Vi bob to’qima to’G’risida ta’limot umumiy gistologiya



Download 3,37 Mb.
bet33/34
Sana15.07.2021
Hajmi3,37 Mb.
#119628
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
To‘qimalar

Monotsitopoez. Monotsitlar makrofag hujayralarining ilk bosqichi bo`lib, suyak ko`migidagi o`zak hujayralardan rivojlanadi. Monotsitopoez quyidagi hujayra bosqichlarini bosib o`tadi: o`zak hujayra  miyelopoezning boshlang`ich hujayrasi  monoblast promonotsit monotsit (qonda)  to`qima monotsiti makrofaglar.

Monoblast hujayrasi o`z tuzilishi bilan miyeloblastni eslatadi, biroq undan farqlanib, yadrosida botiqlik bo`ladi va u yadroga loviyasimon shaklni beradi. Sitoplazma bazofil bo`yalib, unda kam sonli azurofil donachalar ko`rinadi. Elektron mikroskop ostida promonotsitlar sitoplazmasining endoplazmatik to`r kanalchalariga, mitoxondriyalarga va turli kattalikka ega bo`lgan vakuolalarga boy ekanligi aniqlangai. Shuningdek, sitoplazmada kattaligi 0,2-0,5 mkm keladigan elektron zich donachalar ham uchraydi. Ular yorug`lik mikroskopida ko`rinadigan azurofil donachalarga mos keladi. Monoblastlardan monotsitlar hosil bo`lguncha hujayralar 7-8 marta bo`linadi. Yetuk monotsitlar qonda uch sutkagacha aylanib yuradi, so`ngra to`qimalarga o`tib, makrofaglarga aylanadi.



Limfotsitopoez. Limfotsitopoez sxema tarzida bunday ifodalanadi: o`zak hujayra limfotsitopoezning boshlang`ich hujayrasiT, B-limfotsitlarning boshlang`ich hujayrasiT,-B-limfoblast T-, B-prolimfotsit T,B-limfotsit.

Limfoblast tuzilishi jihatidan boshqa blast hujayralariga juda yaqin turadi. Ular yumaloq yoki oval shaklga ega bo`lib, sitoplazmasi bazofil bo`yaladi. Limfoblastlar birmuncha dag`al xromatinga ega bo`lgan yadro saqlab, yadrochalari kam sonli bo`ladi.

Prolimfotsitlar yadrosida xromatin ancha zichlashgan, dag`alroq bo`lib, elektron mikroskopda yadrodagi botiqliknp ko`rish mumkin. Prolimfotsitlar va limfoblastlar sitoplazma-sida juda ko`p sonli erkin holda joylashgan ribosoma va polisomalar, sust rivojlangan Golji kompleksi va kam sonli mitoxondriyalar uchraydi. Limfoblastlardan limfotsitlar hosil bo`lguncha hujayralar bir necha bor mitotik bo`linadi. Limfotsitlarning umumiy yetilish davri taxminan 2 sutka davom etadi. Bir-biridan farq qiluvchi T-limfotsitlar va B-limfotsitlar sistemasi aniqlanishi bilan limfotsitopoez protsessi ana shu nuqtai nazardan ko`rib chiqiladigan bo`ldi. Bu ma’lumotlarga ko`ra T-limfotsitlar bo`qoq bezida ishlab chiqarilib, B-limfotsitlar qushlarda fabritsiy xaltachasida, odamlarda esa suyak ko`migida ishlanadi. Har ikki limfotsitlarning o`ziga xos vazifalari bo`lib, ular birgalikda organizmda ma’lum immunologik holatni ta’minlaydi.

Miyelogramma. Meditsina amaliyotida turli xil qon kasalliklariga diagnoz qo`yish va ularni davolash jarayonida suyak ko`migini tekshirib ko`rishga murojaat qilinadi. Suyak ko`migi I. A. Kassirskiy ixtiro etgan maxsus igna yordamida punktsiya qilib to`sh suyagidan olinadi. Suyak ko`migi hujayra elementlarining protsent nisbatida ifodalanishi miyelogramma deb yuri-tiladi.


Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish