Vi bob to’qima to’G’risida ta’limot umumiy gistologiya


Granulotsitopoez yoki donador leykotsitlarning takomillashishi



Download 3,37 Mb.
bet31/34
Sana15.07.2021
Hajmi3,37 Mb.
#119628
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
To‘qimalar

Granulotsitopoez yoki donador leykotsitlarning takomillashishi. Sxematik ravishda granulotsitopoez quyidagicha ifodalanadi: o`zak hujayra miyelopoezning boshlang`ich hujayrasi miyeloblast promiyelotsit miyelotsitlar metamiyelotsitlar tayoqcha yadroli leykotsitlar  etuk yoki segment yadroli leykotsitlar.

Miyeloblast - granulotsitopoez jarayonida morfologik jihatdan aniqlanishi mumkin bo`lgan eng yosh hujayra. Uz tuzilishni jihatidan miyeloblastlar differentsiallashmagan blastlarga o`xshab ketadi.

Miyeloblastlar eletron mikroskopda ko`rilganda ularning sitoplazmasi erkin holda yotgan ribosomalar va polisomalarga boy ekanligi, sitoplazmada kam sonli dumaloq mitoxondriyalar va dag`al endoplazmatik to`r borligi ko`zga tashlanadi.

Golji kompleksi ba’zi bir hujayralarda yaxshi rivojlangan bo`lib, yadroga yaqin yerda joylashgan. Bu zonaga yaqin qismlarda yangi hosil bo`layotgan, kattaligi taxminan 0,5-0,8 mkm keladigan donachalarni uchratish mumkin.

Promiyelotsitlar - donador leykotsitlariing takomillashi-shida miyeoblastlardan keyin keladigan hujayra bosqichidir (67-rasm). Promiyelotsitlar kattaligi 12-18 mkm bo`lgan hu-jayralar bo`lib, sitoplazmalarida morfologik jihatdan bir-biridan tubdan farq qiluvchi donadorlik paydo bo`lishi tufayli uch alohida turga - neytrofil, eozinofil va bazofil promiyelotsitlarga bo`linadi.

Neytrofil promiyelotsitlar dumaloq yoki oval shaklga ega, ularning sitoplazmasi Romanovskiy usuli bilan bo`yalganda ko`k binafsha tusni oladi va turli xil donadorlik tutadi. Kattaligi har xil bo`lgan donachalarni asosan ikki gruppaga ajratish mumkin. Birinchi xil donachalar yirikroq bo`lib, o`z bo`yalish xususiyatlari bilan azurofil donachalarga o`xshaydi. Bu donachalar promiyelotsit bosqichida ko`pchilikni tashkil etib, ularning soni neytrofil hujayralarning rivojlanishi davomida kamayib boradi. Ikkinchi xil donachalar kam sonli va maydaroqdir. Elektron mikroskop ostida promiyelotsitlar sitoplazmasida ko`p sonli kengaygan endoplazmatik to`r kanalchalari, yaxshi rivojlangan Golji kompleksi borligi aniqlangan. Promiyelotsit hujayralarining sitoplazmasida sintetik protsess, ya’ni donadorlik shakllanishi amalga oshib, bu protsess endoplazmatik to`rda sintez qilingan mahsulotlarning Golji kompleksi tuzilmalarida donachalar shakliga kelishidan iborat. Shuni ta’kidlab o`tish kerakki, neytrofil hujayralarida uchraydigan birlamchi yoki azurofil donachalar asosan promiyelotsit bosqichida shakllanadi.

Eozinofil promiyelotsitlar o`z sitoplazmasida eozin bilan bo`yalgan va neytrofil donachalariga nisbatan yirikroq bo`lgan donachalar tutishi bilan ajralib turadi. Elektron mikroskop ostida eozinofil promiyelotsitlar sitoplazmasida juda yaxshi taraqqiy etgan endoplazmatik to`r va Golji kompleksi borligi diqqatni tortadi. Golji kompleksi tuzilmalarida xuddi neytrofil promiyelotsitlarda ko`rilganidek donachalar shakllanishi jarayonining turli bosqichlarini uchratish mumkin. Promiyelotsitlar sitoplazmasidagi eozinofil donachalar bir xil tuzilishga ega bo`lmay, ularni asosan ikki xilga ajratish mumkin. Donachalarning bir qismi yumaloq yoki ovalsimon bo`lib, kattaligi 0,8-1,2 mkm keladi. Ularning asosiy moddasi uncha zich bo`lmagan gomogen mahsulotdan iborat bo`lib, tashqi tomondan membrana bilan qoplangan. Ikkinchi xil donachalar cho`zinchoq yoki ellipssimon shaklga ega bo`lib, ularning markazida yoki sal chetroqda yuqori elektron zichlikka ega bo`lgan tuzilmalar ko`rinadi. Bu tuzilmalarning shakli turli-tuman, ya’ni trapetsiya, to`g`ri to`rtburchak, kristalloid va hokazo bo`lishi mumkin («Granulotsitlar» sarlavhasiga q.). Ikkinchi xil donachalar tipik eozinofil donalari bo`lib, ularning soni promiyelotsit bosqichida nisbatan kamroq bo`ladi va rivojlanishi davomida oshib boradi.

Bazofil promiyelotsitlar nisbatan maydaroq bo`lib, ular sitoplazmasida yirik to`q ko`k yoki qo`ng`ir rangga bo`yalgan bazofil donachalar bo`lishi bilan xarakterlanadi. Elek-tron mikroskop ostida bu hujayralarda Golji kompleksi va endoplazmatik to`rning yaxshi takomil etgani va hujayra sitoplazmasida donachalar shakllanishi ko`rinadi. Bazofil promiyelotsitlar donachalari yirikroq bo`lib (kattaligi 1,3 mkm gacha), ularning mayda zarralardan yoki lamellyar tuzilmalardan iborat ekanligi aniqlangan. Promiyelotsitlar, qaysi turga mansub ekanligidan qat’i nazar, yirik ovalsimon yoki botiqlikka ega bo`lgan yadroga egadirlar. Yadro xromatini miyeloblastlarnikiga nisbatan ancha zichroq joylashgan bo`lib, yadro membranasi ostida zichlashgan qavat hosil qiladi. Mitoxondriyalar promiyelotsitda kam sonli va dumaloq shaklga ega bo`lib, ularning matriksi donador modda bilan to`lib turadi. Promiyelotsitlardan miyelotsitlar hosil bo`ladi.





66- rasm. Normotsitlar. Odam suyak ko`migidagi normotsit. Elektron mikrofotogramma.

X 6.000.

1-bazofil normotsit; 2-polixromatofil normotsit; 3-oksifil normotsit.
Miyelotsitlar bir oz maydaroq bo`lib (10-17 mkm), ular ham xuddi promiyelotsitlar singari o`z sitoplazmasidagi donadorlikning tuzilishi va bo`yalish xususiyatlariga qarab uch tur-ga - neytrofil, eozinofil va bazofil miyelotsitlarga bo`linadi. Neytrofil miyelotsitlar sitoplazmasi promiyelotsitlarga nisbatan ancha sust bazofil bo`yalib, Romanovskiy usulida ko`k-qizg`ish tusda bo`ladi.

Elektron mikroskopik va sitoximik tekshirishlar odamning suyak ko`migidagi neytrofil miyelotsitlarda asosan ikki xil donachalar mavjudligini va bu donachalar o`zaro fermentativ xos-salari bilan farqlanishini ko`rsatadi («Neytrofillar» ga q.).



67-rasm. Odam suyak ko`migidagi neytrofil promiyelotsit. Elektron mikrofotogramma. X8.000.

1-yadro; 2-xromatin; 3-donador endoplazmatik to`r; 4-spetsifik donachalar; 5- mitoxondriya.


Neytrofil miyelotsitlarda ham promiyelotsit bosqichidagi kabi yaxshi taraqqiy etgan endoplazmatik to`r va Golji kompleksi joylashgan bo`lib, bu hujayrada aktiv ravishda ikkilamchi donachalar hosil bo`lishi amalga oshayotganligidan dalolat beradi.

Eozinofil va bazofil miyelotsitlar, asosan, ularning sitoplazmasidagi donadorlikni mustasno etganda neytrofil miyelotsitlardan deyarli farq qilmaydi. Eozinofil miyelotsitlar sitoplazmasini sariq-qizg`ish donachalar to`ldirib, bu donachalarning ultrastrukturasi promiyelotsitlar bosqichida ta’riflanganidek. Faqat shuni qayd qilish kerakki, miyelotsit bosqichida o`zida kristalloid tuzilma saqlaydigan tipik eozinofil donachalarning miqdori ancha ko`paygan bo`ladi.

Bazofil miyelotsitlarning donachalari yirik bo`lib, elektron mikroskopda ularning plastinkasimon yoki donador tuzilishga ega ekanligi va tashqi tomondan qalinligi 5-6 mkm keladigan membrana bilan qoplanganligi aniqlangan.

Bazofil miyelotsitlarda endoplazmatik to`r va Golji kompleksi neytrofillarga nisbatan sustroq takomillashgandir.

Granulotsitlarning rivojlanishi davomida, ya’ni ular yosh metamiyelotsit va tayoqcha yadroli leykotsit bosqichiga o`tganida yadro va hujayra sitoplazmasida ma’lum o`zgarishlar ro`y berib, bu o`zgarishlar granulotsitlarning ko`rsatilgan uch turi uchun ham umumiydir. Metamiyelotsit bosqichida yadroning shakli o`zgaradi - unda botiqlik paydo bo`lib, bu botiqlik yadroga tatsasimon shaklni beradi. Shu bilan birga yadro xromatini zichlashadi va xromatin ipchalari yo`g`onlashib dag`allashadi.

Elektron mikroskopda ko`rilganda metamiyelotsitlarda hujayra organellalarining reduksiyaga (ya’ni teskari taraqqiyotga) yuz tutganligini ko`rish mumkin. Endoplazmatik to`r va Golji kompleksi kam sonli bo`lib qoladi. Bu hol metamiyelotsitlar bosqichiga kelib hujayrada donadorlik hosil bo`lish jarayonining ancha sustlashganligidan yoki butunlay to`xtaganidan darak beradi. Sitoplazmaning asosiy qismini donadorlik to`ldirib, bu donadorlikning tuzilishi neytrofil, eozinofil va bazofil metamiyelotsitlarning har birida o`ziga xosdir.

Takomillashish davomida yadrodagi botiqliklar chuqurlashib boradi va yadroni alohida bir-biri bilan ingichka qismlar orqali bog`lanadigan bo`laklarga bo`ladi va natijada yetuk yoki segment yadroli granulotsitlar hosil bo`ladi.

Granulotsitopoez jarayoni davomida yosh hujayralar - p r o m i y e l o t s i t l a r, miyelotsitlar mitoz yo`li bilan bo`linib ko`payadi. Metamiyelotsit va tayoqcha yadroli granulotsitlar bo`linish qobiliyatini yo`qotgan hujayralardir. Uzak hujayradan yetuk granulotsit hosil bo`lishi uchun taxminan 7,5-11,5 sutka vaqt talab etiladi. Voyaga yetgan granulotsitlar darhol qonga chiqmay, suyak ko`migida 2-3 sutka ushlanib qoladi va so`ngra sinusoid kapillyarlardagi endotelial yoriqlardan qonga o`tadi.




Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish