VI BOB. BOLA TARBIYASIGA OID AFORIZMLAR
Bolalarning aqlli bo’lib ulg’ayishlarini istasang ularga ertaklar o’qib ber. Agara ularning yanada aqlliroq bo’lishlarini istasang, ularga yanada ko’proq ertaklar o’qib ber.
ALBERT EYSHTEYN
Bolalarimiz uchun doim yorqin kelajakni tayyorlay olmaymiz. Biroq har doim bolalarimizni kelajak uchun tayyorlash imkoniga egamiz.
FRANKLIN D RUZVELT
Bola bizga uch narsani o’rgatishi mumkin: sababsiz baxtli bo’lishni, muntazam nima bilandir mashg’ul bo’lishni va o’ziga kerakli narsaga qanay erishishni.
PAULO KOELO
Bolalarga sukt saqlashni o’rgating, gapirishni o’zlari o’rganib oladi.
BENJAMIN FRANKLIN
Bolaga avval eshitishni o’rgat, keyin unga istagan narsani o’rgata olasan
BEJNAMIN FRNAKLIN
Agar bolalarda sho’xlimni o’ldirsangiz, ulardan hech qachon aqlli odam tarbiyalay olmaysiz.
JAN JAK RUSSO
Besh yoshli boladan mengacha bir qadam. Yangi tug’ilgan bola bilan mening oramda bir dunyo masofa bor.
Bolalar bizning ertangi sudyalarimiz.
LEV TOLSTOY
Bolaning bir soati qariyaning bir kunidan uzunroq.
ARTUR SHOPENGUER
Bolaning zulmatdan cho’chishi tabiiy hol. Ammo odamning yorug’likdan cho’chishi hayotdagi chinakam fojiadir.
PLATON
Kun kelib bolakayning savol berishidan to’xtashi, sizning ularga o’z savollaringiz bilan murojaat qilish uchun navbatingiz kelganini bildiradi.
LEONID SUXOURUOV
Bolalarni tarbiya qilganlar ularni dunyoga keltirganlaridan ko’ra ko’proq faxrlansalar arziydi.
ARISTOTEL
Bolalar ularga gapirmagan vaqtingizda diqqat bilan eshitadilar.
ELEAANORA RUZVELT
Bolalar hech qachon kattala gapiga kirishmagan, lekin doimo ularga taqlid qilishgan.
BOLDUIN
Bog’chalar loyihasi tipovoy emas, takrorlamas bo’lishiga erishishimiz kerak.
Insonning shaxsiyati va iqtidori aynan bolalik chog’ida ochilishi kerak.
AGREPPINA SHIN
Tarbiyaning vazifasi yaxshi ishlarni qilishga emas, yaxshi ishlarni qilishdan rohatlanishga o’rgatishdir.
JON RESKIN
Tarbiyalamy turib berilgan bilim aqldan ozganlar qo’lidagi qilichdir.
MENDELEYEV
Bolalaringni tarbiyalay olmagan bo’lsang, hayotda qanday yuksak muvaffaqiyatlarga erishganing mutlaqo ahamiyatsizdir.
JAKLIN BUV’YE
Bir qizni o’qitsangiz, bir oilani o’qitgan bo’lasiz.
INDIRA GANDI
Insoniyat hamisha faqat mustaqil ta’lim hisobiga yaxshi rivojlangan.
GERBERT SPENSER
Oila hayotining bosh muddao va maqsadi bolalar tarbiyasidir. Bolalar tarbiyasining bosh maktabi esa eru xotin, ota-onaning o‘zaro munosabatidir.
V. A. SUXOMLINSKIY
Farzandingizni tolesiz qilishingizning eng sinalgan usuli qandayligini bilasizmi — u nima desa, hammasiga xo‘p deng.
J. J. RUSSO
Agar bolangizga yon beraversangiz, u sizga hukmdor bo‘ladi; hatto uni itoat ettirish uchun ham daqiqa sayin uning aytganiga ko‘nishingizga to‘g‘ri keladi.
J. J. RUSSO
Ko‘pdan-ko‘p baxtsizliklarning ildizi shundaki, yoshlikdanoq bolani o‘z xohishlarini tizginlashga, bu ishni qilish mumkin, bunisini albatta qilish kerak, buni qilish esa mumkin emas, degan tushunchalarga to‘g‘ri yondashishga o‘rgatilmaydi.
V.A. SUXOMLINSKIY
Bolalar bilan elburutdan yuksak materiyalar, ularning mag‘zini chaqish xususida fikrlashish yaramaydi. Bolalar orasidaxuddi shunday sharhlovga duch kelganlaridan ko‘ra pastkashrog‘i yo‘q. Aql-idrok qolgan barcha qobiliyatlardan kyoyin taraqqiy etadi, binobarin, ishni aqlni peshlashdan boshlash — teskari ish yuritish, degan so‘z. Agar barcha narsalarning sabab-mohiyati, izohi bolalarga ma’lum bo‘lganda edi, ularni tarbiyalashga zarurat qolmagan bo‘lur edi.
J. J. RUSSO
Ayni o‘sha o‘z farzandlarini yomon tarbiyalaydigan ota-onalar, umuman, pedagogikaning me’yorini mutlaqo bilmaydigan kishilargina edagogic suhbatlar ahamiyatini haddan tashqari bo‘rttirib yuboradilar.
S. MAKARENKO
Tarbiya san’atining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u deyarli hammaga tanish va tushunarli, ba’zi birovlarga — hatto osondek tuyuladi, kishi tarbiya san’ati bilan nazariy yoki amaliy jihatdan qanchalik kam tanish bo‘lsa, unga bu shu qadar tushunarli va osondek bo‘lib ko‘rinaveradi.
K. D. UShINSKIY
Bolalarning murg‘ak qalbiga hech bir narsa ibratdek kuchli ta’sir etmaydi va barcha ibratlar ichida esa ota-ona ibratidan ko‘ra chuqurroq va mustahkamroq o‘rin oladigan ibrat yo‘q.
N.I. NOVIKOV
Ota-ona izzat-obro‘sining poydevori faqat ularning yurish-turishi-yu, ishlari, fuqorolik qiyofalari va xulq-atvorlaridir.
S. MAKARENKO
Bolalarning gunohi ham, xizmatlari ham ko‘p jihatdan ota-ona gardaniga tushadi va ularning vijdoniga havola etiladi.
F. E. DZERJINSKIY
Axloqiy tubanlikdan, o‘rinsiz xushsuxanlikdan Ogoh bo‘lmasa har kim, Rasvo bo‘lgan farzandining holini ko‘rar bir kun.
J. CHOSER
Agar odamlar bolalaring haqida yomon gapirishsa, ular seni yomonlayotganlaridir.
V. A. SUXOMLINSKIY
Bolangizni u bilan gaplashayotgan, biror narsa o‘rgatayotgan yoxud unga biror ish buyurayotganingizdagina tarbiyalayapman, deya o‘ylamang.Siz uni hayotingizning har bir soniyasida tarbiyalab borasiz. So‘zingiz ohangidagi zig‘irdek o‘zgarishni ham bola sezib yoki his etib turadi, fikringizdagi ozgina burilish ham ko‘rinmas yo‘llar bilan bolangizga yetib turadiki, buni o‘zingiz sezmay qolasiz.
Bolalarni o‘stirish va tarbiyalash ulkan, jiddiy va haddan tashqari mas’uliyatli ishdir.
S. MAKARENKO
Xalqning baxt-saodati bolalarni to‘g‘ri tarbiyalashga bog‘liq.
J. LOKK
Bolalar — bizning kelajagimiz! Ular maqsad va g‘oyalarimiz yo‘lida kurashmoq uchun yaxshi qurollangan bo‘lishlari kerak.
N. K. KRUPSKAYA
Bolalar ertangi kunimizning hakamlari, qarashlarimiz, ishlarimizning munaqqidlaridir, ular yangi turmush formalarini bunyod etish uchun ulug‘ ishlarga chog‘lanib, dunyoga kelgan kishilardir.
M. GORKIY
Bolalarimiz — bizning keksaligimiz. Yaxshi tarbiya — bizning baxtli keksaligimiz, yomon tarbiya — bo‘lg‘usi g‘am-alamlarimiz, ko‘z yoshlarimiz, boshqa odamlar oldidagi, butun mamlakat oldidagi aybimiz demak.
S. MAKARENKO
Bolalarning o‘yinida ko‘pincha chuqur ma’no yotadi.
F. ShILLER
Bolalarning aksari o‘yinlari kattalarning jiddiy faoliyatiga taqliddir.
Ya. KORChAK
Bola o‘zini sevgan odamni yaxshi ko‘radi, uni faqat sevib tarbiyalash mumkin.
F. E. DZERJINSKIY
Go‘dak — idrokli vujuddir, u o‘z hayotidagi ehtiyojlar. Qiyinchiliklar va to‘siqlarni yaxshi biladi. Bu o‘rinda unga nisbatan zolimona amru farmonlar, majburiy tartib-intizom, ishonchsiz nazorat emas, balki shirin muomalali mu-rosa, tajribaga ishonch, hamkorlik, ahil yashash ko‘proq qo‘l keladi.
Ya. KORChAK
O‘z bolaligini unutgan tarbiyachi yomon tarbiyachidir.
M. EBNER-EShENBAX
Bola haqida haqqoniy va adolatli fikr yuritmoq uchun biz uni o‘z olamidan yulib olib, o‘zimiz bilan teng qo‘ymasligimiz, balki biz ularning ruhiy olamiga kirib bormog‘imiz kerak.
N.I. PIROGOV
Mayli, bola sho‘xlik ham, to‘polon ham qilsin, faqat bu sho‘xligi va to‘poloni zararli bo‘lmasin, jismoniy va axloqiy hayosizlikka aylanib ketmasin; mayli bu sho‘xligi va to‘poloni beixtiyor, o‘ylanmay qilingan bo‘lsin, ammo ahmoqona va bema’ni bo‘lmasin, binobarin, aslida ruhsizlik va jonsizlikdan yomoni yo‘q.
V. G. BELINSKIY
O‘yin shunday bir ulkan yorug‘ oynadirki, u orqali bolaning ruhiy dunyosiga, uni o‘rab olgan olam haqida hayotbaxsh tasavvur va tushunchalar to‘lqini kirib turadi. O‘yin sinchkovlik va qiziquvchanlik olovini o‘t oldiruvchi uchqundir.
V. A. SUXOMLINSKIY
Bolalar go‘zallik, o‘yin, ertak, muzika, rasm, xayol, ijodiyot olamida yashamoqlari kerak.
V. A. SUXOMLINSKIY
Bolalar hamisha nima bilandir bajonidil band bo‘ladilar. Bu juda foydali, shuning uchun unga xalaqit berish emas, aksincha, ularning doimo biror-bir ish bilan mashg‘ul bo‘lishlarining chora-tadbirlarini ko‘rish kerak.
Ya. KOMENSKIY
Bolani go‘dakligidanoq shunday shart-sharoitga qo‘ymoq kerakki, toki u yashasin, o‘ynasin va mehnat qilsin, o‘z quvonch va qayg‘ularini boshqa bolalar bilan birga baham ko‘rsin.
N.K. KRUPSKAYA
Bola shaxsi kollektivdagina mukammal va har tomonlama rivojlana oladi.
N.K. KRUPSKAYA
Bolalarning kollektiv hayoti shodu xurramliklar bilan to‘la bo‘lgandagina jamoatchilik instinkti kuchli bo‘lgan kishilarni tarbiyalab voyaga yetkazish mumkin.
N. K. KRUPSKAYA
Qobiliyati bo‘lmasa majburlama.
Y. KOMENSKIY
Kam tahqirlangan bola o‘z qadr-qimmatini yaxshi anglaydigan kishi bo‘lib yetishadi.
N. G. ChERNIShEVSKIY
Qo‘rqitish billn bolada faqat tubanlikni, buzuqlikni, ikkiyuzlamachilikni, razil qo‘rqoqlikni tarbiyalash mumkin.
F. E. DZERJINSKIY
Haddan tashqari qattiqqo‘llik va ko‘r-ko‘rona intizom o‘rnatgan o‘qituvchi — bolalarning boshiga tushgan kulfat.
F. E. DZERJINSKIY
Millatning kelajagi onalar qo‘lidadir.
O. BALZAK
Dastlabki paytlarda bola uchun ona tarbiyasi hamma narsadan muhimroqdir, binobarin ahloq bolaga tuyg‘u sifatida singidirib yuborilmog‘i kerak.
G.GEGEL
Boshqacha bir ziyrak osoyishta muhabbat ham borki, u bolalarni vijdonli qilib tarbiyalaydi. Haqiqiy otalik muhabbati xuddi shunday bo‘ladi.
D. DIDRO
Do'stlaringiz bilan baham: |