Vi. Bob. Sug’orish uchun suv manbalari



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana27.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#711200
1   2   3
Bog'liq
c6z5EjPRGG3ROlEj26txj0DkyQI5vJ8lWnDMrzhg

nt
сол
c
nt
M
v
F
/






bu yerda, 
c
v
- manbadan bir yilda olinadigan suv xajmi, 

-sug’orish tizimining FIK,
nt
сол
M
- solishtirma 
mavsumiy sug’orish me’yori. 
Manbadagi suv xajmi uning sug’orish qobiliyatini belgilaydi. 
Manbaning sug’orish qobiliyati deb, hisobiy suv bilan ta’minlanganlik yilida sug’orilishi mumkin bo’lgan 
maydonga aytiladi.
Suv manbasining haqiqiy va hisobiy rejimini (16.2-rasm.) bilgan holda uni sug’orish rejimi bilan 
solishtiriladi. Buning uchun daryoning gidrograf grafigi va ekinlarning suv iste’moli grafiklarini ustma-ust 
qo’yish orqali sug’orish uchun kerak suv miqdorini va suv manbasining sug’orishlik qobiliyatini aniqlash 
mumkin. 
6.2-rasm. Suv manbasi (daryo) rejimining tahlili grafigi 
Suv resurslarini boshqarish 
Agar, 
вег
манба
урт
nt
талаб
v
M
F
v
.
/




bo’lsa, rejadagi maydonni sug’orish mumkin. 
Agar, 
йил
манба
талаб
манба
v
v
v
.


bo’lsa, manbaning suv resurslarini mavsumiy (vegetatsiya 
davri) boshqarish lozim bo’ladi, ya’ni sun’iy hosil qilinadigan suv omborning hajmi 
йил
манба
о
с
v
v
.
.
.
)
7
,
0
2
,
0
(



hajmida loyihalanadi. 
Agar, 
йил
куп
талаб
йил
манба
v
v
v
.
.
.


bo’lsa, manbaning suv resurslarini ko’p yillik boshqarish 
lozim bo’ladi. Bunda sun’iy hosil qilinadigan suv omborining hajmi 
йил
манба
о
с
v
v
.
.
.
)
5
,
1
2
,
1
(



qilib loyihalanadi (16.3-rasm). 
bu yerda:
талаб
v
- sug’orishga talab qilinadigan suv xajmi;



вег
манба
v
.
- manbadan vegetatsiya davrida sug’orishga ajratiladigan suv xajmi;
йил
манба
v
.
- manbadan yil davomida sug’orishga ajratiladigan suv xajmi;
йил
куп
v
.
- manbadan o’rtacha ko’p yillik sug’orishga ajratiladigan suv xajmi.
6.3 -rasm. Daryoning oqimini suv omborlari yordamida boshqarish 
6.3.Er usti suv manbalari. Daryolar.
Er kurrasida juda ko’p katta-kichik daryolar bo’lib, ulardan eng yiriklari Amazonka, YAntszi, Kongo, Nil, 
yenisey, Misisipi va boshqalardir (6.4.1-jadval).
Yirik daryolar tavsifi 
6.3.1-jadval 
Daryolar 
Yillik o’rt. suv sarfi, ming 
m3/s 
Suv yig’ish maydoni, ming 
km2 
Uzunligi, km 
Amazonka 
120 
7000 
5500 



Kongo 
40 
3690 
4320 
Ganga 
39 
2000 
2900 
Yantszi 
31 
1808 
5800 
Enisey 
19.9 
258/0 
5950 
Misisipi 
19 
3220 
3220 
Lena 
16.8 
2490 
4270 
Ob 
12.8 
2990 
5570 
Markaziy Osiyoda uzunligi 10 km dan ortiq bo’lgan 6000 dan ortiq daryo va soylar mavjud. Ularning 3700 
tasi Amudaryo va Sirdaryo xavzalarida joylashgan. Zarafshon daryosining o’rta oqimida 120 tadan ortiq, 
Qashqadaryo, Surxondaryo, CHirchiq va boshqa daryolar havzalarida ham ko’plab soylar bor. 
Respublikada yer usti suvlari notekis taqsimlangan. Tekisliklarda juda katta maydonlarda birorta, daryo 
yoki ko’l uchramaydigan joylar xam bor. Tog’ oldi zonasi va tog’li joylar juda ko’p soy va kichik daryo 
o’zanlari bilan parchalangan. Baland tog’ tepalari va cho’qqilardagi qor va muzliklardan boshlanuvchi 
ko’plab tog’ daryolari tekislikka chiqadigan yirikroq daryolarga kelib quyiladi yoki mustaqil ravishda tog’ 
oldi zonalariga oqib chiqadi. yer usti suvlarining bunday taqsimlanishi iqlim va geografik xususiyatlar 
bilan chambarchas bog’liq. 
O’zbekiston hududini kesib o’tuvchi daryolar, asosan, tog’lardagi qor, muzliklardan va qisman yomg’ir 
suvlaridan to’yinadi. Iqlim issiq va quruq bo’lganligidan daryolar suvi, ayniqsa, ularning o’rta va quyi 
oqimida sug’orishga, bug’lanishga sarf bo’ladi. Tekisliklardagi daryolar suvi esa qor va ahyon-ahyonda 
yog’adigan jalalar hosil bo’ladi. Mamlakatning chekka tog’ oldi hududlarida yeyozda qurib qoluvchi 
soylar va vaqtinchalik suv oqadigan o’zanlar juda ko’p. 
O’zbekiston hududini kesib o’tuvchi eng katta daryolar, bular - Sirdaryo va Amudaryo hisoblanadi. 
Ularning ko’p sonli irmoqlari O’zbekistondan tashqarida boshlanadi. O’zbekistonning yirik daryolari: 
Norin, Qoradaryo, So’x, CHirchiq, Ohangaron, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, SHeroboddaryo. 
Ularning ko’pchiligi faqat o’rta va quyi oqimida O’zbekiston hududidan o’tadi. Sirdaryo havzasining suv 
yig’ish maydonida 38 km3 suv hosil bo’ladi, uning faqat 12% O’zbekiston hududiga to’g’ri keladi. 
Amudaryoning suv yig’ish maydonida hosil bo’lgan 79 km3 suvning esa faqat 8 % O’zbekiston huludiga 
tegishlidir. 
Amudaryo, Turkiston o’lkasidagi eng sersuv, yirik daryosi hisoblanadi. Turli davrlarda Oqsus, Jayxun, 
O’kuz, Balx, Vaxsh, Amul deb nomlangan. Amudaryoning uzunligi 1415 km, havzasining xizmat qilish 
maydoni 309 ming km2. Afg’onistonda Hindukush tog’larining shimoliy yon bag’ridan 4950 m. 
balandlikdagi muzliklardan boshlanadi. Daryoga eng yirik va sersuv irmog’i - Vaxsh qo’shilgandan so’ng 
Amudaryo nomini oladi. Surxondaryo quyilgandan keyin Amudaryoga to Orol dengiziga yetguncha 1200 
km dan ziyod masofada boshqa irmoq qo’shilmaydi. 
Bahor yoki yoz faslida, kichik daryolar va soylarning oqishi 1-2 oy, yirik daryolar 3-4 oy davom etadi. Bu 
davrda daryolar yillik suv hajmining 70 - 95% oqib o’tadi. Ba’zi yillari daryolar yomg’ir (shu jumladan, jala 
yomg’irlari) suvi hisobiga to’lib oqadi va shu davrda sel toshqinlari kuzatiladi. 



Daryolar tog’lardan tog’ oldi hududlari, asosan, tekislikka chiqqach, suvi sug’orishga olinishi, 
ekinzorlardan qaytadan daryoga kelib quyilishi va suv omborlari orqali tartibga solib turilishi natijasida 
ularning tabiiy suv rsjimi keskin o’zgarib turgan. 
Sirdaryo, O’rta Osiyodagi eng uzun daryo bo’lib, Amudaryodan keyingi eng sersuv daryo hisoblanadi. 
Turli davrlarda YAksart, Tanais, Danu, YAosha, Xashart, Sayxun va boshqa nomlar bilan nomlangan. Norin 
daryosi bilan Qoradaryo qo’shilgach, Sirdaryo nomini oladi. Orol dengiziga quyiladi. Uzunlipgi 2212 km, 
havzasining xizmat qilish maydoni 219 ming km2. Sirdaryo va uning irmoqlarida qurilgan gidrotexnik 
inshootlar, ayniqsa, yirik to’g’onlar, suv omborlari, katta kanal va kollektorlar ta’siri natijasida 
Sirdaryoning oqim miqdori va gidrologik rejimi ancha o’zgardi. 
Daryo suvlaridan tashqari suv manbasi sifatida soy suvlaridan xam foydalaniladi. Soy suvlaridan 
sug’orishda asosan yaylovlarni suv bilan ta’minlash keng yo’lga qo’yilmoqda. 
Er usti joylashgan suvlariga Markaziy Osiyodagi ko’llarni xam kiritish mumkin. Jumladan Markaziy 
Osiyoda 5072 ta, maydoni 1 km2 dan kichik ko’llar bo’lib tekislik va tog’ mintaqalarida joylashgan. Tog’ 
mintaqasidagi ko’llar balandligi bo’yicha quyidagicha taqsimlangan:
1000 - 2000 m balandlikda, 82 ta;
2000 - 3000 m. balandlikda, 165 ta; 
Qolgan barcha ko’llar 3000 m. dan baland tog’larda joylashgan (4825 ta). 
Respublikada balandligi bo’yicha ko’llarning joylashishi quyida keltirib o’tilgan (..jadval). 
Respublikadagi ko’llarning balandlik mintaqalari bo’ylab joylashishi 
6.3.2.jadval 
Daryo havzalari 
0-500 m 
500-1000m 
1000-1500 m 
1500-2000 m 
2000-3000 m 
Amudaryo deltasi 
422 




Farg’ona vodiysi 




21 
Chrchiq havzasi 




20 
Surxondaryo havzasi 
19 




Qashqadaryo havzasi 





Zarafshon havzasi 
19 



16 
Jami 
471 


15 
63 
6.4. yer osti suv manbalari
Suv manbalarining ko’rinishiga qarab (buloq, sizot va artezian suv manbalari), suv yer ustiga turli 
moslamalar yordamida chiqariladi.
Er osti suv manbalari sug’orish maydoniga yaqin joylashgan bo’lganida juda arzon va qulay manbalardan 
biri hisoblanadi. SHuning uchun ham chet davlatlarda bunday manbadan keng foydalaniladi. 



O’zbekiston tabiiy sharoitida yer osti suvlari boshqa foydali qazilmalar orasida muhim ahamiyatga ega 
bo’lib, strategik xom ashyo hamdir. Respublikada yer osti suvlarining yuzdan ziyod istiqbolli konlari 
o’rganilgan. Suvdan foydalanish maqsadlari bo’yicha yer osti suvlarining balansli foydalanishga 
mo’ljallangan zaxiralari quyidagicha taqsimlanadi: xo’jalik va ichimlik suvi ta’minoti uchun - 63% yoki 
14193,0 ming m3/ kun (sutka) (172,6 m3/s); ishlab chiqarish-texnik suv ta’minoti uchun - 11% yoki 
2518,0 m3/ kun (29,1 m3/s); yerlarni sug’orish va yaylovlarga suv chiqarish uchun - 26% yoki 6035,0 
ming m3/kun (69,8 m3/s). 
Respublikaning sharqiy tog’li gidrogeologik qismi - Tyanshan va Pomir-Olayning eng baland tarmoqlarini 
o’z ichiga olgan mintaqa yer usti va yer osti suvlarining shakllanish o’lkasidir. G’arbiy tekislik-platformali 
gidrogeologik mintaqa mamlakat hududining katta qismini egallab, Amudaryo, Qashqadaryo va 
Zarafshon daryolarining qumli tekisliklari va toshloq platolari, tekisliklarini o’z ichiga oladi hamda 
akkumulyatsiyalash (yig’ish) va yeyish (taqsimlash) vazifasini bajaradi. 
Tog’larda, asosan, sayoz tsirkulyatsiyali, yoriqli va qatlamli (kavakchali) grunt suvlari rivojlangan. Tog’ 
oralig’i botiqlarida argezian havzalarni hosil qiluvchi bosimli suvli majmualar joylashgan. Ulardagi faol 
suv almashinuvi natijasida chuchuk va sho’rlangan suvlar shakllanadi. Bosim ta’sirida bo’lgan yer osti 
suvlarining bir turi suv o’tkazmaydigan qatlamlar orasida hosil bo’ladi. Ular ochilganda suv burg’i 
quduqlardan favora shaklida otilib chiqadi. Tekislik platformali gidrogeologikzonalarda kam sho’rli, sho’r 
yer osti suvlari to’planadi. Bu yerda chuchuk yer osti suvlarining miqdori nihoyatda cheklangan. 
Gidrogeologik platformali oblastning (Turon platformasi) artezian havzalarida istiqbolli kollektorlar 
sifatida bo’r va paleogen, ozroq miqdorda neogen (pliotsen) va to’rtlamchi davrlariing yotqiziqlarini 
ko’rsatish mumkin. 
O’zbekiston Respublikasi bo’yicha chuchuk yer osti suvlarining aniqlangan (balansli) kelajakda 
foydalanish mumkin bo’lgan umumiy zaxiralari - 23463,0 ming m3/kun (271,6 m3/s, 2004). CHuchuk yer 
osti suvlarining ushbu umumiy zaxiralarining 3/4 qismi (18991,0 ming m3/kun) 3 ta havzada: Farg’ona 
(8768,0 ming m3/kun), Toshkent atrofi (6212,0 ming m3/kun) va Zarafshon (4011,0 ming m3/kun) 
artezian havzalarida joylashgan. Iste’mol xususiyatlariga ega bo’lgan yer osti suvlari nihoyatda notekis 
taqsimlangan. CHuchuk suvlar hududning sharqida, tog’li va tog’ oldi rayonlarda tarqalgan. Respublika 
hududining shimoliy va g’arbiy qismini egallagan cho’l zonasida iste’mol qilishga yaroqli bo’lmagan kam 
sho’rlangan va sho’r suvlar mavjud. CHuchuk yer osti suvlarining kelajakda foydalanishga mo’ljallangan 
zaxiralari mintaqaning g’arbiy hududlari (Xorazm viloyati, Qoraqalpog’iston Respublikasi)da butunlay 
tugagan. Bunday vaziyat bir tomondan noqulay tabiiy omillar bilan bog’liq bo’lsa, boshqa tomondan 
xo’jaliklarning suvdan foydalanishidagi chuqur o’zgarishlar natijasidir. O’zbekiston hududidagi yer osti 
suvlarining amaliy jihatdan yaroqliligi ekologik toza tabiiy suvni tayyorlash, aholini ichimlik suvi bilan 
ta’minlash, korxonalarning texnik suv ta’minoti, yerlarni sug’orish va boshqalar bo’yicha farqlanadi. 
Er osti suvlaridan foydalanishda, suvning sifati hisobga olinishi shart. Xozirgi kunda yer osti suvlaridan 
chet davlatlarda suv manbai sifatida keng foydalanishadi. Jumladan, AQSH da 40% sug’orish maydoni yer 
osti suv manbasidan sug’orilsa, XXR da 33% , Hindistonda 30%, O’zbekistonda esa, rasmiy ma’lumotlar 
bo’yicha 5-6 % ni tashkil etadi. yer osti suv mandalaridan AQSH 2500 m3/s suv sarfi olinsa, bu 
ko’rsatkich YAponiyada 900 m3/s ni, Eronda 830 m3/s ni, Ukrainada 100 m3/s ni, O’zbekistonda esa 
atigi 50 m3/s. ni tashkil etadi. Quyidagi ..jadvalda yer sharida suvning taqsimoti keltirilgan. 
Er sharida suvning taqsimoti, mln.km3 
6.4.1-.jadval 



№ 
Nomlanishi 
Qiymati 

Okean suvlari 
1120-1300 

Havo suvlari 
0,013 

Er osti suvlari 
60-100 

Tuproq suvlari 
50-90 

Muz suvlari 
20-30 

Ko’l va daryo suvlari 
1-4 

O’simlik va tirik organizmdagi suvlar 
0,006 
Er ostidan suv olish moslamalari 
Shaxta qudug’i sxemasi 



1-ventilyatsion quvur; 2-qopqoq; 3-bosh qism; 4-toshli qoplama; 5-gilli qulfak; 6-quduqning yer ostki 
qismi; 7-suv qabul qilgich; 8-suvli qatlam;
9-shag’al qatlami; 10-quvur tubi; 11-suv kirish tirqishi; 12-beton halqa 
Burg’u qudug’i sxemasi 
1-shaxta; 2-kirish qismi; 3-ustki qism; 4-o’rnatilgan quvur; 5-foydalanish kalonkasi; 6-frezer; 7-suvli 
qatlam; 8-filtr; 9-tindirgich 
Er osti suvida sug’orish tizimining xususiyatlari 
Er osti suvlari bilan sug’orish quyidagi xususiyatlarga ega: manba debitining kichikligi; suvda loyqa 
miqdorining yo’qligi; suv haroratining 120 S dan past bo’lishi; suv manbasining sug’orish dalasiga juda 
yaqin bo’lishligi; sug’orish maydonining kichikligi (odatda 15-100 ga). 
Tajribalarning ko’rsatishicha yer osti suvlari bilan 100-600 ga dan kam bo’lmagan maydonlarning 
sug’orilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Buning uchun esa bir guruh suv olish inshootlarining sonini, 
joylashuv o’rnini mujassamlash kerak bo’ladi. 
Bu manbaning xususiyatlaridan biri suvning toza ekanligidadir. Bu sug’orish texnikasi sifatida yomg’irlatib 
sug’orish (yomg’irlatish mashina yoki qurilmalari) yoki tomchilatib sug’orish usullarini qo’llash orqali 
sug’orish suvining samaradorligini oshiradi. YOpiq sug’orish tizimidan foydalanish esa, xarajatlarni keskin 
kamaytiradi, chunki ularda loyqa cho’kmaydi. 
6.5 .Suvni mexanik ko’tarib sug’orish.
Sug’orish manbasidagi suvning sathi sug’orish maydonining yer sathiga nisbatan past bo’lganda suvni 
mexanik ko’tarib sug’orish qo’llaniladi.
Suvni mexanik ko’tarib sug’orishda asosiy inshoot nasos stantsiyasi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasidagi sug’oriladigan 4,3 mln. ga ekin maydonlarining 53 foizga 1588 dona nasos 
stantsiyalari va qurilmalari suv ko’tarib beradilar.
Bundan tashqari Suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo’jaliklari faoliyat ko’rsatadigan qishloq
xo’jalik yerlarining yana 25 foizga ham 30 000 donadan ortiq kichik nasos stantsiyalari va qurilmalari 
yordamida suv yetkazib beriladi. 
Er osti suvlari sathini tartibga solish, ichimlik va sug’orish suvi bilan ta’minlash maqsadida respublikada 
9800 donadan ortiq vertikal quduqlarga o’rnatilgan nasos qurilmalari ekspluatatsiya qilinadi. Jumladan, 


10 
4100 dan ortiq vertikal tik quduqlar va 3451 dona vertikal zovurlarda ham nasos agregatlari qo’llaniladi. 
153 dona meliorativ nasos stantsiyalari mavjud. 
Qishloq xo’jaligida yiliga o’rtacha iste’mol qilinadigan 11,0 mlrd.kVt/soatdan ortiq elektr energiyaning 
8,2 mlrd.kVt/soati nasos stantsiyalari tomonidan iste’mol qilinadi yoki yiliga suv xo’jaligi kompleksini 
ekspluatatsiya qilish uchun ajratiladigan mablag’ning 75 % davlat nasos stantsiyalarini ekspluatatsiya 
qilishga sarflanadi. SHuning uchun mamlakatimiz mashinali sug’orish bo’yicha dunyoda yetakchi 
o’rinlarni egallab turibdi. 
Sug’oriladigan yerlarni mexanik suv ko’tarib sug’orish: barcha maydonni yoki ayrim baland joylarni (o’zi 
oqar sug’orish tizimidagi) sug’orish mumkin. Ikkinchi xolatda baland joylarni sug’orish uchun zarur 
bo’lgan energiyani sug’orish tizimining o’zidan, ya’ni tarmoqda mavjud bo’lgan sharsharalardagi 
gidravlik energiyadan olish mumkin. 
Suv oluvchi mexanik qurilmalar ikki xil: ochiq manbalardan va yopiq – tik quduqlardan oluvchi bo’lishi 
mumkin. Birinchisi odatda ko’p suv olinishi munosabati bilan katta bo’ladi. 
Sug’oriladigan yerlarni mexanik suv ko’tarib sug’orish qimmatligini hisobga olib, quyidagilargi amalga 
oshirish talab qilinadi: 
Sug’orishga imkon boricha kam suv olish. 
Kanallardan suv yo’qotilishini bartaraf etish. 
Sug’orish tizimining FIK ni oshirish; 
Kanallarda jadallashtirish koefitsiyentini kamaytirish. 
Sug’orish tartibi grafigini optimallashtirish (suv manbasini suv satxi bilin muvofiqlashtirish).
Suv ko’tarish balandligini pasaytirish va boshqalar. 
Suvni mexanik ko’tarib sug’orish sxemalari. 
Suvni mexanik ko’tarib sug’orishda bosh sug’orish tarmog’ining planda joylashuvi va nasos 
stantsiyalarining joylashuv o’rni to’rtta sxema ko’rinishida bo’ladi. 
1-sxema.
Sug’orish maydoni to’liq nasos stantsiyasiga ulangan bosimli quvurdan suv oladigan yakka bosh kanal 
orqali sug’oriladi. 


11 
2-sxema.
Sug’orish maydoni bir nechta suv ko’tarish zonalariga bo’lingan bo’lib, har bir zona o’ziga tegishli 
mustaqil bosimli quvurlardan suv oladigan bosh kanallar orqali sug’oriladi. 
3-sxema.
Sug’orish maydoni bir necha suv ko’tarish zonalariga bo’lingan bo’lib, suv zona bosh kanallariga quyidan 
yuqoriga qarab ketma-ketlikda ko’tarilib beriladi. 


12 
4-sxema.
Har bir zona mustaqil suv ta’minotiga ega. 
Suvni mexanik ko’tarib sug’orish sxemalarini qabul qilish. 
Sug’oriladigan yerlarni mexanik suv ko’tarib sug’orish sxemalarini qabul qilishda texnik-iqtisodiy hisoblar 
amalga oshiriladi. Barcha maydonga bitta NS suv berilganda, uchta zonaga bo’lib, alohida-aloxida NS lar 
bilan suv ko’tarilganga qaraganda katta quvvatli NS, katta suv sarfni katta balandlikka ko’tarish va katta 
bosh kanal loyixalanishi kerak bo’ladi. 


13 








1
1
1
75
75





Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish