigan joylardan uzoq o’lkalarga majburan ko’chirilgan.
Tug’ilishga ta’sir etuvchi omillar singari o’limga ta’sir etadigan omillarni bir-biridan alohida ko’rish emas, balki kompleks (majmuaviy) taxlil etish lozim. Yuqorida biz ta’kidlaganimizdek o’lim ko’rsatgichiga ma’lumot va faoliyat kasbining aloqadagi ta’siri ham kuzatiladi. Urushlar paytida turli yuqumli kasalliklar epidemiyalari ham ko’payib siyosiy omil tabiiy-biologik omillar bilan qo’shilib ketadi. Boshqa tomondan so’nggi omilning ahamiyati sog’liqni saqlash tizimining yuksalishi, madaniy va iqtisodiy rivojlanishlar tufayli pasayib boradi.
Insoniyat taraqqiysi bilan turli xalqlardagi o’lim ko’rsatgichlari tenglashib boradi. Hozirda bu tafovut ellik yil avvalgisidan ancha past. Qolaversa dunyo aholisining turli hududlardagi yosh tizimidagi tafovutlarning xilma-xilligi ham umumiy o’lim darajasi koeffitsientini qiyoslashni noo’rin qilib qo’yadi. Xususan umumiy o’lim soni bo’yicha Yevropa Afrikadan keying ikkinchi o’rinni egallaydi. Ayni paytda yevropada dunyoda eng uzun o’rtacha yosh darajasi mavjud. Ko’rinishidan bir-biriga zid bu holat Yevropada o’rtacha yosh juda katta bo’lishi bilan birgalikda tug’ilish darajasining pastligi bilan izohlanadi. Qariyalar sonining ko’pligi esa tabiiy ular orasidagi o’lim ko’rsatgichigi ham ta’sir etadi.
Bolalar o’limiga kelsak unda taraqqiy etgan va taraqqiy etayotgan mamlakatlar orasidagi tafovut keskin farqlanadi. Yevropaning ayrim mamlakatlari Yaponiyada bolalarni 1 yoshgacha o’limi ayrim Afrika mamlakatlaridagiga nisbatan o’nlab marta kam. Shuning uchun taraqqiy etgan va endigina taraqqiyot yo’liga o’tgan mamlakatlarda bolalar o’limi darajasini aniqlashda hatto boshqa – boshqa formulalar ishlatiladi.
1 Promotsiya-lotin tilidan ilgari surish, yahshilash ma’nosini beradi.