Jarrohlik amaliyotida ko‘pgina jarrohlik asboblari qo‘llaniladi.
1. Barcha operatsiyalarni bajarishda faqat ishga yaroqlilarini qo‘llash.
10
2. Har bir asbob faqat o‘z ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanilishi.
Xirurgik asboblar operatsiya o‘tkazish vaqtida infeksiya manbai
bo‘lishi mumkin. Operatsiya natijalari yaxshi bo‘lishi uchun
asboblarni operatsiyadan oldin va operatsiyadan keyin sterilizatsiya
qilish zarur.
Asboblar sterilizatsiyasi asosan, ikki xil usulda o‘tkaziladi.
Issiq usul – bu yuqori darajali harorat ta’sirida asboblar
yuzasidagi mavjud mikroblarni yo‘qotish. Bu usul quyidagilarga
bo‘linadi: qaynatish, olovda kuydirish (flambatsiyalash) – issiq
havoni qo‘llash (oxirgi paytlarda avtoklav yordamida amalga
oshiriladi).
Veterinariya sohasida qaynatish keng tarqalgan usul bo‘lib
hisoblanadi. Asboblarni qaynatish uchun sterilizator (qaynatgich)
dan yoki biror bir emallangan qopqoqli idishdan foydalanish
mumkin. Sterilizator ikki xil bo‘ladi: oddiy va elektrli. Ular metall-
dan yasalgan qopqoqli idish va unga quyiladigan to‘r plastinadan
iborat bo‘ladi. Qaynatishdan oldin barcha operatsiyaga kerakli
asboblarning ishga yaroqliligi tekshiriladi, yangilaridan surtmasi
artiladi. Murakkab asboblar qismlarga ajratiladi, ignalar mandren
bilan tozalanadi, asboblar dokaga o‘raladi.
Qaynatish usuli birinchi marta 1988-yilda Davidson va Kummar
tomonidan tavsiya etilgan. Ular asboblarni oddiy suvda 5–10 minut
davomida qaynatganlar. Sterilizatorga yetarli miqdorda suv yoki eritma
quyiladi, suv asboblar yuzasidan 1–2 sm yuqoriroq ko‘tarilishi
kerak. Chunki Xoxrakov ma’lumotlariga ko‘ra suvga botmagan
asboblarga namlik, kislorod, askorbin kislota ta’sir etib ularning
zanglashini tezlashtiradi. Shprislarni qismlarga ajratib distillangan
suvda qaynatish lozim. Ularni ishqorli eritmalarda qaynatish mumkin
emas, chunki ular shprisning shisha devorida qolib mahalliy
og‘riqsizlantiruvchi moddalarning parchalanishiga olib keladi.
Rezinali asboblar distillangan suvda dokaga o‘ralgan holda
qaynatiladi.
Kuydirish usuli – bu usul tezkorlik bilan bajarilayotgan
operatsiyalarda qo‘llanilishi mumkin. Buning uchun asboblar
emallangan idishga solinadi, ustidan 96
o
li spirt quyib yoqiladi, biroz
sovugandan keyin ularni ishlatish mumkin. Olov ta’sirida mikroblar
tez nobud bo‘ladi, lekin bir necha marta bu usul qo‘llanilgandan
so‘ng asboblar xiralashib ishdan chiqadi. Bundan tashqari bu usul
xavfli, chunki qizib turgan asboblar xirurgning qo‘lini kuydirishi
mumkin.
11
Issiq havo yordamida sterilizatsiya qilish – buning uchun
asboblar quritgich shkafga qo‘yiladi va 150–160
o
haroratda 20–30
minut davomida sterilizatsiya qilinadi.
Avtoklav usuli – uni bir joyda ishlatish mumkin. Buning uchun
xirurgik asboblar bokslarga ishlatilish guruhlariga qarab solinadi va
atmosfera bosimida 40 minut davomida avtoklavda sterilizatsiya
qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: